Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati
Moddiy oqimlarning tavsifi va ularni hisoblash
Download 253.49 Kb.
|
Sultanov a
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Moddiy oqimlarning transport tavsifi. Plastmassalar , plastik massalar , plastiklar
2. Moddiy oqimlarning tavsifi va ularni hisoblash
Moddiy oqim tushunchasi logistikaning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Moddiy oqimlar xomashyoning birinchi boshlang’ich manbasidan to oxirgi iste’molchiga yetkazib berish jarayonida, ya’ni xomashyoga ishlov berish, yarim xomashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, omborlarga joylashtirish davrida vujudga keladi. Moddiy oqimlar har xil korxonalar va bitta korxonaning ichida ham oqishi munkin. Logistikada moddiy oqimlar quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: Tovarning nomenklaturasi, asorsimenti va miqdori; Gabarit tavsiflari (umumiy massasi, maydoni, o’lchov parametrlari); Og’irlik tavsiflari (brutto va netto og’irliklari); Yukning fizik-kimyoviy tavsiflari; Tara va upakovka tavsiflari, transport vositalari (yuk ko’taruvchanlik, yuk sig’dira olishi); Oldi-sotdi shartnomasi shartlari (mulkchilik, yetkazib berish); Tashish va sug’urtalash shartlari; Moliyaviy tavsifi; tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga keltirish bilan bog’liq jismoniy taqsimlashda boshqa operatsiyalarni bajarish; Miqdor jihatdan moddiy oqimlar ma’lum vaqt birligi ichida moddiy oqimlarning hajmi, jadalligi, zichligi, tezligi va shu kabi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi. , t/oy; (1) Bu yerda: QMO1-modiy oqimlarning hajmi; ni – oy davomida moddiy oqimlarni keltirish soni ∑Qmo2=(30+30+25)*2=170 t/oy; ∑Qmo2=(24+25+35)*1=84 t/oy; ∑Qmo3=(12+12+18)*4=168 t/oy; 3. Moddiy oqimlarning transport tavsifi. Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. Plastmassadan yasalgan mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera taʼsirlariga chidamliligi, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi. Plastmassa polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon polimerlar asosiga qurilgan Plastmassa tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada Plastmassaning plastikliligini oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi. Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi, dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga moʻljallangan) asbob qismlari (etrollar, viniplast, polistirol), shuningdek, elektr va radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli (fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar, polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi. Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar, toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tuzilishga ega boʻlgan polimerlar hosil qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi. Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogʻoch uni, asbest kukuni, kvars uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama, shisha toʻqimasi, yogʻoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qotirilgan Plastmassadan tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzoq, muddatli taʼsiriga bardosh beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. 1-rasm. Plastmassalar Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan Plastmassa qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki Plastmassa selluloid boʻlib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin Plastmassa sanoati 2-jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen P. koʻplab ishlab chiqarila boshladi. Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona Plastmassani qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda Plastmassa pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida P. yetakchi oʻrinni egallaydi. Plastmassa mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va h.k. oshadi. Plastmassadan tishli gʻildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab chiqariladi. Plastmassa ning aviatsiyasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham P. muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, gʻildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Plastmassa kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar (asosan, shishaplastlar), kema mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi. Avtomobil sozlikda Plastmassadan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning yirik gabaritli qismlari, dvigatel, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi. Qishloq xoʻjaligida Plastmassa sugʻorish inshootlari qurishda, tuproqni mulʼchlasht, urugʻlarni dorilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi. Tibbiyot sanoatida Plastmassadan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab chiqariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqa ishlatiladi Oyna - qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi. Oyna — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin. 2-rasm. Oynalar Shisha mil. aVannalar 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. aVannalar 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan. Parket (frans. parquet) — turar joy va jamoat binolari pollariga qoplash uchun moʻljallangan yupqa taxtacha yoki shunday taxtachalardan qilingan pol. Taxtachalar har xil geometrik shakllarda teriladi (qoqiladi). Parket pol kurkam chiqadi, tovush va issiklikni uncha oʻtkazmaydi. Qattiq jinsli yogʻoch (zarang, eman, qayin, yongʻoq, qora qayin va boshqalar) dan tayyorlanadi. Yigma, shitli va listli xillari bor. Yigʻma Parket uzunligi 150–500 mm, eni 35 –90 mm va qalinligi 12–20 mm li toʻgʻri toʻrtburchak planka taxtachalardan ibo-rat. Har bir taxtacha chetlariga ariqchalar qilinadi. Taxtacha qoplashda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib, ustiga karton yoki qogʻoz toʻshaladi. Taxtachani shu toʻshama ustiga qoʻyib, yonidagi ariqchasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqchaga tirnoq (en-siz yupqa taxtacha) tiqiladi, tirnoqning ariqchadan chiqib qolgan qismini navbatdagi taxtacha ariqchasiga ki-ritib, shu taxtachaning narigi chetidagi ariqchasiga mix qoqiladi. Taxtachalar birin-ketin shu tarzda mahkamlab ke-tilaveradi. Taxtachalarni har xil naqsh hosil boʻladigan qilib krqish mumkin. Shitli Parket 5x1,5 m gacha oʻlchamli shit tarzida tayyorlanadi. Shitlar siyrak qoqilgan taxtalar ustiga mix bilan mah-kamlanadi, shitlar orasida hosil boʻlgan tirqishga yupqa taxtachalar ti-qib yopishtiriladi. Listli Parket qattiq yogʻoch-tolali plitalar ustiga yupqa (4– 6 mm li) taxtachalar yopishtirib tayyorlanadi. Agar Parket pol beton ustiga qoplanadigan boʻlsa, pol ustiga oldin rey-kalar qoʻyib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. Parket-taxtachalar ana shu taxtalar ustiga qoplanadi. Parketni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus mashinalar bor. Pardozlangan Parket polga lok surkaladi. Parketni yuvib boʻlmaydi, nam qipiq, nam latta bilan artiladi, odatda, har oyda bir marta maxsus. Parket mastikasi bilan (movut latta yoki chutka yordamida) pardozlab turiladi. 3-rasm. Parket Download 253.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling