Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
NМH 104 104 HAKAMLIK MUHOKAMASI NMH usullari har bir jamiyatning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy omillari ta’sirida rivojlangan. Nizolarni uchinchi shaxs (xolis)ga havola qilgan holda hal etish dunyodagi ko‘p jamiyatlarning qadim tarixiga borib taqaladi. Ko‘p NMH usullariga xos xususiyatlar – bu taraflarning nizoni hal etish uchun boshqa uchinchi shaxsni tanlay olish imkoniyati, taomillarning egiluvchanligi (moslashuvchanlik), ya’ni nizolashuvchi taraflar u yoki bu taomilni tanlashi, o‘zgartirishi bir so‘z bilan aytganda o‘zlariga moslab olish imkoniyati mavjudligi. NMH taomillarini norasmiy tusda o‘tishi, nizoni hal etuvchi shaxs taraflarga choy yoki kofe taklif etgan holda taomilga norasmiy tus berishi va nizolashuvchi taraflar o‘rtasida hamkorlik ruxini uyg‘otishi mumkin. Ba’zida NMH taomili vaqtida bir tarafning boshqasidan kechirim so‘rashi natijasida nizo tezda hal etilib ketishi mumkin. Bu jarayonda nizoni hal etish uchun tanlangan shaxsning maxorati katta ahamiyatga ega. NMHning ba’zi turlari va ularning o‘zaro munosabati haqida to‘xtalib o‘tamiz. Muzokara – bu nizolashuvchi taraflarning nizoni uchinchi shaxsga murojaat qilmasdan o‘zlari hal etishlari. Shu bilan birga muzokaralardan boshqa NMH usullari ishlatilayotganda foydalanish mumkin. Misol uchun, mediatsiya davomida mediator taraflarni bir-birlari bilan muzokara o‘tkazishlari uchun sharoit yaratib berishi mumkin. Yarashtiruv – bu taraflarni xolisga murojaat qilgan holda nizoni hal etish taomilidir. Bunda xolis taraflarga maslahat va nizoni echimi bo‘yicha takliflar berishi mumkin. Mediatsiya – bu taraflarni xolisga murojaat qilgan holda nizoni hal etishdir. Biroq ushbu taomilda xolis taraflarga maslahat berishi, nizo bo‘yicha qaror qabul qilish huquqi ega emas. U faqat taraflarni nizoni o‘zlari hal etishi uchun yo‘naltiradi. Ushbu ko‘rinishdagi mediatsiya chet el adabiyotlarida e’tirof etiladigan mediatsiyaning mohiyatini tashkil etadi. Arbitraj – xalqaro atama, ichki (hakamlik muhokamasi) va xalqaro arbitrajni anglatadi, muvaqqat (ad hoc) va doimiy arbitraj turlari mavjud. Ushbu taomilda ham nizolashuvchi taraflar nizoni hal etish uchun o‘zlari tanlagan xolis/arbitr(lar)ga murojaat qilishadi. Biroq, yuqoridagi NMH usullaridan farqli o‘laroq arbitraj yakunida arbitr(lar) nizo bo‘yicha taraflar uchun yakuniy va majburiy hisoblangan qaror qabul qilish huquqiga egadir. Shu sababli arbitraj boshqa NMHlarga qaraganda rasmiyroq taomil hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling