Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI berib kelinayotganligi yuqoridagi omillar bilan belgilanadi. Chunki huquqiy munosabat sub’ektlari o‘rtasida yuz bergan nizolarni hal etishning taraqqiy etgan usullaridan biri sifatida hakamlik sudlari imkoniyatidan foydalanish tadbirkorlik sub’ektlari uchun qator qulayliklar yaratadi. Darhaqiqat, hakamlik sudlari nizolarni hal etishda davlat sudlariga nisbatan muqobil shakldir. Xo‘jalik sudlaridan farqli ravishda hakamlik sudlari odil sudlovni amalga oshiruvchi davlat organi (vakolatli sud) emas, balki taraflarning kelishuviga asosan tashkil etilgan sud tarzida namoyon bo‘ladi. Taraflar nizoni ko‘rib chiqish uchun o‘zlari ixtiyoriy ravishda tanlagan sub’ektga bo‘lgan ishonchlari hakamlik sudlari faoliyatining asosiy omilidir. Hakamlik sudlarida nizolarni ko‘rish va hal etishni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi uchun yangilik deb hisoblash unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki hozirgi vaqtda O‘zbekistonda nizolarni hakamlik sudlarida muhokama qilish imkoniyatini beruvchi bir qator qonun hujjatlari amal qilib kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasiga muvofiq, “Fuqarolik huquqlari protsessual qonunlar yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, xo‘jalik sudi yoki xolislar sudi (bundan keyin - sud) tomonidan himoya qilinadi”. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining “Nizolarni hal etishni hakamlar sudiga topshirish” deb nomlangan 25-moddasida “Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xo‘jalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlar sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin”ligi to‘g‘risidagi qoida mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining bir qator moddalarida ham (masalan, 100, 152) hakamlar sudi to‘g‘risida normalar mustahkamlangan. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, hakamlar sudining qarorlari majburiy ijro etilishi lozimligi belgilangan. Lekin shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, yuqorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari nizolarni hakamlik sudi muhokamasiga o‘tkazish va ularning qarorlarini ijro etish tartibini qisman belgilaydi xolos, unda nizolarni hakamlik sudlarida ko‘rish va hal etish, sud qarorlarini ijro etishning puxta va mukammal mexanizmi nazarda tutilmagan. O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 9 bob va 59 moddadan iborat. Qonunning 5-bobi “Hakamlik muhokamasi”ga oid bo‘lib, mazkur bobda hakamlik sudining vakolati, hakamlik muhokamasi qoidalarini belgilash, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy, hakamlik muhokamasining tili, hakamlik muhokamasi ma’lumotlarining oshkor qilinmasligi, da’vo arizasi, da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, qarshi da’vo, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish, dalillarni taqdim etish, hujjatlarni va boshqa materiallarni yuborish, hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudi majlisida ishtirok etishi, hakamlik sudi majlisining bayonnomasi, hakamlik muhokamasi taraflarining hujjatlar va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling