Logistika” fanidan mustaqil ta`lim varianti №18 Zahiralarning belgilanishi va turlari. (10 bal)


Download 50.51 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi50.51 Kb.
#158278
Bog'liq
odil


Logistika” fanidan mustaqil ta`lim varianti № 18
1. Zahiralarning belgilanishi va turlari. (10 bal)

2. Axborot oqimlari va ular yordamida logistika tizimini harakatga keltirish. (10 bal)

3. Savollarga “ha” yoki “yo`q” tarzida javob bering. , (30 bal)


T/R

Mulohazalar

javob

1

Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko’rsatish servisi iste’molchiga xizmat ko’rsatish derajasining majmua tavsifini ifodalaydi.

YO`Q

2

Iste’molchi talabini qondirish servisi chiqarilayotgan mahsulot bo’yicha taklif qilinayotgan servis xizmatini ko’rsatish turlari yig’indisidir.

YO`Q

3

Sotuvdan keyin ko’rsatiladigan servis xizmati mahsulotning belgilangan butun hayotiy davri davomida amaldagi iqtisodiy shartlar asosida mahsulotni samarali ta’minlashda ko’rsatilishi zarur bo’lgan xizmat lar yig’indisi.

HA

4

Mol yetkazib beruvchi qisqartirilgan qiymatiga bog’liq holda shakllanadigan servis turi bu axborot servisidir.

YO`Q

5

Ishlab chiqaruvchilar taklif qilayotgan bacrha mahsulotlar sifat darajasiga qarab 3 ta guruhga bo’linadi.

YO`Q

6

Yuqori sifatli, lekin berilgan bozordagi mavjud o’xshash mahsulotlar orasida o’rtacha sifatga ega deb hisoblanishi mumkin bo’lgan mahsulot – yuqori sifatli mahsulotdir.

YO`Q

7

Raqobatbardosh bo’lmagan va bunday mahsulotga umuman talab mavjud bo’lmaydigan, shu sababli past narxlarda sotiladigan mahsulotlar past sifatli mahsulotlar deyiladi.

YO`Q


Javoblar

1 Moddiy zaxira tushunchasi. Moddiy zaxiralar — bu ishlab

chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan

xomashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va

boshqa moddiy qiymatlardir.

Korxonada zaxiralarning asosiy qismini moddiy oqimning

texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga

kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlari tashkil etadi.

Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari. Korxonada zaxiralar

ikkita asosiy sabab bo'yicha tashkil etiladi:

1. Kelib tushishning hajmi bitta iste ’mol hajmiga mos

kelmasligi.

2. Material kelib tushishi bilan uning iste’moii orasida vaqt

o'zgarishlarining mavjudligi.

Xomashyo materiallarini yetkazib berish, ko‘p hollarda davriy

ravishda amalga oshiriladi, ularning iste’moii, asosan, uzluksiz

bo‘ladi va kelib tushish vaqti bilan mos kelmaydi. Har bir

korxonaning uzluksiz ishlashini ta ’minlash maqsadida xomashyo.

materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg£i va boshqa resurslaming

ma’lum turdagi zaxiralari tashkil etiladi. Zaxiralarni tashkil

etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular

— narxlaming mavsumiy o‘zgarishi; yetkazib berishlaming qabul

qilingan grafigining buzilishi (kirib kelayotgan moddiy oqim

112


intensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o‘zgarishi (chiqib

ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va

boshqalar.

Moddiy zaxiralarning turlari. Xomashyoning mahsulotga

aylanishi yolida va mahsulotning oxirgi itse’molchigacha bo‘lgan

harakatida zaxiralarning ikkita asosiy turi tashkil etiladi: ishlab

chiqarish va mahsulot zaxiralari.



Ishlab chiqarish zaxiralari iste’molchi-tashkilotlarda shakllantiriladi

va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta ’minlashga

mo‘ljallangan.

Mahsulot zaxiralari ishlab chiqaruvchi korxonaiarda tayyor

mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan

iste’molchiga qaratilgan harakatidagi zaxiralardan, ya’ni ulguiji

va chakana savdo korxonalarida, tayyorlov tashkilotlarida va

yoldagi zaxiralardan iborat. Ular iste’molchilarning moddiy

resurslar bilan uzluksiz ta’minlanishi uchun zarur.

Ishlab cliiqarish va mahsulot zaxiralari joriy, tayyorlov, sug‘urta

va mavsumiylarga boiinadi.



Joriy zaxiralar korxonada yetkazib berishlar o‘rtasidagi interval

ichida uzluksiz ishni ta’minlash va mahsulot partiyalarini optimal

miqdorda ishlab chiqarish uchun zarur. Zaxiralarning bu qismi

bir tekis va vaqtida ta’minot sharoitlarida yetkazib berish va bir

martalik iste’mol hajmlarining mos kelmasligi hamda material

harakati bilan bog£liq boigan to'xtashlar natijasida shakllanadi.



Tayyorlov zaxiralari materiallarni ishlatishga tayyorlash va

ularni ish joylariga yetkazib berish davrida uzluksiz ishni ta’minlash

uchun tashkil etiladi.

Kafolatlangan (sug'urta) zaxiralari ta ’minot jarayonidagi

uzilishlar yoki ishlab chiqarish hajmidagi o ‘zgarishlar vujudga

kelgan holatlarda korxonaning ishini ta’minlash uchun zarur. Bu

zaxiralar yordamida haqiqiy talab bashorat qilinganida ishlab

chiqarilayotgan mahsulotning haqiqiy hajmini rejalashtirilgandan

va har xil operatsiyalar bajarilishining haqiqiy muddatlarini

rejadagilardan chetlanishlari qoplanadi.

Mavsumiy zaxiralar ishlab chiqarish yoki iste’mol hajmining

mavsumiy o ‘zgarishlari bilan asoslanadi. Bu zaxira bashorat

113

qilinayotgan (mavsumiy) talabning o‘sishini qondirishga hamda

dam olishlar davrida korxona quwatining pasayishiga moMjallangan.

Xarajatlarning turlari. Moddiy oqimlarni boshqarish konsepsiyasining

amaliyotda qoMlanilishi zaxiralar yigMndisini optimallashtirish

bilan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri bogMiq. Zaxiralarni optimallashtirishning

mezoni boMib buyurtmalarni bajarishga va

materiallarni saqlashga ketadigan umumiy xarajatlar hisoblanadi.

Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi

guruhlarga ajratiladi:

• buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar;

• xarid narxi bilan belgilanadigan to ‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar;

• zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar;

• ≪defitsit≫ natijasidagi yo‘qotishlar.

Buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar buyurtmani

joylashtirish va yetkazib berish bilan bogMiq. Ular qatoriga xarajatlarning

quyidagi turlari taalluqli: yetkazib berish shartlarini ishlab

chiqish va ulami qabul qilishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar;

buyurtma bajarilishi ustidan nazorat va ularning bajarilish muddatlarini

qisqartirish bilan bogMiq xarajatlar; transport xarajatlari (agar

tashishga ketadigan mablagMar qabul qilinayotgan tovar qivmatiga

kirmasa); buyurtmani qabul qilish va omborga joylashtirishga

ketadigan xarajatlar.

Bulaming ba’zilari buyurtmada joylashtiriladi va hajmga bogMiq

boMmaydi, boshqalari, masalan transport va ombor xarajatlari

to‘g'ridan-to‘g‘ri buyurtma miqdoriga bogMiq.

Umuman olganda, buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar

hamma turdagi xarajatlarni o ‘zining tarkibiga oladi, ularning

miqdori esa bajarilayotgan buyurtmalar soniga bogMiq boMadi.

To‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlar xarid qilinayotgan materiallar narxi

bilan belgilanadi va buyurtma partiyasining o'sishida o‘matiladigan

ulguiji narxlarning arzonlashishiga qarab o ‘zgaradi.

Zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar materiallarni saqlash

xarajatlari va zaxiralaming mavjudligi bilan aniqlanadi.



114

Xarajatlarning bu guruhiga quyidagi statiyalar kiradi: zaxiralarga

qo'yilgan kapitaldan olinishi mumkin bo‘lgan foiz stavkasi; ombor

operatsiyalariga ketadigan xarajatlar va ombor ijarasi uchun to‘lov;

ishlab chiqarish birligiga qarashli bo‘lgan omborxonalarni ishiatish

bilan bog‘liq joriy xarajatlar; sug‘urta va sol iq xarajatlari. Zaxiralami

kamaylirish ombor xarajatlari va u bilan bog‘liq boMgan

xarajatlarning kamayishiga olib keladi.



Defitsit. natijasida yo ‘qotishlar qandaydir davr ichida u yoki bu

moddiy resurslarning cheklanganligi natijasida yuzaga keladigan

xarajatlardan iborat. Yo‘qotishlarning bu guruhiga quyidagilar

taalluqli:

• zarur materiallar yo‘qligi natijasida ishlab chiqarish jarayonining

to ‘xtashi hamda materialni boshqa qimmatrog‘iga

aimashtirish bilan bog'liq bo‘lgan ishlab chiqarishdagi

vo‘qo(ishlar;

• buyurtma bajarilmagan holatda iste’molchining boshqa

ishlab chiqaruvchiga murojaat qilishi natijasidagi yo'qotishlar

(bu holatda defitsit natijasidagi xarajatlar foyda yo‘qotishlari

deb qaraladi);

• buyurtma bajarilishini kutib qolish holatida vujudga keladigan

qo‘shimcha xarajatlar.



Ombor xarajatlarining me’yorlari. Ombor xarajatlari umumiy

me’yor bolyicha hisoblanadi, bu me’yor xarajatlaming doimiy va

o‘zgaruvchan qismlarning munosabatini hisobga oladi.

Ombor xarajatlar me’yori quyidagini tashkil etadi:



N = A + V\

bunda, N — ombor xarajatlarining me’yori; A — zaxiralarga

qo'yilgan kapitalning foiz stavkasi; V — materiallarni omborda

saqlash xarajatlarining me’yori.



V = G / D ■ 100,

bunda G — ma’lum davr ichida omborda materiallarni saqlashga

ketgan xarajatlar; D — ombor zaxirasining o‘rtacha qiymati.

115


Asosiy ma’lumotlar. Zaxiralarni nazorat qilish tizimi — bu

zaxiralarni tashkil etish va toidirish, uzluksiz nazoratni yo‘lga

qo‘yish va yetkazib berishlarni operativ rejalashtirish bo‘yicha

chora-tadbirlar yigindisidir.

Zaxiralarni nazorat qilish jarayonida zaxiralaming turli xil

miqdoriy darajajari ajratiladi:

maksimal zaxira — bu zaxira kafolatlangan, tayyorlov

zaxiralari va maksimal joriy zaxiraning yigindisiga teng. Uning

hajmi yuqori me’yoriy resurslarni nazorati uchun o'rnatiladi;

o'rtacha yoki o ‘tuvchi zaxira — bu kafolatlangan tayyorlov

zaxiralari va joriy zaxiralar yarmining yig‘indisiga teng. Bu ko‘rsatkichning

miqdori zaxiraning me’yoriy miqdoriga mos keladi;

minimal zaxira — bu kafolatlangan va tayyorlov zaxiralari

yigindisiga teng. Zaxiralaming bu darajagacha kamayishi ulami

tez vaqtda toidirish zamrligini ko‘rsatadi.

Zaxiralarni boshqarish jarayonida buyurtma nuqtasi va talab

qilinayotgan materiallar miqdorini belgilab olish muhimdir.

Buyurtma nuqtasi bu zaxiralaming belgilangan maksimal

darajasidir, u kamayganda moddiy boyliklaming keyingi partiyasining

yetkazilishiga buyurtma beriladi.

Buyurtma hajmi — bu zaxirani to id irish uchun buyurtma

beriUshi zamr boigan materiallar miqdoridir. Agar minimal zaxiraga

yangi partiyani qabul qilish vaqtida erishilgan boisa, zaxira

maksimal darajaga koiariladi.

Buyurtma hajmini partiya hajmi va yetkazib berishlar o‘rtasidagi

intervalni o £zgartirish yoki ham hajmni, ham yetkazib berish

intervalini o‘zgartirish orqali boshqarish mumkin.

Shunga qarab zaxiralarni boshqarish amaliyotida ikkita asosiy

tizimdan foydalaniladi:

— buyurtma miqdori belgilangan tizim;

— buyurtma davomiyligi belgilangan tizim.

Buyurtma miqdori belgilangan tizim. Materiallarni bir xil,

oldindan aniqlangan optimal partiyalarini o'zgarib turuvchi vaqt

intervallari ichida kelib tushishini nazarda tutadi. Keyingi partiya-

116


ning yetkazib berilishiga buyurtma omborda mavjud zaxira belgilangan

kritik darajagacha — ≪buyurtma nuqtasigacha≫ kamayganda



Buyurtmadan oshib ketish davri

Omborga keyingi partiyalarni yetkazib berishlar orasidagi intervallar

moddiy resurslarni ishlatilish (iste’mol qilinish) intensivligiga

bog‘liq.


Buyurtma nuqtasiga mos keluvchi zaxiralar darajasi, yetkazib

berish vaqtini buyurtmadan kechirishi davomida kutilayotgan

ehtiyojni kafolatlangan zaxira bilan yig‘indisiga teng:

Qbn Г T Qstr,

bunda Qbn ~ buyurtma nuqtasining zaxirasi; r — materialning

o ‘rta c h a kunlik xarajati; T - buyurtm a b e rilish davri;

qs!r - kafolatlangan zaxira.

117


Bunda yetkazib berishga buyurtma berilishi bilan partiyaning

omborga kelib tushishi orasidagi vaqt interval! t o'zgarmas deb

olinadi. Zaxiralarni boshqarishdan maqsad ularning harakati haqida

berilganlar asosida ≪buyurtma nuqtasini≫ aniqlash va zarur

materiallarni yetkazib berishga buyurtmani hujjatlashtirishdan

iborat.


Misol. Detal X uchun xarid qilinayotgan partiyaning optimal

miqdori 500 dona deb aniqlandi. Bashorat qilinayotgan talab bir

yilda 1500 donani tashkil etadi. Buyurtma bajarilish muddati bir

oy (22 kun)ga teng deb olaylik. Agar bir yilda 250 ish kuni

bo‘lsa, unda yillik iste’mol 1500\250 yoki bir kunda 6 donani

tashkil etadi. Demak 500 dona, 500 \ 6 yoki 83 kunda ishlatilib

ketadi, biron-bir kafolatlangan zaxira mavjudligini ham hisobga

olaylik. Buyurtma bajarilish muddati bir oy bo‘lsa, ≪buyurtma

nuqtasi≫da zaxiralar darajasi kafolat zaxirasidan 6 • 22 yoki 132

donaga oshadi.

Buyurtma miqdori belgilangan tizimning qulayligi — materialning

bir xil partiyalar bilan kelib tushishi, bu esa zaxiralarni

yetkazib berish va saqlash xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Bu tizimning kamchiligi zaxiralarning mavjudligi ustidan doirniy

nazorat olib borilishi zarurligi va nazorat bilan bog‘liq xarajatlarning

oshishidan iborat.



Buyurtma davomiyligi belgilangan tizim. Zaxiralarni boshqarishning

davriyligi belgilangan tizim materiallarini bir xil, doimo

qaytariladigan vaqt oraliqlaridan (zaxiralarning mavjudligini tekshirish

davridan) keyin kelib tushishini nazarda tutadi. Zaxiralarning

mavjud qoldiglning har bir tekshiruvidan so‘ng buyurtma hujjatlashtiriladi

va uning miqdori materiallarning iste’mol qilinish intensivligiga

bog'liq boladi. Buyurtma miqdori maksimal zaxiradan

materiallarning tekshiruv vaqtidagi joriy zaxira darajasining

ayinnasiga teng.
Agar haqiqiy talab kutilayotgandan yuqoriroq bo'lsa, buyurtma

miqdori samarali buyurtma miqdoridan kattaroq bo‘ladi va aksin-



118

cha, agar materiallarga talab kutilayotgan o ‘rtacha miqdordan

kamroq bo'lsa, buyurtma miqdori kamroq boiadi. Shunday qilish

zaxiralarni nazorat qilishning davriy tizimi qo‘ilanilganda buyurtmalar

orasidagi vaqt intervali o‘zgarmas bo‘lib qoladi, buyurtmaning

miqdori esa iste’mol qilinish intensivligiga qarab o‘zgaradi,

ya’ni o'zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Zaxiralarni nazorat qilishning

bu uslubida zaxiralarni boshqarish sxemasi 7.2-rasmda

ko‘rsatilgan.

orasidagi interval orasidagi interval

Misol. Materiallaming iste’mol qilinish intensivligini har xil

deb olaylik: birinchi davrda u o‘rtacha yillikka yoki bir kunda

6 donaga to‘g‘ri keladi; ikkinchi davrda — o‘rtacha yillikdan

yuqoriroq yoki bir kunda 10 donani tashkil etadi; uchinchi davrda

iste’mol qilinish intensivligi sezilarli bolmasin — bir kunda

3 dona.


119

Har bir davr uchun zaxiralar harakatining grafigini tuzamiz



Zaxiralarni to‘ldirishning birinchi davri. Agar joriy davming

birinchi sanasiga zaxirani 500 donaga teng deb olsak, unda yangi

buyurtma zaxira darajasi kafolat miqdoriga yetishidan 22 kun

oldin beriladi. Bu holatda davriyligi belgilangan tizim va buyurtma

miqdori belgilangan tizimlar zaxiralaming bir xil strukturasini

beradi, chunki talab kutilayotgan o‘rtacha kattalikka teng.



Zaxiralarni to‘ldirishning ikkinchi davri. Buyurtmalar orasida

belgilangan 83 kunlik intervalning birinchi 22 kunida (7.3-rasmda

61 dan 83 gacha bo'lgan kunlar) ombor zaxiralari nolgacha 6

dona\kun me’yori bo‘yicha kamayib boradi. Belgilangan davming

qolgan 61 kun davomida zaxiralar darajasi yillik o‘rtacha iste’mol

(10 dona\kun) dan oshuvchi me’yor bo‘yicha kamayib boradi.



Zaxira

500

400

300

200

100


-- 132

Qaytaruvhi

buyurtmaning

o'zgaruvhan

hajmi

vaqt

-100 Kafolat zaxirasi

- 200-

-3 0 0 -

7.3-rasm. Buyurtma davriyligi belgilangan tizimda va

materiallaming iste’mol qilinish intensivligi har xil bo‘lganda

joriy zaxiralar harakatining graligi.

Buyurtma berilish vaqtiga kelib 110 [500 dona — (61 dona

* 10 kun)]ga teng bo'ladi. Demak, buyurtma miqdori 610 donaga

kafolat zaxirasining [500 — (—110) + qstr\ yig‘indisiga teng boiadi.

120

Buyurtma berilishi vaqtida omborda 110 dona yetmagani hamda



oldini olish vaqtiga mos keluvchi davr ichida 220 dona

(10 dona\kun * 22) iste’mol qilingani uchun, uchinchi davr

boshiga kelib zaxiralar darajasi 280 donadan kafolat zaxirasini

(610 + qslr — 110 dona — 220 dona)ni tashkil etadi.



Zaxiralami to‘ldirishning uchinchi davri. Ombor zaxiralari 166-

kunga kelib 280 donadan iborat zaxirani tashkil etadi va buyurtma

227 kunga (166 + 61) beriladi. Bu vaqtda omborda 97 dona

zaxira [280 + qilr (3 * 61)J joylashgan bo‘ladi. Bu holatda

buyurtma miqdori 403 dona [(500 dona + qslr) ~ (97 dona +

qstr)]ni tashkil etadi. Oldini olish vaqtiga mos keluvchi davr ichida

ombordan yana 66 dona (3 dona\kun * 22 kun) olinadi. Davming

oxirgi 249-kuniga kelib zaxira darajasi 31 donadan 434 donagacha

o‘sadi.

Ко'rib chiqilgan tizimning qulayligi uning oddiyligidir. Kelib



tushishlar orasidagi butun interval ichida nazorat faqat bir marta

amalga oshiriladi. Tizimning kamchiliklariga quyidagilar taalluqli:

• materialning ozgina miqdoriga ham buyurtma berilishi

zarurligi;

• buyurtma berish vaqti kelmasidan ko‘zda tutilmagan intensiv

iste’mol natijasida zaxiralarning tugab qolish xavfi mavjudligi.

Shuning uchun buyurtma davriyligi belgilangan tizim,

materiallar kam miqdorda va bir tekisda xarajat qilinganda

samarali bo‘ladi.

Zaxiralarni nazorat qilishning boshqa tizimlari. Ular zaxiralarni

nazorat qilishning asosiy tizimlari asosida vujudga keladi va

ulaming variantlari sifatida ko‘rib chiqiladi.

Doimiy darajagacha davriyligi belgilangan tizim (TS strategiyasi).

Bu holatda buyurtma teng vaqt oraliqlaridan keyin

qaytariladi. Qoldiq buyurtma nuqtasi darajasigacha kamayganda

belgilangan muddatdan ilgari navbatdan tashqaridagi buyurtma

beriladi.

≪Maksimum — minimum≫ tizimi (strategiya S — s). Bu tizim

zaxiralarning hisobiga ketadigan xarajatlar va buyurtmani hujjatlashtirishda

yo‘qotishlar, zaxiralar defitsiti natijasidagi yo‘qotishlar

bilan bir xil boTganda qo‘llaniladi. Shuning uchun ko‘rib

121


chiqiJayotgan tizimda buyurtmalar belgilangan vaqt oraliqlaridan

keyin emas, balki ombordagi zaxiralar minimal darajaga teng yoki

kamroq bo‘lish sharti bajarilganda beriladi. Buyurtma berilganda

uning miqdori shunday hisoblanadiki, kelib tushayotgan materiallar

zaxiralarni maksimal darajada to‘ldirishi kerak.

Davriyligi o‘rnatilgan va buyurtma miqdori belgilangan tizim

(strategiya TQ) doimiy, vaqt oralig‘i o ‘zgarmas zaxiralar

tekshiruvini nazarda tutadi. Agar tekshiruv vaqtida ularning

darajasi buyurtma nuqtasiga yetgan yoki undan kamayib ketgan

bo'lsa, navbatdagi buyurtma beriladi, optimal partiya Q miqdorida

beriladi.

Ko‘rib chiqilgan zaxiralarni nazorat qilish tizimlarining grafik

ko‘rinishlari 7.4-rasmda keltirilgan.

S

On

Tugatilmagan ishlab chiqarishni nazorat qilish. Tugatilmagan

ishlab chiqarishning natural ifodasi bu ishlab chiqarish jarayonining

har xil bosqichlarida joylashgan bo‘shliqlarning yig'indisi, ya’ni

detallar, yig‘uv birliklari va mahsulotlardir.

Tugatilmagan ishlab chiqarish hajmi o'rtacha kunlik mahsulot

ishlab chiqarilishini, mahsulot ishlab chiqarish siklini tashkil etuvchi

ish kunlariga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Tugatilmagan ishlab



TS

strategiyasi

122

chiqarish miqdori mehnat predmetlarini texnologik jarayon operatsiyalaridan

o ‘tish tezligini ko'rsatadi.

Tugatilmagan ishlab chiqarish hajmini boshqarish ishlab

chiqarish siklining davomiyligini o'zgartirish yo‘li bilan amalga

oshiriladi.


2 Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasa-da, ishlab chiqarishning rivojlanishida juda katta o'rin tutadi. Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o'ziga xos tarmoqlar tizimini tashkil qiladi. Ular quruqiik (temiryo'l, avtomobil va quvur). suv (dengiz va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo'linadi. Transportning asosiy tarmoqlar guruhlari quyidagilardir: Quruqiik transporti tarmoqlari qatoriga avtomobil, temiryo'l va quvur transportlari kiradi. Avtomobil transporti eng samarali tadrijiy (dinamik) o'sayotgan tarmoqdir. XX asr boshlaridan paydo bo'lgan bu transport hozirgi paytda jahonning barcha mamlakatlarida eng ommaviy harakat vositasi bo'lib qoldi. Uning muhim jihati — yuklarni manzilning o'ziga — «eshikdan eshikka»cha yetkazib berishidir. Temiryo'l transporti quraqlikda yuk tashish oborotiga ko'ra eng yirik tarmoqdir. Bunda uning salmog'i rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, yuqoridir. Hozirgi vaqtda jahon temiryo'llarining umumiy uzunligi 1,2 mln. km ni tashkil qiladi. Ammo temiryo'llar jahon mamlakatlarining atigi 140 tasida bo'lib, yo'llar umumiy uzunligining yarmi AQSh, Kanada , Rossiya, Hindiston, Xitoy, Germaniya, Argentina, Avstraliya, Fransiya, Braziliyadan iborat «birinchi o'nlik» mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi. Quviir transporti jahonning neft va tabiiy gaz ko'p miqdorda qazib chiqariladigan va ularni iste'mol qiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan. Jahon neft va gaz quvurlarining umumiy uzunligi 1,5 mln. km dan iborat. Bu ko'rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Asosiy neft quvurlari tarmog'i neft qazib chiqaruvchi va uni iste'mol qiluvchi yirik davlatlar (AQSh,Sobiq Ittifoq mamlakatlari, Kanada, Xitoy va boshqalar)da, neft eksport qiluvchi (Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron, Jazoir, Liviya, Meksika, Venesuela) va iste'mol qiluvchi 4 (Fransiya) mamlakatlarida mavjud. Asosiy gaz quvurlari tizimi esa deyarli faqat rivojlangan mamlakatlarda tashkil topgan. Suv transport! dengiz va daryo transporti tarmoqlarini o'zida birlashtiradi. Dengiz transporti jahon transport tizimida alohida o'rin tutadi. Bu tarmoq awalo bir-birlaridan alohida va uzoqda joylashgan materik va qit'alarni bog'lab turuvchi, xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi vosita sifatida ahamiyatli. Shuningdek, asosan dengiz transporti minglab tonna yukni uzoq masofalarga tashiydigan bo'lganligi uchun boshqa transport tarmoqlariga nisbatan xizmat tannarxi eng arzonga tushadi. Har yili barcha xalqaro yuklarning o'nacha 4/5 qismi dengiz transportida tashilmoqda. Jahon dengiz transporti rivojlanishi va geografiyasida dengiz bo'g'izlari va xalqaro kanallarning ham ahamiyati katta. Aynan ular jahon dengiz yo'llarining eng serqatnov chorrahalari hisoblanadi. Ichki suv (daryo va ko'l) transport tarmoqlari bajaradigan ish hajmiga ko'ra ancha kichik tarmoqlardandir. Daryo va ko'l transporti yo'llari uzunligiga ko'ra jahonda Rossiya, Xitoy, AQSh, BraziUya davlatlari oldinda turadi. Ammo mavjud imkoniyatlardan foydalanish davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Shu sababli, hozirgi vaqtda ichki suv yo'llari orqali yuk tashishda AQSh, Rossiya, Kanada davlatlari yetakchilik qilmoqda. Havo transporti barcha transport tarmoqlari orasida alohida xususiyatlarga egahgi bilan ajralib turadi. Boshqa transport tarmoqlaridan uning ustunligi yuk va yo'lovchilarni uzoq masofalarga juda qisqa vaqt davomida yetkazib qo'yishidir. Shu sababli ham uning ahamiyati doimo oshib bormoqda. Jahon bo'yicha yo'lovchilar tashish hajmi so'nggi 40 yil ichida 60 baravarga yaqin o'sdi. Havo transportida tashilayotgan yuk va yo'lovchilarning 45 foizi ichki va 55 foizi xalqaro aloqalar hissasiga to'g'ri keladi. Xalqaro aloqalar so'nggi davrlarda, ayniqsa, Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlari o'rtasida faol kechmoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra Atlantika okeani ustida bir vaqtning o'zida yuzdan ortiq havo laynerlari har ikki tomonga qarab harakatda bo'ladi. 5 1. Transport tizimining xozirgi rivojlanish jarayonlari Sanoat, qishloq xo’jaligi bilan bir qatorda transport moddiy ishlab chiqarish jarayonida markaziy o’rinni egallaydi. Transport iqtisodiy tizimda yuklarni va yo’lovchilarni tashish orqali ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadi xamda aholining xarakatchanligini ta’minlaydi. Transport yangi maxsulotlar yaratmaydi, balki moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari tomonidan yaratilgan maxsulotlarni bir joydan-ikkinchi joyga olib boradi va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish xamda qo’shish orqali yangi ishlab chiqarish tizimini davom etishi uchun shart-sharoit xozirlaydi. Xuddi shu xususiyat maxsulotlar qiymatida transport xarajatlari miqdorining ortishiga olib keladi. Yalpi transport xarajatlarining iste’molchiga kelib tushgan maxsulotning to’la qiymatiga bo’lgan nisbati maxsulot qiymatining transport tarkibiy qismi koeffitsienti deb ataladi. Transport tarkibiy qismi xom-ashyo, yoqilg’i maxsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yordamchi materiallarni keltirish uchun ketgan xarajatlardan tarkib topadi xamda uni iste’mol rayonlariga yetkazib berish uchun sarf bo’lgan xarajatlarni xam o’z ichiga oladi. Transportga ketgan xarajatlar miqdori qancha kam bo’lsa, iste’molchiga yetib borgan muayyan maxsulotning to’la narxi shuncha past bo’ladi. SHuning uchun xududiy faktor, ya’ni ishlab chiqarish kuchlarini xududiy tashkil qilinishi va transport-iqtisodiy aloqalarning oqilona bo’lishi yuk tashish uchun ketgan xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Yuk tashishning xajmi, tarkibi va yo’nalishlari, mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini ko’rsatsa, transport turi aholi va ishlab chiqarishning joylashishini ifodalaydi. Transport tarmoqlarining rivojlanganlik xolati rayonlarning ixtisoslashuviga, xo’jalikni majumali taraqqiy etishiga muayyan sharoit xozirlaydi. Transport xududiy (geografik) mexnat taqsimotini yuzaga kelishining moddiy-texnik asosidir. Ilmiy-texnika inqilobi ta’sirida transport tizimining rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlari tarkibidagi jiddiy o’zgarishlar, xalqaro tovarlar bozoriga 6 tashiladigan yuklarga extiyojning o’sishi va transport xizmati sifatiga yangi talablarning yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Bu yerda keskin raqobat natijasida asosiy kapitalning yangilanish zaruriyati tobora yaqqolroq namoyon bo’lmoqda. ITIning xalqaro transport bozorida xarakterli natijasi-doimiy turli transport turlari raqobatbardoshligining o’sishi, ularning o’zaro aloqadorligi, saloxiyatining kuchayishi va integratsion aloqalarning rivojlanishidir. Transport bozoridagi keskin raqobat kurashi, ayniqsa, quruqlik transport turlari - temir yo’l, avtomobil, quvur transporti va daryo (yuklarni dengiz portiga olib beradigan) yo’nalishlarda kuchlidir. SHuningdek, ITI bilan paralel ravishda transport vositalarining monopollashuvi raqobatni yanada kuchaytirmoqda. Transport tizimi o’zining texnik darajasi, ko’lami, tashkiliy shakli, xalqaro yuk va yo’lovchi tashish sifati bo’yicha mijozlarning yangi talablariga moslashmoqda. Bunda xatto xarajatlarga nisbatan transport xizmati sifati bosh omil rolini uynamoqda. Bu yangi talablar quyidagilar bilan bog’liqdir:  yuk jo’natish ko’lamining ortib borishi, ishlab chiqarish texnologik jarayonlaridagi xududiy farqlar va yuk tashishdagi mayda partiyalar, yuk tashishning tabaqalanishini kuchayishiga;  transport xarajatlari o’sishi tufayli yuk tashish samaradoriligini ko’tarishga intilish;  iqtisodiy aloqalar tarkibining o’zgarishiga moslashuv zaruriyati;  yo’lovchi va yuk tashishni doimiy va bir maromda ta’minlash;  yuklarni tashishdagi tezkorlik va saqlash darajasining ortishi;  asosiy transport magistrallari (yo’lak) va transport tugunlarida ishlab chiqarish va aholining xududiy to’planishi sharoitida intensiv xarakatning o’sib borishida xarakat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati;  xalqaro yo’lovchi tashish aloqalarida qulayliklariga bo’lgan talabning keskin ortishi;  transport turlari rivojlanishiga bo’lgan ekologik talabni xisobga olish zaruriyati; 7  transportni energiya talabligini ozaytirish zaruriyati. SHunday qilib, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi shakllarining rivojlanishi bilan transport xizmat ko’rsatish sifati aloxida axamiyat kasb etmoqda. Yuqoridagi omillar o’z navbatida yuk tashishda avtomobilь va xavo transportining ustun darajada rivojlanishiga, xalqaro transport kommunikatsiyalarining takomillashuviga, infratuzilmalar tizimining modernizatsiyalashuviga, transport vositalari aylanmasining tezlashuvi, aloqalarda qayta yuklamay aralash yuk tashish intensivligi ortishiga, transport vositalari va xizmatlarning mos ixtisoslashuviga, xalqaro axamiyatga ega bo’lgan yirik ixtisoslashgan transport-taqsimlash markazlarini tashkillanishiga olib kelmoqda. Transport tizimida yuqoridagi o’zgarishlar asosida yuk tashish tarkibida jiddiy siljishlar iste’molchi tovarlari qiymati tarkibiga o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Transport tizimi rivojlanish jarayonida 2 bosqich mavjud: a) kapitalning dastlabki jamg’arilish davri va industrial rivojlanish bosqichida yuk tashish xajmida nisbatan arzon yuklar 30-40% va undan ko’proq bo’lib, transport tarmoqlarining asosiy vazifasi transportda yuk tashish xarajatlari xissasini pasaytirishdan iborat edi. Bunga transport vositalari yuk ko’tarish quvvatlarini oshirish va yuk xajmlarini iqtisod qilish orqali erishildi; b) postindustrial bosqichga o’tish transport tarmoqlari oldiga mutlaqo yangi vazifalarni qo’ydi. Bundan tashqari, transport tizimini tubdan o’zgartirmay uni taqsimlash - logistika tizimiga aylantirmay dunyo xo’jaligining postindustrial bosqichga o’tishi mumkin emas. Bu jarayon - ishlab chiqishni takomillashtirilishi va tabaqalanishi, xalqaro savdoda tovarlar tarkibi modernizatsiyasi bilan, ya’ni qazib beruvchi tarmoqlar va ishlov beruvchi sanoatning birinchi tarmoqlari xamda qishloq xo’jaligi maxsulotlari xissasining qisqarishi bilan bog’liq. Ayni vaqtda yuksak texnologiyaga asoslangan ishlov beruvchi sanoat maxsulotlari qiymati keskin ortib bormoqda, tobora ko’proq-aniqlik, ishonchlilik, kompaktlilik, xavfsizlik, 8 transport to’rining istagan joyida ma’lumotlar olish, transport xizmatining javobgarligi va moslanuvchanligi, yuklarni yetkazib borish vaqtini optimallashtirish, jo’natish oraliqlari kabi omillar xatto ishlab chiqarish xarajatlarini xam ikkinchi o’ringa surib qo’ymoqda. Yuk tashishning aniq o’z vaqtida amalga oshirish tamoyili tufayli mijoz talabining ustuvorligi ta’minlanmoqda. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi tashkiliy o’zgarishlarda doimiy rivojlanib va murakkablashib borayotgan bozor extiyojlariga moslanuvchan kichik va o’rta biznesning (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish) roli katta bo’lmoqda. Ana shu o’zgarishlar ta’sirida shakllangan transport-logistika tizimi o’zida intermodelь (tarmoqlararo) tizimni ifoda etadi, ya’ni aniq yukni bir yoki bir nechta transport turida eltib beradi. SHuning uchun unchalik katta bo’lmagan partiyada qimmatbaxo yukni oldingi ommaviy yuk tashishda bo’lgani kabi arzon tashib bergan xolda yukning but saqlanishini ta’minlash masalasi xam yuzaga keladi. Xilma-xil yuklarni standartizatsiyalash orqali transport yuklarning yangi tarkibiga moslashdi. 50-60 yillardagi ommaviy yuklarni tashishda yuqori samara bergan «ko’lamdagi iqtisod» tamoyilini bosh yuklarni tashish standartizatsiyasiga tadbiq qilish yuk jo’natishlarni yiriklashuvi va oqimlarining barqarorlashuviga olib keldi. Konteynerlardan foydalanish standart transport vositalariga amalda transport jarayonlari uchun yangi talablarni qo’ydi. SHunday qilib, konteynerlar asosida transport vositalari va jixozlarini standartizatsiyalash butun transport tizimini, qolaversa, dunyo xo’jaligini qayta qurishga olib keldi. Dunyo bo’yicha 90-yillarning o’rtalarida konteynerlar 7,5 mln. dona bo’lib, buning 3,4 mln.donasi 6 m.uzunligida, 4 mln.donasi - 12 m.uzunlikdadir. Konteynerlashtirishga - yirik transport tugunlari, ayniqsa dengiz portlari katta ta’sir ko’rsatdi. Transport tizimi ishlab chiqarish va taqsimlash tizimining integratsiyasini va intermodelь transport xizmatiga bo’lgan extiyojning qondirilishi va samaradorligini ta’minlamoqda. SHunday qilib, intermodelizm bugungi kunda xalqaro bozor tizimining markaziy bo’g’ini bo’lib qolmoqda. 9 2. Xalqaro transport tizimining asosiy ko’rsatkichlari Dunyo xo’jaligi transporttabelligining o’zgarishi 50-yillardan keyin barqarorligi bilan ajralib turadi va yuk aylanmasi va umumiy yalpi maxsulot (o’zgarmas narxlarda) o’sish sur’atlariga bog’liq xolda bordi. Bu davrda xalqaro yuk aylanmasi 1 t. ishlab chiqilgan maxsulotga nisbatan 33%, aholi jon boshiga yuk aylanmasi va aholi xarakatchanligi (km) esa 3,5-4 marta o’sdi. Xalqaro transport tizimi va uning dinamikasi 9-10-11-12 jadvallarda o’z ifodasini topgan. Umumiy transport turi va aloqa yo’llari keyingi o’n yilliklarda sezilarli darajada barqarorlashdi va ayni vaqtda muxim sifat o’zgarishlari temir yo’llarni elektrlashtirish va tez yurar temir yo’llar qurilishi, takomillashgan qattiq qoplamga ega avtomobilь yo’llari, yirik diametrdagi quvur magistrallari bilan bog’liqdir. Yer sharidagi barcha aloqa yo’llari (dengiz trassalaridan tashqari) 36 mln.km.iborat. keyingi 45 yil davomida temir yo’llar deyarli o’zgarmay qolgani (1,2 mln.km) xolda elektrlashtirilgan temir yo’llar va tez yurar temir yo’llar 3,3 martaga ko’paydi (200 ming.km) xamda sifat jixatidan takomillashtirilgan avtostradalar 2,8-4,5 marta ko’paydi. Ayniqsa, xalqaro transport turlari o’rtasida ITI bilan bog’liq yirik neftь quvurlari 175 ming km.dan 680 ming km.ga yetdi yoki 3,9 marta ortdi va magistral gaz quvurlari 186 ming km.dan 1,1 mln.km yetdi va 5,9 marta ko’paydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida yangi temir yo’l, avtomobilь yo’llari va neftь-gaz quvurlari qurilishi yanada kengayib bormoqda. Jumladan, kun chiqar mamlakatlarni (Xitoy, Koreya, Yaponiya), Eron, Turkiya va Farbiy Yevropaning Janubi bilan tutashtiradigan Transosiyo magistrali (Istanbul-Toshkent-Olmaota-Pekin) muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Bu magistralning Drujba stantsiyasi (qozog’iston), Turkmanistonda Tajan-Saraxs va Eronda Saraxs-Mashxad yo’nalishlari foydalanishga topshirildi. Bu yo’ldan O’zbekistonning va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarining Buxoro-Beynau orqali Yevropa mamlakatlariga va Tajan-Saraxs orqali Yaqin SHarq mamlakatlariga chiqish imkoniyati yuzaga keldi. SHuningdek, Yevropa va Osiyoni bir-biri bilan 10 bog’lovchi «Buyuk ipak yo’li»ning qurilishi, «Kavkaz yo’lagi»ning barpo etilishi, shu qatori yirik neft va gaz magistrallarining qurilishi Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida, mavjud temir yo’llarning rekonstruktsiyalash Yevropa mamlakatlarida xam davom ettirilmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro ko’lamda yuk tashish xajmi kariyib 7 martaga ko’paydi va 2010 yilga borib yana 1,2-1,3 marta o’sishi kutilmoqda. Xalqaro yuk tashishda dengiz transporti asosiy o’rin tutadi va unga xalqaro yuk aylanmasining 62,1% to’g’ri keladi va bu ulush o’zgarmay qolmoqda. SHuningdek, xalqaro yuk aylanmasida temir yo’l transporti xissasi keyingi 45 yil ichida 17,2 foizga qisqargani xolda avtomobil transporti xissasi - 2,8 foizga, neft quvuri xissasi 4,8 foizga, gaz quvuri xissasi 3,2 foizga o’sdi. Xavo transportida yuk tashish 7 mlrd. tFkm dan, 52 mlrd. tFkm.ga yetgani xolda yoki 7,4 marta ko’payganligiga qaramay, umumiy yuk tashish xajmidagi uning xissasi o’zgarmay qolmoqda. Ayni vaqtda, transport turlari o’rtasida yuk tashish tarkibida jiddiy o’zgarishlar yuz bermoqda. CHunonchi, temir yo’l transportining bosh raqobatchisi xisoblangan avtomobil transportida yuk tashish nisbati 1990 yilda 4:1 dan 1,2:1 ga tushdi va 2000 yilda bu xolat tenglashdi. quvur transportining xissasi esa 4,2% dan 12,8 foizga yetdi. Xalqaro yo’lovchi tashishda avtomobil transporti, ayniqsa xususiy avtomobil tranporti xissasi yuqori bo’lib, yetakchi mavqeni deyarli saqlab qolmoqda. Agar 1950 yilda xalqaro yo’lovchi tashishda shaxsiy avtomobil tranporti xissasiga 56,8% to’g’ri kelgan bo’lsa, 1995 yil - 60,3 foiz to’g’ri keldi.

Temir yo’l transportining xissasi 25,8% dan 10,2% ga tushdi va xavo transporti xissasi 1,2% dan 10% ga yetdi va 2000 yilda xalqaro yo’lovchi aylanmasida temir yo’l transportidan o’tib ketdi. Transportning barcha turlari bilan yiliga 100 mlrd.t.dan ortiq yuklar va 1 trln.dan ortiq yo’lovchi tashiladi. Xalqaro yo’lovchi aylanmasi 18-19 trln. pass.Fkm.ni va yuk aylanmasi esa 46-50 trln. tFkm.ni tashkil qiladi. Transport korxonalarida 110 mln.dan ortiq ishchi band. Barcha aloqa yo’llari, transport vositalari va transport korxonalarining o’zaro uyg’unlashuvi transport tizimini tashkil etadi. Xar bir mamlakat va mintaqa o’zini transport tizimiga, transport to’rining konfiguratsiyasiga egadir. Transport to’ri konfiguratsiyasi: a) radial (bir markazli va ko’p markazli); b) radialь-aylanma; v) kenglik; g) meridional; d) shoxsimon yoki tarvakaylab ketgan ko’rinishlarga egadir. Transport ishida milliy va makromintaqaviy farqlarni aniqlashda asosiy o’lchovlar quyidagilar: 1) ishlab chiqarishning transportga bog’liqligi, transport va ishlab chiqarish, xududning katta-kichikligi va konfiguratsiyasi nisbati; 2) aholining joylashish tiplari; urbanizatsiya darajasi va migratsiya sur’atini ifodalovchi aholi transporti xarakatchanligi; 3) xo’jalik tizimini, ya’ni transport paradigmasini ifodalovchi yo’lovchi va yuk tashish nisbati; 4) na faqat transport tizimini, balki butun xo’jalik tizimini ifodalovchi transport ishlarida transport turlari nisbati. Yuqoridagi o’lchovlar asosida dunyo mamlakatlarini uchta yirik gruppaga bulish mumkin: 1) Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar. 2) MDX va SHarqiy Yevropa mamalkatlari va 3) Rivojlanayotgan mamlakatlar. 1992 yilda xo’jalikning transport sig’imi (tkm ni 1 dol. YaIMda ifodalanishi) SHimoliy Amerikada 1,3 birlik, Farbiy Yevropada 0,3, Yaponiyada 0,4 birlik bo’lsa, Rossiyada 5,0 va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida o’rtacha 1,5 bo’ldi. Raqamlardan ko’rinib turibdiki, xo’jalik tarmoq tarkibidagi transport sig’imi darajasi «og’ir» xom-ashyo ishlab chiqarish roli, mamlakatlarning ijtimoiyiqtisodiy tiplariga bog’liq va xududlarning katta kichikligi esa nisbatan oz rol 15 o’ynaydi va buni Farbiy Yevropa va SHarqiy Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi transport sig’imidagi keskin farq (5 marta) ko’rsatib turibdi.

Uning harakatlanish jarayonining sifatigaqo‘yiladigan talablar qat’iylashmoqda:jarayonlar tezkor, aniq, tejamkorbo‘lishi kerak. Moddiy oqimlar harakatinita’minlovchi mexanizmlar ta’sirida alohidabo‘g‘inlarning yuqori darajadagi muvofiqligi —tirik organizmga xos bo‘lgan uyg‘unlikkao‘xshash uyg‘unlik hosil bo‘lishi kerak. Bundaymuvofiqlik paydo bo‘lishining muhim shartlaridanbiri axborot tizimlarining mavjudligidir,ular markaziy nerv tizimi kabi kerakli signalni kerakli vaqtda, kerakli nuqtaga tez va tejamkorlik bilan yetkazib berishi kerak. Logistik tizim faoliyatini ta’minlovchi axborot tizimlarining qurilishi va faoliyatining o‘ziga xos tomonlari axborot logistikasining o‘rganilishini taqozo qiladi. Axborot logistikasining maqsadi logistikaning umumiy maqsadi bilan, ya’ni uning oltita qoidasi: kerakli mahsulot, kerakli joyda, kerakli vaqtda, zarur miqdorda va zarur sifatga ega, minimal xarajatlar bilan aniqlanadi. Ma’lumki, bu qoidalarning bajarilishi uchun kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli axborot ham bo‘lishi kerak. Bu axborotning miqdori va sifati qo‘yilayotgan talablarga javob berishi, uni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar minimal bo‘lishi kerak. Shunday qilib, axborot logistikasining

maqsadi:


• kerakli axborot (moddiy oqimni boshqarish

uchun);


• kerakli joyda;

• kerakli vaqtda;

• zarur miqdorda;

• zarur mazmunda ;

• minimal xarajatlar bilan natijaga erishishdir.

Zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish sohasi va murojaatlar orqali oxirgi iste’molchi tomon yo‘nalish bo‘yicha moddiy

shaklga ega mahsulotlarning kuchli oqimi harakatlanmoqda. Mahsulot nomenklaturasi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Zuhra Otaqo‘ziyeva,

i.f.n, Muhammad al-Xorazmiy

nomidagi TATU dotsenti

48 www. infocom.uz



1-rasm. Logistika axborot oqimlari ko‘rinishlari

Axborot logistikasi vositalari moddiy

oqimlarni rejalashtirish, ularni boshqarish va

ularni nazorat qilish imkonini berishi kerak.

Bundan kelib chiqib, axborot logistikasining

asosiy vazifalari quyidagilarni qamrab oladi:

• logistik ehtiyojlarni rejalashtirish;

• moddiy oqimlar harakati bilan bog‘liq

yechimlarni tahlil qilish;

• logistik jarayonlarning boshqaruvi nazorati;

• logistik zanjir qatnashchilarining integratsiyasi.

Turli mamlakatlar olimlarining fikriga

ko‘ra, axborot logistikasi asosan, ma’lumotlarni

uzatish va qayta ishlash vositalarining paydo

bo‘lishi, rivojlanishi sababli zamonaviy rivojlanishga

ega bo‘ladi. Logistikaning asosiy tushunchalaridan

biri — axborot oqimi tushunchasidir.

Axborot oqimi — bu logistik tizimda

logistik operatsiyalarni boshqarish va nazorat

qilish uchun zarur bo‘lgan xabarlarning ichki

va tashqi muhiti o‘rtasida harakatlanishidir.

Axborot oqimi qog‘oz va elektron hujjatlar

ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Logistikada

turli ko‘rinishdagi axborot oqimlari ajratib

ko‘rsatiladi (1-rasm):

• tizimlarni bog‘lovchi oqimlar ko‘rinishiga

ko‘ra — gorizontal va vertikal;

• o‘tish joyiga ko‘ra — tashqi va ichki;

• logistik tizimga munosabatining

yo‘nalishiga ko‘ra — kirish va chiqish;

• axborot tashuvchining ko‘rinishi bo‘yicha

— qog‘ozli, elektron, aralash;

• zichligi bo‘yicha — jadalligi past (1 Mbit/s

gacha), jadalligi o‘rta (1-2 Mbit/s), jadalligi

yuqori ( 2 Mbit/s dan yuqori);

• davriyligi bo‘yicha — doimiy, operativ, tasodifiy,

on-line, off-line.

Axborot oqimi moddiydan o‘tib ketishi,

u bilan bir vaqtda yoki undan keyin bo‘lishi

mumkin. Bunda axborot oqimi moddiy bilan

bir tomonga yoki unga qarama-qarshi

yo‘nalgan bo‘lishi mumkin:

• qarama-qarshi yo‘nalishda axborot oqimidan

oldinlab ketuvchi, odatda, buyurma

haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

• to‘g‘ri yo‘nalishda axborot oqimidan

oldinlab ketuvchi — bu yuklangan tovarlar

kelishi haqidagi ilk xabarlar;

• moddiy oqim bilan bir vaqtda moddiy oqimning

miqdoriy va sifat o‘lchovlari haqida

to‘g‘ri yo‘nalishda axborot uzatiladi;

• moddiy oqim ketidan qarama-qarshi

yo‘nalish bo‘ylab tovarlarning sifati va

miqdori natijalari bo‘yicha axborot, tasdiqlovchi

ma’lumot va noroziliklar o‘tishi

mumkin.


Axborot oqimi harakatlanayotgan yo‘l,

umuman olganda, moddiy oqim harakati

yo‘nalishi bilan mos kelmasligi mumkin.

Axborot oqim quyidagi ko‘rsatkichlar:

• paydo bo‘lish manbasi;

• oqim harakati yo‘nalishi;

• uzatish va qabul qilish tezligi;

• oqim intensivligi va boshqalar bilan

xarakterlanadi.

Axborot oqimini quyidagicha:

• oqim yo‘nalishini o‘zgartirib;

• uzatish tezligini qabul qilishning muvofiq

tezligigacha cheklab;

• oqim hajmini yo‘lning alohida qismi yoki



bog‘lami o‘tkazish qobiliyati kattaligigacha

cheklab boshqarish mumkin.
Download 50.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling