Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqaroviy javobgar
- Qonuniy vakil
fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar ma'lum protsessual huquq va burchlarga ega. Fuqaroviy da’vogar fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish, dalillar taqdim qilish, iltimosnomalar kiritish, sud muhokamasida to‘liq qatnashish, fuqaroviy da’voni qo‘llab-quvvatlash va uni qanoatlantirishni talab qilish, ish materiallari bilan tanishish hamda ish yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilish huquqiga ega hamda JPKning 57-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa huquqlarga ham ega.
qilmish sodir etgan aqli noraso shaxs tomonidan yetkazilgan zarar uchun qonunga ko‘ra mulkiy javobgar shaxs, korona, muassasa yoki tashkilot ishda fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etish uchun jalb qilinishi mumkin.
106
qonuniy vakillari, yaqin qarindoshlari yoki boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin. Shuningdek, sudlanuvchining jinoiy harakatlari tufayli keltirilgan zarar uchun moddiy javobgar bo‘lgan korxona, tashkilot va muassasalar ham fuqaroviy javobgar bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmaganlar jinoyat ishlari yuzasidan ularning ota-onasi, o‘quv yurti, voyaga yetmagan shaxs da’volanayotgan tibbiy muassasa, homiy va vasiylar fuqaroviy javobgar sifatida jalb qilinishi mumkin.
Fuqaroviy javobgar sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lish va ularning talablariga asosan fuqaroviy da’voga tegishli bo‘lgan dalillar taqdim qilish; haqiqatni aniqlash, dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi, sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish va ularga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega shaxsdir. Jinoyat ishlari yurituvida himoyachining protsessual maqomini tahlil qilishda 2008-yil 31-dekabrdagi “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining ahamiyatini e’tirof etib, mazkur qonun bilan advokatning protsessual vakolati va maqomi yanada oshirilganini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, hozirgi kunda advokatlik faoliyati bilan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Himoya huquqi bilan ta’minlashning mazmuni quyidagilardan iborat: Fuqaroviy javobgar ayblov va fuqaroviy da’voning mazmunini bilish; da’voga e’tiroz bildirish; tushuntirish berish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish, birinchi instansiya apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiya sudining majlislarida ishtirok etish, sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir.
107
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatida protsessual huquqlar doirasiga ega bo‘lib, ularga qo‘yilgan ayblovdan himoyalanish uchun o‘zini-o‘zi, o‘z qonuniy manfaatlarini himoya etishga imkon beradi; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyachi yordamidan foydalanishi, himoyachining ishtiroki zarur bo‘lgan ba'zi hollarda bu yordamni qonun asosida bevosita olishi mumkin; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga uning protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntirishga majbur bo‘lib, ularga himoyalanish manfaatlarini, shaxsiy huquq va moddiy huquqini idora qilishi uchun sharoitlar yaratib berishlari lozim; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi shaxsning shaxsiy va moddiy huquqlarini muhofaza qilish, ularni ta’minlash borasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud zaruriyat bo‘lmasa, uning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni ovoza qilmaslik, ushbu shaxslarning qadr- qimmati va sha’niga qarshi, salomatligiga xavf tug‘diradigan harakatlar qilmaslik, ularning voyaga yetmagan va yolg‘iz qolgan bolalariga nisbatan homiylikni o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, ushbu shaxslarning mulki va turar joyini saqlash choralarini, ushbu shaxslarning qarindoshlari bilan dastlabki tergov tamom bo‘lganda uchrashtirish yuklatilgan. Odatda ishda himoyachi sifatida advokatlar ishtirok etadilar. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini ko‘rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yo‘l qo‘yiladi. Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon
qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi bo‘yicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ishning murakkabligi va
qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligiga bo‘lgan huquqi amalda cheklangan paytdan boshlab ruxsat etiladi.
108
boshqa holatlari tufayli gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda qiynalishi mumkin degan xulosaga kelsa, boshqa ishlar bo‘yicha ham himoyachining ishtirok etishini shart, deb topishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 53- moddasiga binoan himoyachi gumonni yoki aybini rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarini qo‘llashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; haqiqatni aniqlashga, dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ishda ishtirok etish haqida shartnoma tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyaga haqli hisoblanadi va bu vazifani bajarishni rad etishga haqli emas. Ayblanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish himoyachining asosiy burchidir. Ayblanuvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish deganda, ayblov asossizligi munosabati bilan jinoyat ishini bekor qilishga erishish; ish holatlariga binoan javobgarlikni yengillashtirish maqsadida jinoyat ishining malakalanishi (kvalifikatsiya)ni o‘zgartirishga erishish; tegishli asos bo‘lgan holda ehtiyot chorasini bekor qilish yoki o‘zgartirishga erishish; javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni aniqlashga urinish va boshqalardan iborat turli protsessual harakatlar tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, ayblanuvchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aybsiz shaxsni sudlash yoki javobgarlikka tortilishini bartaraf qilish, adolatsiz tarzda og‘ir jazo belgilanishining oldini olish, barcha yengillashtiruvchi holatlar majmuasini hisobga olishni o‘z ichiga oladi.
Himoyachining mustaqilligi u umuman himoyasidagi shaxsning ixtiyori va talablari bilan hisoblashmasdan faoliyat ko‘rsatishi lozim, degan ma'noni anglatmaydi. Himoyachi ayblanuvchining har qanday manfaatlarini emas, balki aynan qonuniy manfaatlarini faqat qonuniy usul va vositalar bilan himoya qiladi. Shuning uchun himoyachining qonunda ko‘rsatilmagan usul va vositalardan foydalanishi, ayblanuvchining noqonuniy manfaatlarini himoya qilishga urinishi qat'iyan rad etilishi lozim.
109
Himoyachi ayblanuvchining noqonuniy urinishlariga ergashmasligi lozim, lekin u o‘z himoyasidagi shaxsning qonun bilan asoslangan talablarini hisobga olishi shart va bu ma'noda himoyachining mustaqilligi nisbiydir. O‘zbekiston Respublikasi «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonuni normalari avvalo advokatdan axloqiy soflik, qonunlarga aniq va og‘ishmay amal qilishning namunasi bo‘lishni talab etadi. Advokatning kasbiy burchi unga ish bo‘yicha barcha dalillarni obyektiv, har tomonlama va sidqidildan tahlil qilish va baho berish, faktlarni ataylab buzib ko‘rsatmaslik, sud va tergovni chalg‘itishga urinmaslik, tekshirilayotgan hodisalarga qonuniylik va axloq pozitsiyasidan turib baho berish majburiyatini yuklaydi. Himoyachi haqiqiy, o‘ziga ma’lum bo‘lgan dalillardan foydalanishi yoki unga ma’lum bo‘lgan faktlarga zid keluvchi ishdagi ma’lumotlarni qo‘llashi mumkin emas. Jinoyat protsessi ishtirokchilaridan yana biri bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining qonuniy vakilidir.
Ishda qonuniy vakil sifatida ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar, voyaga yetmaganga yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan ishtirokchiga homiylik qiluvchi muassasa va tashkilotlarning vakillari qatnashishi mumkin. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining qonuniy vakili ishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan birga, jabrlanuvchining qonuniy vakili esa jabrlanuvchi bilan birga, shuningdek uning o‘rnida ham ishtirok etadi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining manfaatlari o‘zaro mos kelmasa-da, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi tarafida ishda ishtirok etish uchun qaror yoxud ajrim bilan advokat tayinlanadi. Qonuniy vakillik fuqarolik va jinoyat protsessidagi vakillik umumiy himoya institutidan farqli o‘laroq, vakillik qilinayotgan huquqiy munosabat subyekti almashtirilishini anglatmaydi. Qonuniy vakil vakillik qilayotgan shaxs o‘rniga emas (birgalikda ham emas), balki u bilan birga o‘z Qonuniy vakil ishda ishtirok etishga voyaga yetmagan yoxud belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb e'tirof etilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining huquq va majburiyatlarini himoya qilish uchun jalb qilinadi.
110
qaramog‘idagi shaxsning huquqlari himoyasi va qonuniy manfaatlarining amalga oshirilishiga, u tomonidan o‘z protsessual majburiyatlarini bajarishga yordam beradi. O‘z navbatida ishda qonuniy vakilning ishtiroki o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning protsessual huquqlarini cheklab qo‘ymaydi, balki aksincha ularning to‘la va samarali ravishda amalga oshirilishiga yordam beradi. Ushbu shaxs har xil turdagi ariza va shikoyatlar berish kabi maqsadlarda o‘z qonuniy vakilining roziligiga qaram emas. U o‘z qonuniy vakilining holatidan farqlanadigan holatni egallashi mumkin. Qonuniy vakilning protsessual holati
avvalambor, kimning, protsessning qaysi ishtirokchisining manfaatlarini ko‘zlab vakillik qilayotgani bilan belgilanadi va amaldagi jinoyat-protsessual qonuni shundan kelib chiqib, qonuniy vakillarga juda keng vakolat beradi, bu vakolat ular vakillik qilayotgan shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlari majmuiga yaqinlashadi yoxud teng bo‘ladi. Qonuniy vakilning huquqlari mazmunan u o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning huquqlaridan kelib chiqqanligi sababli, shunga muvofiq ravishda u o‘zi vakillik qilayotgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining jinoyat sudlov ishlarini yuritish mobaynida ko‘rsatilgan huquqlaridan kelib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘rsatilgan barcha protsessual vositalar, rad qilish va arizalar berishdan shikoyat qilishgacha bo‘lgan vositalarning qo‘llanishiga asoslanadi. Qonuniy vakil nafaqat huquqlarga ega, balki uning majburiyatlari ham bor. U jumladan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi, ko‘rsatuvlar berishi, tergov harakatlarini o‘tkazishda, sud majlisida ishtirok etishi, unda tartibga rioya qilishi, o‘zi vakillik qilayotgan shaxsga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik kabi majburiyatlarga ega.
3.5. Jinoyat protsessida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 65- moddasiga binoan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan biror holatni bilishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxs guvoh sifatida ko‘rsatuv Qonuniy vakil guvoh sifatida so‘roq qilinishi, shuningdek, himoyachi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib o‘tilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
111
berish uchun chaqirilishi mumkin. Guvoh isbotlovchi axborotning manbai sifatida tergov qilinayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi. Guvoh: advokatning yuridik yordamidan foydalanish; tergov harakatlarida advokat bilan birga ishtirok etish; so’roq yuritilayotgan tilni bilmasa yoki etarlicha bilmasa, o’z ona tilida ko’rsatuvlar berish va bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; uning so’roq qilinishida ishtirok etuvchi tarjimonni rad qilish; ko’rsatuvlarini o’z qo’li bilan yozib berish; o’ziga qarshi ko’rsatuv bermaslik; so’roq bayonnomasi bilan tanishish, unga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish; ko’rsatuvlar berishda yozma belgilar va hujjatlardan foydalanish; o’z manfaatlarini himoya qilish uchun, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish huquqiga ega. Guvoh sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum barcha holatlar haqida haqqoniy so‘zlab berishi; berilgan savollarga javob qaytarishi; ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni so‘roq qiluvchining ruxsatisiz oshkor etmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Guvoh uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda majburiy ravishda olib kelinishi mumkin, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik, shuningdek bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 66-moddasi). Shaxs guvohlik berish uchun faqat davlat hokimiyatining vakolatli organlari - surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura hamda sud tomonidan chaqirilishi mumkin. Aynan chaqirilgan vaqtdan boshlab fuqaro guvohlik maqomini oladi va shu bilan unga muayyan majburiyatlar yuklanadi. Aynan shu paytdan boshlab huquq va majburiyatlar, shuningdek mas’uliyat, shu bilan birga jinoiy javobgarlik vujudga keladi. Amaliyotdan misol:
O‘g‘irlik (kissavurlik) yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi Valiev va Alimovlarni guvoh tariqasida so‘roq qilish uchun chaqirdi. Ular birgalikda kelishgach, tergovchi ularning har ikkovlari bilan ushbu o‘g‘irlik yuzasidan suhbatlashdi, keyin esa ularga so‘roq bayonnomasini berib, ushbu voqea yuzasidan bilganlarini yozib berishlarini taklif qildi. Shundan so‘ng guvohlar Valiev va Alimovlar so‘roq bayonnomasiga voqea tafsilotlarini o‘z qo‘li bilan yozib imzo chekdilar. Tergovchi so‘roq bayonnomasini tanishtirib chiqib qo‘shimcha e'tirozlar bor yo‘qligini so‘rab bayonnomani rasmiylashtirib qo‘ydi. Guvoh surishtiruv, tergov, prokuratura organlari va sudning talablariga binoan so‘roq qilish belgilangan joyga vaqtida, soat va kunida yetib borishi 112
va o‘ziga ma’lum bo‘lgan ish to‘g‘risida to‘g‘ri ko‘rsatuv berishga majbur. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 115-moddasiga binoan guvoh sifatida quyidagilar so‘roq qilinmaydi:
maslahatxonada muhokama qilishga oid holatlar to‘g‘risida - sudya va xalq maslahatchisi;
ma’lum bo‘lgan holatlar to‘g‘risida-himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning vakili;
holatni to‘g‘ri idrok etish va bu haqda ko‘rsatuv bera olish layotqatiga ega bo‘lmagan shaxs. Amaliyotdan misol:
Rajapovga 2014-yil 21-mart kuni soat 20-00 larda, o‘zini nomida bo‘lgan Nexia rusumli davlat raqami 60E 444 DA avtomashinasini, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan joy, ya’ni Baliqchi tumani markazi hududidan o‘tgan 4R 156-sonli Baliqchi-Marxamat avtomobil yo‘lining 12-kilometrida janubdan shimol tomonga qarab boshqarib borayotib, yo‘l harakati qoidalarini “Haydovchi harakatning serqatnovligi, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda, transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi, harakatlanishda haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo‘lgan xavf yoki to‘siq paydo bo‘lsa, u transport vositasining tezligini to‘la to‘xtatishini ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavfsiz aylanib o‘tish choralarini ko‘rish kerak” – deyilgan 12.1-bandini qo‘pol ravishda buzib, shu yo‘ldan o‘tib borayotgan Urinovni avtomashinasini old tomoni bilan urib yuborib, transport vositalari yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzgan. Natijada Urinovni jarohat olishiga sabab bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan guvohlar so‘roq qilinganda guvoh Akmalov o‘z ko‘rgazmasida: “Jarohat olgan shaxs avtoulov yo‘liga kutilmaganda yugurib o‘zi chiqdi, ushbu Nexia mashinasi taxminan 40 km/s tezliklarda kelayotgan edi, chorrahada svetofor yashil chirog‘i yonib turgan edi” deb bayon qilgan bo‘lsa, guvoh Xamidjonov o‘z ko‘rgazmasida: “Jarohat olgan shaxs odatdagidek yurish bilan yo‘ldan o‘tayotgan edi, Nexia avtomashinasi taxminan 100 km/s tezliklarda kelayotgan edi, chorrahada svetofor qizil chiroq yonib turgan edi, haydovchi jarohatlangan shaxsda xuddi qasdi bordek ataylab uni bosib ketdi” deb bayon qildi. Rajapov o‘zining bu harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266- moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganligi aniqlanib, ish materiallari sud muhokamasiga taqdim etilgan. Guvoh sifatida nafaqat sodir etilgan jinoyat shohidlari, balki turli majburiyatlarni bajarish davomida ishga aloqasi bo‘lgan shaxslar ham alohida holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Tergov yoki sud harakatlarini o‘tkazishda jalb qilingan shaxslar ish qayta ko‘rilganda guvoh sifatida tergov va sud harakatlarini o‘tkazilish holatlarini aniqlashtirish maqsadida, ushbu tergov harakatlarining alohida qismlarini aniqlashtirish zarurati tug‘ilganda yoki tergov bayonnomasida qayd etilgan holatlar va sud tergovi davomida vujudga kelgan qarama- qarshiliklarni bartaraf etish bo‘yicha so‘roq qilinishi mumkin. Xuddi
113
shuningdek, ushbu tergov harakatlarni o‘tkazishda ayblanuvchilarning xulq-atvori to‘g‘risida savol tug‘ilishi mumkin. Ushbu turdagi shaxslarga xolislar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 74-moddasi 4-qismiga binoan xolislar o‘zi ishtirok etgan tergov harakatlari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. 2. Moliyaviy-taftish nazoratchilar, taftish yoki boshqa tekshirish materiallarini jinoyat ishiga dalil sifatida tikib qo‘ygan shaxslar ular tomonidan taqdim etilgan materiallarda mavjud bo‘lgan qarama- qarshiliklarni bartaraf etish va faktik ma’lumotlarni to‘ldirish uchun ushbu holatlar bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinadi. 3. Qidiruvdagi shaxslarni ushlash yoki ularni kuzatib yurishda ishtirok etuvchi ichki ishlar va boshqa organ xodimlari, shuningdek jamoatchilik vakillari o‘zlari aniqlagan holatlari bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinishi mumkin. Guvohni almashtirib bo‘lmasligi guvohlik ko‘rsatuvlari tabiatini tasvirlashda asosiy o‘rin egallaydi. Ekspert, xolis kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra almashtirilishi mumkin, lekin guvohni ish uchun ahamiyatli holatlarni bilmaydigan boshqa bir guvoh bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ushbu guvohga ish uchun ahamiyatli holat boshqa shaxs orqali ma’lum bo‘lmasa, bunday guvoh ham almashtirib bo‘lmaydigan guvoh hisoblanadi. Bunday holatda tergovchi yoki sud uning ko‘rsatuvlarini boshqa dalillar bilan solishtirib ko‘rishi mumkin, biroq xabar qilingan ma’lumotni to‘g‘riligini tekshirish, tergov va sud uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilgan shaxs tomonidan bu ma’lumotlar olingan holdagina samaraliroq bo‘ladi. O‘sha holatlar faqat ushbu guvoh emas, balki boshqa shaxslar tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, bunday hollarda ham guvoh almashtirilishi mumkin emas. Agar ish holatlari bo‘yicha bir necha shaxs ko‘rsatuv bergan bo‘lsa, u holda sud yoki dastlabki tergov organlarida ularni sinchkovlik bilan va har tomonlama tekshirishga imkon beradi.
Guvohning sudda og‘zaki javob berishi sudga nafaqat guvoh ko‘rsatuvining mazmunini tekshirish, balki dalil manbasini qabul qilish va baholash imkonini beradi. Guvoh o‘zidagi yozma belgilardan faqatgina Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling