Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi Reja: Lotin amerikasi mamlakatlari
Download 142 Kb.
|
Lotin amerikasi mamlakatlarining mustaqillikka erishishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yoʻlidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi.
Taraqqiyotning inqilobiy yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yoʻli bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida boʻlganlar. Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qoʻzgʻoloni gʻalaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni agʻdarish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U oʻz oldiga Kubani AQSFI ga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qoʻydi. AQSH oʻz navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal chorasini qoʻlladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yoiini tanladi. Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik gʻoyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990- yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qoʻllamay qoʻydi. Kuba iqtisodiy ogʻir ahvolga tushib qoldi. Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukumatini tashvishga solib qoʻydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan oʻz siyosatida oʻzgarish qilishga majbur boʻldi. 1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yoʻlidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga moʻijallangan boʻlib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot demokratlashtirilishi, agrar islohot oʻtkazilishi, uy-joy qurilishi, sogʻliqni saqlash va ta’lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Amerikasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd. dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi koʻzda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi. 1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qoʻshma korxonalar qurilishi rag'batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada boʻlishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e’tibor berdilar. Braziliya va Argentina oʻrtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan qaradilar. 1992— 1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika oʻrtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam boʻldi. Lotin Amerikasining ba'zi davlatlari ham bu shartnomaga qoʻshilishga intilmoqda. Lotin amerikasi (ispancha America Latina) — Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel — Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi. Umumiy maydoni 20,5 mln. km². L. A.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbodos, Beliz, Gaiti, Gvatemala, Gonduras, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kosta-Rika, Kuba, Meksika, Nikaragua, Panama, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka, Argentina, Boliviya, Braziliya, Venesuela, Gayana, Kolumbiya, Paragvay, Peru, Surinam, Urugvay, Chili, Ekvador dav-latlari va Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya hamda AQSH mulklari joylashgan. L. A. aholisi etnik tarkibi jixatidan juda xilma-xil. L. A. mamlakatlarida Yevropadan koʻchib borganlar va ularning avlodlari, metislar, mulatlar, indeyslar, negrlar, xitoylar, hindlar va boshqa yashaydi. 18 mamlakatda davlat tili yoki rasmiy til — ispan tili, Braziliyada portugal tili, Gaitida fransuz tili, Surinamda niderland tili, qolgan mamlakatlarda ingliz tili. L. A. axrlisining koʻpchiligi soʻzlashadigan roman tillari lotin tili negizida tashkil topganligi sababli qitʼaning bu qismi «L. A.» deb ataladi. Yevropalik istilochilar bosib olgunlariga qadar L. A. aholisi boʻlgan indeys qabilalari ilk sinfiy davlatlarni vujudga keltirgan. Bu xalqlarning ayrimlari oʻz yozuvlarini ham ixtiro qilishgan, shuningdek astronomiya, mat. va tibbiyot fanlari sohalarida, rangli metallarga ishlov berish, toʻquvchilik, qurilish texnikasi, dengizchilik, tasviriy sanʼatda ancha yutuqlarga erishishgan. 15-asrning oxirlarida X. Kolumbning Amerika qitʼasiga ilk bor borishi bir kancha Yevropa mamlakatlari tomonidan L. A.ning bosib olinishini boshlab berdi. 19-asrning boshlariga kelib uzok, vaqt davom etgan mustaqillik uchun kurashlar deyarli barcha mustamlakalarning siyosiy mustaqillikni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi. L. A.ning 26 mamlakati aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi iqtisodiy sistemasi deb nomlanuvchi regional iqtisodiy tashkilot (qarorgohi Karakasda) hamda 11 mamlakat aʼzo boʻlgan Lotin Amerikasi integratsiya assotsiatsiya (uyushma)si deb nomlanuvchi savdo-iqtisodiy guruh (qarorgohi Montevideoda) tashkil etilgan. L. A. tabiiy resurslarga juda boy. Temir rudasi, boksit, oltin, mis, kobalt, nodir va noyob metall konlari, Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Tuprogʻi va iqlim sharoitlari L. A.da qimmatbaho tropik oʻsimliklar, jumladan kakao, shakarqamish, kofe, sitrus mevalar va boshqalarni yetishtirish imkonini beradi. Qisman tropik va subtropik oʻrmonlar saqlanib qolgan. L. A.ning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlari — Braziliya, Argentina va Meksika. L. A. mamlakatlari eksportining 80%ni xom ashyo tovarlari tashkil etadi, chetdan esa, asosan, tayyor mahsulot keltiriladi. Yana L. A.da joylashgan mamlakatlarning alohida maqolalariga qarang .[ Tabiati[tahrir] A.ning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mam-lakatning butun shim.-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pam-pa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Ameri-kaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham A. hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. A. tekislik qismining iqlimi — tropik va subtropik, jan.da — mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanv.)ning o‘rtacha harorati shim.da 28°, jan.da 10°, iyulning o‘rtacha harorati shim.da 18° va jan.da G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shim.-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. A. ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). A. hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampada-gi unumdor qoratuproqda pichanzor dasht-lar, Patagoniyada —yarim cho‘l. A.ning milliy bog‘lari — Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqa Aholisi[tahrir] Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, is-panlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi — in-deyslarning aksari-yati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaran-lar va boshqalar) A.ning shim.-g‘arbida va Parag-vay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoli-klar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata. Tarixi[tahrir] Qadim zamonlarda A. hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shim.-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metal-lar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukan-lar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-a.ning 1-yarmidahoz. A. hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Is-panlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha mar-ta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 — 11 yillar). 1776 yilda hozirgi A. hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. A.da katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Ameri-kadagi ispan mustamlakalarining 1810 — 26 yillardagi mustaqillik uchun uru-shi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 — 16 yillarda ispan mustamlakachi-lariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda A. Federativ Respublikasi tuzildi. 19-a. mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-a. 2-choragidan A.da Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida mamlakatga Ame-rika va Germaniya kapitali kirib kel-di. Hukmron davlatlar A.ni siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 — 20-a.lar bo‘sag‘asida A.da sanoat rivoj-landi. 19-a.ning oxiridan A.da turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. 2-jahon urushi yillarida A. betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashist-larga ko‘maklashdi. 1945 y. martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan A.— BMT a’zosi. 1943 y.gi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 — 55 va 1973 — 74 yillarda A. prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 y.) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan A. ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 y. 9 sent.da O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir] Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tu-zilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik par-tiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 y. tuzilgan. A.da Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Download 142 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling