№#lot number#/, 04. 2023 yil Toshkent shahri


Ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va


Download 98.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana18.06.2023
Hajmi98.46 Kb.
#1563971
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
my offer

8. Ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va
sotishning o‘ziga xos xususiyatlari.
8.1. Quyidagi toifadagi shaxslar elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etishga
haqli emas:
sud organlari, prokuratura, ichki ishlar, davlat soliq va bojxona xizmati,
shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati organlarining xodimlari;
sotiladigan mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoki baholashni amalga oshirgan
baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari va xodimlari, shuningdek, operatorning
xodimlari;
yer uchastkalari va yer uchastkalariga bo‘lgan mulkiy huquqlar realizatsiya
qilinganda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan shaxslar, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
8.2. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish borasidagi elektron arizalar e’lon
berilgan kundan boshlab “Operator” veb-portali orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi
va onlayn-auksion kuni (soat 09:00 da) yakunlanadi. Bundan keyin berilgan arizalar
qabul qilinmaydi.
8.3. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli mol-mulk
baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida belgilanadi va operatorning bank
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
8.4. Auksion obyekti dastlabki auksionga quyidagi boshlang‘ich narxda qo‘yiladi:
a) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki
baholangan narxdan 70 foizga teng narxda;
b) davlat budjetiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha
sotilayotgan mol-mulk – sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlarning qaroriga muvofiq


baholangan qiymatning 50 foizigacha teng narxda, hududiy kengash qarori mavjud
bo‘lmaganda esa baholangan narxda;
d) garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro
hujjatlari bo‘yicha sotilayotgan mol-mulklarning baholangan qiymatiga teng narxda.
8.5. Auksion qadami:
birinchi to‘rtta qadamda – auksion obyekti baholangan qiymatining 5 foizi
miqdorida;
beshinchi va undan keyingi qadamlarda – auksion obyekti baholangan
qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
baholangan qiymati xabarnoma joylashtirish paytida BHMning ikki ming
baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami,
istisno tariqasida, auksion obyekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida
belgilanadi.
8.6. Dastlabki auksion, ishtirokchilardan lotni boshlang‘ich narxdan bitta
qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan
boshlanadi.

Download 98.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling