Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Hakamlik yig‘imi miqdori quyidagi holatlarda kamaytiriladi: - 25 % ga - nizo hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqilsa (lekin hakamlik yig‘imi miqdori eng kam ish haqining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi shart); - 25 % ga - ish muhokamasi hal qiluv qarori qabul qilinmasdan tugatilgan bo‘lsa; - 50 % ga - taraflar nizoni kelishuv bitimi bilan hal qilganligi natijasida hakamlik sudi tarkibining birinchi majlisiga qadar da’vogar da’voni chaqirib olsa yoki boshqa holatlarda taraflar tomonidan nizoning hakamlik sudida hal qilinishini rad etish to‘g‘risidagi arizasi hakamlik sudi tarkibining birinchi majlisiga qadar hakamlik sudiga topshirilsa. Istisno hollarda ish holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudi raisi yoki uning o‘rinbosari ajrimiga asosan hakamlik yig‘imi 25 % gacha kamaytirilishi mumkin. Istisno hollarda ish holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudi raisi yoki uning o‘rinbosarining ajrimiga asosan hakamlik yig‘imini to‘lash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi mumkin. Hakamlik yig‘imini to‘lash muddati kechiktirilgan yoki uzaytirilgan taqdirda hakamlik yig‘imining miqdori hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, hakamlik yig‘imining to‘lanmagan qismi mazkur Nizomning 12-moddasiga muvofiq hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlanadi va taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan taqdirda hakamlik sudi qarorini ijro etish vaqtida birinchi o‘rinda undiriladi va hakamlik sudining qaroriga ushbu haqda yozuv kiritiladi. Agar hakamlik muhokamasi hakamlik sudiga topshirilgan nizoni hal qilish uchun hakamlik sudining vakolati bo‘lmaganligi to‘g‘risidagi ajrimiga asosan tugatilgan yoki ayni bir hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha kelib chiqqan nizo yuzasidan vakolatli sudning yoki hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, da’vogarga to‘langan hakamlik yig‘imining barcha summasi hakamlik sudi tomonidan qilingan xarajatlar summasi ushlab qolingan holda qaytariladi va hakamlik sudining ajrimiga ushbu haqda yozuv kiritiladi. Da’vo bahosi kamaytirilganda hakamlik yig‘imi qaytarilmaydi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling