Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.16. Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi
- MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- Aybsizlik prezumpsiyasining har bir kafolatini jinoyat protsessining boshqa prinsiplarga mantiqan bog‘lab tahlil qiling.
- Qabul qilingan qaror qonuniymi Ushbu holatni jinoyat protsessi prinsiplarini qo‘llash nuqtayi nazaridan tahlil qiling.
to‘g‘risidagi xalqaro paktining 14-moddasi 3-qismi “d” bandi. 71
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaxslarda himoyalanish huquqining nafaqat mavjudligini e’lon qiladi, balki mazkur huquq ta’minlanganligiga urg‘u beradi. Jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda himoyalanish instituti gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga taqdim etiladigan va ularga ishda taraf sifatida ishtirok etishga, jinoyat sodir etish yuzasidan ularga qo‘yilgan ayblov yoki gumonni rad qilishga, jinoyat sodir etishga aloqador emasligini isbotlashga, javobgarlikni yengillashtirish uchun harakat qilishga imkon beruvchi huquqlar kompleksi sifatida xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasiga muvofiq, gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyalanish huquqi quyidagi qoidalardan iborat: gumon qilinuvchi va ayblanuvchi o‘z huquqlarini shaxsan hamda o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalanadigan himoyachi yordamida amalga oshirishlari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari har bir ayblanuvchi o‘zining himoyalanishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishi uchun tegishli sharoitlar yaratish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishlari. Gumon qilinuvchiga (ayblanuvchiga) taqdim etiladigan hamda o‘zining nimada ayblanayotganligini bilishga, o‘z tushuntirishlarini berishga, unga qo‘yilgan ayblovga nisbatan e'tiroz bildirishga, o‘z qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish bo‘yicha barcha huquqlardan foydalanishga imkon beruvchi protsessual vosita va huquqlar majmuasi jinoyat protsessida himoyalanish huquqi institutining asosini tashkil etadi. Himoyalanish huquqi va uni amalga oshirishning kafolatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliyotdan misol: Dastlabki tergov vaqtida ayblanuvchi Botirovni advokat Azizov himoya qilgan. Botirovning ishi sudga topshirilgandan keyin, u qarindoshlari orqali o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun boshqa advokat taklif qilishni iltimos qilgan. Sababi Botirov, advokat Azizovni himoya qilishni istamagan. Chunki tergovchi tomonidan taklif etilgan advokat shartnoma asosida emas, balki davlat tomonidan ayblanuvchiga advokat ta’minlangan. Sudda esa ayblanuvchi Batirovning huquqlarini himoya qilish uchun boshqa advokatni ishga taklif qilgan. Qonun chiqaruvchi qo‘yilgan ayblovdan qonunda nazarda tutilgan barcha usul va vositalar orqali himoyalanish imkoniyatini ayblanuvchiga ta’minlash bo‘yicha majburiyatni jinoyat protsessini olib boruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatadi. Ushbu barcha harakatlarni amalga oshirish huquqi gumon qilinuvchi va ayblanuvchida mavjudligi to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni ma’lum qilishga, yuqorida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanish tartibini tushuntirishga va ushbu
72
huquqlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashga majburdirlar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 24-moddasi 2- qismi). Ushbu organlar ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlarni aniqlashga ham majburdirlar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasi). Gumon qilinuvchi va ayblanuvchi zimmasiga ko‘rsatuv berish hamda o‘z aybsizligini yoki ish bo‘yicha biror-bir holatni isbotlash majburiyatini yuklatish taqiqlanadi. Qonunga asosan bunday majburiyat jinoyat ishini yuritishga mas’ul davlat organlarining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan. Shunday qilib, ayblanuvchining protsessual huquqlari tizimi hamda sud, surishtiruv, tergov va prokuratura organlarining ushbu huquqlarni amalga oshirish bo‘yicha haqiqiy imkoniyatlarni ta’minlash majburiyati birligida ayblanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash prinsipi o‘zining eng chuqur va ta’sirli mazmunini topadi. Ayblanuvchining (gumon qilinuvchi va sudlanuvchining) himoyalanish huquqi deganda, unga qo‘yilgan ayblovdan shaxsan yoki himoyachining yordamida himoyalanish imkoniyatini beruvchi protsessual huquqlarning butun majmui, butun komleksi tushunilishi lozim. Ayblanuvchi (gumon qilinuvchi, sudlanuvchi) o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini shaxsan samaradorli himoya qilishga imkon beruvchi huquqlar kompleksiga ega. Ushbu maqsadda jinoiy javobgarlikka tortiladigan shaxslarga bir qator huquqlar taqdim etilgan: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish, ko‘rsatuv va tushuntirish berish, dalillar bilan tanishib chiqish va boshqalar (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46-moddasi). Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud (sudya)ning protsessual harakati yoki qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqining gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga qonun bilan taqdim etilishi mazkur shaxslarni himoyalanish huquqi bilan ta’minlashning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligi bo‘yicha himoyachining ishda ishtirok etishiga jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasi 4-qismi). Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy 73
vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin. Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 53-moddasi 5- qismi). Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchiga, ularning iltimosidan qat’i nazar, hattoki ularning xohishiga qaramay, himoyachi tayinlanishi shart bo‘lgan hollarning qonunda nazarda tutilganligi himoyalanish huquqining qo‘shimcha kafolati hisoblanadi. Ushbu hollar voyaga yetmaganlar, soqovlar, karlar, ko‘rlar va jismoniy nuqsoni yoki ruhiy kasalligi sababli o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini amalga oshirishga qiynaladigan boshqa shaxslarga, shuningdek sudlov ishi olib borilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga oid. Bundan tashqari, jazo chorasi sifatida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarning ishlari bo‘yicha ham himoyachi ishtirok etishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasi). Himoyachining majburiy ishtirok etishi uning kelishuvi yoki surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan tayinlanishi orqali ta’minlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 487- moddasi mazmuniga asosan himoyalanish huquqining buzilishi sud ishni har tomonlama ko‘rib chiqishiga xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan taqdirda, jiddiy va sud hukmini bekor qilinishiga olib keladigan buzilish sifatida e’tirof etilishi lozim.
Jinoyat-protsessual qonunchiligida tortishuv prinsipi alohida
ahamiyatga ega. Jinoyat-protsessual qonunchiligi taraflarning sud oldidagi protsessual tengligi hamda jinoyat sud ishlarini yuritishni izchil demokratlashtirish g‘oyasini asoslardan biri deb e’tirof etib, taraflarning o‘zaro tortishuvini jinoyatga oid sud ishlarini yuritishning asosiy prinsiplar tizimiga kiritadi. Ta’kidlash joizki, 1959-yildagi Jinoyat-protsessual kodeksda mazkur prinsip nazarda tutilmagan. Amaldagi qonunchilikda esa 74
ushbu prinsip O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasida o‘z aksini topgan: “Birinchi instansiya sudining sud majlisida, shuningdek ishlar yuqori sudlarda ko‘rilayotganda ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshiriladi”. Tortishuv prinsipining amalga oshirilishi ayblov va himoya funksiyalari bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilganligini hamda o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida teng protsessual huquqlaridan foydalanayotgan taraflar tomonidan bajaralishini nazarda tutadi. Tortishuv prinsipining amalga oshirilishi ish to‘liq, xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishining kafolati hisoblanadi, bu o‘z navbatida, haqiqatni aniqlashga va ish bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishga imkon beradi. Jinoyat protsessida taraflar deganda, protsessual manfaatlari qarama- qarshi bo‘lgan va bu manfaatlarni himoya qilish uchun qonun bilan taqdim etilgan huquqlarga ega bo‘lgan jinoyatga oid sud ishlarini yuritishning ishtirokchilari tushuniladi. Asosiy protsessual vazifalarni bajaruvchi shaxslar qonunda belgilangan. Ayblash vazifasi bitta taraf tomonidan (prokuror, jabrlanuvchi, xususiy ayblovchi, fuqaroviy da’vogar ushbu taraf doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi), himoya qilish vazifasi esa ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, vakili, fuqaroviy javobgar kabi protsess ishtirokchilari vakillari bo‘lgan boshqa taraf tomonidan bajarilishida protsessual vazifalarning ajratilganligi o‘z ifodasini topadi. Ishni hal qilish vazifasi faqat sud tomonidan bajariladi. Bu vazifa ayblash va himoya qilish vazifalaridan ajratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi 5 va 6-qismlari). O‘z navbatida, sud oldida ayblov va himoya taraflarining tengligi jinoyat ishlarini ko‘rish jarayonida taraflarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun teng imkoniyatlarni ta’minlovchi jinoyat sud ishlarini yuritishning tartibini anglatadi. Taraflarning protsessual teng huquqliligi nafaqat ishning faktik holatlarini tahlil qilishga, balki ishni sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan barcha yuridik masalalarni muhokama qilishga ham tatbiq etiladi. Tortishuv prinsipini izchil amalga oshirish maqsadida sudlanuvchini fosh etish jarayonida sudning ishtirok etishi taqiqlanadi, chunki sud jinoiy ta’qib organlar qatoriga kirmaydi va ayblov yoki himoya tarafida turishga haqli emas. Sud taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va o‘z huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berishga majbur. Sud protsessda rahbariy o‘rin egallab, xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda sud majlisi ustidan rahbarlik qiladi, o‘rganilayotgan ish holatlariga bevosita aloqador bo‘lmagan barcha ma’lumotlarni bartaraf 75
etadi, sud majlisida tartibni buzish bo‘yicha urinishlarga yo‘l qo‘ymaydi. Nazariyada tortishuv prinsipining quyidagi uchta elementlarini ajratadilar: 1) ayblash (va fuqaroviy da’voni quvvatlash), himoya qilish (va fuqaroviy da’voga javob berish) hamda odil sudlov vazifalari bir-biridan alohida bajarilishi; 2) taraflar o‘z vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng protsessual huquqlar taqdim etilishi; 3) sudning protsessda rahbariy roli va ish bo‘yicha qaror qabul qilish huquqining faqat sudga taqdim etilishi. Ayblash va himoya qilish mustaqil vazifalar sifatida belgilanishi, ular bir-biridan va sud faoliyatidan ajratilishi tortishuv prinsipi amal qilishining asosini tashkil etadi. Qonun ayblash, himoya qilish va odil sudlovni amalga oshirish vazifalarini (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 408, 409, 412, 53, 12-moddalari) qat’iy ajratgan, ularning qo‘shilishini hukmning albatta bekor qilinishi uchun asos sifatida belgilagan va shu orqali bunday qo‘shilishni istisno qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 76, 79, 80-moddalari). Inobatga olish lozimki, odil sudlovni amalga oshirishda taraflarning teng huquqliligi to‘g‘risidagi qoida faqat protsessual jihatdan ko‘rilishi lozim. Taraflar o‘z pozitsiyalarini sud oldida himoya qilishda teng protsessual huquqlarga ega. Taraflar ayblash va himoya qilish, fuqaroviy da’voni quvvatlash va da’voga qarshi e'tiroz bildirish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini himoya qilishlari uchun yo‘l qo‘yiladigan protsessual vositalaridan foydalanish bo‘yicha teng imkoniyatlarga ega. Sud muhokamasida tortishuvni ta’minlash uchun sud taraflar o‘z protsessual huquqlarini amalga oshirishlari uchun sharoit yaratadi va taraflar xatti- harakatlarining qonuniyligi ustidan nazorat qiladi hamda shu orqali ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashadi.
Jinoyat ishini yuritishda dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsipining mazmuni ikki elementdan iborat: dalillarni tekshirayotgan shaxs tomonidan ularni shaxsan idrok etish; qabul qilinadigan qarorni shaxsan tekshirilgan dalillarga asoslash talabi. Dalillarni bevosita tekshirish shuni anglatadiki, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ular tomonidan shaxsan va bevosita tekshirilgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozim. Ushbu prinsipga muvofiq, jinoyat ishini yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud dalillarni bevosita tekshirishlari, gumon
76
qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilishlari, ekspertlarning xulosalarini eshitishlari, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirishlari, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshittirishlari shart. Jinoyat protsessida bevositalilik prinsipi og‘zakilik bilan uzviy bog‘langandir, ularni bir-biridan farqlash lozim. Sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar ko‘rsatuvlarining sud tomonidan bevosita idrok qilinishi ularni og‘zaki usulda so‘roq qilishni nazarda tutadi. Og‘zakilik protsess subyektlarining o‘zaro muloqotda bo‘lish shaklini belgilaydi va dalillarni tekshirish usuli hisoblanadi. Og‘zakilik prinsipiga ko‘ra ish uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha materiallar, harakatlar, sud protsessida vujudga keladigan barcha savollar og‘zaki shaklda bayon qilinadi, muhokama etiladi yoki amalga oshiriladi, shuningdek sud o‘z hukmini ko‘rib chiqilgan hamda muhokama qilingan dalillar bilangina asoslaydi. Sudda og‘zaki bayon qilinmagan va muhokama etilmagan hujjatlar hukm uchun asos bo‘la olmaydi. Sud so‘roq qilinayotgan shaxslarning og‘zaki ko‘rsatuvlarini eshitishi, bayonnoma va boshqa hujjatlarni, taraflarning tushuntirishlari, iltimosnomalari va arznomalarini eshitishi va muhokama qilishi, taraflarning sudda chiqishini va sudlanuvchining so‘nggi so‘zini eshitishi, chiqarilgan qarorni e’lon qilishi kerak. Sud muhokamasi – sudda og‘zaki so‘zlash shaklida ish yuritish demakdir. Ko‘rilayotgan prinsipning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u surishtiruvchi, tergovchi va sudga ish yuzasidan haqiqatni aniqlash imkonini ta’minlaydi. Shu sababli qonun ayrim hollarda bu qoidadan chetga chiqishga ruxsat beradi. Jumladan, sud dastlabki tergovda so‘roq qilingan, lekin sud majlisiga kelmagan guvohlarning ko‘rsatuvlarini o‘qib eshittirish sharti bilan ularning ishtirokisiz ishni ko‘rishi mumkin. Og‘zakilik prinsipi oshkoralik, sudda ishning milliy tilda yuritilishi, tortishuv va bevositalik, ishga doir holatlarning har tomonlama va to‘liq tekshirilishi hamda boshqa protsessual asoslarning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) 77
ustidan sudga shikoyat qilish huquqi har bir shaxsga berilgan sud himoyasida bo‘lish konstitutsiyaviy huquq mazmunining tarkibiy qismi bo‘lganligi va jinoyat ishini yurituvchi davlat organlarining xatti-harakatlari va mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan shikoyat qilish erkinligining kafolati sifatida e’tirof etilganligi tufayli protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi jinoyat protsessining asosiy prinsiplaridan biri sifatida belgilangan. Jinoyat-protsessual qonuniga asosan surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakati yoki qarori ustidan protsessning istalgan paytida shikoyat berishga jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, shuningdek amalga oshirilayotgan protsessual harakat yoki qaror ularning manfaatlariga daxldor qismida boshqa shaxslar ham haqlidir. Ya’ni, jinoyat protsessida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarining ro‘yxatiga nafaqat jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishning ishtirokchilari, balki boshqa shaxslar ham kiradi. Shu bilan birga, agarda dastlabki tergov va ishni sudda ko‘rish jarayonida shaxsning huquqlari cheklab qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning shikoyat qilish huquqining ta’minlanishiga qonun o‘zining alohida e’tiborini qaratadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mansabdor shaxslari jinoyat protsessi ishtirokchilarining shikoyat qilish huquqini tushuntirishga va uni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlashga majburdirlar. Protsess ishtirokchilari va boshqa shaxslar, shuningdek jinoyat ishini yuritishdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qo‘yilgan tartibda va muddatda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va sudning protsessual harakati yoki qarori ustidan shikoyat berishga haqlidir. Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27- moddasi). Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish jinoyat protsessida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning muhim kafolati sifatida jinoyat protsessida qonuniylik (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 11-moddasi), shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 17-moddasi), fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18-moddasi), sudda ishlarni yuritishda tortishuv (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 25-moddasi) kabi prinsiplar amal qilishini ta’minlaydi va barcha prinsiplarning o‘zaro aloqasi va mushtarakligini 78
mustahkamlaydi. MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat protsessi prinsiplarining xalqaro hujjatlarda va tarmoq qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlarini yuritishda amalga oshirishda ularning rolini aniqlashlari lozim. MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
ahamiyatga ega bo‘lib, mohiyati va vazifasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi:
prinsipidir, zero aynan mazkur prinsip jinoyat ishlari yurituvi tarixining eng muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, jinoiy ta’qib ostidagi shaxsning huquqlari kafolati hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasining har bir kafolatini jinoyat protsessining boshqa prinsiplarga mantiqan bog‘lab tahlil qiling. 1-kazus Fuqaro Azimov o‘zaro janjal jarayonida Soliyevga sog‘lig‘ining buzilishiga sabab bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan. Surishtiruvchi Soliyevning arizasini tekshirish natijasida yig‘ilgan materiallarni ko‘rib chiqib, Azimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lganligi sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror chiqargan. Qabul qilingan qaror qonuniymi? Ushbu holatni jinoyat protsessi prinsiplarini qo‘llash nuqtayi nazaridan tahlil qiling.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling