Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
Loyiha TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI UMUMIY QISM DARSLIK O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5240100 - «Yurisprudensiya» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT – 2016 2
Toshkent davlat yuridik universiteti O‘quv-uslubiy Kengashining 2016-yil ________________-sonli qaroriga ko‘ra nashrga tavsiya etilgan. UDK 343.1(575.1) Jinoyat-protsessual huquqi. Umumiy qism. Darslik. // Mualliflar jamoasi. / yu.f.d., dots. G.Z.To‘laganova va yu.f.n., dots. S.M.Raxmonovalarning umumiy tahriri ostida –Toshkent: TDYU nashriyoti, 2016. – 468 bet.
Taqrizchilar: I.Sottiev – O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, yu.f.n., dotsent
Sh.Abdukadirov – jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi sudyasi, yu.f.n., dotsent.
Mazkur darslik “Jinoyat-protsessual huquqi” fanining umumiy qismi bo‘yicha o‘quv dasturi negizida tayyorlangan va 5240100 – “Yurisprudensiya” ixtisososligi Davlat ta’lim standartiga muvofiq bo‘lib, yuridik oliy ta’lim muassasalari va fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.
3
KIRISH........................................................................................................8 I BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN HUJJATLARI
1.1.Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati..........................10 1.2.Jinoyat protsessining bosqichlari va funksiyalari.................................14 1.3.Jinoyat protsessual shakl va jinoyat protsessual kafolatlar................... 22 1.4.Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi……………………………………............... 24 1.5.Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari va uning vazifalari……………. 28 1.6.Jinoyat protsessual huquqining normalari………………………..…..32 1.7.Jinoyat-protsessual qonunining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amal qilishi……………………………………………………………………..38
2.1.Jinoyat protsessi prinsiplari tushunchasi va tizimi...............................44 2.2.Qonuniylik prinsipi…………………………………………………...46 2.3.Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilish prinsipi........ 48 2.4.Jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqish prinsipi... 50 2.5.Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunish prinsipi……………………………………………………………………51 2.6.Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi............................53 2.7.Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish prinsipi..........................................................................................54 2.8.Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipi............... 56 2.9.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish prinsipi......... 58 2.10.Sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipi.........................60 2.11.Jinoyat ishlari yuritiladigan til………………………………………62 2.12.Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilikning ishtiroki prinsipi……..64 2.13.Haqiqatni aniqlash prinsipi………………………………………….66 2.14.Aybsizlik prezumpsiyasi………………………………………….…67 2.15.Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash prinsipi………………………………………............… 70
4
2.16.Sudda ishlarni yuritishda tortishuv prinsipi........................................73 2.17.Dalillarni bevosita va og‘zaki usulda tekshirish prinsipi………...….75 2.18.Protsessual harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi prinsipi……………………………………………………………………76
3.1.Jinoyat protsessi ishtirokchilari tushunchasi va
ularning tasniflanishi………………………………………………………………80 3.2.Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar…………………………………………………………………...82 3.3.Jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi jamoat birlashmalari, jamoalar va ularning vakillari………………………………………………………97 3.4.Jinoyat protsessida o‘z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslar. Himoyachilar va vakillar……………………………………………..…100 3.5.Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar.........................110
MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR.
4.1.Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar…..120 4.2.Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar………………………………………………125 4.3.Ekspertning, mutaxassisning, tarjimonning, xolisning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar……………………………………..126 4.4.Himoyachining, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik
qiladigan holatlar…………………………………………………………………..127 4.5.Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi….. 129
V BOB. DALILLAR VA ISBOT QILISH 5.1.Dalillar va isbot qilish tushunchasi…………………………………136 5.2.Isbot qilish predmeti………………………………………………..139 5.3.Isbot qilish doirasi…………………………………………………..142 5.4.Dalillarning xususiyatlari…………………………………………...146 5.5.Dalillarni tasniflanishi va ularning amaliy ahamiyati………………148 5
5.6.Dalillar manbalarining tushunchasi va turlari………………………154 VI BOB. ISBOT QILISHNING UMUMIY SHARTLARI 6.1.Isbotlash va uning elementlari………………………………………160 6.2.Isbotlashning umumiy shartlari……………………………………..167 6.3.Dalillarni baholash………………………………………………….174 6.4.Dalillarni bayonnomalarda qayd etish……………………………...183
7.1.Dalillarni to‘plash usullari tushunchasi va turlari..............................191 7.2.Tergov harakatlarining boshqa protsessual harakatlardan farqi……………………………………………………………………..195 7.3.So‘roq qilishning umumiy shartlari………………………………...197 7.4.Yuzlashtirish……………………………………………………..…215 7.5.Tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati……………………….217 7.6.Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish………………221 7.7.Ko‘zdan kechirish…………………………………………………..225 7.8.Guvohlantirish………………………………………………………231 7.9.Murdani eksgumatsiya qilish……………………………………….237 7.10.Eksperiment……………………………………………………….243 7.11.Olib qo‘yish va tintuv……………………………………………..248 7.12.Pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yish, ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish……………………………………………………………..254 7.13.Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish…………………………………………...257 7.14.Ekspertiza…………………………………………………………261 7.15.Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish…………………….264 7.16.Ashyoviy dalillar va ularning tasniflanishi……………………….267 7.17.Narsa va hujjatlarni taqdim qilish…………………………………270 7.18.Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish………………………………………………………………….272
6
CHORALARI 8.1.Protsessual majburlov tushunchasi, mohiyati, vazifalari va turlari……………………………………………………………………277 8.2.Jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari………………………………………………………………280 8.3.Ushlab turish………………………………………………………..282 8.4.Lavozimdan chetlashtirish………………………………………….293 8.5.Majburiy keltirish…………………………………………………..295 8.6.Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish…………………………...297 8.7.Protsessual majburlov choralari protsessual majburiyatlar va sud majlisida tartibni buzganlik uchun javobgarlik………………………...301 8.8. Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash……..305
IX BOB. EHTIYOT CHORALARI 9.1.Ehtiyot choralari va ularning turlari, ularni qo‘llash, o‘zgartirish va bekor qilish……………………………………………………………..310 9.2.Ehtiyot chorasi sifatida qamoq va uy qamog‘i……………………..313 9.3.Garov……………………………………………………………….326 9.4.Munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat………………….331 9.5.Shaxsiy kafillik……………………………………………………..334 9.6.Voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish…..…342 9.7.Harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan
qo‘mondonlik kuzatuvi…………………………………………………………………346 X BOB. JINOYAT NATIJASIDA YETKAZILGAN MULKIY ZIYONNI QOPLASH 10.1.Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo tushunchasi va predmeti……………………………………………………………..… 351 10.2.Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarish………………………………………………………………...361 10.3.Hukmning mulkiy
undirishlarga doir
qismi ijrosini ta’minlash……………………………………………………………….363
7
XI BOB. JINOYATLARNING OLDINI OLISH CHORALARI 11.1.Jinoyatlarning oldini olish choralari tushunchasi, turlari va huquqiy asoslari…………………………………………………………………..369 11.2.Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni bartaraf qilish shakllari va bu jarayonda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning faoliyati………………………………….370 11.3.Sudning jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish faoliyati………………………………372 11.4.Taqdimnomani va
xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati………………………………………………………….. ….373 11.5.Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish………….…………..………376
12.1.Reabilitatsiya tushunchasi va uning asoslari……………………..380 12.2.Reabilitatsiya qilinuvchi shaxslar………………………………..384 12.3.Reabilitatsiya turlari……………………………………………...385 12.4.Reabilitatsiya huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar……………….. 387 12.5.Yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash…………………………….389 12.6.Reabilitatsiyaga oid masalani hal qilish………………………….390
13.1.Jinoyat protsessida protsessual muddatlarning tushunchasi, ahamiyati va turlari……………………………………………………………..….396 13.2.Protsessual muddatlarni hisoblash, uzaytirish va tiklash…………400 13.3.Jinoyat protsessida protsessual chiqimlar tushunchasi va turlari...403 13.4.Protsessual chiqimlarni undirish tartibi…………………………..408
8
Mustaqillik yillari davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sud hokimiyatining xolis, mustaqil tarmoq sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisida davlatimiz birinchi rahbari o‘zining mohiyatan tarixiy bo‘lmish “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da alohida ta’kidlaganlaridek “...sud hokimiyatini bosqichma- bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlar amalga oshirildi 1 ”. Bu borada
sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarining liberallashtirilishi islohotlarning muhim yo‘nalishi bo‘ldi. Xususan, jinoyat ishlari yurituvi amaliyotiga yarashuv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish o‘rniga jarimalar tarzidagi jazolarni qo‘llash imkoniyatlari kengaytirildi. Sud ishlarini yuritish tizimida adolat, jazoning muqarrarligi tamoyili va o‘zgacha demokratik tamoyillar mustahkamlanishini ta’minlovchi boshqa qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirib borilib, odil sudlovni amalga oshirishda ular xolisligining va mustaqilligining kafolatlari mustahkamlandi. Shuningdek, sudlar tuzilmasini, ular faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, kadrlar zaxirasini mustahkamlashga doir
chora-tadbirlar sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga ko‘maklashdi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Milliy qonunchiligimizga «Xabeas korpus» instituti joriy etildi — qamoqqa olishga sanksiya berish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov
1 I.A. Karimov. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma majlisidagi ma'ruza. T.: O‘zbekiston. - B. 16. 9
choralarini qo‘llash huquqi prokurorlardan sudlarga o‘tkazildi, uy qamog‘i ehtiyot chorasi joriy etildi. Huquqni qo‘llash tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, odil sudlovni amalga oshirish protsessual asoslarini takomillashtirishga doir chora- tadbirlar odil sudlovning muqarrarligini, tezkorligini ta’minlashga, qonuniylikni ta’minlashda sudning rolini oshirishga ko‘maklashdi. Prokuror va advokatning jinoyat protsessining barcha bosqichlaridagi tortishuvi tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish, ish yuzasidan ayblov xulosasini o‘qib eshittirish singari huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi o‘zgartishlar jinoyat-protsessual qonuniga kiritildi. Bu esa sudning obyektivligi, xolisligini ta’minlashga, jinoyat ishini ko‘rib chiqish jarayonida tortishuv tamoyilining kuchayishiga ko‘maklashdi. Kassatsiya instituti tubdan isloh etildi, apellyatsiya instituti joriy qilindi. Binobarin, milliy qonunchilik bazasini uzluksiz ravishda isloh etish jarayonida tubdan yangi yuridik o‘quv adabiyotlarini tayyorlash ehtiyoji nihoyatda oshmoqda. Ta’kidlash joizki, milliy Jinoyat-protsessual kodeksining qabul qilinganidan shu kunga qadar 56 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Demak, o‘quv adabiyotlari ham doimiy ravishda yangilanib borishi, jinoyat-protsessual fanining va sud-tergov amaliyotini real holatini aks ettirishi lozim. Shu nuqtayi nazardan, mazkur darslik Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so‘nggi yutuqlari inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlari, shuningdek maxsus o‘quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan.
10
VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN HUJJATLARI (mualliflar – yuridik fanlar doktori, professor B.X.Pulatov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent S.M.Sahaddinov) Annotatsiya: Mazkur mavzuni talabalar tomonidan o‘rganilishi O‘zbekiston Respublikasida jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati, vazifalari va manbalarini aniqlab olish, shuningdek fuqarolar uchun yagona va majburiy bo‘lgan jinoyat ishlari yuritish tartibi, uning vaqt va hudud bo‘yicha hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi tartib qoidalarini bilish imkonini beradi. 1.1. Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati “Protsess” so‘zi lotincha “procedere” – olg‘a siljish; “processus” – harakat, rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ma’nolarini anglatadi. Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga zaruriyat jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi. Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir bo‘lish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va adolatli jazoga tortish davlatning vazifalariga kiradi.
Jinoyat ishlarining aksariyati (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bundan mustasno) alohida shaxslarning xohishidan qat’i nazar qo‘zg‘atiladi. Jinoyat-protsessual huquqi jinoyat protsessining maqsadi va prinsiplarini, ularni jinoyat-protsessual faoliyatning barcha subyektlariga nisbatan amalga oshirish huquqi va kafolatlarini ifodalaydi, jinoyat ishlari O’zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi ta’qiqlanadi.
11
yurituvi bosqichlari tizimini, ularning har birida protsessual harakatlarni o‘tkazish tartibini, ish bo‘yicha qaror qabul qilish asoslari va tartibini o‘rnatadi. Jinoyat-protsessual huquqining ahamiyati va zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, huquqni muhofaza qilish organlarining qonunda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish, ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga solish orqali shaxs, jamiyat, davlatni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qiluvchi jinoyat- huquqiy normalar qo‘llanilishini ta’minlaydi;
turlarini belgilaydi; Uchinchidan, shaxs huquqlari kafolatlarini o‘rnatadi, xususan, ayblanuvchining himoyaga bo‘lgan, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar sir saqlanishi, adolatli va xolis odil sudlovga bo‘lgan huquqi va boshqa huquqlarini ta’minlaydi; To‘rtinchidan, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, xususiy mulki va shaxsiy erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan sud tartibida himoyalanish tartibini belgilaydi;
shaxslarning huquqlarini himoya qiladi; Oltinchidan, aybsiz kishini javobgarlik va jazoga tortilishining oldini olishga, basharti u noqonuniy javobgarlikka jalb qilingan bo‘lsa, tegishli qarorni bekor qilish va asossiz ayblangan shaxsni reabilitatsiya qilishga qaratilgan faoliyat tartibi va shartlarini belgilaydi; Yettinchidan, huquqiy tartib-taomillar va qoidalarga rioya etilishini ta’minlovchi huquqni tiklovchi va boshqa sanksiyalarni ko‘zda tutadi. Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling