127
tezlanish olish va muvozanatni saqlashga yordam beradi. Harakatlanishda gavda
erkin holda, bir elka oldga surilgan bo‗lib, raqibni to‗pga yaqinlashtirmaslikka
harakat
qilinadi, aslo raqibni turtilmaydi. To‗p olib yurish tezligi va oyoqlar
hamda qo‗llar harakati o‗zaro muvofiqlikda bajariladi.
Savatga to‘p tashlash: savatga to‗p tashlashning aniqligi to‗p
tashlash
texnikasini to‗g‗ri bajarilishi, harakatlarning ketma ketligining to‗g‗riligi, mo‗ljalni
to‗g‗ri olinishi, bilak va elka kuchiga, to‗pning aylanishi va uchish traektoriyasiga
bog‗liq bo‗ladi. To‗pni savatga aniq tushirish mahoratiga erishish uchun usulni
ko‗p marotaba takrorlash va aniq mo‗ljalga olish qobiliyatini
takomillashtirish
kerak. SHu bilan birga to‗pni savatga tushish miqdorini ortirishda bilak va elka
muskullari kuchining yaxshi rivojlanganligi hamda bo‗g‗imlarning etarli darajada
egiluvchanligi ham muhim ahamiyatga ega bo‗ladi.
Ikki qo‘llab ko‘krakdan uloqtirish savatga to‗pni uzoq masofadan
tashlashda qo‗llaniladigan usul. To‗pni ikki qo‗llab ushlab ko‗krakdan yuz
ro‗parasidan ko‗tariladi, oyoqlar elka kengligida, tizzalar bir oz bukilgan, bir oyoq
oldga qo‗yilgan bo‗ladi. To‗pni uloqtirishda qo‗llar chig‗anda to‗liq yozilib, bilak
unga kuchli harakat beradi, panjalar keng yozilib to‗pni uchishini kuzatib qoladi.
Oyoqlar kuchi bilan engil siltanish bajariladi. Qo‗llar va oyoqlarni harakati o‗zaro
muvofiqlikda bajarilishi to‗pni tezligiga va aniq uloqtirilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: