Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

CHegara va chegaraga yaqin og‘irliklarni qo‘llash uslubi – maksimal kuch 
sifatini rivojlantirish jarayonlaridan hisoblanadi. CHegara og‗irliklari deb inson 
imkoniyatlari bir marta ko‗tarishga yaraydigan og‗irliklar miqdori hisoblanadi. 
CHegaraga yaqin og‗irliklar esa inson ikki uch marotaba ko‗tara oladigan 
og‗irliklar miqdori sanaladi. Bunday og‗ir yuklar bilan mashqlarni bajarishda 
jarohatlanishlar sodir bo‗lishini e‘tiborga olib, mashqlar faqat yuqori malakali 
sportchilar mashg‗ulotlarida amalga oshiriladi. Og‗ir yuklar bilan mashqlar 
kuchanish va nafasni tutib turish bilan bajariladi. Kuchanish va nafasni tutib 
turishda ichki organlarda qon aylanishi buzilish kuzatiladi, shuningdek bosh 
miyada ham qon aylanishida salbiy holat ro‗y beradi, bu holat hushdan ketishga 
olib kelishi mumkin. 
Imkoniyatlar darajasidagi og‘irliklar qo‘llash uslubibu uslubda inson 
ko‗tara oladigan og‗irliklarini charchagunga qadar maksimal miqdorda ko‗p 
marotaba ko‗tarishi tavsiya etiladi. Mashq sekin tempda bajariladi. Mashg‗ulot 
davomida umumiy og‗irligi juda katta hajmdagi yuklarni ko‗tarish kerak. Bu 
uslubda muskul hajmini ortishiga hamda maskul chidamliligini rivojlanishiga 
yordam beradi. 
Dinamik urinishlar uslubi – mashqlar yordamida tezkor kuch sifatini 
rivojlantiriladi. SHunga qaramay muskul hajmi deyarli o‗zgarmaydi. Uslubning 
asosiy mohiyati imkoniyat darajasidagi og‗irliklarni ko‗p marotaba tez tempda 
ko‗tarish tavsiya etiladi. Mashqlarni to‗g‗ri bajarish uchun og‗irliklarning hajmi 
salbiy ta‘sir etmasligi muhim. Og‗irliklar mashq tempini pasaytirmasligi va mashq 
bajarish texnikasini o‗zgartirmasligi kerak. 
Statik urinishlar uslubi – uslubning talabiga asosan muskullarni zo‗riqtirish 
harakatlarini 5-6 soniya davom etuvchi kuchanish bilan bajariladi. Bizga ma‘lumki 
kuchni rivojalanishida uni namoyon qilishdagi tana holati muhim bo‗lib 
hisoblanadi. SHuning uchun muskul guruhlarini ko‗proq kuchanishini talab 


112 
etadigan tana holatini tanlab muskullarni zo‗riqtirish kerak. Uslubning afzalligi 
shundaki, kuchanish mashqlarini barcha joylarda, hech qanday jixozlarsiz bajarish 
mumkin. Kuchanish mashqlari bilan tananining barcha muskul guruhlariga ta‘sir 
ko‗rsatish imkoniyati bor. SHuningdek jarohatlanishlar tufayli vaqtincha harakatlar 
cheklanganda ham kuchanish mashqlarini bajarish mumkin.
Statik urinishlar uslubida bajariladigan kuchanish mashqlarini boshqa 
uslublar bilan muvofiqlikda bajarish mumkin. SHunga qaramay kuchanish 
mashqlari dinamik kuchni rivojlanishiga deyarli ta‘sir etmaydi. 
Kuchni rivojlantirish vositalari muskul kuchanishi va zo‗riqishini talab 
etadigan mashqlardan iborat bo‗ladi. Bularga: 
- Tashqi ta‘sirlarni – shtanga, gantellar, to‗ldirma to‗plar og‗irligi, sherigining 
qarshiliklari, trenajerdagi mashqlar; 
- O‗z tanasi og‗irligini engish – turnikda tortilish, yotgan holda qo‗llarni bukib 
yozish, yotgan holda oyoqlarni bukib yozish, o‗tirib turish mashqlari; 
- Tana qarshiliklarini engish mashqlarini kiritish mumkin. 
Tana tuzilishi har hil bo‗lgan insonlarda muskul kuchi har hil tarzda 
rivojlanadi. Normostenik va giperstenik tana tuzilishiga ega insonlarda kuch 
mashqlari tezda ijobiy natijalar ko‗rsatadi. Astenik tana tuzilishiga ega insonlarda 
muskul hajmi va kuchini o‗sishi sekinlik bilan boradi. SHunga qaramay barcha 
shakldagi tana tuzilishiga ega insonlar muntazam reja asosida mashg‗ulotlarda 
ishtirok etish bilan muskul kuchini samarali ortirishga erishishlari mumkin.
Kuch mashqlari bilan muntazam shug‗ullanish, yurak qon tomir tizimiga 
ta‘sir etishi qon bosimini ortishiga olib keladi. Mashg‗ulotlar jarayonlarida yurak 
qon tomir tizimi faoliyatini rivojlantirish mashqlariga katta e‘tibor qaratish kerak. 
SHuningdek kuch mashqlarining tana bo‗g‗imlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatishni oldini 
olish uchun egiluvchanlikni ta‘minlaydigan hamda muskullarni bo‗shashtirish 
mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bu bilan bo‗g‗imlar, umurtqa pag‗onasi 
disklari oralaridagi va suyaklarda bo‗ladigan ezilishlar – deformasiyalarning oldi 
olinadi. 


113 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling