Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari
Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari jismoniy tarbiya vazifalarini amalga oshirishda bir butun shaklda amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya pedagogogik jarayonlarning bir ko‗rinishi bo‗lib, uni tashkil etishda pedagogik tamoyillarga rioya qilinadi: - onglilik va faollilik; - ko‗rgazmalilik; - bajara bilish va individuallashtirish; - muntazamlilik; - taraqqiyot tamoyillari. Jismoniy tarbiya jarayonlarida uslubiy tamoyillar bir birini to‗ldirib, o‗quv mashg‗ulotlarining o‗ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Onglilik va faollilik tamoyili. Bu tamoyil mohiyatiga ko‗ra shug‗ullanuvchilar jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalarini tushunib etadilar. Mashg‗ulotlarda faol qatnashish, bir hil shakldagi jismoniy harakatlarni ko‗p marotaba takrorlash, og‗ir jismoniy mashqlarni kuch va chidamlilik tugagunga qadar bajarish jismoniy rivojlanishinig bosh omili ekanligini tushunib etish talab etiladi. Onglilik va faollilik tamoyilida shg‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlardagi faoliyatini tahlil etib, mashg‗ulotlarda berilgan jismoniy yuklamalar qoniqarli yoki qoniqarsiz ekanligini, mashg‗ulotlar natijalari samarali yoki samarasiz ekanligiga baho beriladi. SHu bilan birga ushbu tamoyil ta‘sirida shug‗ullanuvchilarda maroqli dam olish, sog‗likni mustahkamlash, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish bilan ko‗rkam qad qomatga erishish, sportda yuksak natijalarga erishishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishga qiziqishlar shakllanadi. Barcha holatda ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda maqsad va unga intilish bo‗lishi kerak. SHug‗ullanuvchilarning mashg‗ulotlardagi faolliklari 96 mashqlarni mustaqil bajara olishlari bilan birga mashg‗ulotlarda tashkilotchilik vazifalarini bajara olishlarida namoyon bo‗ladi. Ko‘rgazmalilik tamoyili: Ko‗rgazmalilik – harakatlar malaka va ko‗nikmalarini egallashning muhim shakli. Harakatni o‗rganishda dastlab harakat xaqida, uni to‗liq bajarish yoki qismlarga bo‗lib bajarish xaqida tasavvurga ega bo‗lish kerak. Mashg‗ulotlar jarayonlarida ko‗rgazmalilikning turli shakllaridan foydalaniladi: - mashqlarni bajarib ko‗rsatish: - ko‗rgazmali qurollar, plakat, maket va sxemalardan foydalanish: - vidoefil‘m, kinofil‘m, prizentasiyalar namoyishi: - harakatlarda mulyajlar, manekenlardan, maydonlarning kichraytirilgan nusxalaridan foydalanish: - zamonaviy kuch trenjerlari, veloergometr, yugurish yo‗lkasi, eshkak eshish trenajerlaridan, jismoniy yuklamalarni boshqarish komp‘yuter jixozlaridan foydalanish. Ko‗rgazmalilik tamoyilidan foydalanish jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishning dastlabki bosqichlaridagina emas balki takomillashtirish va yuqori malakali sportchilar tayyorlash bosqichlarida ham muhim hamiyatga ega bo‗ladi. Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili: Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarining dastlabki tayyorgarlik bosqichlarida shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarliklariga muvofiq bo‗lgan mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida oddiydan murakkabga, osondan qiyinga qarab intilish talablariga qat‘iy rioya qilish kerak. SHuningdek mashg‗ulotlarda shug‗ullanuvchilar yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarlik darajalari, ruhiy iroda sifatlariga muvofiq yondoshish talab etiladi. Har bir shug‗ullanuvchining jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga muvofiq yondoshish, sportchilarning har biri bilan alohida shug‗ullanish ularning barcha imkoniyatlarini namoyon qilishga, mustaqillikka hamda ijodkorlikni shakllanishiga yordam beradi. 97 Bajara bilish tamoyillari jismoniy yuklamalar ta‘sirini kamaytirishni, mashqlar davomiyligini ozaytirishni ko‗zda tutmaydi. Balki mashqlarni bajara olish va yuklamalarni enga olish malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Mashqlar engilligi yoki qiyinligiga sub‘ektiv omillar ham ta‘sir ko‗rsatadi. Mashqlarni bajarishga qo‗rqish, o‗z kuchiga ishonch yo‗qligi ularni murakkab yoki qiyin qilib ko‗rsatishi mumkin. Mashqni o‗rganish va takomillashtirish bilan uni bajarishdagi qiyinchiliklar va qo‗rqinchlar bartaraf etiladi. Demak bajara bilish qobiliyati jismoniy fazilatlarni hamda ruhiy iroda sifatlarini rivojlanib borishi bilan takomillashib boradi. SHug‗ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarliklarini aniqlashda nazorat sinov testlari hamda tibbiy nazoratlardan foydalanish mumkin. SHuning uchun oliy o‗quv yurtlarida o‗quv yili boshida talabalar sog‗ligi tibbiy nazoratlar yordamida tahlil etiladi. Muntazamlilik tamoyili: Mashg‗ulotlarni muntazam tashkil etilishi, jismoniy yuklamalarni bir me‘yorda ortirib borish, dam olish jarayonlarini to‗g‗ri tashkil etish muntazamlilik tamoyillarining asosiy talablaridan. Mashg‗ulotlarda muntazam ishtirok etish, mashg‗ulot jismoniy yuklamalarini to‗liq bajarish, mashg‗ulotlar samaradorligini ortiradi. SHundagina sport tayyorgarlik darajasi ta‘minlanadi, organizm quvvat zaxirasi boyitiladi. Organizm quvvat zaxirasini boyitilishining fiziologik asoslarini quyidagicha ta‘riflash mumkin. Har bir harakatni bajarishda quvvat sarfi va asab tizimining qo‗zg‗alishining pasayishi kuzatiladi. Bu holat ishchanlik qobiliyatini ham pasayishiga olib keladi. Dam olish jarayonlarida quvvat manba‘i tiklanadi, qo‗zg‗alishlar sokinlashadi va dastlabki holatga nisbatan yuqoriroq ko‗rsatkichga ega bo‗ladi. Bu qonuniyatni shunday izoxlash mumkin: organizmda bir miqdor quvvat sarfiga tiklanish jarayonlarida ikki xissa quvvat tiklanishi aniqlangan. Bu jarayon organizmning rivojlanishi, funksional imkoniyatlarining takomillashuvining muhim mexanizmi bo‗lib hisoblanadi. SHunga qaramay bu jarayon uzoq davom etmaydi, ma‘lum bir vaqtdan so‗ng quvvat manbai dastlabki ko‗rsatkichga qaytadi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida 98 jismoniy yuklamalarni to‗g‗ri bajarish hamda ulardan so‗ng yaxshi dam olish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirishda jismoniy yuklamalar orasidagi farq o‗rtacha bo‗lishi, kuch sifatini rivojlantirishda yuklamalar orasi uzoqroq bo‗lishi, chidamlilikni rivojlantirishda esa dam olish jarayonlari ko‗p vaqt talab etiladi. SHuningdek egiluvchanlik sifatini rivojlantirishda jismoniy yuklamalar ta‘siri muntazam bo‗lishi, dam olish jarayonlariga esa oz vaqt etarli bo‗lishi kuzatiladi. Sog‗lomlashtiruvchi mashg‗ulotlarning ta‘siri mashg‗ulotlar haftasiga 2-3 marta tashkil etilganda yuqori ko‗rsatkichda bo‗ladi. Taraqqiyot tamoyili: Mashg‗ulotlar davomida jismoniy mashqlar va harakatlarni murakkablashtirib borish hamda jismoniy yuklamalarni miqdori va hajmini hamda shiddatini kuchaytirib, ta‘sirini ortirish ta‘minlanadi. Taraqqiyot tamoyiliga ko‗ra mashg‗ulotlar o‗quv materiallari muntazam yangilanib, murakkablashtirib boriladi. YAngi mashqlarni o‗rganish, murakkab harakatlar malaka va ko‗nikmalarni egallashning asosi bo‗lib xizmat qiladi. Mashg‗ulotlar jarayonlardagi bir hil shakldagi va bir hil og‗irlikdagi jismoniy yuklamalarga organizm imkoniyatlari moslashib borib, jismoniy rivojlanish kuzatilmay qoladi. Bir hil me‘yordagi jismoniy yuklamaga organizmni moslashuvi natijasida, ushbu harakatlar va mashqlarni organizm oz quvvat sarfi bilan bajarishga o‗tadi. Organizmni jismoniy rivojlanishini ta‘minlash, sport maxoratini ortirib borish uchun jismoniy yuklamalarning ta‘sirini muntazam ortirib borish talab etiladi. SHunga qaramay og‗ir jismoniy yuklamalar ta‘sirida quvvat manbai to‗liq tiklana olmaydi, oz yuklamalar esa organizmda deyarli o‗zgarishlarga olib kelmaydi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida shug‗ullanuvchilarga beriladigan jismoniy yuklamalarning me‘yori organizmni rivojlanishiga, harakat imkoniyatlarini takomillashtirishga olib kelishi kerak. Bu qoidaga amal qilishning qiyinligi shundaki, har bir shg‗ullanuvchining jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat imkoniyatlari o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, mashg‗ulotlarda individual yondoshish talab etiladi. Mashg‗ulotlardagi berilayotgan rivojlantiruvchi 99 yuklamalar, kun o‗tishi bilan oddiy bo‗lib qolishi mumkin. Sport maxorati takomillashib borishi bilan jismoniy yuklamalar ta‘sirini muntazam ortirib borish kerak. Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari yakka holda namoyon bo‗lmay balki o‗zaro muvofiqlikda foydalaniladi. Jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarini uslubiy tamoyillar talablariga muvofiq tashkil etilmasligi, jismoniy rivojlanishni ta‘minlamasligi, sport maxoratini ortmasligi bilan bir qatorda shug‗ullanuvchilar organizmiga jismoniy yuklamalar salbiy ta‘sir etishi ham mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling