Logistika tizimini tashkil etishning iqtisodiy ahamiyati


Download 30.14 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.14 Kb.
#1828185
1   2   3
Bog'liq
Document

TAHLIL VA NATIJALAR
Kompaniyaning logistika boshqaruvi ishlab chiqarishning kenggayishi bilan uzviy bog’liq va asosan harajatlatlarning katta qismi aynan logistika tarmog’iga ketadi. Agar kompaniya o’zi joylashgan joyidan ancha uzoqdan resurslarni olsa harajatlarning katta qismi tashishga ketadi va harajatlar keskin ko’tariladi
Shu kabi muommolarning ko’pligi logistika sohasini qanchalar murakkabligini ko’rsatadi. Buni yechimini topish uchun esa korhonalar logistika sohasini bo’limlarini kompleks o’rganishi kerak , bu bilan biz logistika tarmog’ining qanchalik murakkabligini ko’rishimiz mumkin
Kompaniyalar logistikasini yangi yo’nalishi bu cheklangan munosabatlar ya’ni tovar o’tkazuvchan tizimlarni shakillantirish , boshqaruvni osonlashtirish va sifat samaradorligini oshirishdir.
Hozirgi iqtisodiyotda , rivojlangan mamlakatlar hususan Rossiyaning amaliyotidan shuni ko’rish mumkinki, logistika biznesda muhuim o’rin tutadi. Biznes jarayonlarini rivojlanishini tashqi va ichki bozordagi o’rnini shu kompaniyaning logistika tarmog’i shubhasiz belgilab beradi.
Transport logistikasi aynan o’sha kompaniyaning strategiyasi va taktikasiga bog’liqdir.
Xizmatlar siyosati deganda transport logistikasini kuchaytirish uchun qabul qilingan qarorlar va bu borada
qilinayotgan ishlar nazarda tutiladi. Demak yuklarni tashish masofasi , hajmi va yetkazish muddatini inobatga olinib mijozlarga qo’shimcha qulayliklar yaratiladi. Yuklarni tashish kompaniyalarining o’z faoliyatini kengaytirish borasida doimo tayyor bo’lishi qo’shimcha mijozlar oqimini tezlashtiradi va bu esa kompaniyaga qo’shimcha daromadlar ortishiga , yangi transportlarni jalb qilishga va bozordagi o’z o’rnini mustahkamlashga katta hissa qo’shadi
Logistika sohasi ishlab chiqaruvchi kompaniyaning asosiy tamoyilli bosqichlarini prognozlashtirish , amalga oshirish , nazorat qilish , saqlash va mahsulot harakatini o’z ichiga oladi. Shuningdek logistika tizimi o’z haridorlarining talablarini qondirishi ham lozimdir.
Trasport – bu korhonaning asosiy logistika tizimidir . Shuning bilan birga hech qanday korhona haridorlarga tovarlar va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yetkazib berish xizmatisiz ishlamaydi.
Ishlab chiqaruvchi korhonaning logistika tizimi bir vaqtning o’zida bir necha tarmoqlarda o’z ta’sirini amalga oshiradi. Bularga moliyaviy , iqtisodiy va sanoatlarni kiritishimiz mumkin. Logistika tizimi bizga elektron buyurtmalar olishga va ishlab chiqarish hajmini yiriklashishi va tezlashishiga bu bilan esa korhonaning kengayishiga ulkan yordam beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda logistika sohasini yiklashtirishga bo’lgan qiziqish avvalo tarixiy sabablar bilan bog’liq edi . Asta sekin korhonalar yangi sohalarni izlash va bu bilan bir qatorda o’sha sohadagi harajlar oqimini kamaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni amaliyotga tadbiq qila boshladi.
Hozirgai davirdagi logistika ilmiy va texnologik taraqqiyot erishayotgan yutuqlar bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan bir qatorda logistika harakatini boshqarishni elektronlashtirish logistika sohasi rivojiga ulkan hissa qo’shadi.
Logistika sohasida quyidagi oltita soha bajarilgan bo’lsa va mahsulot o’z vaqtida iste’molchiga sifatini yo’qolmagan holda yetib borsa logistika sohasi o’z maqsadiga erishgan bo’ladi desak hato bo’lmaydi.

  1. Yuk-kerakli mahsulot;

  2. Sifat-kerakli sifat;

  3. Miqdori-kerakli miqdorda;

  4. Vaqt-oʻz vaqtida etkazib berilishi kerak;

  5. Joy-toʻgʻri joyda;

  6. Xarajatlar-minimal xarajatlar bilan.

XULOSA: Kompaniyalar yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni tuzatilsa va harajatlar oqimini katta qismini logistika tarmog’iga emas balki ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yo’naltirilsa , maqsadga muvofiq bo’ladi , va korhona mijozlarining ortishi va bu orqali o’z raqobatchilaridan o’tib ketish shu bilan birga gigant kompaniyaga aylanishn imkoni paydo bo’ladi.
Hozirgi davirda axborot texnalogiyalari keskin rivojlanayotganini inobatga olsak , logistika tarmog’ini avtomatlashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda mijozlar avtomatik tarizda savdolashadi va o’z tovarini oldinggiga qaraganda tezroq qo’lga kiritiladi va mahsulotlarning bojhona tekshiruvidagi navbat kutishlari yo’qoladi bu esa yetkazish vaqtining kamayishiga olib boradi.


Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling