Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 113-moddasi.
- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Xotin-
qizlar va
erkaklar teng
huquqlidirlar”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi. “Barcha shaxslar sudlar va tribunallar oldida tengdir”.
55
murojaat qilgan va protsessda ishtirok etayotgan shaxsga ayrim imtiyozlar taqdim etish yoki uni kamsitish uchun uning mulkiy va mansab mavqei, jinsi, irqi va millati, ma’lumoti, tili, dinga nisbatan munosabati, turar joyi, e'tiqodi, jamoat birlashmalarda a’zo bo‘lishi yoki birorta boshqa holatlar asos bo‘lmaydi va protsessning yuritilishiga va yakuniga hech qanday ta’sir etmaydi. Ushbu talablar odil sudlovni amalga oshirishning barcha shakllariga tatbiq etiladi, chunki sud ishlarini yuritishning birorta sohasida qonun qoidalari fuqaroning huquqiy maqomini yuqorida ko‘rsatilgan belgilar bilan bog‘lamaydi. Fuqarolarning qonun va sud oldidagi tengligi – bir-biri bilan aloqador bo‘lgan tushunchalar, biroq ularning har biri alohida mazmunga ega. Fuqarolarning qonun oldidagi tengligi fuqaroning irqi va millati, ijtimoiy, mulkiy va mansab mavqei yoxud uning dini asosida ayrim imtiyozlarni yoki cheklovlarni o‘rnatmaydigan yagona moddiy va protsessual qonunlar mavjudligini anglatadi. Fuqarolarning sud oldidagi tengligi sud ishlarining, sudlanuvchi va jabrlanuvchi, da’vogar va javobgar, protsessning boshqa ishtirokchilari irqi, millati va dini, ijtimoiy, mansab va mulkiy mavqeidan qat’i nazar, barcha fuqarolarga nisbatan va barcha sudlar tomonidan bir xil protsessual tartibida ko‘rib chiqilishini anglatadi. Shuningdek, mazkur qoida yuqorida ko‘rsatilgan belgilarga qarab o‘z faoliyatini amalga oshiradigan tabaqa, irqiy yoki boshqa maxsus sudlar davlatda tashkil etilishini taqiqlaydi. Amaldagi qonunlarga rioya qilish hamma uchun majburiy bo‘lishi, shuningdek qonunlarni buzish uchun barcha shaxslar uchun teng javobgarlik belgilanishi fuqarolar qonun va sud oldidagi tengligining ifodasidir. Masalan, jinoyat sodir etgan shaxslar, egallab turgan lavozimi, shug‘ullanayotgan faoliyati va boshqa holatlardan qat’i nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi va ularga nisbatan bir xil jinoyat qonuni amal qiladi. Sudyalarni jinoiy javobgarlikka tortishning va tintuv o‘tkazishning (O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 70-moddasi), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlarini ushlab turishning va qamoqqa olishning (Konstitutsiyaning 88-moddasi) alohida tartibi mavjudligi, albatta, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi prinsipi umumiy qoidalari doirasidan mazkur shaxslarni chiqaradi, chunki ushbu daxlsizlik kafolatlari yo‘qligida deputatlar va sudyalar o‘z vazifalarini tegishli ravishda bajara olmas edilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1-moddasi 2-qismiga muvofiq, jinoyat ishlarini yuritishning qonunda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari uchun 56
yagona hamda majburiydir. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi ayblanuvchining jismoniy va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib
sud ishlarini yuritishning differensiatsiyalangan tartibini belgilaydi va bunga qarab protsessual kafolatlarining har xil hajmini nazarda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 60, 61-boblari). Sud ishlarini yuritishning mazkur differensiatsiyalanishi fuqarolarning qonun oldidagi tengligi prinsipidan ijobiy istisno hisoblanadi, chunki ushbu differensiatsiyalash xolis sabablarga asosan yuzaga kelgan va to‘liq asoslantirilgan. Xatti- harakatlari sud ishlarini yuritishning mazmunini tashkil etadigan shaxs o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun yetarli bo‘lgan protsessual huquq va kafolatlar bilan ta’minlanishi lozim. 2.8. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi shaxsning daxlsizligi davlat tomonidan kafolatlanishining ifodasidir. Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish jinoyat ishini yuritishda ishtirok etayotgan barcha organlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13- va 26-moddalari normalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplariga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi, xuddi shuningdek hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsiplarni jinoyat protsessining asosiy prinsiplaridan biri sifatida mustahkamlaydi. Zo‘ravonlik, qo‘rqituv, haqoratga asoslangan, shuningdek insonni teng huquqli subyekt sifatida o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatidan mahrum qiluvchi harakat va qarorlar shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakat va qarorlar deb e’tirof etiladi. Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiyada (1984- yil 10-dekabr) qiynoqning ta’rifi berilgan. Unga ko‘ra “qiynoqning ta’rifi shunday istalgan harakatni anglatadiki, u bilan qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ma’lumotlar yoki e’tirof olish, uni u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki sodir etishda u gumon qilinadigan harakat uchun
57
jazolash, shuningdek uni yoki uchinchi shaxsni qo‘rqitish yoki zo‘rlash maqsadida, yoki bunday og‘riq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatdagi boshqa shaxs, yoki ularning gijgijlashi bilan yoki ularning xabardorligida yoki indamay roziligi bilan har qanday tusdagi kamsitish asoslangan istalgan sabab bo‘yicha ataylab kuchli og‘riq va azob beriladi. Bu ta’rifga qonuniy sanksiyalar natijasida paydo bo‘ladigan shu sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasofidan chiqqan og‘riq yoki azoblar kirmaydi”. Ushbu Konvensiyaning 2-moddasiga ko‘ra “har qanday ishtirokchi davlat uning yurisdiksiyasidagi istalgan hududda qiynoq harakatlarining oldini olish uchun samarali qonun chiqarish, ma’muriy, sudlov va boshqa choralarni ko‘radi. Hech qanday favqulodda holatlar, ular qanday bo‘lmasin: xoh, urush holatimi yoki urush xavfimi, ichki siyosiy barqarorlikmi yoki boshqa istalgan favqulodda holatmi ekanligidan qat’i nazar, qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi. Yuqori turgan boshliq yoki davlat hokimiyatining buyrug‘i qiynoqni oqlashga xizmat qilolmaydi”. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida mustahkamlangan shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi inson huquqlariga doir asosiy xalqaro hujjatlarning talablariga to‘liq javob beradi hamda jinoyat protsessiga jalb qilingan har bir shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur prinsip birinchi navbatda jinoyat protsessida boshqa ishtirokchilarga nisbatan protsessual majburlov choralarini va fuqarolarning huquq va erkinliklarini chegaralash bilan bog‘liq boshqa harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan suiiste’molchiliklardan shaxsni, uning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan. Ko‘rib chiqilayotgan prinsip davlat organlari bilan ishda ishtirok etadigan shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni shunday belgilaydiki, davlat organlari ishda ishtirok etadigan shaxslarning sha’ni va qadr- qimmatini muhofaza qilishi shart, ishda ishtirok etadiganlar esa inson qadr- qimmatini kamsituvchi harakatlardan himoyalanish vositalari majmuiga egadirlar. Jumladan, ularning manfaatlarini cheklash yoki buzishga olib keladigan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat berishlari mumkin. Mazkur prinsip shaxsga jismoniy va ma’naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish uchun to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Eksperiment, guvohlantirish, shaxsiy tintuv o‘tkazilganda ishtirok etadigan shaxslarning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi, sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud muhokamasida
58
ishtirok etadigan biron-bir shaxs ustida, xususan, dalillar olish uchun uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas. Agar ish yuritilishida protsessda ishtirok etadigan shaxslarning shaxsiy hayotiga, farzandlikka olish, tibbiy sirlar va boshqalarga taalluqli ma’lumotlar aniqlansa, davlat organlari mazkur ma’lumotlarni tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rishlari shart.
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning protsess ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, buzilgan huquqlarini tiklash va ularning o‘z huquqlarini biron- bir to‘siqlarsiz amalga oshirishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlari mazkur prinsipning mazmunini tashkil etadi. Mazkur prinsipning normalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 43-moddasida bayon etilgan, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlashligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipni jinoyat protsessi prinsipi sifatida ifodalab, jinoyat protsessiga jalb etilgan har bir shaxsning huquq va erkinliklari muhofaza qilinishini kafolatlaydi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalariga ham to‘liq muvofiqdir. Chunonchi, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3-moddasiga ko‘ra, har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 9-moddasiga ko‘ra, har bir inson ozodlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim o‘zboshimchalik bilan hibsga olinishi yoki hibsda saqlanishi mumkin emas. Hech kim qonun bilan belgilanganidan boshqacha asos va tartibda ozodlikdan mahrum etilishi mumkin emas. Hibsga olinayotgan har bir kishiga hibsga olish vaqtida qamalish sabablari aytiladi va darhol unga qo‘yilgan ayb ma’lum qilinadi. Ko‘rilayotgan prinsip Inson huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lib, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy prinsipning jinoyat protsessida amal qilishini ta’minlaydi. Mazkur prinsipning amal qilishi Jinoyat-protsessual kodeksining qator
moddalarida (221, 226, 242, 243-moddalar) shaxsni ushlab turish, hibsga olish va qamoqda saqlash tartib-tamoili batafsil nazarda tutilganligi bilan ham
59
ta’minlanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining qator normalarida hibsda ushlab turish va qamoqda saqlashning chegaralangan muddatlari belgilangan bo‘lib, bu muddatlar o‘tgan hollarda, ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga belgilangan jazo muddati tugaganda shaxs darhol ozod qilinishi shart. Qonunning bu talabini bajarmagan mansabdor shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortiladilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 19-moddasining 4 va 5-qismlarida nazarda tutilgan normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga asoslangan. Konstitutsiyaning ko‘rsatilgan normasiga ko‘ra, “har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”. Fuqarolarning turar joyi yoki boshqa bino, hududlarda tintuv o‘tkazish, fuqarolarning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish va ularni olib qo‘yish, telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni eshitib borish faqat Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin. Qonunning mazkur talabini har qanday buzish o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi va fuqaroga yetkazilgan zarar qonunda belgilangan tartibda undiriladi. Jinoyat ishini yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar buzilgan huquqlarni tiklash bilan birga qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
60
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi sud ishlarini yuritishning oshkoraligi prinsipini nazarda tutadi. Mazkur modda mazmunidan ko‘rinib turibdiki, “oshkoralik” atamasi “sudda ishlarning ochiq ko‘rilishi” atamasining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Sudda ishning oshkora ko‘rilishiga bo‘lgan huquq har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10- moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 14- moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro huquqning boshqa hujjatlarida mustahkamlangan. Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasida mustahkamlangan prinsipidir. Jinoyat protsessining mazkur prinsipi qonun tomonidan quyidagi tarzda tartibga solinadi: “Barcha sudlarda, davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘riladigan hollarni istisno qilganda, jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi” (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi). O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 2-qismiga muvofiq, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ularning “Hamma sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi”.
Har bir inson huquq va burchlarini belgilash va qo‘yilgan jinoiy aybning, mustaqil va xolis sud tomonidan qanchalik darajada asosli
ekanligini aniqlashi uchun to‘liq tenglik
asosida uning
ishi oshkora va adolat talablariga rioya qilingan holda ko‘rib chiqilishi huquqiga ega. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasi. 61
oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etgan hollarda boshqa ishlarni ham sud tomonidan ajrim chiqarib, yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu ishlar bo‘yicha ishning to‘liq yoki qisman yopiq sud majlisida ko‘rilishi zaruriyatiga sabab bo‘ladigan aniq holatlar mavjudligini sud har bir vaziyatda alohida aniqlaydi. Mazkur holatlar mavjudligida sud butun protsessni yoki uning alohida bir qismini “yopiq eshiklarda” o‘tkazishga nafaqat haqli, balki majbur ham.
Amaliyotdan misol: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismi bilan ayblanib, sudga berilgan, voyaga yetmagan Asilovni ishini himoyachining iltimosiga ko‘ra yopiq sud majlisida ko‘rish haqida sud ajrim chiqaradi. Biroq voyaga yetmagan ayblanuvchining ikki akasi va jabrlanuvchining amakisi sud majlisida qatnashish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilishadi. Biroq sud majlisi yopiq tarzda o‘tkazilayotganini vaj keltirib, ularning murojaatini rad qildi. Sudning ushbu masala bo‘yicha ajrimi sud majlisida yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, protsess ishtirokchilariga ham tatbiq etiladi. Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi. Sud zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida qatnashishlarini taqiqlab qo‘yishga haqlidir. Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga, kinoga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Sud hukmi barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi. Shu bilan birga, oshkor qilinmasligi uchun yopiq sud majlisi o‘tkazilgan ma’lumotlar sud hukmida oshkora qilinmaydi. Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoat birlashmalari va jamoalar bo‘ladigan protsesslar to‘g‘risida xabardor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, sud protsesslari bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qonun tomonidan talab qilinadigan yoki yo‘l qo‘yiladigan oshkoralik prinsipidan istisno holatlari doirasi ancha keng. Inson, jamiyat, davlat manfaatlariga zarar yetkazish maqsadida oshkoralikdan foydalanish mumkin emas. Mazkur cheklovlarning asosiy vazifasi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini saqlashdir. Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipining siyosiy va amaliy ahamiyati juda katta. Sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi fuqarolarni qonunlarni hurmat qilish va qonunbuzarliklarga toqat qilmaslik ruhida tarbiyalash vazifasini ta’sirchan va kengroq bajarishga hamda sud 62
organlarining faoliyati ustidan xalqning doimiy nazoratini o‘rnatishga imkon yaratadi. Oshkoralik prinsipidan istisno qilinadigan holatlar ro‘yxati qonunda aniq ko‘rsatilganligi oshkoralikning kafolati sifatida xizmat qiladi. Tegishli qonuniy asoslar yo‘qligida ishning yopiq sud majlisida ko‘rilishi qonunning buzilishi hisoblanadi.
Mazkur prinsip odil sudlovning eng asosiy prinsiplaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida ham mustahkamlangan. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan prinsip hayotning barcha sohalarida ta’minlanadigan fuqarolar millatidan qat’i nazar teng huquqliligi va milliy tillardan foydalanishning davlat kafolatlaridan biridir. Uning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Mazkur
prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual “O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona
tilida so‘zlash huquqi ta'minlanadi”. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling