Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Jismoniy harakatlarga o‘rgatish asoslari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Jismoniy harakatlarga o‘rgatish asoslari 
Inson asosiy harakat shakllari yurish, yugurish, sakrash, va uloqtirish, 
tirmashib chiqish va boshqalarni o‗z hayoti davomida o‗rganib boradi. Jismoniy 
tarbiya jarayonlarida bu harakat malaka va ko‗nikmalari takomillashtiriladi va 
yangi harakat shakllari shakllantiriladi
Harakat shakllarining malakalari yoki ko‗nikmalari jismoniy tarbiya 
jarayonlarida hosil bo‗ladi. Jismoniy harakatlarni yoki mashqlarni dastlabki 
o‗rganishda shug‗ullanuvchilarda ko‗nikmalar shakllanadi. Harakatlar, mashqlar 


102 
bajarish darajasi takomillashib borishi bilan shug‗ullanuvchilarda harakatlarni 
bajarish malakasi takomillashadi. Bu oddiy velosipedda uchishni o‗rganish kabi, 
dastlab inson velosipedda o‗tirishni o‗rganadi, so‗ng sekin asta yaqin masofalarga 
minadi. Bir ikki urinishdan so‗ng u velosipedda bemalol ucha oladi. Demak 
velosipedda ucha olish insonning ko‗nikmasi bo‗lsa, uni maxorat bilan boshqara 
olish san‘ati esa velosipedda ucha olish malakasi shakllanganligini bildiradi. 
Harakat ko‘nikmasi – harakatlarni bajara bilish darajasi bo‗lib, harakatlarni 
bajarishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Harakat ko‗nikmasining asosiy belgilari: 
- Harakatlarni bajarish ongli ravishda boshqariladi. SHuning uchun bu 
jarayonda markaziy asab tizimi oddiy harakatlarni bajarishga nisbatan ko‗proq 
qo‗zg‗algan bo‗ladi; 
- Harakatlarni bajarishda ortiqcha muskul zo‗riqishlari namoyon bo‗ladi, 
harakatlar o‗zaro muvofiqlikda bajarilmaydi. Harakat vazifalari to‗liq bajarilmay 
qoladi; 
- Harakatlar noaniq va ishonchsiz bajariladi; 
- Harakatlarni bajarish saviyasiga charchoq, to‗polon, har hil tashqi muhit 
sharoiti salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Harakat ko‗nikmasi jismoniy tarbiya jarayonlarida har hil ahamiyatga ega 
bo‗ladi. Ba‘zi harakat ko‗nikmalari takomillashtirib borilib, malaka darajasiga 
ko‗tariladi. Ba‘zi harakatlar ko‗nikmalari esa ko‗nikma shaklida qolaveradi. 
CHunki bunday harakatlar asosiy harakatlar turkumida bo‗lmasligi mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlari talabiga asosan ko‗plab harakatlar ko‗nikma darajasida 
o‗zlashtirilishi etarli bo‗lib hisoblanadi. 
Harakat malakasi – harakatlarni samarali bajarish qobiliyati hisoblanib, 
harakatlarni boshqarish faoliyati avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Harakatlar 
bajarishda markaziy asab tizimiga zo‗riqishlar ro‗y bermaydi va harakatlar
ishonch bilan yuqori aniqlikda bajariladi. 
Harakatlar malakasining xususiy belgilari: 
- Avtomatlashgan holat. Harakatlarni bajarishda shug‗ullanuvchi asosiy 
e‘tiborni harakatni bajarish jarayonlariga emas balki harakatlar natijasiga qaratadi. 


103 
- Malakaning yuqori ko‗satkichida harakatlar o‗zaro muvofiqlikda bajariladi, 
harakatlarni bajarishdagi ikkilanishlar, o‗ng‗aysizlik bo‗lmaydi balki harakatlar bir 
maromda tekis va silliq bajariladi. 
- Malaka yuqori samaradorlikka ega bo‗lib, uni amalga oshirishda hech 
qanday ta‘sir xalqit bera olmaydi; 
- Malaka ko‗p yillar davomida saqlanib qoladi. velosipedda uchish yoki suzish 
harakatlari bir umrga yodda saqlanib qoladi; 
- Harakatlarni yuqori malakada bajara olish qobiliyat sportchilarda yuqori
maxoratlarni shakllanganligini ko‗rsatadi. Masalan suzuvchilar suvni seza olishi, 
gimnastlarni jixozlarni seza olishi, og‗ir atletikachilarni og‗irlikni xis qila olishi, 
sport o‗yinlarida to‗plarni xis qila olish, balandlikka sakrovchilarda balandlik va 
planka holatini xis qilish qobiliyatlari takomillashib ketadi. 
SHunga qaramay malakalarda ham kamchilik bo‗ladi. Harakatlarni noto‗g‗ri 
bajarish usuli o‗rganib olinganda uni qaytadan o‗rganish juda qiyin bo‗ladi. 
SHuning uchun aytiladi, eskisini tuzatgandan yangisini o‗rganish osonroq. 
Jismoniy harakatlar malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishda jismoniy mashqlarni 
takrorlash va trenirovka mashg‗ulotlarining ahamiyati katta bo‗lib hisoblanadi. 
Jismoniy harakatlarga o‗rgatish jarayonlari uch bosqichda tashkil etiladi. 
Birinchi bosqich – harakatlar bilan tanishish, harakatlarni dastlabki o‗rganish. 
Bu bosqichda shug‗ullanuvchilarga jismoniy harakatlarning mazmuni 
tushuntiriladi, harakat haqida tasavvur hosil qilinadi. Bu bosqichlarning vazifasi 
harakatlarga o‗rgatishda qo‗pol xatolarni bartaraf etish hamda mashqlarni 
o‗rganishda uzoq muddat mashg‗ulotlarni qoldirilishiga yo‗l qo‗ymaslik kerak. 
Ikkinchi bosqich – chuqurlashtirish, harakatlarni mukammal o‗rganish, 
harakatlar ko‗nikmasini shakllantirish. Ikkinchi bosqichda mashqlarni ko‗p 
marotaba bajarish natijasida harakatlarni aniq va to‗g‗ri bajarish malakasi 
shakllanadi. Harakatlarni o‗rganish jarayonida ularning turlari va shakllari ham 
ko‗payib boradi, harakatlar avtomatik ravishda bajarilib, harakatlar ko‗nikmasi 
harakatlar malakasiga aylanib boradi. Harakatlarga o‗rganishning ikkinchi bosqichi 
yakunlanganda harakatlarni to‗g‗ri bajarishni idrok boshqarishi darajasiga etadi.


104 
Uchinchi bosqich – harakat malakasini shakllanishi va takomillashib borishi, 
harakatlar mahoratining hosil bo‗lishi. Bu bosqich uzoq davom etadi, ayniqsa 
yuqori malakali sportchilar tayyorgarliklarining juda ko‗p qismini tashkil etadi. 
Bosqichning asosiy vazifasi shug‗ullanuvchilarda harakatlarni har qanday 
sharoitlarda ham samarali bajara olish malakasini shakllantirishga qaratilgan 
bo‗ladi. Harakat malakasini takomillashtirishda harakatlarni bajarishning 
variativligini – ixtiyoriy shakllarini tanlash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Harakatlar 
malakasini 
takomillashtirishda 
harakatlarni o‗rganish, rivojlantirish va 
takomillatirishda muhim hisoblangan jismoniy fazilatlarning ahamiyati katta bo‗lib 
hisoblanadi. 
Harakatlarga o‗rgatish jarayonlari uch uslubda tashkil etiladi. Oddiy 
harakatlar yoki jismoniy mashqlar – yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni 
bajarishni o‗rganishda harakatlarni yaxlit bajarish uslubidan foylaniladi. Bu 
uslubning mazmuni shundaki harakatlar avvalidanoq yaxlit tarzda, qismlarga 
bo‗linmay o‗rgatiladi. Harakatlarni yaxlit o‗rgatish uslubi harakatlarga 
o‗rgatishning barcha bosichida qo‗llaniladi. 
Murakkab jismoniy harakatlarni o‗rganish jarayonlarida harakatlarni 
qismlarga bo‘lib o‘rgatish uslubi qo‗llaniladi. Bu uslubda harakatlarni bajarilishi 
ketma ketligiga muvofiq ularni qismlarga bo‗lib o‗rgatish ko‗zda tutiladi. Masalan 
ko‗krakda suzish harakatlariga o‗rgatishda dastlab suvda sirpanish harakatlari 
o‗rganiladi, so‗ng oyoqlar harakati o‗rgatiladi, qo‗llar harakati o‗rgatiladi, 
yakunida suzish vaqtida 
nafas olish va nafas 
chiqarish 
harakatlari 
muvofiqlashtiriladi. Harakatlarni qismlarga bo‗lib o‗rgatish uslubi harakatlarga 
o‗rgatishning dastlabki o‗rgatish bosqichida samarali qo‗llaniladi. 
Harakatlarni murakkablashtirish uslubi jismoniy harakatlar malaka va 
ko‗nikmalarini takomillashtirishda keng foydalaniladi. Bu uslubning mazmuni 
harakatlarni takomillashtirishda jismoniy yuklamalar ta‘sirini ortirishni ko‗zda 
tutadi. Masalan engil atletikada nayza, disk va bosqon uloqtirishda og‗ir yuklarda 
foydalanish, qisqa masofalarga yugurishda oyoqlarga yuk ilib yugurish, uzunlikka 
sakrashda belda yuk bilan sakrash, voleybolchi va basketbolchi, gandbolchilarni 


105 
to‗ldirma to‗plar bilan mashqlarini ko‗rsatish mumkin. Bunday harakatlar 
mobaynida shug‗ullanuvchilarning jismoniy fazilatlarini rivojlantirish ham amalga 
oshiriladi. SHunga qaramay harakatlarni jismoniy yuklamalar yordamida 
takomillashtirishda harakatlarni bajarish usullarida xatolikka yo‗l qo‗ymaslik, 
harakatlarni shakllari o‗zgarib ketmasligi hamda harakatlar bajarish tezligi 
kamayib ketmasligi talab etiladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling