Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
CHarchash va tiklanish jarayonlari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
CHarchash va tiklanish jarayonlari
Har bir faoliyat davomida charchoq va tiklanish jarayonlari bo‗ladi. CHarchoq – organizmni me‘yoriy holati hisoblanib, mexnat va harakatlar ta‘sirida hamda tiklanish jarayoni yaxshi tashkil etilmagan holda vujudga keladi. CHarchoq natijasida bosh miya po‗stlog‗ida karaxtlik sodir bo‗lib, organizm toliqishidan habar beradi. Jismoniy mexnat natijasida muskullarda charchoq hosil bo‗ladi, aqliy mexnat natijasida esa markaziy asab tizimida toliqishlar vujudga keladi. CHarchoqning har ikkala shakli ham jismoniy va aqliy mexnat faoliyatida ham sodir bo‗ladi. Jismonan qattiq charchash natijasida aqliy faoliyat samarasi pasayib ketadi va aksincha aqliy charchoq natijasida esa og‗ir jismoniy faoliyat olib borishga imkoniyati chegaralanib qoladi. 92 CHarchoqning har ikkala shaklida organizm quvvat manbaining kamayishi natijasida nerv impulslarini markaziy asab tizimiga uzatilishida buzilishlar sodir bo‗ladi. Natijada muskullar kuchi, chidamliligi kamayib ketadi, harakatlarni boshqarish yomonlashadi, axborotlarni o‗zlashtirish sekinlashadi, xotira pasayib, nazariy bilimlarni o‗zlashtirish darajasi sustlashadi. Bunday ko‗rsatkichlar mexnat shakli – aqliy yoki jismoniy mexnatning turi, jadalligi va davomiyligiga bog‗liq bo‗ladi. CHarchash alomatlari mexnat shakllari va turlariga ham bog‗liq bo‗ladi. Og‗ir jismoniy mexnat yoki bir hil shaklda faoliyat olib borishda, asabiy – xissiy zo‗riqishlarda, mexnat faoliyatida katta mas‘uliyat yuklatilganda charchash tez vujudga keladi. CHarchash alomatlari sifatida umumiy holsizlik, mexnat faoliyatiga e‘tiborsizlik, inson xulq atvorida jizzakilik, tushkunlik va loqaydlikni paydo bo‗lishi kuzatiladi. SHunga qaramay charchoq inson ichki imkoniyatlarini qo‗zg‗altiruvchi va organizm qobiliyatlarini jonlantiruvchi, tiklanish jarayonlarini kuchaytiruvchi omil bo‗lishi ham mumkin. Jismoniy va aqliy zo‗riqishlar organizm imkoniyatlarini ortirishga olib keladi. Bu jarayonlarni mexnat tayyorgarliklari deb atash qabul qilingan. Mexnat to‗xtagandan so‗ng organizmda tiklanish jarayonlari ishga tushadi. Ishchanlik qobiliyati sekin asta tiklanib boradi. Avvalgi ishchanlik qobiliyati tiklanadi, ba‘zan yanada kuchliroq ish qobiliyati hosil bo‗lib, dastlabki holatga qaytib boradi. Bundan shuni ko‗rish mumkinki ish qobiliyati pasayishi bilan dam olishni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‗lib, dam olish jarayonlari etarlicha bo‗lishi kerak. Aks holda qisqa dam olish hamda uzoq dam olish ham ishchanlik qobiliyatini ortishiga olib kelmaydi. CHarchash toliqish bilan kuzatiladi. CHarchash sub‘ektiv ko‗rinishga ega bo‗lgan holat. Ba‘zan inson charchamasdan turib o‗zini toliqqan sezishi mumkin. Bunday holat bir hil, zerikarli ishda yoki mexnat turiga qiziqish bo‗lmaganda vujudga keladi. Aksincha teskarisi bo‗lgan holatda, kayfiyat yaxshi va sevimli mexnat bilan shug‗ullanishda charchoq bilinmaydi. YAxshi dam olmaslik, ishchanlik qobiliyati tiklanmasdan turib yana og‗ir mexnat qilish, muntazam jismoniy va asabiy zo‗riqishlar, jamoada yoki oiladagi 93 asabiy ruhiy holat organizmni asabiylashishga, yurak qon tomir faoliyatini buzilishiga, organizm himoya kuchlarini zaiflashuviga bu bilan yanada o‗ta charchashga olib kelishi mumkin. O‗ta charchash ya‘ni toliqish arzimagan surunkali kasalliklar ta‘sirida ham shakllanishi mumkin. Bu holatda oddiy mexnat jarayonlari ham tez charchashga olib keladi. Aqliy va jismoniy jihatdan o‗ta charchash oqibatida kasalliklar ro‗y beradi. Dastlab jismoniy zaiflik: bosh og‗riqlari, uyquning buzilishi, ishtahaning yo‗qolishi, yurak sohasida sanchiqlarni paydo bo‗lishi, haddan tashqari ko‗p terlash, qo‗llarning qaltirashi va surunkali kasalliklarning qo‗zg‗alishi kuzatilishi mumkin. O‗ta charchash holatini oddiy dam olish muolajalari bilan bartaraf etib bo‗lmaydi. Bu holatda maxsus tiklanish chora tadbirlari ko‗rish kerak. Aqliy mexnatning o‗ziga xos xususiyati shundaki uning me‘yori aniq emas. Aqliy charchoq jismoniy charchoq kabi birdaniga hosil bo‗lmaydi, sekin asta shakllanib keladi. Jismoniy charchash muskullar ish qobiliyati susayishi bilan namoyon bo‗ladi, bu bilan mexnatni davom ettirish qiyinlashadi. SHuning uchun dam olish uchun tanaffus qilishga to‗g‗ri keladi. Bu bilan o‗ta charchash oldi olinadi. SHu bilan birga jismoniy mexnat to‗xtashi bilan shug‗ullanuvchi dam olishi boshlanadi. Aqliy mexnat to‗xtatilganda ham bosh miyada qo‗zg‗olish uzoq vaqt saqlanib qoladi. Hatto kechki uyquda ham bosh miya faoliyatida aqliy mexnat taa‘ssurotlari saqlanib qoladi. Aqliy mexnat jarayonlarida bir maqsadni ko‗zlab uzoq vaqt uni ustida ishlash ijobiy natijalarga olib keladi. Markaziy asab tizimining uzoq muddat tinimsiz ishlay olish qobiliyati dastlabki charchoq alomatlarini sezmaslikka olib keladi. Bosh miyadagi charchoq alomatlari iroda kuchi hisobiga inkor etilishi, inson faoliyatini davom ettirishi mumkin. Lekin charchoq holati saqlanib qolaveradi. Agar o‗z vaqtida dam olinmasa asabiylashish yuzaga kelib, nevroz kasalliklari vujudga keladi, charchoq holati surunkali tus olib organizmda jiddiy kasalliklar paydo bo‗ladi. Aqliy o‗ta charchash havfli bo‗lib, ruhiy kasalliklarga chalinishga asos bo‗lishi mumkin. SHuning uchun aqliy charchoq alomatlarini bartaraf etish uchun uzoq muddat faol dam olish talab etiladi. 94 Kun tartibini to‗g‗ri tashkil etish, ish vaqtidan keyin yaxshi dam olish, jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish, sog‗lomlashtiruvchi turizm va chiniqtirish muolajalari ijobiy xissiy tuyg‗ularni hosil qilishga, ishchanlik qobiliyatini ortirishga, charchoqni bartaraf etish va toliqish oldini olishga katta yordam beradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling