Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўтиш юзасидан маълумотнома
Download 13.16 Kb.
|
Лотин тили маълумотнома
Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосига ўтиш юзасидан МАЪЛУМОТНОМА O`zbekiston Respublikasida davlat tili nufuzini oshirish maqsadida 2019-yilda 21-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850-sonli “O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni e’lon qilingan. Ushbu farmonning to`rtinchi qismi v bandida O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga 2020-yil 1-iyunga qadar 2020 ― 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabr kuni qabul qilingan “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-sonli farmoniga asosan, 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlangan. Shu bilan birga mazkur farmonning uchinchi bandiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta’minlash maqsadida, ishchi guruhini tashkil qilish va aniq chora-tadbirlar hamda ularni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish vazifasi yuklatilgan. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori qabul qilingan. Download 13.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling