Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat protsessi va sud psixiatriyasi
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat protsessi va sud psixologiyasi.
- Jinoyat protsessi va sud statistikasi.
- solinishi ushbu munosabatlarda tezkorlik, aniqlik va tizimlilikni ta’minlaydi.
- 1) jinoyatlarni tez va to‘la ochishni ta’minlash
- 2) jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishini ta’minlash
- 3) aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishni ta’minlash
- 4) qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash
- Jinoyat-protsessual norma
Jinoyat protsessi va sud psixiatriyasi. Jinoyat ishini tergov qilish va ko‘rib chiqish chog‘ida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ruhiy holati to‘g‘risidagi masala hamda, binobarin, uning jinoiy javobgarligi mumkinligi to‘g‘risidagi, jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy ahvoli to‘g‘risidagi masala, shuningdek ularning ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri qabul qilish va qayta aks ettirishga qodirligi to‘g‘risidagi masala va boshqa masalalar kelib chiqishi mumkin. Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda sud-psixiatriya, shuningdek sud-tibbiy xususiyatdagi masalalarning kelib chiqishi ekspert yoki mutaxassislar yordamidan foydalanish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
tarkibiy qismi sifatida sud psixologiyasining predmeti jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida inson ruhiyati qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Sud psixologiyasi bilimlaridan jinoyatlarni ochish uchun ayrim tergov va sud harakatlarini o‘tkazish bo‘yicha taktik tavsiyanomalarni ishlab chiqishda
28
foydalaniladi. Psixologiya sohasidagi maxsus bilimlardan sud-psixologiya ekspertizasini o‘tkazishda, xususan, shaxsning individual xususiyatlari va ahvolini aniqlash uchun foydalaniladi. Jinoyat protsessi va sud statistikasi. Sud statistikasi – statistika fanining sohasi bo‘lib, uning predmeti jinoyatchilik holati to‘g‘risidagi miqdoriy ma’lumotlarni, uning dinamikasi hamda unga qarshi kurash choralarini o‘rganish va umumlashtirishdir. Bunday ma’lumotlarsiz jinoyatchilik sabablarini, unga qarshi kurash maqbul chora-tadbirlarini, tegishli jinoiy jazolarning samaradorligini, shuningdek jinoyat ishlarini sudda ko‘rishning qonun hujjatlari va sudlov organlari faoliyatining yanada takomillashtirilishini ta’minlash mumkin emas. Shu boisdan ham surishtiruv, tergov, prokuratura va sud organlarida ishlarni qo‘zg‘atish, tergov qilish va ko‘rib chiqishning, ularning sudda ko‘rilishi natijalarining, qo‘llanilayotgan jazo choralarining hisobi yuritiladi va shu kabi boshqa ma’lumotlar hisobga olinadi. Sud statistikasining mazmuni fanning bu sohasi nomlanishiga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat sud faoliyatini, balki jinoyat ishlarini sudda ko‘rish boshqa organlarining – surishtiruv, tergov va prokuraturaning ham statistik faoliyatini qamrab oladi 3 . 1.5. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va uning vazifalari Jinoyat ishlarini yuritish tartibi faqatgina O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilovchi muqobil qonun hujjatlari mavjud emas. Jinoyat-protsessual munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati jinoyat-protsessual kodeksdir. Bu kodeksning normativ-huquqiy hujjat turi sifatidagi o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, kodeks – bugungi kunda joriy qonunlarning asosiy va muhim turlaridan biri hisoblanadi, qonunchilik tarmoqlarida integratsiya funksiyasini bajaradi, qonunchilik tarmoqlari o‘rtasidagi tizimli aloqalar manbai sifatida xizmat qiladi. Kodeksning davlat uchun ahamiyati unda o‘zaro ichki muvofiqlashgan huquqiy normalar tizimi mujassam bo‘lishi bilan belgilanadi.
3 Jinoyat protsessi. Mualliflar jamoasi. Umumiy qism. Darslik / prof. Z.F.Inog‘omjonovaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2002. – B. 32-34. 29
Jinoyat ishlari yurituvi tartibining ham kodifikatsiyalashgan normativ- huquqiy hujjat bilan tartibga solinishi ushbu munosabatlarda tezkorlik, aniqlik va tizimlilikni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, kodekslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi. Shunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi ham O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2013- XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan barcha qoidalar normativ xususiyatga hamda qonun kuchiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining butun hududi doirasida bir xilda qo‘llaniladi. Shuningdek, unda belgilangan jinoyat ishlarini yuritish tartibi barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda fuqarolar uchun yagona va majburiy xususiyatga egadir. Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 2-moddasida belgilab berilgan. Unda jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining to‘rtta asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalar qonunda nihoyatda aniq va tizimli ifodalangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: 1) jinoyatlarni tez va to‘la ochishni ta’minlash – bu jinoyat ishini yurituvchi va jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi surishtiruv, dastlabki tergov va prokuratura organlari, shuningdek sudning sodir etilgan jinoyat holatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan holatlarni aniqlashga qaratilgan asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Jinoyatlarni tez va to‘la ochishni ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasiga muvofiq, ayblash va hukm qilish uchun asoslar – jinoyat obyekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud
tomonidan ma'qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e'lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi.
30
beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar aniqlanadi. Har bir jinoyat u qanchalik yashirin sodir etilgan bo‘lmasin, tez va to‘la ochilishi lozim. Jinoyat-protsessual qonuniga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari doimo ziyraklik bilan jinoyat voqeasi holatlarni aniqlashi, ularni “izlar sovimay” ochishi, jinoyatning barcha ishtirokchilari, ayniqsa tashkilotchilari, dalolatchilari, bevosita ijrochilarini fosh etishi, jinoyat sodir etishga imkon bergan sabab, shart-sharoitlarni aniqlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qanchalik tez va to‘la ochilsa, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoyalash vazifasi shunchalik samarali bajariladi. Ishning barcha holatlarini aniqlash yuz bergan voqeani, haqiqatni aniqlashdan iborat. Bo‘lib o‘tgan holatlarga to‘g‘ri baho berish haqiqatning tub mazmunini bilishga imkon beradi. Haqiqatni bilmay jinoyat-protsessual qonun hujjatlarini tatbiq etish va uning vazifalarini bajarishga erishib bo‘lmaydi. Shu bilan birgalikda jinoyat hodisasi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22- moddasiga binoan, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak.
2) jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishini ta’minlash – ya’ni, ayblanuvchi tomonidan sodir etilgan qilmishning hamda jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavflilik darajasiga mutanosib bo‘lgan jazo chorasini tayinlanishini ta’minlaydi, ya’ni ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
jinoyatni sodir etishda haqiqatdan aybdor bo‘lgan barcha shaxslarni, shu jumladan, jinoyatning barcha ishtirokchilarini va unga daxldor shaxslarni aniqlashga qaratilgan. Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etish va jinoiy javobgarlikka tortish jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organlar (surishtiruv organi, tergov, prokuratura)ning aybni isbot qilish maqsadida ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash bo‘yicha ham vazifasi, ham majburiyatidir. Ya’ni bu vazifani
31
amalga oshirishda jinoiy ta’qib subyektlariga qonun doirasida ish yuritishi, xususan, ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligi, gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo‘lgan o‘zgacha choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man etilganligi to‘g‘risidagi qoidaga qat’iy rioya etishlari shart. 4) qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash – ya’ni, jinoyat- protsessual qonun hujjatlarining sud-tergov organlari faoliyatiga to‘g‘ri – qonunga mos, mazmunini buzmagan, biryoqlama yondashuvlarsiz, belgilangan protsessual tartibda qo‘llanilishini anglatadi. Qonunni to‘g‘ri tatbiq etish, jumladan, qonunbuzarlik hamda qonunga rioya qilmaslik hollarini aniqlash, har qanday qonunbuzarning javobgarlikka tortilishi muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan. Jinoyat ishlari yurituvi jarayonida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar va amalga oshiriladigan protsessual harakatlarning qonuniyligi va asosliligi jinoyatlarni to‘g‘ri tasniflash bilan ham bog‘liq. Jinoyat qonunchiligini to‘g‘ri qo‘llanilishi sud tomonidan sodir qilingan jinoyatning og‘irligi va sudlanuvchining shaxsiga mutanosib ravishda jinoiy jazo tayinlanishini ta’minlaydi. Jinoiy ta’qibni amalga oshiruvchi organlar tomonidan sodir qilingan jinoyatning protsessual qonun normalariga qat’iy rioya qilingan holda fosh etilishi adolatli sud muhokamasining garovidir. Jinoyat-protsessual kodeksda belgilangan usullar orqali jinoyat protsessi vazifalarini bajarilishi ish yurituvning qonuniy va asosliligini, uning maqsadlariga erishishni ta’minlaydi. Xususan, jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tartibi uch maqsadga xizmat qiladi: Birinchidan, qonuniylikni mustahkamlashga – ya’ni, jinoyat ishlarini yuritishda Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini e’tirof etishga, shuningdek jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslar – surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudya faoliyatida qonunlarga og‘ishmay va qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilganligini, xususan jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni qo‘llashda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning shaxsni gumon qilish, ayblashda, sudyaning esa hukm chiqarishda o‘z ixtiyoriga qarab ish ko‘rish chegarasi qonun bilan aniq tartibga solinganligini anglatadi; Ikkinchidan, jinoyatlarning oldini olishga – ya’ni, sudlanuvchi va 32
boshqa shaxslarga axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatib, ular tomonidan kelgusida jinoyat sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi; Uchinchidan, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga – jinoyat-protsessual qonun hujjatlari jinoyat tufayli zarar yoki ziyon yetgan alohida shaxslar, davlat yoki jamiyat manfaatlarini himoya etishga, shu jumladan, yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyonni qoplashga xizmat qiladi. Jinoyat protsessining muhim vazifasi yangi jinoyatlarni oldini olish, profilaktika qilish, aholini qonun va huquq-tartibotga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat ishlarini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi, ularni bartaraf etishga qaratilgan samarali choralarni ko‘rishlari shart.
Jinoyat-protsessual qonun
hujjatlarining talablarini bajarish bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudning zimmasidadir. Bu talablarni amalga oshirishdan davlat, jamiyat va har bir inson manfaatdor ekani bois unga erishish barchaning umumiy vazifasidir. 1.6. Jinoyat protsessual huquqi normalari Jinoyat-protsessual huquqining tashqi shaklini uning manbalari, ichki shaklini esa huquq normalari tashkil qiladi. Jinoyat-protsessual normalarning mazmuni jinoyat-protsessual huquq subyektlarining xulq- atvor qoidalaridan iborat. Jinoyat-protsessual huquqi subyekti huquq normasida o‘z aksini topgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirar ekan jinoyat-protsessual munosabatlarga kirishadi va shu orqali muayyan jinoyat ishi bo‘yicha huquqiy munosabatlar subyektiga (ishtirokchisiga) aylanadi. Jinoyat-protsessual huquqi o‘zida jinoyat-protsessual qonunda ifodalangan normalar majmuini ifodalaydi.
1) davlat tomonidan o‘rnatilgan, ya’ni davlatning qonun chiqaruvchi Jinoyat-protsessual norma – jinoyat-protsessual huquq va majburiyatlar subyektlarining davlat tomonidan o‘rnatilgan hamda davlat va jamoat ta’siri tizimi orqali ta'minlangan hamda jinoyat ishlari yurituvini samarali amalga oshirishga qaratilgan umummajburiy xulq- atvor qoidalari.
33
hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy vakillik organi tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan; 2) jinoyat-protsessual huquq va majburiyatlar subyektlarining umumiy xulq-atvor qoidalari bo‘lib, muntazam ravishda takrorlanadigan muayyan harakatlarni ko‘zda tutadi; 3) jinoyat protsessi ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi; norma o‘zining umummajburiy ta’siri orqali protsessning barcha ishtirokchilarini emas, balki u bevosita taalluqli bo‘lgan ishtirokchilarni qamrab oladi; 4) normalar davlat majburlov kuchi orqali ta’minlanadi; 5) jinoyat-protsessual qonun hujjatlari vazifalarini samarali tarzda amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi v.b. Jinoyat-protsessual huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini, jinoyat ish yurituvi bosqichlarini va boshqa ko‘plab tushunchalarni belgilab beruvchi jinoyat-protsessual normalar jinoyat- protsessual huquq tizimini tashkil qiladi. Jinoyat-protsessual huquqning barcha normalari qat’iy tizim va mantiqiy izchillikka ega bo‘lib, ular tizimlashtirilgan va kodifikatsiyalashganligi bilan tavsiflanadi. Chunki, Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat protsessiga taalluqli asosiy qoidalar batafsil bayon etilgan. Jinoyat-protsessual normalar tizimida jinoyat-protsessual munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvor qoidalarini qat’iy qilib belgilab beruvchi normalar muhim o‘rin tutadi. Mazkur normalarning salmog‘i jinoyat protsessining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Zero, jinoyat protsessi vazifalarini bajarish uchun eng maqbul va oqilona yo‘l tanlanishi lozim bo‘lib, bu mazkur munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini qat’iy tartibga solishni taqozo etadi. Biroq, jinoyat protsessiga xos bo‘lgan tortishuv jinoyat protsessida muayyan dispozitiv normalar ham amal qilishini ko‘zda tutadi. Dispozitiv normalar subyektlarga muayyan harakatlarni sodir etish yoki ulardan tiyib turish to‘g‘risida ko‘rsatma bermaydi. Ularning maqsadi
shaxsning subyektiv manfaatini qanoatlantirish hisoblanadi. Dispozitiv normalarga asoslangan munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va tugatilishi manfaatdor shaxsning tashabbusiga bog‘liqdir. Huquqiy tartibga solish usullariga (ruxsat berish, ko‘rsatma berish, taqiqlash) ko‘ra, jinoyat-protsessual huquq normalari vakolat beruvchi, majburiyat yuklovchi va taqiqlovchiga bo‘linadi. Vakolat beruvchi normalar – protsess ishtirokchilariga ularning ixtiyoriga ko‘ra foydalanishni ko‘zda tutuvchi huquq beruvchi normalar. Majburiyat yuklovchi normalar – muayyan shart-sharoitlarda xulq-atvorning ma’lum turini ko‘zda tutuvchi 34
normalar. Taqiqlovchi normalar – muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishni talab qiluvchi normalar. Jinoyat-protsessual qonunchilikda taqiqlovchi normalar ko‘plab uchraydi. Ular o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda ularda imperativ tusdagi hokimiyat irodasi namoyon bo‘lib, ular muayyan harakatlarni amalga oshirishni yoxud ularni amalga oshirishdan bo‘yin tovlashni ta’qiqlaydi. Jinoyat-protsessual normalar qo‘llanilish sohasiga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi: a) umumiy normalar – barcha jinoyat-protsessual munosabatlar ishtirokchilariga nisbatan barcha jinoyat-protsessual faoliyat jarayonida qo‘llaniladi; b) maxsus normalar – jinoyat protsessining alohida bosqichlarida yoki alohida protsessual harakatlarni o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladi; v) istisno normalar – umumiy yoki maxsus normalarga qo‘shimcha qiladigan yoki ulardan muayyan bir mustasnolarni ko‘zda tutadigan normalar. Huquqiy tartibga solish predmetiga ko‘ra, jinoyat-protsessual normalar quyidagilarga bo‘linadi: a) vakolat yuklovchi, ya’ni jinoyat protsessi ishtirokchilariga muayyan huquqlar taqdim etuvchi normalar; b) majburiyat yuklovchi, ya’ni jinoyat protsessi ishtirokchilaridan muayyan xulq-atvorda bo‘lishni talab qiluvchi normalar; v) ta’qiqlovchi, ya’ni jinoyat protsessi ishtirokchilariga u yoki bu harakatni sodir etishdan tiyilishni talab qiluvchi normalar. Majburiylik darajasiga ko‘ra, normalar quyidagilarga bo‘linadi: a) qat’iy (imperativ), ya’ni unda ko‘zda tutilgan xulq-atvor qoidalaridan hech qanday chekinishga yo‘l qo‘ymaydigan normalar; b) dispozitiv – jinoyat protsessi ishtirokchilarida ushbu normada belgilangan doirada xulq-atvorni tanlash huquqini saqlab qoladigan normalar. Jinoyat-protsessual huquq normalari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida moddalar ko‘rinishida ifodalangan. Jinoyat- protsessual normalar va ular ifodalangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksi moddalari gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topgan. Jinoyat-protsessual normalarning gipotezasi uning ifodalanishining aniqlik darajasiga qarab mutlaq-muayyan va nisbiy- muayyan bo‘lishi mumkin. Ushbu gipoteza turlarining tartibga soluvchi ahamiyati bir xilda emas. Mutlaq muayyan gipotezalar jinoyat-protsessual 35
normaning dispozitsiya va sanksiyasini amalga oshirishning aniq shartlarini ko‘rsatadi. Bunday gipotezaga ega normani qo‘llash uchun gipotezada ko‘zda tutilgan tegishli shartlarni aniq amaliy holatga mos kelishini aniqlash yetarli hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasiga asosan, jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslar aniqlanganda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi shart. Mazkur holatda “jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida sabab va yetarli asoslarning aniqlanishi” (gipoteza) jinoyat ishining qo‘zg‘atilishiga (dispozitsiya) olib keladi. Nisbiy-muayyan gipotezalarda ularning tegishli shartlari qanoatlantirilganda, jinoyat-protsessual norma dispozitsiya yoki sanksiyasini qo‘llash jinoyat ishini yuritayotgan vakolatli organ yoki mansabdor shaxslar ixtiyoriga topshiriladi. Bunday normalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida “ixtiyoriga binoan”, “ixtiyori bilan” kabi atamalar yordamida ifodalanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 161, 497 10 -moddalari). Demak, jinoyat- protsessual normaning gipotezasi uning dispozitsiya va sanksiyasini amalda tatbiq etish uchun sharoit yaratadi. Jinoyat-protsessual normaning gipotezasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin – basharti, huquq normasining dispozitsiya yoki sanksiya qismini amalga oshirish uchun muayyan shart-sharoitlar, holatlarning mavjud bo‘lishi talab qilinsa, bu ijobiy yoki mavjud bo‘lmasligi talab qilinsa, bu salbiy gipoteza hisoblanadi. Shuningdek, basharti gipotezada bir holat ko‘rsatilib, huquq normasining amal qilishi uning mavjud yoki mavjud emasligi bilan bog‘lansa, bunday gipoteza oddiy hisoblanadi. Agarda gipoteza huquq normasining harakatini ikki yoki undan ortiq holatlarning bor yoki yo‘qligi bilan bog‘lasa, u murakkab gipoteza hisoblanadi. Basharti, huquq normasining harakati bir necha holatlardan birining bor yoki yo‘qligi bilan bog‘lansa, bunday gipoteza muqobil gipoteza hisoblanadi. Jinoyat-protsessual normaning dispozitsiyasi jinoyat-protsessual faoliyatni qamrab oladi. Jinoyat-protsessual faoliyat o‘z navbatida maqsadi va vositalariga ega bo‘lgan jinoyat-protsessual harakatlar tizimidan iboratdir. Jinoyat-protsessual normaning dispozitsiyasida jinoyat- protsessual munosabatlar ishtirokchilari xulq-atvori modelini tanlashda qonun yoki faoliyat yo‘nalishiga oid umumiy ko‘rsatma bilan cheklanadi yoxud xulq-atvorni mufassallashtiradi. Bunda dispozitsiyani qanday bayon etish tartibga solinadigan faoliyatning muhimligi, uni amalga oshirishning tez-tez takrorlanishi, jinoyat siyosatining yo‘nalishi, jamiyatdagi huquqiy madaniyat darajasi kabi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi. Jinoyat protsessida dispozitsiya protsessual normaning qismi bo‘lib, 36
unda jinoyat protsessi sohasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining munosib xulq-atvorining modeli tavsiflanadi. Protsessual adabiyotlarda ko‘p hollarda protsessual normalarning barcha ko‘rsatmalari tartib-taomil xususiyati kasb etishiga, ular qoida tariqasida moddiy huquq normalarini qo‘llash bo‘yicha hokimiyat vakolatlariga ega subyektlarga yo‘naltirilishiga e’tibor qaratiladi. Jinoyat-protsessual normalar dispozitsiyasining tartib-taomillarni belgilovchi xususiyati shundaki, ular nafaqat protsess ishtirokchilari harakatlarini tavsiflaydi, balki ularni sodir etish usuli, tartibi, ketma-ketligi, mazkur harakatlar natijalarini qayd etish shakllarini ham mustahkamlaydi. Jinoyat-protsessual normalar dispozitsiyasining murakkab tuzilishi ular bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning murakkabligi bilan
ham belgilanadi. Zero, birinchidan, protsessual faoliyat ishtirokchilarining ko‘p sonligi bois ular o‘rtasida o‘ziga xos aloqadorlik, o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘ladi; ikkinchidan, protsessual faoliyat jarayonida isbotlash amalga oshiriladiki, u huquqni qo‘llash jarayonida bilishning o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Jinoyat protsessual normalarning sanksiyasi uning dispozitsiyasiga rioya etmagan holda vujudga keladigan oqibatlarni ko‘rsatadigan huquqiy normaning elementi. U protsessual munosabatlar ishtirokchilarining jinoyat-protsessual normalar talablari bajarilmaganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar va davlat majburlovi bilan bog‘liq. Sanksiyalar jinoyat- protsessual normalarning zarur qismi hisoblanadi. Biroq ular jinoyat- protsessual normalar tuzilishida yetakchi o‘ringa egalik qila olmaydilar, chunki davlat majburlovini qo‘llash bilan ta’sir ko‘rsatish protsess ishtirokchilariga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatishning asosiy shakli hisoblanmaydi. O‘z tuzilishi va tabiatiga ko‘ra, jinoyat-protsessual normalar sanksiyasi turlicha mazmun va maqsadga ega. Ularni o‘zaro farqlashning bosh mezoni bu ular huquqni muhofaza qilishga xizmat qilishi uchun qaratilgan vosita hisoblanadi. Ushbu asosga ko‘ra ularni huquqni tiklovchi, huquqni rad etuvchi, jazolovchi va ahamiyatsiz sanksiyalarga ajratish mumkin. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling