Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 1. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizasi qaysi joyda joylashgan sudga beriladi? 70 70 HAKAMLIK MUHOKAMASI 2. Hakamlik sudiga beriladigan da’vo arizasini rasmiylashtirish tartibini tushuntiring? 3. Hakamlik sudi majlisining bayonnomasi mazmuni va rasmiylashtirish tartibini tushuntiring? 4. Hakamlik muhokamasini tugatish asoslarini tahlil eting? KAZUSLAR 1-kazus Tadbirkor S.Umarov hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etgan. Da’vogar da’vo arizasi bilan birga da’voni ta’minlash to‘g‘risida iltimosnoma kiritib, javobgarning egaligida mavjud bo‘lgan mol- mulklarning sud tomonidan nizo ko‘rib chiqilgunga qadar uni xatlab qo‘yilishi lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Hakamlik sudi da’voni ta’minlash choralarini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan. Javobgar hakamlik sudining mazkur ajrimi ustidan vakolatli sudga shikoyat kiritdi. Vakolatli sud arizani ish yurituvga qabul qilib arizani ko‘rib chiqish uchun sud majlisi tayinladi. Savol: 1. Vaziyatga huquqiy baho bering. 2. Hakamlik sudining da’voni ta’minlash to‘g‘rsidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiring? 3. Da’voni ta’minlash bilan dalilni ta’minlash o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring? 2-kazus Tadbirkor V.Soliev va tadbirkor S.Jumanovlar o‘rtasida shartnoma shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining binosi kapital ta’mirlanayotganligi sababli nizoni ko‘rish uchun hakamlik sudi tadbirkor S.Jumanovning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib, nizoni ko‘rib chiqib hal qiluv qarori chiqaradi. Da’vogar V.Soliev hakamlik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, hakamlik sudi javobgar S.Jumanovning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib unga moddiy bog‘langan deb hisoblab S.Jumanov manfaatida chiqarilgan hal qiluv qarorini noqonuniy hisoblashni so‘raydi. Savol: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling