Loyiha matni 176784-(176893)
Download 20.41 Kb.
|
Loyiha matni - 176784-(176893)
e-qaror.gov.uz 31.08.2021 Intizomiy jazoni bekor qilish to‘g‘risida Tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirovga tuman hokimining 2021 yil 22 iyundagi 210-4-61-Q/21-sonli, Q.To‘rayevga 2021 yil 13 avgustdagi 299-4-61-Q/21-sonli, tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.Turdiyevga 2021 yil 22 iyundagi 211-4-61-Q/21-sonli qarorlari bilan “Hayfsan” hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Aminovga 2021 yil 22 apreldagi 91-4-61-Q/21-sonli qarori bilan “30 foiz miqdorida jarima” intizomiy jazosi qo‘llanilgan bo‘lib, tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirov, Q.To‘rayev, N.Aminovlar hamda bosh mutaxassis S.Turdiyevning ushbu intizomiy jazoni muddatidan oldin bekor qilish haqidagi yozgan iltimosnomalari, tuman hokimligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2021 yil 27 avgustdagi 02-27.08/2021-sonli yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 183-moddasiga asosan: Tuman hokimligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2021 yil 27 avgustdagi 02-27.08/2021-sonli yig‘ilish bayoniga ko‘ra tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirov, Q.To‘rayev, N.Aminovlar hamda bosh mutaxassisi S.Turdiyevlarga qo‘llanilgan “Hayfsan” hamda “30 foiz miqdorida jarima” intizomiy jazosi muhokama qilinganligi inobatga olinsin. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirovga tuman hokimining 2021 yil 22 iyundagi 210-4-61- Q/21-sonli, Q.To‘rayevga 2021 yil 13 avgustdagi 299-4-61-Q/21-sonli, tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.Turdiyevga 2021 yil 22 iyundagi 211-4-61-Q/21-sonli qarorlari bilan qo‘llanilgan “Hayfsan” hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Aminovga 2021 yil 22 aprelda 91-4-61- Q/21-sonli qaror bilan “30 foiz miqdorida jarima” intizomiy jazosi ushbu farmoyish e’lon qilingan kundan e’tiboran bekor qilinsin. Tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirov, Q.To‘rayev, N.Aminovlar va bosh mutaxassis S.Turdiyevlarning kelgusida ish faoliyatidagi xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini nazorat qilib borish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jo‘rayevga hamda tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari J.Yuldoshevga uqtirilsin. Asos: Tuman hokimining o‘rinbosarlari M.Amirov, Q.To‘rayev, N.Aminovlar hamda bosh mutaxassisi S.Turdiyevlarning iltimosnomalari, tuman hokimligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 02-27.08/2021-sonli yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 183-moddasi. Download 20.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling