Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy faollik va salomatlikni mustahkamlash


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy faollik va salomatlikni mustahkamlash 
Inson organizm tabiatan juda murakkab tuzalgan. Uning hayot kechirishi va 
rivojlanishi irsiy belgilar va atrof muhitning tashqi ta‘sirlari ostida bo‗ladi. Ular 
organizmga ba‘zan ijobiy ta‘sir ko‗rsatsa ba‘zan salbiy ta‘sir o‗tkazadi. Inson 
organizmi hayot faoliyati moslashuvchanlik – adaptasiya xususiyatlari bilan 
avtomatik ravishda boshqarilib, organizm ichki muhiti barqarorligini – gomeostaz 
– tana harorati, qon tarkibi va qon bosimini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlashga 
qaratiladi. Asosi jismoniy tarbiya bo‗lgan tibbiy biologik fanlar – anatomiya, 
fiziologiya, gigiena fanlari inson organizmini o‗zini boshqara oladigan mukammal 
biologik tizim deb ta‘kidlaydi.
Jismoniy mashqlarning inson organizmiga, ishchanlik qobiliyatini ortirishga, 
kayfiyatni ko‗tarilishiga ta‘sirlarini bilish uchun organizm a‘zolari va 
funksiyalarini yaxshi o‗rganish kerak. Organizm tirik to‗qimalarining asosini 
hujayralar tashkil etadi. Hujayralar hujayralar aro to‗qimalar bilan birga 
biriktiruvchi, asab, muskul to‗qimalarini, qon va limfa suyuqliklarini tashkil etadi. 
To‗qimalarning birikishidan ichki a‘zolar tashkil topadi. A‘zolar tarkibiga turli hil 


91 
to‗qimalar kiradi. Asosiy to‗qimalar ichki a‘zo o‗zagini tashkil etib, shu a‘zo 
faoliyatini bajaradi. Masalan muskul massasining asosini muskul to‗qimasi tashkil 
etadi va ular muskullarni asosiy vazifasi qisqarish faoliyatini bajaradi. 
Inson organizmi ko‗plab ichki a‘zolardan tarkib topgan bo‗lib, ular 
muskullar, suyaklar, bosh miya, orqa miya, yurak, o‗pka, jigar, oshqozon, buyrak, 
peshob qovug‗i, ichki sekresiya bezlari va boshqalardan iborat. Har bir a‘zo qon 
tomir bilan hamda limfa tomirlari bilan ta‘minlangan. SHuningdek har bir 
a‘zolarga nerv tolalari kelib tutashgan. A‘zolarimiz murakkab tuzilgan bo‗lib aniq 
bir vazifani bajaradi. Bir hil vazifani bajaruvchi a‘zolar tizimini funksional tizim 
deb ataladi. Suyak tizimi birlashtiruvchi to‗qimalar yordamida umumiy inson 
skeletini tashkil etadi. Skelet tayanch, harakat va ichki a‘zolarning himoya 
vazifalarini bajaradi. Skelet muskullar bilan tayanch harakat apparati tizmini 
tashkil etadi. Muskul tizimi harakat apparatining asosi bo‗lib tanani 
harakatlanishini ta‘minlaydi. Ichki a‘zolarning barcha tizimi o‗zaro muvofiqlikda 
faoliyat ko‗rsatadi. Ichki a‘zolar faoliyatini boshqarish, ularning tashqi muhit bilan 
ta‘sirlarini muvofiqlashtirishni asab tizimi – bosh miya va orqa miya asab tolalari 
bajaradi. Organizm va tashqi muhit o‗rtasida muntazam gaz va modda almashinuv 
jarayonlari bo‗lib turadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling