Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Isbotlashning asosiy maqsadi
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isbotlash doirasi - bu jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillarning kerakli yetarli birligi bo‘lib, jinoyat ishini adolatli hal qilish uchun
- Jinoyat protsessida isbotlash doirasi deganda
- Jinoyat protsessida isbot qilish predmeti ish bo‘yicha nimalar aniqlanilishini bildirsa, isbotlash doirasi esa ish bo‘yicha mavjud
- Daliliy faktlar deganda esa ishonchliligi shubha tug‘dirmaydigan, tekshirilgan ma’lumotlar tushuniladi.
- 5.5. Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati Dalillarni tasniflash
- Dastlabki va hosila dalillar.
- Ayblovchi va oqlovchi dalillar
Isbotlashning asosiy maqsadi - jinoyat jarayonini olib borish davomida adolat mezoni bo‘lmish haqiqatni aniqlashdan iborat. Xulosa qilib aytganda, protsessual isbot qilish jarayonida har bir jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni to‘la, har tomonlama, xolisona aniqlashlari lozim. Isbotlash jarayonining eng zaruriy shartlaridan biri bo‘lgan isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniqlashda qonuniy, ishonchli manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. 5.3. Isbot qilish doirasi
Isbotlash doirasi isbotlash predmeti bilan uzviy bog‘liqdir. Birinchisi, maqsadni anglatadi, ikkinchisi esa unga erishish vositasi hisoblanadi. Isbotlash doirasi tushunchasi, bir tomondan bilish hodisasining kerakli va to‘liqlik talabini ta’minlanishini, ikkinchidan, bilish natijalarining talabini aks ettirilishini o‘z ichiga oladi. Isbotlash doirasi jinoyat ishi bo‘yicha juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq har tomonlama ishonchli
143
tasdiqlanishini ta’minlaydi. Isbotlash doirasi - bu jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan dalillarning kerakli yetarli birligi bo‘lib, jinoyat ishini adolatli hal qilish uchun yordam beradi. Isbotlash doirasi to‘plangan dalillar isbotlash predmetining har bir elementi aniqlanishini ta’minlash uchun biron-bir muayyan ishning chegaralarini belgilab beradi. Isbotlash predmeti javobgarlik va jazo masalalarini hal qilishi uchun faktik asos bo‘lgan hamda jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga olsa, isbotlash doirasi esa isbotlash predmetini aniqlash uchun faktik asos bo‘lgan daliliy materiallarni o‘z ichiga oladi. Aniq jinoyat ishi bo‘yicha isbotlash doirasi isbotlash predmetining chegarasi hisoblanadi. Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga mansub bo‘lib, ana shu asosda jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar to‘planadi, tekshiriladi, baholanadi va tegishli protsessual harakatlar amalga oshiriladi. Isbotlash doirasi - isbotlash predmetiga kiruvchi fakt (holat)larni aniqlash va tekshirishning chegarasidir. Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar, holatlarni tekshirilishini ta’minlaydi. Isbotlash doirasi predmetiga kiruvchi holatlarni to‘plash, ya’ni ushbu elementlarni amalga oshirishda barcha bog‘liqliklar, detallar emas, balki ularning eng zarurlari hisobga olinadi. Masalan, bezorilik jinoyatida holatlarni aniqlashda ayblanuvchi tomonidan xulq-odob qoidalariga xilof aytilgan barcha so‘zlarni olish shart emas, balki aynan jamoat tartibiga hurmatsizlik qilish harakati inobatga olinishi lozim.
Jinoyat protsessida ish bo‘yicha isbotlash doirasi shunday aniqlanadiki, ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan, isbotlash predmetiga kiruvchi barcha holatlar yetarli, to‘liq darajada tekshirilib, to‘plangan materiallar bilan ularning xususiyatlari to‘liq aniqlanishiga olib keladi. Isbotlash doirasini to‘g‘ri belgilab olish isbotlashning subyektlariga bog‘liq bo‘lib, ularning faolligi darajasiga, aniqlangan dalillarning sifati va miqdoriga bog‘liqdir. Agarda isbotlash chegarasidagi barcha ishga taalluqli Jinoyat protsessida isbotlash doirasi deganda, ish bo‘yicha chiqarilgan xulosalarning asosliligini tasdiqlash uchun dalillar, ularning manbalari hajmi, shuningdek tergov versiyalari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirish chegarasi, doirasini belgilab beruvchi faoliyat tushuniladi.
144
bo‘lgan dalillar aniqlangan bo‘lsa, isbotlash chegarasi ish bo‘yicha kerakli bo‘lgan xulosani shakllanishiga asos bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, isbotlash chegarasi – ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarning isbotlanish darajasidir. Isbotlash doirasi protsessual faoliyat chegarasini belgilaydi va u: –
ko‘rsatadi; –
aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarning tadqiq etish chuqurligini ko‘rsatadi; –
voqelikdagi bor yoki yo‘qligini tan olish uchun xizmat qiladi; –
ish bo‘yicha xulosalarni chiqarish yetarliligini belgilaydi. Isbotlash chegarasi jinoyat protsessining barcha bosqichlari uchun yagonadir. Isbotlash doirasiga dalillar, holatlarning asosiy quyidagi guruhi kiradi:
a) jinoyatning sodir bo‘lishini bildiruvchi holatlar (vaqt, joy va boshqalar) va jinoyat tarkibi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi holatlar; b) shaxsning aybini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi holatlar; v) jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlovchi holatlar; g) jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyatini va miqdorini aniqlovchi holatlar; d) jinoyatni sodir qilishga yordam bergan shart-sharoitlarni aniqlovchi holatlar. Jinoyat protsessida isbot qilish predmeti ish bo‘yicha nimalar aniqlanilishini bildirsa, isbotlash doirasi esa ish bo‘yicha mavjud holatlarning tekshirish hajmi va chegarasini belgilaydi. Jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlar va holatlar juda ko‘p bo‘lib, ularning barchasi o‘z xususiyatlari, belgilariga ega. Ushbu fakt va holatlarni to‘la, har tomonlama aniqlash isbotlash doirasini belgilash demakdir. Isbotlash doirasi isbotlash predmeti bilan uzviy bog‘liq, lekin mazmunan turlicha bo‘lgan tushunchalardir. Isbotlash predmeti maqsadni anglatsa, isbotlash doirasi ushbu maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Isbotlash doirasi – isbotlash predmetining dalillari bo‘lib xizmat qiladigan faktlarni aniqlash va tadqiq etish chegarasi hisoblanadi. Agar isbotlash predmeti jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilishga imkon beradigan, qidirilishi lozim bo‘lgan holatlar majmui bo‘lsa, isbotlash doirasi – bunday holatlarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan dalillar yig‘indisidir. Isbotlash doirasi jinoyat ishi bo‘yicha juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq har tomonlama ishonchli tasdiqlanishini 145
ta’minlaydi. Isbotlash doirasi faktlar va holatlar yig‘indisining shunday yetarliligini ta’minlaydiki, u qonun, huquqiy ong va amaliyot asosida tergovchi va sudyalarga isbotlash predmetining barcha elementlari amalda mavjudligiga ichki ishonch hosil qilish imkonini beradi. Jinoyat protsessining turli bosqichlarida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash uchun qonunda belgilangan cheklovlarni ham isbotlash doirasi deb tushunmaslik lozim. Ushbu holatda qonunda belgilangan cheklovlar isbotlash rejimining alohida xususiyatlarini anglatadi. Lekin cheklangan isbotlash rejimi sharoitida ham uning doiralari turlicha, ya’ni keng yoki birmuncha tor bo‘lishi mumkin. Isbotlash doirasi isbotlash predmetidan farqli ravishda jinoyat protsessual qonunchilikda yetarli aks ettirilmagan. Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga bog‘liq bo‘lib, ana shu asosda jinoyat ishi bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar to‘planadi, tekshiriladi, baholanadi va tegishli protsessual harakatlar amalga oshiriladi. Isbotlash doirasi isbotlash predmetiga kiruvchi faktlar, holatlar, shuningdek jinoyat ishidagi turli versiyalarning ham tekshirilishini ta’minlaydi. Isbotlash doirasida isbotlash predmetiga kiruvchi barcha bog‘liqliklar, detallar emas, balki eng zarur bo‘lgan holatlar e’tiborga olinadi. Masalan, bezorilik jinoyati bo‘yicha ish holatlarni aniqlashda ayblanuvchi tomonidan axloq qoidalariga xilof aytilgan barcha so‘zlar emas, balki aynan jamoat tartibiga hurmatsizlik holati inobatga olinadi. Tergov amaliyotda isbotlash doirasini asoslanmagan tarzda qisqartirish hollari uchrab turadi.
Amaliyotdan misol: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 104-moddasi, 2-qismi, «e» bandi bilan javobgarlikka tortilgan Salimovning jinoyat ishini ko‘rib chiqamiz. Shu ishni ko‘rayotgan tergovchi va sud tomonidan bitta versiya ilgari surilgan, ya’ni unga ko‘ra, Salimov bezorilik oqibatida jabrlanuvchi Anorovaning qorin qismiga tepib, unga og‘ir tan jarohati yetkazadi. Shu bilan birga jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi va sud tomonidan e’tiborga olinmagan boshqa versiyalar ham bo‘lgan. Bezorilik temir yo‘l stansiyasida sodir qilingan bo‘lib, unda 10 kishi qatnashgan, jabrlanuvchi rels yaqinida behush holatda topilgan. Ekspertning xulosasiga ko‘ra, u tan jarohatini o‘tmas predmet yoki rels ustiga yig‘ilishi oqibatida olgan, bu versiya vujudga kelishining sababi, jabrlanuvchi mast holatda edi. Ammo tergovchi va sud boshqa versiyalarni inobatga olmagan, natijada isbotlash doirasi asoslanmagan holda qisqartirilgan va dastlabki tergov to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun sud hukmining bekor bo‘lishiga olib kelgan. Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan holda jinoyat protsessida isbotlash doirasi deganda, ish bo‘yicha chiqarilgan xulosalarning asosliligini tasdiqlash uchun dalillar, ularning manbalari hajmi, shuningdek tergov versiyalari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirish chegarasi, doirasini belgilab beruvchi faoliyatini tushunamiz. Isbotlash doirasini to‘g‘ri belgilab olish isbotlashning subyektlariga, ularning faollik darajasiga, aniqlangan dalillarning sifati va hajmiga
146
bog‘liqdir. Agarda isbotlash doirasidagi ishga taalluqli barcha dalillar aniqlansa, u ish bo‘yicha zarur xulosani shakllantirish uchun asos bo‘ladi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, isbotlash doirasi jinoyat protsessining barcha bosqichlari uchun yagona bo‘lib, u ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarning isbotlanish darajasidir. Isbotlash doirasi protsessual faoliyatning chegaralarini belgilaydi va u barcha tekshiriladigan tergov versiyalarining to‘liqlik darajasini, aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarning qanchalik chuqur tadqiq etilishi lozimligini ko‘rsatadi, dalillar va ularning manbalari hajmini va ish bo‘yicha chiqarilgan xulosalarning yetarliligini belgilaydi. Ta’kidlash joizki, isbotlash doirasi tergovchi va sud bilish faoliyatining o‘ta muhim jihatlaridan bo‘lib, ushbu faoliyatga aniq maqsadga yo‘naltirish ruhini beradi hamda yuqorida tilga olingan shaxslarni ortiqcha mehnatdan xalos etadi. Xulosa qilib aytganda, jinoyat protsessida isbot qilish predmeti ish bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni bildirsa, isbotlash doirasi esa ish bo‘yicha mavjud holatlarning tekshirish hajmini va chegarasini belgilaydi.
Jinoyat protsessida dalil va isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar eng muhim masalalardan hisoblanib, jinoyatni ochish, ayblanuvchini fosh etish, jazoni muqarrarligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Dalillarning quyidagi xususiyatlari mavjud: faqat haqiqiy ma’lumotlar dalil hisoblanadi; ular qonunda belgilangan manbalardan olingan bo‘lishi shart; ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan holatlar haqidagi ma’lumotlarga asoslanishi lozim; haqiqiy ma’lumotlar isbotlash predmetiga aloqador bo‘lishi shart. Dalillarning birinchi xususiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, haqiqiy ma’lumotlar ikki qismga bo‘linadi: faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; daliliy faktlar. Faktlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar deganda, ishonchliligini tekshirish zarur bo‘lgan jinoyat ishi holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Daliliy faktlar deganda esa ishonchliligi shubha tug‘dirmaydigan, tekshirilgan ma’lumotlar tushuniladi. Masalan, guvohning gumon qilinuvchini jinoyat sodir etilgan joyga yaqinroq yerda ko‘rganligi to‘g‘risidagi ko‘rsatuvi fakt to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lib, u albatta tekshirilishi lozim. Dalillarning ikkinchi xususiyati – dalillar faqat belgilangan
147
manbalardan olinishi lozimligidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 81-moddasida belgilanganidek, bular gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlardir. Agar ma’lumotlar boshqa manbalardan olingan bo‘lsa, bu ma’lumotlar ish bo‘yicha dalil bo‘la olmaydi. Ayrim xorijiy mamlakatlarda jinoyatlarni ochishda boshqa noan'anaviy usullardan ham foydalaniladi. Bular gipnoz ostida so‘roq qilish, poligraf - yolg‘on detektoridan foydalanish va ekstrasensorikaga murojaat qilish kabi usullardir. Bu ma’lumotlar daliliy ahamiyatga ega bo‘lmasa ham, ular tezkor-qidiruv faoliyatiga ko‘maklashishi, ya’ni unga to‘g‘ri yo‘nalish olishda yordam berishi mumkin, shuning uchun bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish, ashyoviy dalillarni izlashda parapsixologiya usullariga murojaat qilinishi foydadan xoli emas. Dalillarning uchinchi belgisi - jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan haqiqiy ma’lumotlar qonun bilan belgilangan tartibda qo‘lga kiritilishi lozim. Haqiqiy ma’lumotlar qonuniy manbalardan olinib, lekin qonunda belgilangan tartibga rioya qilinmagan bo‘lsa, bu dalillarning ishonchliligi yuzasidan shubha tug‘iladi. Masalan, tergovchi tintuv yoki olib qo‘yish tergov harakatini xolislarning ishtirokisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, olingan ma’lumotlar daliliy ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuningdek, tergovchining so‘roq qilish davomida ishora qiluvchi savollar berishi, g‘ayriqonuniy usullar qo‘llashi ham salbiy natijaga olib keladi. Dalillarning to‘rtinchi xususiyati – haqiqiy ma’lumotlar isbotlash predmetiga aloqador bo‘lishi lozim. Aloqadorlik dalillarning mazmunini ifodalaydi. «Aloqadorlik – dalillarning yuridik xususiyatini emas, balki obyektiv xususiyati tashkil qiladi. Jinoyat protsessida dalil sifatida quyidagilar e’tirof etiladi: haqiqiy ma’lumotlar, ya’ni sodir etilgan jinoyat ishi to‘g‘risidagi axborotlar; ijtimoiy xavfning mavjud yoki mavjud emasligi, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsning aybini aniqlashga yordam beruvchi va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar; guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosalari, ashyoviy dalillar, ovozli va video yozuvlar, kinotasvir hamda fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadigan haqiqiy ma’lumotlar; qonunda ko‘rsatilgan 148
tartibda to‘plangan haqiqiy ma’lumotlar; isbotlash subyektlarining ichki ishonchi bo‘yicha tekshirilgan va baholangan haqiqiy ma’lumotlar. Haqiqiy ma’lumotlar va ularning manbalari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ularning birlashuvi dalilning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Isbotlash doirasi isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni isbot qilish uchun zarur bo‘lgan dalillar yig‘indisidir.
Dalillarni tasniflash – bu ma’lum bir asoslarga, mezonlarga ko‘ra, ularni guruhlarga, toifalarga bo‘lish, ajratishdir. Dalillarning tasnifi ularning ayrimlariga tavsif berish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishda katta ahamiyatga ega. Dalillarni qaysi manbalardan olinganligi, ma’lumotlarning isbotlash predmetiga taalluqli bo‘lgan sharoitlarga aloqadorligi yoki bu sharoitlarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi boshqa sohaga daxldor ekanligigiga qarab tasniflash va turli guruhlarga ajratish mumkin. Har bir dalilni mazkur belgilariga ko‘ra turli guruhlarga mansubligi aniqlanadi. Dalillarni tekshirish chog‘ida ularning «birinchi manbadan» olinganligi yoki ma’lumotlarning boshlang‘ich manbasi, ularning aniqlanishi lozim bo‘lgan holat bilan aloqasi, mazkur ma’lumotlar ayblov yoxud oqlov xarakteriga ega ekanligi e’tiborga olinishi zarur. Dalillarni tasniflash bir necha asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi hamda ko‘p tarmoqli tizim hisoblanadi. Tasniflashning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashda ularning hisobga olinishi lozim bo‘lgan turli jihatlarini ochib beradi va jinoyat ishi bo‘yicha ishonchli xulosalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Dalillar quyidagicha tasniflanadi: Dastlabki va hosila dalillar. Olinish manbasiga qarab dalillar dastlabki va hosila dalillarga bo‘linadi. Bunda tergovchi yoki sudning ma’lumotlarni boshlang‘ich yoki boshqa manbalardan olganligi nazarda tutiladi. Dastlabki dalillar - bu aniqlanishi lozim bo‘lgan holat to‘g‘risidagi ma’lumot birinchi manbadan olingan dalillardir. Masalan, guvohning shaxsiy kuzatuvlari asosida bergan ko‘rsatuvlari hamda uni so‘roq qilish bayonnomasi dastlabki dalil hisoblanadi. Ekspertning xulosasi ham dastlabki dalil sifatida e’tirof etiladi.
ma’lumot birinchi manbadan emas, balki boshqa manbadan yoki oddiy til bilan aytganda «ikkinchi manbadan» olingan dalillardir.
149
Dastlabki va hosila dalillar bir-biridan manbasining shakllanishi bilan farqlanadi. Hosila dalillarning shakllanish jarayonida oraliq bo‘g‘in mavjud bo‘ladi. Agar hodisaga bir shaxs shohid bo‘lib, so‘ngra bu haqda boshqasiga xabar bergan bo‘lsa, shuningdek ushbu ikkinchi shaxs guvoh sifatida hodisa haqida ko‘rsatuvlar berayotgan bo‘lsa, bunday ko‘rsatuvlar hosila dalil hisoblanadi. Demak, hosila dalil olinishida jinoyat shohidi bo‘lgan guvohning axborotini qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi tomonidan olinishi o‘rtasida yana bir bo‘g‘in – uni eshitgan guvoh ishtirok etadi. Axborot bir manbadan ikkinchisiga o‘tganda o‘zgarishlarga uchrashi tabiiy. Oraliq manbalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, dalilning o‘zgarishlar va buzilishlari ehtimolligi ortadi. Shuning uchun oraliq manbalardan ma’lumotlar olinganda albatta ma’lumotning boshlang‘ich manbasi (masalan, guvoh) topilishi va so‘roq qilinishi kerak. Chunki hodisaning haqiqiy shohidi bu to‘g‘rida boshqalarga qaraganda to‘la, aniq, ishonchli ma’lumot berishi shubhasiz va uning ko‘rsatuvlarini tekshirish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hujjatlardan olingan nusxalar ham hosila dalil hisoblanadi. Bu holda hujjatning asl nusxasi axborotning boshlang‘ich manbai, undan nusxa olgan va tasdiqlagan shaxs esa axborotning ikkilamchi manbaidir. Ayblovchi va oqlovchi dalillar. Dalillarni ayblovchi va oqlovchilarga bo‘linishi olingan ma’lumotlar va aniqlangan dalillarning mazmuniga bog‘liq. Ayblanuvchining aybini tasdiqlovchi, uning javobgarligini og‘irlashtiruvchi dalillar ayblovchi dalillar deb ataladi. Bunday dalillarga ayblovga asos bo‘lgan dalillar yoki ayblanuvchining javobgarligini og‘irlashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi.
aybsizligini tasdiqlovchi, ayblanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ayblanuvchiga qo‘yilgan ayblovni shubha ostiga oluvchi dalillardir. Dalillarni ayblovchi va oqlovchi dalillarga bo‘lish shartli xususiyatga ega, chunki bir dalil ish yuritish davomida o‘z xususiyatini o‘zgartirishi va ish yuritish davomida ayblovchi dalillar oqlovchi dalillarga aylanishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22- moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud har bir jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchini ayblovchi dalillarnigina emas, uni oqlovchi dalillarni ham, shuningdek uning javobgarligini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni ham aniqlashni shart qilib qo‘ygan. Amaliyotda
150
ayblanuvchini fosh qiladigan dalillarni to‘plashga ahamiyat beriladi-yu, oqlovchi dalillarni to‘plashga yetarli ahamiyat berilmaydi. Buni esa qonuniylikni buzish, ishni biryoqlama hal qilish deb baholash lozim. Dastlabki tergov bosqichidagi tortishuv jinoyat-protsessual funksiyalar taqsimlanishi prinsipini bosqichma bosqich tatbiq etishni, ya’ni isbotlash jarayonida protsessual imkoniyatlar tengligini ta’minlashni nazarda tutadi. Qonunga ko‘ra, dastlabki tergovdagi ayblov va himoya funksiyalari prokuror va tergovchining vakolatlarida jamlangan bo‘lib, ular ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni, shu jumladan ayblanuvchini ham fosh etadigan, ham oqlaydigan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishlari kerak. Hozirgi zamon jinoyat protsessida ayblovchi va oqlovchi dalillarni topish vazifalari bir-biridan qat’iy tarzda ajratilishining tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Oqlovchi dalillar orasida ayblanuvchining alibisi alohida o‘rin tutadi. Ishonchli isbot qilingan alibi shaxsni jinoyat sodir etganlikda ayblash imkoniyatlarini yo‘qqa chiqaradi, shuning uchun u har tomonlama tekshirilishi lozim. Tekshirilgan va baholangan ayblovchi va oqlovchi dalillar o‘ta muhim protsessual hujjatlar - ayblov xulosasi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 379-moddasi) va hukmda
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 463-464-moddalari) o‘z aksini topadi. Sud ayblov hukmini chiqarishda sudlanuvchining aybini isbot qiluvchi ishonchli ayblovchi dalillarga asoslangani va oqlovchi dalillar nima sababdan rad etilganini; oqlov hukmini chiqarishda esa oqlovchi dalillarga asoslangani va ayblov xulosasida keltirilgan holatlarning rad etish sabablarini aniq ko‘rsatishi shart.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling