Логистика
Download 5.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullaev A. Logistika amaliy mashg\'ulotlar o\'quv qo\'llanma Fergana AL-FERGANUS 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Omborlarda texnologik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari 5. Omborlarda ishlatiladigan uskunalar.
1. Korxonaning ombor tarmog'ini shakllantirishning asosiy printsiplari va vazifalari. 2. Omborlarning funktsiyalari va turlari. 3. Ombor logistikasidagi texnologik jarayon. 4. Omborlarda texnologik jarayonlarni tashkil etish tamoyillari 5. Omborlarda ishlatiladigan uskunalar. 6. Tovarlarni markalash. 178 1. Korxonaning ombor tarmog‘ini shakllantirishning asosiy prinsiplari va vazifalari Ombor logistikasi-bu omborxona va unda saqlanadigan zaxiralarni oqilona boshqarish jarayoni. U mahsulotlarni taqsimlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish funksiyalarini bajaradi. Barkamol qurilgan va eng kichik detallarga qadar sayqallangan ombor tizimi korxona ishida muvaffaqiyat kaliti, uning faol rivojlanishi va mijozlar bazasining o‘sishi hisoblanadi. Omborni yaratish va uning ishlashining maqsadi: transportdan yuk oqimini ma’lum parametrlar bilan qabul qilish, uni qayta ishlash hamda boshqa parametrlar bilan minimal xarajat bilan bajarish asosida boshqa transportga berish. Ombor xo‘jaligining samarali ishlashining vazifalarga: - bosh reja sxemasini ishlab chiqish; – ombor turini (ombor binosi yoki inshooti) to‘g‘ri tanlash; – omborning quvvatini hisoblash; - uni yaratish uchun umumiy xarajatlarni minimallashtirish sharti bilan ombor maydonlaridan maksimal darajada foydalanishni ta’minlaydigan ombor tizimini maqbul tanlash. Omborda logistika jarayonini boshqarish-ombor logistikasi doirasidagi yakuniy bosqichdir, uni amalga oshirish quyidagi asosiy vazifalar bilan bog‘liq: - logistika jarayonini boshqarishni ta’minlash; – ombor orqali tovarlarni reklama qilishni ta’minlaydigan tegishli xizmatlar bilan logistika muvofiqlashtirishga erishish (sotib olish, marketing, sotish xizmatlari va boshqalar); - tashishni tashkil etish. Shunday qilib, har qanday ombor logistikasi vazifasining yechimi boshqa vazifalar bilan chambarchas bog‘liq va omborning ishlashi uchun maqbul sharoitlarni ta’minlaydigan kompleks yondashuvni talab qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi vazifalarning yechimi odatda ko‘p qirrali. Ko‘p variantlardan birini tanlash uchun siz tanlov mezonlarini belgilashingiz va keyin har bir variantni belgilangan mezonlarga muvofiq baholashingiz kerak. Logistikada qarorlar odatda umumiy logistika xarajatlarini (to‘liq xarajatlarni) tahlil qilish asosida qabul qilinadi, bu o‘rganilayotgan omillar o‘zgarganda logistika tizimida yuzaga keladigan barcha iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olishni anglatadi va umumiy logistika xarajatlarining minimal asosiy mezonidir (kamaytirilgan xarajatlar). Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling