Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Egiluvchanlik – inson tayanch harakat apparati holati va bo‗g‗imlarining 
harakatchanligini belgilaydigian hamda harakatlarni keng amplitudada bajarishni 
ta‘minlaydigan morfo fnksional imkoniyatlari bo‗lib hisoblanadi. Egiluvchanlik 
tyanch harakat apparatining tug‗ma tuzilish xususiyatlariga, muskullar, bo‗g‗imlar, 
paylarning elastikligi, MNT holati, tashqi haroratlar va boshqa omillarga bog‗liq 
bo‗ladi. 
Egiluvchanlikni baholashda tana bo‗g‗imlarining maksimal amplitutada 
harakatlanish darajalari maxsus jixoz goniometrlar yordamida baholanib
bo‗g‗imlarning tekislikdagi joylashuvi santimetr tasmasi yordamida aniqlanadi. 
Egiluvchanlikni baholash testlari sifatida oldiga va orqaga egilishlar, qo‗l kaftlarini 
polga tekkizish, ―ko‗prik turish‖, oyoqlarni to‗g‗riga va yon tamonlarga yozib 
o‗tirish (rastyashka va shpagat), qo‗llarni orqaga aylantirib o‗tkaza olish 
mashqlarini bajartiriladi. 


118 
Egiluvchanlik fazilati aktiv va passiv egiluvchanlikka bo‗linadi. 
Aktiv egiluvchanlik – tana qismlarining mustaqil shaklda namoyon qiluvchi 
egiluvchanlik harakatlari - oldiga va orqaga egilishlar, qo‗l kaftlarini polga 
tekkizish, ―ko‗prik turish‖ mashqlari. 
Passiv egiluvchanlik – tashqi ta‘sirlar – jixozlar yoki sherigining yordamida 
namoyon qiluvchi egiluvchanlik harakatlari. Passiv egiluvchanlikda harakatlar 
kengligi, amplitudasi aktiv egiluvchanlikka nisbatan yuqori bo‗lib hisoblanadi. 
Muntazam jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda egiluvchanlik 
fazilati o‗smirlikni 15 yoshida yuqori ko‗rsatkichlarga ega bo‗ladi. Mashg‗ulotlar 
ta‘sirida bir necha yil egiluvchanlik o‗zining yuqori darajadagi holatini saqlab 
turishi mumkin. 30 yoshdan boshlab bo‗g‗imlar egiluvchanlik darajalari fiziologik 
nuqtai nazardan kamayib boradi. SHu bilan birga ayollarda egiluvchanlik 
ko‗rsatkichlari erkaklarga nisbatan yuqoriroq bo‗ladi. 
Egiluvchanlik fazilati ham umumiy va maxsus egiluvchanlikka bo‗linadi. 
Umumiy egiluvchanlik – tan barcha bo‗g‗imlarining egiluvchanligini 
belgilaydi, maxsus egiluvchanlik esa ayrim bo‗g‗im tuzilmalari egiluvchanligini 
ko‗rsatadi. 
Muskullar 
faoliyatiga 
muvofiq 
egiluvchanlik 
dinamik 
va 
statik 
egiluvchanliklarga bo‗linadi. 
Dinmamik egiluvchanlik dinamik harakatlar – muskullar qisqarishi va 
cho‗zilishi hisobiga vujudga keladi. 
Statik egiluvchanlik statik mashqlar – tana qismlarini bir hil shaklda tutib 
turish harakatlari, muvozanat saqlash mashqlarida namoyon bo‗ladi. 
Egiluvchanlikni rivojlantirish mashqlari sifatida bo‗g‗imlarni va muskullarni 
keng yozish mashqlari qo‗llaniladi. Bu mashqlar dinamik va statik tarzda 
bajariladigan harakatlardan iborat bo‗lib, mashqlarda jixozlar, og‗irliklar va 
sherigining yordamidan samarali foydalaniladi. Qo‗llar va oyoqlarni keng siltab 
yozish mashqlari egiluvchanlikni ortirishda ijobiy natijalarga erishishga yordam 
beradi. 


119 
Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar bo‗g‗imlarni mustahkamlash, 
muskullar elastikligini ortirish hamda ularning cho‗ziluvchanligini ta‘minlash bilan 
mashg‗ulotlar davomida jarohatlanishlarning oldini oladi. Bo‗g‗imlarni 
cho‗zilishini ta‘minlaydigan mashqlarni bajarishda harakatlar amplitudasini ortirib 
borishga e‘tibor berish kerak. SHerigining yordamida va og‗irliklar bilan 
bajariladigan cho‗zilish mashqlarida extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Keng 
amplitudada mashqlar bajarishda biror bir buyumni mo‗ljallab mashq bajarish, 
oyoqlarni planka qadar ko‗tarish, qo‗llarni polga tekkizish mashqlarini bajarish 
samarali natijalar beradi. 
Egiluvchanlikni 
ortirishga 
qaratilgan 
mashqlarni 
bajarishdan 
oldin 
muskullarni yaxshilab qizdirib olish tavsiya etiladi. Qizdirish mashqlari va tashqi 
harorat ta‘sirida muskullarning qizishi munosabati bilan ularda qon aylanishi 
yaxshilanadi, bu bilan muskul to‗qimalarining elastikligi ortadi. 
Egiluvchanlikni rivojlanishi inson qad qomatini yaxshi shakllanishi, 
harakatlarining o‗zaro muvofiqlikda bo‗lishini ta‘minlaydi. Egiluvchanlik fazilati 
kuch fazilati bilan nomutanosibligini hisobga olgan holda bu ikki fazilatni o‗zaro 
uyg‗unlikda rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗lib hisoblanadi. Mashg‗ulotlarni 
to‗xtatib qo‗yish egiluvchanlik sifatini yomonlashuviga olib keladi. SHu bilan 
birga bo‗g‗imlar va muskullar egiluvchanlik sifati yosh o‗tishi bilin kamayib 
boradi. Egiluvchanlikni kamayib ketishini oldini olish uchun har kuni bo‗g‗imlarni 
keng harakatlanishini ta‘minlaydigan, muskullar elastikligini ortiradigan bir qator 
engil umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Bu mashqlar 
oldinga va orqaga egilishlar, oyoq va qo‗llarni keng amplitudada 
harakatlantirishlar kabi mashqlardan iborat bo‗lishi mumkin. Egiluvchanlik 
mashqlari asosan umurtqa pag‗onasi, tos son va elka bo‗g‗imiga ta‘sir etuvchi 
mashqlarda tashkil topishi kerak. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling