Logistikaning mohiyati va asosiy qoidalari


Download 24.63 Kb.
bet2/4
Sana25.02.2023
Hajmi24.63 Kb.
#1230415
1   2   3   4
Bog'liq
2 Logistikaning asosiy holati va tamoyillari

Logistika – iste‘molchi talablarini koʻproq qanoatlantirish maqsadlarida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan isteʻmol joyiga tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir.
Logistika – keng ma‘noda mikro va makro tizim oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish va optimallashtirish haqidagi fan.
Logistika – tor ma‘noda menejmentning umumlashgan vositasi boʻlib, moddiy va servis oqimlar hamda ularga ergashgan axborot va moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish orqali biznesning strategik, taktik va operativmaqsadlariga erishish imkoniyatini beradi.
AQSH logistika menejmenti kengashi (Council of Logistics
Management, CLM) olimlari va mutaxassislarining fikriga koʻra, ―logistika - bu isteʻmolchilar talablarini toʻliq qondirish uchun ishlab chiqish, tayyor mahsulotlar, xizmat koʻrsatish va unga tegishli ma‘lumotlar kelib chiqish joyidan isteʻmol (shu jumladan import, eksport, ichki va tashqi harakatlar) qilishgacha oqim xarajatlarni pasaytirish, xom ashyo zahiralari oqimi, yakunlanmagan materiallar nuqtai nazaridan samarali rejalashtirish, bajarish va boshqarish jarayonidir‖.
CLMning aynan shu ta‘rifi 2004 yilda Moskvaning "Infra-M" nashriyoti tomonidan nashr etilgan "Korporativ logistika" kitobida keltirilgan. Kitobning ilmiy muharriri, iqtisod fanlari doktori V.I. Sergeeva.
Yevropa logistika assotsiatsiyasi (European Logistics Association -
ELA) esa 1994 yildagi terminologik lugʻatida logistikaning quyidagi ta‘rifini e‘lon qildi: ―bu bozor talablarini minimal operatsion va kapital xarajatlar yordamida iste‘molchi talabini qondirish maqsadida ishlab chiqarish va tarqatish orqali mahsulotlarni loyihalashtirish va xarid qilishdan yakuniy qismigacha tashkil etish, rejalashtirish, nazorat qilish va targʻib qiluvchi tashkilotdir‖.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va rivojlanish boʻyicha konferentsiyasi (UNCTAD) ―logistika - bu mahsulotlarni ishlab chiqarish joylaridan iste‘mol joylariga arzon va samarali yetkazib berishni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni; yoʻl davomida yuzaga keladigan barcha transport va boshqa operatsiyalar ustidan nazorat; yuk egalariga tegishli ma‘lumotlarni taqdim etish‖ deb hisoblaydi.

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling