Lotinchadan kelib chiqqan modernus „zamonaviy, yangi


Download 100.99 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2023
Hajmi100.99 Kb.
#1349270
Bog'liq
Modernizm - Vikipediya



Modernizm
Modernizm (italyancha modernismo —
„zamonaviy oqim“; lotinchadan kelib
chiqqan 
modernus — „zamonaviy, yangi“)
XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning 50
—60-yillarida Yevropa, AQSH adabiyoti va
sanʼatida rivoj topgan oqim va
yoʻnalishlarning umumiy nomi. Dastlab,
Fransiyada tashkil topgan simvolizm,
akmeizm, impressionizm (masalan, 1863
-yilda Parijda ochilgan „Xoʻrlanganlar
saloni“) vakillari, musiqada K.Debyussi,


M.Ravel kabi kompozitorlar ijodiga
nisbatan qoʻllangan. Modernizm
dekadentlik termini bilan ham yuritilgan.
Badiiy ijodning mumtoz anʼanalaridan voz
kechish, ijodkor oʻz shaxsiy kechinma,
taassurot va tasavvurlarini ustun qoʻyishi,
badiiy shakllarni yangilash jarayoniga
alohida ahamiyat berish ular ijodiga xos
boʻlgan xususiyatlardir. Modernizm
vakillari realizmga qarshi kurashdi,
klassitsizm (akademizm)ga xos boʻlgan
ijodiy tamoyillarni inkor etishga intildi.
Modernizm nafaqat mazkur davr sanʼati,
balki ilm (Z. Freydning psixoanaliz
nazariyasi, F. De Sossyurning struktural
lingvistikasi, A.Eynshteynning nisbiylik
nazariyasi, N. Vinerning kibernetikasi) va


falsafa (F. Nitsshe, A. Bergson, M.
Xaydegger va boshqalarning gʻoyalari)
bilan ham bogʻliq boʻlgan.
XX asrning boshida rivoj topgan
avangardizm yoʻnalishlarida XIX asr
modernizm prinsiplari oʻz rivojini topdi.
Modernizmning yangi bosqich
xususiyatlari tasviriy sanʼatda anʼanaviy
tasvirlash usullaridan butunlay voz
kechish, real obrazlar shaklini oʻzgartirish
yoki umuman yoʻqotish (kubizm,
ekspressionizm, syurrealizm, dadaizm)
kabi koʻrinishlarda namoyon boʻlgan.
Musiqada modernizm kuy va lab
tamoyillarini inkor etish (dodekafoniya,
aleatorika, sonoristika), adabiyotda —


bayonning mantiqsizligiga asoslanish
(dadaizm, ong oqimi, futurizm) yetakchi
omilga aylangan. Modernizmning eng
yirik nazariyotchisi Ortega-i-Gas-set
sanʼatning xalqchilligiga qarshi chiqdi:
„Modernistik sanʼat… xalqqa begonadir,
buning ustiga u xalqqa… zid ekan.
Haqiqiy sanʼat sanʼatkorlar uchun, omma
uchun emas…“. Bu ijodiy qarashlar XX
asrning 2 — yarmida tashkil topgan
abstrakt sanʼat, minimalizm, absurd
drama kabi postmodernizm
yoʻnalishlarida ham oʻz aksini topdi. 1960
—70 -yillar sanʼatida paydo boʻlgan
modernizmning asosiy tamoyillariga
qarshi boʻlgan pop-art, kinetik sanʼat,
giperrealizm kabi yoʻnalishlarni baʼzi


tadqiqotchilar modernizm tizimi nuqtai
nazaridan baholashgan.
Modernizm Oʻzbekistonga 20-asr
boshlaridayoq kirib kelgan (A.
Nyurenberg, V. Ufimsev, A. Volkov, A.
Nikolayev, Oʻ. Tansiqboyev va boshqalar).
1970-yillar oxiridan modernizmning
koʻrinishlari ayrim oʻzbekistonlik
rassomlar ijodida koʻzga tashlanadi
(masalan, abstrakt sanʼat — V. Oxunov, N.
Shin; giperrealizm — A. Ikromjonov, S.
Raxmetov kabi). Oʻzbek
adabiyotshunoslari esa modernizmga
xos ayrim unsurlar 1920—30 yillar
adabiyotida koʻzga tashlanganini, bu
jarayon 1990-yillarda nisbatan


kuchayganini taʼkidlaydilar; 2) salbiy
maʼnoda — ijodda modaning ustunligi,
yaʼni ijodiy uslublar mohiyati, badiiy
asarlar mazmunining tez-tez oʻzgarib
turuvchi badiiy ehtiyoj va didlarga
boʻysunishi. Shu maʼnoda (modaga
boʻysunadigan) modernizm haqiqiy
novatorlik, yangilanish jarayoniga
qarama-qarshidir.
XX-asr adabiyotida modernizmdan
ustun turuvchi yana biror ijodiy oqim
mavjudmidi, degan savol boʻlishi tabiiy.
Bu savolga ijobiy yoki salbiy maʼnoda
javob topish osondek tuyulsa-da,
Badiiy adabiyotda
modernizm tasnifi


fikrimizcha, modernizm adabiyotni
oʻrganish doirasidan chiqib ketdi.
Modernizm, M., 1980;
Groys B., Utopiya i obmen, M., 1993.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 16-Dekabr 2022, 10:41 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Modernizm&oldid=3482923" 
dan olindi

Download 100.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling