Lot pigmentum- boʻyoq) 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga
Download 95.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Pigmentlar - Vikipediya
Pigmentlar Pigmentlar (lot. pigmentum— boʻyoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. P. rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spekt-rining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi bilan bogʻliq. P. sitoxromlar, katalaza va boshqa fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks qosil qiladi. Hujayrada P. max-sus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va boshqalar) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus P. hujayralari mavjud. P. fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, koʻrish, fotoregulyasiya) katta ahamiyatga ega; nafas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabi-nafsha nurlar taʼsiridan saqlaydi (oʻsimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda — mela-ninlar), hayvon va oʻsimliklar rangini belgilaydi. P.dan oziq- ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik eri-tuvchilarda, parda hosil qiluvchi mod-dalarda va boshqa boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. P. materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik P. — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalo-sianin P.ning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa P. dan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik P. — tarkibida koʻp miqdorda te- mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. Anorganik P. ning rangi boʻgʻiq, organik P.ga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorugʻlik-ka chidamli. P., asosan, lok-boʻyoq ma-teriallar (mas, emallar, boʻyoqlar, jumladan, bosmaxona boʻyoqlari va badiiy boʻyoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik P.), kosmetik preparatlar va boshqa tayyorlashda, sunʼiy va sintetik tolalarni boʻyashda, sunʼiy charm va gazlamalarga bosma rang berishda koʻplab ishlatiladi. [1] Soʻnggi tahrir 4 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Pigmentlar&oldid=2853278 " dan olindi Manbalar Download 95.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling