Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўтиш юзасидан маълумотнома


Download 13.16 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi13.16 Kb.
#1681430
Bog'liq
Лотин тили маълумотнома


Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўтиш юзасидан
МАЪЛУМОТНОМА

O`zbekiston Respublikasida davlat tili nufuzini oshirish maqsadida 2019-yilda 21-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-sonli “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni e’lon qilingan.


Ushbu farmonning to`rtinchi qismi v bandida O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga 2020-yil 1-iyunga qadar 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabr kuni qabul qilingan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoniga asosan, 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlangan.
Shu bilan birga mazkur farmonning uchinchi bandiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida, ishchi guruhini tashkil qilish va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori qabul qilingan.
Download 13.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling