Lok-bo‘Yoq ishlab chiqarishlarning xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 118.12 Kb.
bet2/4
Sana13.05.2020
Hajmi118.12 Kb.
#105623
1   2   3   4
Bog'liq
282 09.12.2008

58. Harakatlantirilayotgan gaz muhitidan suyuqlik fazasini ajratish uchun kompressor, vakuum-nasos, gazoduvka so‘rish liniyasiga separatorlar, resiverlar, tomchi teruvchilar o‘rnatiladi, ular zarur hollarda sath nazorati asboblari, maksimal daraja bo‘yicha signalizatsiya va blokirovka vositalari bilan jihozlanadi.

59. Vakuum ostida o‘tkaziladigan va EAS qo‘llash bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda vakuumni tartibga solish va olib tashlash inert gazlar bilan bajariladi.

60. Quvuro‘tkazgichlar va apparatlarining ichki yuzalarida smolalanish polimerizatsiya, polikondensatsiya mahsulotlari o‘tirib qolishi mumkin bo‘lgan yonuvchan moddalar va gazlar uzatish tizimlarida ushbu qoldiqlardan tozalashning samarali va xavfsiz usullari va vositalari ko‘zda tutiladi, hamda ushbu ishlarni o‘tkazilishi davriyligi o‘rnatiladi.

61. Tez alangalanuvchi suyuqliklarni bosim usulida uzatish inert gazlar yordamida amalga oshiriladi.

62. Sulfat va boshqa kislotalar uchun rezervuarlar kislotaga chidamli materiallardan tayyorlangan taglikka ega bo‘lishlari kerak. Rezervuarlar botiriluvchi nasoslar yoki sifonlar yordamida bo‘shatilishi kerak.

63. Changlanuvchan sochma materiallarning transportirovkasi uchun chang ajralishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalarni qo‘llash lozim. Pigmentlar ishlab chiqarishlarida sochma va changlanuvchi materiallar transportirovkasi zichlangan transport vositalarida bajarilishi kerak.

64. Yuzalardan yonuvchan changni siqilgan havo yoki boshqa siqilgan gaz bilan, shuningdek chang ko‘tarishga va portlash xavfli chang-havo aralashmalari hosil bo‘lishiga olib keluvchi boshqa usullar bilan tozalashga yo‘l qo‘yilmaydi.

65. Pigment ishlab chiqarilishida changlanuvchi mahsulotni to‘kish va trasnportirovka joylari zichlangan va aspiratsion ventilatsiya qurilmalariga ulangan pana joylar bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.

Aspiratsion havo yurish qurilmalarining mahalliy so‘rish voronkalaridagi havo tezligi 2 m/s dan oshmasligi kerak.

66. Elevatorlar, yopiq konveyerlar, bu jihozlarning ishlayotganligi haqida yorug‘liq tovush beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

67. Tasmali transportyorlar, ularda ilashadigan (yopishadigan) materiallar uzatilganda tasmani tozalab turish uchun moslamaga ega bo‘lishi kerak.

Qo‘rg‘oshin va xromli pigmentlarni, hamda quruq va pasta ko‘rinishidagi xavfliligi 1-sinfga kiruvchi zaharli materiallarni tasmali transportyorlarda uzatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

68. Bunkerlarni uskunalardan uzib qo‘yish uchun ular orasida shiberlar yoki to‘kma materiallar oqimini to‘sib qo‘yuvchi berkituvchi qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

69. Changushlagich kameralardan mahsulotni tushirib olish odatda mexanizatsiyalashgan va zichlashgan bo‘lishi kerak.

70. Pigmentlar ishlab chiqarishlarida sochma xomashyoni transportirovkasi va yuklanishi bilan bog‘liq qurilmalar va asbob-uskunalar, asosiy uskunalar to‘xtatilganda materiallarni va yoqilg‘ini berilishini to‘xtatuvchi avtoblokirovkalar bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak.

3-§. Kondensatsion smolalar asosida loklar va emallarni ishlab chiqarish

71. Mehnat xavfsizligini maksimal darajada oshirish maqsadida texnologik . jarayonni, uskunalar va quvuro‘tkazgichlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, atrof muhitni qo‘riqlash, himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha hamma ishlar ushbu turdagi ishlarni reglamentlaydigan texnik hujjatlar, qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘tkazilishi kerak.

72. Texnolologik jarayonni xavfsiz olib borish uchun quyidagilar ta’minlangan bo‘lishi kerak:

uskunalar va quvuro‘tkazgichlar tozaligi va zichligi;

uskunalar, kommunikatsiyalar, metallkonstruksiyalarni yerga ulash;

uskunalar va kommunikatsiyalarning termoizolatsiyasi;

inert gazning uzluksiz (beto‘xtov) berilishi;

elektr uskunalarning tok o‘tkazuvchi qismlarining izolatsiya qilinganligi;

xonalar havosida moddalarning zaharli va yong‘in portlash xavfli konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish;

uskunalarni, quvuro‘tkazgichlarni va kommunikatsiyalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish;

uskunalar aylanuvchi qismlari, ish maydonchalari, quduqlar, chuquroldi, eshik, deraza o‘rinlari va boshqa to‘siqlarining sozligi;

ish o‘rinlarining yetarlicha yoritilganligi;

ishlovchilarni maxsus kiyim va individual himoya vositalari bilan ta’minlanganligi.

73. Lok bo‘yoq ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan hamma organik erituvchilar, transportirovka qilinishida, aralashtirilishida, oqim zarbasida va boshqa razryadi alangalanishga va portlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan statik elektrning xavfli potensialini to‘plash qobiliyatini hisobga olib, “Kimyo sanoati ishlab chiqarishlarida statik elektrdan himoyalash Qoidalari” talablariga qat’iy rioya qilinishi kerak.

74. Statik elektr zaryadlari to‘planishi imkoniyatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilar bajarilishi kerak:

quvuro‘tkazgichlar kesishgan va o‘zaro yoki metallkonstruksiyalar bilan 0,1 metrdan kam masofaga yaqinlashgan joylarda ulagichlar bilan ulanishi kerak;

apparatlardagi loklar, smolalar, erituvchilar yuzasida suzib yuruvchi predmetlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

eritmalarni quvuro‘tkazgichlar bo‘yicha transportirovka qilish tezligi 1,2 m/s dan oshmasligi;

paxta yog‘i va loklarning tezligi - 5,0 m/s dan oshmasligi kerak;

erituvchilarni erkin tushuvchi oqim ko‘rinishida quyilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

texnologik uskunalarning metall va tok o‘tkazuvchi nometall qismlari, statik elektrdan himoyaning boshqa usullari qo‘llanishidan qat’iy nazar, yerga ulangan bo‘lishi kerak;

quvuro‘tkazgichlarning, apparatlarning flanetsli birikmalarida, korpuslarning qopqoqlar bilan berkitishda dielektrik materiallardan va tok o‘tkazmaydigan bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan shaybalar qo‘llanishi taqiqlanadi;

sochma mahsulotlarni (ftal angidridi, kanifollar, sodalar) bevosita qog‘oz, polietilen va boshqa turdagi qoplardan suyuqlikka ega apparatlar lyuklariga to‘kish, agar muhit temperaturasi suyuqlikning chaqnash temperaturasidan yuqori bo‘lsa, taqiqlanadi;

ftal angidridi, kanifol changlarini yerga tushishiga, tashlab yuborilishiga, chang to‘zonlari va ularning o‘ramalari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

muntazam ravishda, haftasiga kamida bir marta uskunalar, kommunikatsiyalar, qurilish konstruksiyalariga o‘tirgan changlarni tozalash;

hajmlar va apparatlar ichida elektrlanuvchi materiallardan tikilgan maxsus kiyimda ish bajarish taqiqlanadi.

75. Lokli asosda sintez o‘tkazilganda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

ftal angidridi, kanifol quvuro‘tkazgichlaridagi “tiqinlarni” yo‘qotishni bug‘ yordamida yoki uchqun bermaydigan materiallardan yasalgan moslamalarni qo‘llab mexanik tarzda yo‘qotish lozim;

ishchi temperaturadan oshirmaslik va uning ko‘tarilish tezligini 1 gradus/min dan ko‘p bo‘lmagan holda oshirish;

reaktorga ftal angidridi yuklashni 15 kg/min dan yuqori bo‘lmagan tezlikda o‘tkazish;

namunalarni faqat namuna olish moslamasidan olish;

suyuq xomashyo transportirovka qilinishida quvuro‘tkazgich, quvuro‘tkazgich armaturalari holatini kuzatish;

oqib chiqishlar aniqlanganda mahsulot berilishini darhol to‘xtatish, quvuro‘tkazgichni inert gaz bilan tozalash, nosozlikni yo‘qotish, to‘kilgan mahsulotni olib tashlash kerak;

qabul qiluvchi apparatlar to‘ldirilishini diqqat bilan kuzatish, boshqaruvchi asbob ishlamay qolsa, mahsulotning berilgan miqdorini yetkazishni to‘xtatish, operatsiyani qo‘lda bajarish kerak.

76. Sharli tegirmon ishlayotganida baxtsiz hodisani oldini olish uchun tegirmon to‘sig‘ining eshigi va mahsulot solish lyuki ochiqligida, tegirmon shunday blokirovkalanishi kerakki, dvigatelga tok kelishi to‘xtab, tegirmon ishlashdan to‘xtatishi kerak.

77. Kondensatsion smolalar asosida emallar olish sexida sanitariya laboratoriyasi tomonidan havo tarkibida zaharli va portlash yong‘in xavfli moddalar konsentratsiyasining muntazam nazorati tashkil qilingan bo‘lishi kerak.

VI bob. Texnologik jarayonlarni apparatlar bilan jihozlash

1-§. Uskunalarni joylashtirish

78. Uskunalarni joylashtirishda quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: ishlovchilar har doim bo‘ladigan joylarda eni 2 metrdan kam bo‘lmagan asosiy yo‘laklar;

ular bo‘sh va to‘g‘ri yo‘nalishli bo‘lishi kerak;

nasos uskunalar, mahalliy nazorat-o‘lchov asboblariga xizmat ko‘rsatish fronti bo‘yicha eni 1,5 metrdan kam bo‘lmagan yo‘laklar;

apparatlar orasida, hamda apparatlar bilan xonalar devorlari orasida aylanma xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lsa eni 1 metrdan kam bo‘lmagan yo‘laklar;

mashinalar va apparatlarga, hamda NO‘A va A asboblariga davriy ko‘rik o‘tkazish va xizmat ko‘rsatish uchun, alohida turuvchi nasoslar orasida eni 0,8 metrdan kam bo‘lmagan yo‘laklar;

aylanma xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydigan uskunalar bir biridan va qurilish konstruksiyalaridan kamida 0,2 metr uzoqlikda turishi kerak.

2-§. Avariyaga qarshi qurilmalar

79. Aylanuvchi pechlarning va quritgichlarning baland tayanchlari tayanch tepasidan 300 mm dan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashgan xizmat ko‘rsatish maydonchalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

80. Turli yoqilg‘ilar bilan ishlovchi agregatlardan yonish mahsulotlarini bitta mo‘riga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

81. Xonalarda joylashgan apparatlar uzatmalarini, xonada chang to‘planishi mumkin bo‘lsa, elektrdvigatellar bilan bitta valda bajarish yoki yopiq reduktorlar qo‘llash lozim. Ayrim hollarda tipovoy uskunalarni o‘rnatishda qiyiq tasmali uzatmalar qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Silliq tasmali uzatmalar qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

82. Gaz yoqilg‘isida ishlovchi doimiy o‘choqlar qobig‘ida va aylanuvchi pechlar kallachalarida saqlagich klapanlar va yoriluvchan membranalar qo‘yilishi kerak.

VII bob. Materiallarni saqlash va tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni to‘kish-quyish jarayonlarini (operatsiyasini) bajarish

1-§. To‘kish-quyish temir yo‘l estakadalariga talablar

83. Temir yo‘l sisternalariga quyish (to‘kish) uchun estakadalar temir yo‘lning to‘g‘ri boshi berk uchastkasida joylashishi kerak va bir tomonli, shuningdek ikki tomonli bo‘lishi mumkin, ya’ni temir yo‘l boshi berk ikkita parallel uchastkalari orasida joylashishi mumkin.

84. Bir tomondan to‘kish-quyish qurilmalari bilan jihozlangan to‘kish-quyish estakadalarini yo‘lning radiusi 200 metrdan kam bo‘lmagan egri uchastkasida joylashtirishga ruxsat beriladi.

85. Yong‘in holatida tarkibni uzish imkoniyati uchun temir yo‘l berk uchastkasining uzunligi tarkibning oxirgi sisternasidan tayanch xodagacha masofa hisoblangandan 30 metrga uzaytirilishi kerak. Tirgovuch brusda yonuvchi tarkibni ajratish uchun mexanik uzatma bilan lebyodka o‘rnatilishi kerak.

86. Estakada uzunligi to‘kish-quyish qurilmalari va bir vaqtning o‘zida to‘kishga (quyishga) beriladigan sisternalar miqdori bilan belgilanadi.

87. Estakadalar tagiga avariya holatlarda (tasodifan) to‘kilgan suyuq mahsulotlarni yig‘ish uchun ularni saqlanadigan joylarga nasos bilan uzatishga chuqurchali tagliklar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

Tagliklar qoplamasining materialga quyiladigan mahsulotning agressiv ta’siriga chidamli bo‘lishi va ushbu mahsulotlar kelib tushganida portlash va alangalanish keltirib chiqarmasligi kerak.

88. Temir sisternalarini TAS va YoS larni (quyishga) qo‘yish tartibi ishlab chiqarish yo‘riqnomasida ko‘zda tutilgan yonginga qarshi rejimga qat’iy rioya qilinib, ushbu operatsiyalarni xavfsiz o‘tkazilishini ta’minlashi kerak, shu jumladan:

vagon-sisternalarni biriktirish, uzish va saralash ishlari to‘kish-kuyish punktlaridan tashqarida o‘tkazilishi kerak;

temir yo‘llardagi to‘kish-quyish qurilmalarining ikkala tomonida (ikkita ikki o‘qli yoki bitta to‘rt o‘qli vagon uzunligida) lokomotivlarning kirishini taqiqlovchi signal belgilar bo‘lishi kerak;

temir yo‘l sisternalarini tormozlash uchun tormozlash paytida uchqun bermaydigan materialdan tagliklar qo‘llanishi kerak;

to‘kish-quyish operatsiyalari vaqtida qo‘llaniladigan asboblar urilganda uchqun bermaydigan metalldan tayyorlangan bo‘lishi kerak.

89. Birinchi va ikkinchi sinf xavfliligiga ega moddalarni qabul qilish uchun estakadalar faqat ustki tomondan to‘kish qurilmalari bilan boshqa moddalarga esa ham ustki, ham pastki tomondan to‘kish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

90. To‘kish qurilmalarining soni va konstruksiyasi, yuklarni tashishga me’yoriy-texnik hujjatlar talablarida o‘rnatilgan, temir yo‘l sisternalaridan mahsulotlarni to‘kish muddatlarini ta’minlashi kerak.

91. To‘kish estakadasi tagida yopishqoq qotib qoluvchi mahsulotlar, chaqnash temperaturasi 28° S dan yuqori YoS va TAS (shu jumladan ksilol) uchun to‘kish nasoslarini joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi, xavfsizlik choralari ta’minlangan holda.

92. Yopishqoq qotib qoluvchi mahsulotlar uchun ularni to‘kishdan avval temir yo‘l sisternalarida qizdirishni ta’minlovchi uskunalar ko‘zda tutilishi kerak.

Qizdirish uchun uskunalar ochiq maydonda, hamda xonada (isitgich) o‘rnatilish mumkin.

2-§. Rezervuarlarga (rezervuarlar saroyiga) talablar.

93. Tez alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklar saqlash uchun rezervuarlar mahsulotlarning fizik-kimyoviy xususiyatlari va ekspluatatsiyasining muayyan shartlarini hisobga olinib tanlanishi kerak.

94. Yer ustidagi rezervuarlar (er usti saqlash) ham vertikal, ham gorizontal holatda bo‘lishlari mumkin.

95. Agar rezervuardagi suyuqlikning eng baland sathi yon atrofdagi maydonning eng past nuqtasidan kamida 0,2 metrga past bo‘lsa, rezervuarlar yer osti rezervuari hisoblanadilar (erga ko‘milgan yoki tuproq bilan yopilgan - yer osti saqlash).

96. Rezervuar parklari sig‘imi “Neft va neft mahsulotlari omborlari” KMK 2.09.14 talablariga muvofiq qabul qilinadi.

97. Rezervuarlar saroylari tashqi to‘siqlarga (marza bilan o‘ralgan) ega bo‘lishlari kerak. Marza ichidagi maydonchalar rejalashtirilgan bo‘lishi kerak. Bunda saqlanayotgan mahsulotlarning yerga o‘tib ketishini oldini oladigan choralar ko‘zda tutilishi kerak.

98. Quyosh nurlari ta’sirini oldini olish uchun TAS li yer usti rezervuarlari yorqin rangga bo‘yalgan bo‘lishi kerak.

99. Isitish talab qiladigan mahsulotni saqlashda rezervuar tashqi issiqlik izolatsiyasi bilan qoplanadi, u yonmaydigan materialdan bo‘lishi kerak.

Rezervuarning va issiqlik izolatsiyasi gilofining tashqi yuzasining temperaturasi 60° S dan yuqori bo‘lmasligi kerak.

100. Rezervuarlar ekspluatatsiyasi jarayonida ularning zichligi, sifonli jo‘mraklar, flanetsli birikmalar qistirmalari holatining zavod yo‘riqnomasiga muvofiq doimiy nazorati o‘rnatilishi kerak.

101. O‘xshash fizik-kimyoviy xossali mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan rezervuarlar guruhida avariya holati uchun rezervuar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

Bunda ushbu guruh rezervuarlarining texnologik kommunikatsiyalari ishchi rezervuarni avariya rezervuariga almashtirish imkoniyatlari bilan joylashtirilishi kerak. Avariya rezervuarining sig‘imi eng katta hajmli rezervuarnikidan kam bo‘lmasligi kerak.

102. Rezervuarlar ko‘rikdan o‘tkazilish, namuna olish yoki suyuqlik sathini o‘lchash vaqtida faqat portlashdan himoyalangan akkumulyatorli yoritgichlar qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi, ishlatilayotgan asboblar uchqun chiqarmaydigan bo‘lishlari kerak.

103. Kislotalar va ishqorlar saqlash uchun rezervuarlar yon devorchalar bilan jihozlangan, zanglashga qarshi himoyali taglikka ega bo‘lishlari kerak.

104. Kislotalar uchun rezervuarlar konstruksiyasi har bir rezervuarning hamma yuzasini ko‘rikdan o‘tkazishga va zarur hollarda mumkin bo‘lgan oqishlarni yo‘qotishga imkon beruvchi poydevorlarga o‘rnatilishi lozim.

105. Rezervuarlar jarayon parametrlarini nazorat qilish va boshqarish vositalari bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak.

106. 12 metrdan baland devorli yer usti rezervuarlari (yonmaydigan materiallardan tayyorlangan issiqlik izolatsiyasili rezervuarlardan tashqari) doimiy sovutish qurilmalari - suv bilan sug‘orish xalqalari bilan jihozlangan bo‘lishlari kerak.

107. TAS va YoS uchun yer usti rezervuarlardan temir yo‘l sisternalari uchun quyish-to‘kish qurilmalarigacha masofa neft va neft mahsulotlariga muvofiq qabul qilinishi lozim.

108. Rezervuarlar saroyi va nasoslar inshooti (yoki teplyak) orasida past tayanchlarda quvuro‘tkazgichlar yetkazilganda yong‘in mashinalariga ushbu kompleksni aylanib o‘tishga yo‘l qo‘yiladi.

109. Yer osti rezervuarlarini tuproq bilan ko‘mish kengligi rezervuar devoridan tarzda yuzasigacha masofa 3 metrdan kam bo‘lmasligi hisobidan belgilanadi.

3-§. Nasos stansiyalariga talablar

110. Nasos stansiyalarini bosh planda joylashtirishda neft va neft mahsulotlari omborlariga qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga va sanoat tashkilotlari bosh planlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilinishi zarur.

111. TAS va YoSni haydash uchun nasoslar binolarda ham, maydonlarda (ochiq yoki bostirma tagida) ham joylashtirilishlari mumkin.

112. Maydonchalarda konstruksiyasi va dvigatellarini ochiq havoda ekspluatatsiyasiga yo‘l qo‘yiladigan nasoslarni joylashtirish lozim.

113. Nasoslarni atmosfera ta’sirlaridan himoyalash uchun yengil to‘siq konstruksiyalari, bostirmalar, g‘iloflar (kojuxlar) ko‘rinishidagi maxsus himoya pana joylar (doimiy va qismlarga ajratiladigan) qo‘llanilishi mumkin.

114. Nasos xonalarini quruq tozalash ko‘zda tutilishi kerak.

115. Nasos stansiyalari xonalaridagi pollar uchun uchqun hosil qilmaydigan, hamda haydalayotgan muhitlar ta’siriga chidamli materiallar qo‘llanilishi kerak.

116. Nasos turini tanlash haydalayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, zarur ishlab chiqarish unumdorligi, napor va mahsulot olinadigan va uzatiladigan hajmlarning balandligi bilan aniqlanadi.

117. Turli chaqnash temperaturasiga ega mahsulotlarni haydash uchun nasoslarni bitta xonada o‘rnatilishida xona va unda joylashgan uskunalar eng xavfli mahsulot bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lishlari kerak.

118. Zulfinlar uzellarini (boshqarish taroqlari), agar ushbu xonada asosiy ishchi nasoslar (chaqnash temperaturasi 120° S dan yuqori bo‘lmagan mahsulotlar uchun) soni o‘ntadan ko‘p bo‘lmasa, nasoslar bilan bir xonada joylashtirilishiga ruxsat beriladi.

4-§. Sig‘imlarga quyib berish, qadoqlash, tarqatish xonalariga talablar

119. Sig‘imlarga quyib berish, qadoqlash, tarqatish xonalarini klimatik sharoitlar va mahsulot turlariga bog‘liq holda binolarda yoki maydonchalarda (ochiq yoki pana qilingan) joylashtirish lozim.

120. Suyuq mahsulotni bo‘sh idishga quyishni o‘lchov jihozlari (hajmiy, og‘irlik bo‘yicha) va suyuqlik schyotchiklari yordamida amalga oshirish lozim. Quyish joylarini yaqinlashtirilgan ventilatsiya so‘rg‘ichlari bilan, qadoqlash agregatlari (kameralari) mahalliy so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

121. Quyish xonalarida xonalarni quruq tozalash ko‘zda tutilishi lozim.

5-§. Tez alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklarni idishlarda saqlash uchun omborxona binolariga talablar

122. TAS va YoS idishlarda saqlashni binolarda yoki maydonchalarda (ochiq yoki usti yopiq) iqlimiy sharoitlarga va mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq ravishda joylashtirish ko‘zda tutilishi lozim.

123. Bino bir qavatli va yonmaydigan devorlar bilan (to‘siqlar) ajratilgan, TAS uchun har birining sig‘imi 200 m3 dan ko‘p bo‘lmagan va yonuvchan suyuqliklar uchun 1000 m3 dan ko‘p bo‘lmagan ombor seksiyalariga ega bo‘lishi kerak.

124. Bitta omborxona binosining umumiy sig‘imi TAS uchun 1200 m3 dan, YoS uchun 6000 m3 dan oshmasligi kerak.

125. TAS va YoSlarni idishda bir vaqtda saqlovchi omborxona binosining sig‘imi quyidagi hisoblash bo‘yicha aniqlangan keltirilgan sig‘im bo‘yicha o‘rnatiladi:

TAS saqlash uchun 1 m3 sig‘im YoS saqlash uchun 5 m3 sig‘imga tenglashtiriladi.

126. Omborxona binolarini o‘t o‘chirishning avtomatik qurilmalari bilan jihozlanganda har bir seksiyaning va bir binoning umumiy sig‘imini uch martaga ko‘paytirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda xomashyo va tayyor mahsulotli tagliklar so‘rilarda (stellajlarda) olti yarusgacha taxlanishi mumkin (mexanizatsiyalashtirilgan) taxlashlarda.

127. Temir yo‘l yuklash-tushirish rampalari (sahnalari) ustidagi tom (naves) temir yo‘l o‘qini 0,5 metrga berkitib turishi, avtomobil rampalari ustidagi tom rampa chetidan kamida 1,5 metrni berkitib turishi kerak.

128. Yuklash-tushirish rampalari kamida ikkita bir biridan ayrim zinalarga yoki panduslarga ega bo‘lishlari kerak.

129. Yuklash-tushirish rampalari pollarining ko‘ndalang qiyaligi 1 foizga teng qabul qilinishi kerak.

130. Omborxona binolari va rampalardagi pollar yonmaydigan materiallardan bo‘lishi kerak.

VIII bob. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimi

1-§. Umumiy talablar

131. Texnologik jarayonlarni, avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarishni, shu jumladan uskunalar bilan jamlangan holda yetkazib berilganlarini, nazorat qilish tizimi ushbu Qoidalar, amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar, loyihalar, reglamentlar talablariga javob berishlari va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turilishini, texnologik jarayonlar o‘tkazilishining ishonchliligini va xavfsizligini ta’minlashi kerak.

132. Nazorat-o‘lchov asboblari xizmat ko‘rsatish va kuzatish uchun quyidagi qulay joylarga o‘rnatilishi kerak: tegishli parametrlarni (bosim, sath va boshqalar) tartibga soladigan berkituvchi qurilmalar va boshqa armatura o‘rnatilgan joylar yaqinida.

133. Ishlab chiqarish jarayonida to‘xtashi avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan aralashtirgichli apparatlar aralashtirgich to‘xtaganini bildiruvchi signalizatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Download 118.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling