Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Jismoniy fazilatlarni rivojlantirish
Jismoniy fazilatlar – organizm morfo funksional ko‗rsatkichlari bo‗lib, insonning harakat sifatlarini belgilaydi. Inson organizm morfo funksional imkoniyatlari deganda tayanch harakat apparati, yurak qon tomir tizimi, nerv va boshqa tizimlarning jismoniy harakatlarni bajarish, jismoniy yuklamalarga tayyorgarlik darajasi tushuniladi. Jismoniy fazilatlarning biror bir turining rivojlanganlik darajasi irsiy ko‗rsatkichlar bilan bir qatorda tashqi ta‘sirlar – kun tartibi, harakatlar bajarish faoliyati, ovqatlanish sifati va tartibi hamda eklogik ko‗rsatkichlarga bog‗liq bo‗ladi. Sport tayyorgarlik jarayonlarida asosiy beshta jismoniy fazilat farqlanadi: - Kuch, - Tezkorlik, - CHidamlilik, - CHaqqonlik, - Egiluvchanlik. Insonning boshqa fazilatlaridan farqli o‗laroq jismoniy fazilatlar faqat jismoniy harakatlar bajarish jarayonlarida namoyon bo‗ladi. Jismoniy fazilatlar o‗zaro muvofiqlikda namoyon bo‗lib, doimo o‗zaro ta‘sirga ega bo‗ladi. Jismoniy 108 tayyorgarlik jarayonlarining dastlabki bosqichlarida jismoniy fazilatlarning barcha shakllari bir hil darajada rivojlanib boradi. Jismoniy fazilatlar takomillashib borishi bilan aynan sport turiga muvfiq bo‗lgan jismoniy fazilatni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratiladi. SHunday qilib jismoniy fazilatlar inson jismoniy harakat imkoniyatlarining rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Jismoniy fazilatlar o‗zaro muvofiqlikda rivojlanib, jismoniy harakatlarni samarali bajarish faoliyatida muhim xizmat ko‗rsatadi. Barcha jismoniy fazilatlarin namoyon bo‗lishida kuch sifatining ahamiyati katta. Kuch – tashqi ta‘sirlarni engish yoki ularga qarshi turishda muskul zo‗riqishlarini namoyon qilish hisoblanadi. Tinch holatda turgan jismni harakatlantirish – og‗irlikni ko‗tarish, buyumlarni uloqtirish, tanani harakatini ta‘minlash – yugurish, sakrash jarayonlarida yoki harakatlanishdan to‗xtash, muskullarni statik holatga o‗tishini ta‘minlash – bokschini zarbasini to‗sish, gimnastikada jixozlarda osilish va tayanish mashqlarida tana muvozanatini saqlash jarayonlarida muskul zo‗riqishlari yordamida kuch namoyon qilish kuzatiladi. Kuch namoyon qilishning fiziologik asoslari quyidagicha: - Muskul to‗qimalari zichligi va umumiy massasi; - Muskul zo‗riqishlarini MNT yordamida boshqarilishi; - Tayanch harakat apparati, bo‗g‗im tizimlarining holati. Muskul kuchi namoyon bo‗lishida insonning xissiy kayfiyati hamda iroda sifatlari ham muhim rol o‗ynaydi. Muskul kuchini va kuch chidamliligini rivojlantirish tayanch harakat apparati chidamliligini ortirish bilan birga tana tuzilishining tashqi ko‗rinishida ham o‗zgarishlarga olib keladi. SHu bilan birga muskul faoliyatini nerv tizimlari yordamida boshqarish jarayonlari takomillashib boradi. Bizga ma‘lumki, muskul kuchi uning ko‗ndalang kesimi hajmiga teng bo‗ladi, ya‘ni muskul to‗qimalari soni va hajmiga bog‗liq bo‗ladi. SHuning uchun og‗irlik bilan bo‗ladigan – og‗ir atletika, yadro itqitish, bosqon uloqtirish, kurash sport turlarida sportchilar kuchni muskul massasi ortishi hisobiga ortiradilar. Muskul kuchi sportchi vazniga bog‗liq ekanligini hisobga olib har hil vaznidagi 109 sportchilar kuchini baholashda absolyut kuch va nisbiy kuch ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Absolyut kuch – insonni tashqi ta‘sirlarni engishda – og‗ir buyumlarni, shatanga, gantellarni ko‗tarish, dinamometrlarga ta‘sir ko‗rsatish bilan baholanadi. Nisbiy kuch – absolyut kuch ko‗rsatkichlarini inson vazn og‗irligi ko‗rsatkichlariga bo‗linishi hisoblanadi. Tana vazni ortib borishi bilan absolyut kuch ko‗rsatkichi ortib boradi va aksincha nisbiy kuch ko‗satkichi kamayadi. Sport amaliyotida bu qonuniyat inobatga olinib, bellashuvlarda sportchilarning tana vazni hisobga olinadi. Muskul kuchi uch hil ko‗rinishda namoyon bo‗ladi: - Enguvchi – muskul qisqarishlari bilan; - CHo‗zilish – tashqi ta‘sirlarda muskul cho‗zilishi bilan; - Tutib turish – muvozanatni saqlashda muskul statik zo‗riqishi bilan. Muskul kuchini enguvchi – muskul qisqarishlari bilan harakat bajarishni turnikda tortilish mashqlarini misol qilish mumkin. Bunda elka va qo‗llar muskullarining qisqarishi yordamida tana ko‗tariladi. Muskullar zo‗riqish bilan hajmi – uning uzunligi qisqaradi. Muskullar cho‗zilishi – sakrash, yugurish, kurash va gimnastika mashqlarida ko‗p uchraydi. Bunda jismoniy harakatlar muskul to‗qimalarining cho‗zilishi hisobiga amalga oshiriladi. egiluvchanlikni talab qiladigan barcha sport turlari va jismoniy harakatlar ta‘sirida muskul to‗qimalari cho‗zilib muskul kuchi namoyon qiladi. Muskulni tutib turish faoliyatida muskul to‗qimalari qisqarishi natijasida tashqi ta‘sirlar bartaraf etilib, harakatlanish to‗xtatiladi. Muskulning bunday kuchanishi statik holatni yuzaga keltirib muskul to‗qimalari uzunligini o‗zgartirmay zo‗riqadi. Muvozanat saqlash mashqlari, tanani va tana qismlarini tashqi ta‘sirlarni engib bir holatda turishini ta‘minlash muskullarni statik kuchanishi hisobiga yuzaga keladi. Muskul tizimi jismoniy harakatlar davomida ta‘kidlangan uch hil ko‗rinishda muskul kuchi namoyon eta oladi. Masalan elkaning keng muskul guruhi – 110 del‘tasimon muskul tortilish mashqida muskul qisqarishlari bilan enguvchi kuch namoyon qiladi. Erkin holatda yon tomonlarga qo‗llarni keng yozishda esa muskul cho‗zilishi bilan kuch bajaradi. Og‗irlikni ko‗tarish, ushlab turish va uni tushirishda esa muskullar qisqarib, statik ish bajarish bilan kuch namoyon qiladi. Demak muskullarni cho‗zilishi va qisqarishi bilan bajariladigan kuch dinamik kuch deb ataladi. Muskullar uzunligi o‗zgarmay qisqarishi bilan bajariladigan harakatlar esa statik kuch deb ataladi. Jismoniy mashqlar va harakatlar bajarishda muskul guruhlari bir vaqtda ham dinamik, ham statik ish bajaradilar. Muskul guruhlarining ko‗p uchraydigan faoliyati aralash ish bajarishlarida kuzatiladi. Kuch qobiliyatlari asosan uch hil ko‗rinishda uchraydi: - Xususiy – kuch qobiliyatlari, muskul kuchining statik kuchanishlari va sekin harakatlarda namoyon bo‗ladi. Xususiy – kuch qobiliyatini pauerlifting sport mashqlari yaxshi rivojlantiradi; - Tezkor – kuch qobiliyatlari – portlovchi kuch – tezkorlik va kuchning muvofiqlikda namoyon bo‗lish qobiliyati bo‗lib hisoblanadi. Bunda qisqa vaqt ichida barcha mukul guruhlari tengdan zo‗riqib, katta kuch namoyon qilinadi. Portlovchi kuch og‗ir atletika, sakrash, uloqtirish, sprint, boks kabi sport turlarida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Tezkor kuch qobiliyatlari sport turlariga muvofiq har hil nomlanishi mumkin – sport o‗yinlarida sakrovchanlik, uloqtirish mashqlarida keskinlik, va boshqalar. - Kuch chidamliligi – charchashni engish va uzoq muddat og‗ir jismoniy yuklamalarni bajara olish qobiliyati bo‗lib hisoblanadi. Og‗irliklar va giralar bilan uzoq mashq qilish kabi sport turlariga xos bo‗lgan jisoniy fazilatlardan biri. Ko‗rib o‗tilgan kuch qobiliyatlari o‗zaro muvofiqlikda bo‗lganiga qaramay, bir birining o‗rnini bosa olmaydi. Masalan kuch chidamliligiga ega bo‗lgan sportchi og‗ir yuklarni bir laxzada ko‗tarishda namoyon qilinadigan portlovchi kuch qobiliyatiga ega bo‗lmaydi. SHuning uchun kuch qobiliyatlarini o‗zaro muvofiqlikda rivojlanishlarini ta‘minlash maqsadida quyidagi turli hil uslublardan foydalaniladi: - CHegara va chegaraga yaqin og‗irliklarni qo‗llash uslubi; 111 - Imkoniyatlar darajasidagi og‗irliklar qo‗llash uslubi; - Dinamik urinishlar uslubi; - Statik urinishlar uslubi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling