Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU DOIRASIDA MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR
- Jinoyat protsessual kodeksida nazarda tutilgan ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini tahlil qiling
- Jinoyat protsessual kodeksiga ishtirokchilar borasida kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni tahlil qiling. 1-kazus
- Himoyadan voz kechish va himoyachidan voz kechish o‘rtasida qanday farqlar bor 2-kazus
- Tergovchi qanday harakat qilishi kerak Fuqaroviy da’vogar kim
- IV BOB. JINOYAT PROTSESSIDA ISHTIROK ETISHGA MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR
- 4.1. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
- Ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
Guvoh erkin va majburlovsiz ko‘rsatuv berish huquqiga ega. Qonun guvoh tariqasida o‘z funksiyasini bajarayotgan shaxslarga tashqaridan bo‘layotgan har qanday shaxslarning tazyiqlaridan himoya qilishni kafolatlaydi .
114
xotirada saqlash qiyin bo‘lgan raqamlar va boshqa ma’lumotlarga taalluqli bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Surishtiruvchi, tergovchi va sud so‘roq qilinuvchidan so‘roq qilish jarayonida u foydalanayotgan hujjatlar va boshqa yozuvlarni talab qilishi, ularni keyin qaytarib berishi yoki ishga qo‘shib qo‘yishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 103-modda). Guvohning erkin so‘zlab berish huquqi tergov yoki sudga ish uchun ahamiyatli bo‘lgan va o‘z ko‘rsatuvlarini tasdiqlaydigan zaruriy dalillarni olish imkonini beradi. Sudning ajrimiga binoan guvohlik ko‘rsatuvlariga tegishli bo‘lgan hujjatlar jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 66 1
moddasi guvohning advokati protsessual maqomiga bag‘ishlangan bo‘lib, unga binoan guvohning advokati - belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsdir. Jinoyat ishida taraflar manfaatini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish bo‘yicha guvohning advokati bo‘lishi mumkin emas.
Guvohning advokati: huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi bo‘yicha chaqirilganligini bilish; guvohning so‘roq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bilan o‘tkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish, unga qisqa maslahatlar berish; so‘roq qilayotgan shaxsning ruxsati bilan guvohga savollar berish; guvohni so‘roq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish; so‘roq tugaganidan so‘ng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi, so‘roq bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan arzlarini bayon etish huquqiga ega. Guvohning advokati: guvohga zarur yuridik yordam ko‘rsatishi; dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va boshqa qonunga xilof harakatlar orqali haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart. Jinoyat protsessida himoyachining faol va sidqidildan ishtirok etishi, o‘z himoyasi ostidagi shaxsning manfaatidan kelib chiqib, qonunda ko‘rsatilgan barcha usul va vositalarni qo‘llashi ishni ayblanuvchi foydasiga Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvohnomasini ko‘rsatganidan va orderni taqdim etganidan so‘ng, guvoh chaqirilgan paytdan e'tiboran qo‘yiladi.
115
adolatli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekspert chaqirish, ekspertiza tayinlash va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Jinoyat ishi yuzasidan ekspert sifatida qatnashayotgan shaxs: ekspertiza qilish uchun tegishli ish materiallari bilan tanishish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; o‘ziga qo‘shimcha materiallar taqdim etilishi haqida iltimosnoma berish; basharti hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar uning mutaxassisligiga oid bo‘lmasa yoki xulosa berish uchun unga taqdim etilgan materiallar yetarli bo‘lmasa, xulosa berishning iloji yo‘qligi haqida hujjat tuzish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan tergov harakatlari yuritilishida ishtirok etish va tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertizaga oid dalillarni tekshirishda sud muhokamasida ishtirok etish va sudning ruxsati bilan so‘roq qilinayotgan shaxslarga savollar berish; ashyoviy dalillarni va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosalarida faqat uning oldiga qo‘yilgan masalalar haqida emas, balki ekspertizaga oid boshqa masalalar bo‘yicha ham fikr bildirish; basharti ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa va ko‘rsatuv berish hamda bu holda tarjimon xizmatidan foydalanish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish huquqiga egadir. Ayni vaqtda ekspert sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha yozma xulosalar berishi; o‘zi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza bo‘yicha ko‘rsatuvlar berishi va bu xulosalarni tushuntirish uchun qo‘yilgan qo‘shimcha savollarga javob berishi; dastlabki tergov materiallarini oshkor etmasligi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Ekspert uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan taqdirda qonunda nazarda
tutilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 68-moddasi). Mutaxassis. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 69-moddasida sud muhokamasida mutaxassisning ishtiroki to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, shunga ko‘ra mutaxassis sudning chaqiruviga ko‘ra sud muhokamasiga kelishi, sudga dalillar topish, o‘rganish va mustahkamlashda o‘zining maxsus bilimi bilan yordam Jinoyat ishi yurituvida xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san'at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs ekspert sifatida chaqirilishi mumkin.
116
berishi, sudning diqqatini ish yuzasidan ma’lum bir holatlarni aniqlashga jalb etishi, alohida savollarga tushuntirish berishi kerak. Shuningdek, mutaxassislar raislik qiluvchining ruxsati bilan dalillarni tekshirish maqsadida ishtirokchilarga savollar berish huquqiga ega. Mutaxassisga to‘g‘ri va aniq tushuntirish berish majburiyati yuklatilgan. Mutaxassis o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki bo‘yin tovlagan taqdirda unga nisbatan jamoat ta’siri choralari yoki sud tomonidan jarima solinishi mumkin. Sud muhokamasida voyaga yetmagan shaxslarni so‘roq qilish vaqtida pedagog taklif qilinishi mumkin. Sud muhokamasida mutaxassislarning bergan bayonotlari dalillarga baho berishda katta ahamiyatga ega. Tarjimon. Jinoyat ishi yurituvi jarayonida tarjimondan foydalanish jinoyat protsessining konstitutsiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Bunday hollarda, shuningdek ish materiallari bilan tanishish vaqtida protsess ishtirokchilari qonunda belgilangan tartibda tarjimon xizmatidan foydalanishlari mumkin. Tarjimon quyidagi hollarda chaqiriladi: Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa; biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 71-moddasi). Tarjimonga tegishli qoidalar ish yuritishda ishtirok etish uchun taklif qilingan, kar yoki soqovning imo-ishoralarini tushunadigan shaxsga nisbatan ham qo‘llaniladi. Tarjimon tarjimani aniqlashtirish maqsadida protsess ishtirokchilariga savollar berish; o‘zi qatnashgan tergov harakatlari bayonnomasi, shuningdek sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish hamda bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan mulohazalar bildirish; basharti tarjima qilish uchun zarur bilim va malakaga ega bo‘lmasa, ish yuritishda ishtirok etishdan voz kechish; sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasiga binoan, ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o‘z ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
117
Ayni vaqtda tarjimon sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; o‘ziga topshirilgan tarjimani aniq va to‘liq bajarishi; tarjimaning to‘g‘riligini o‘zining ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakati bayonnomasi va sud majlisining bayonnomasiga, shuningdek protsess ishtirokchilariga ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladigan protsessual hujjatlarga imzo chekish bilan tasdiqlashi; dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi; sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 72-moddasi).
Dastlabki tergov bosqichida olib qo‘yish, tintuv, ko‘zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment, tanib olish uchun ko‘rsatish, ko‘rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini o‘tkazishda kamida ikki nafar xolisning ishtirok etishi talab etiladi. (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 352-moddasi). Fuqaro tergovchining qonuniy talab va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligi yoki tergovchiga qarshilik ko‘rsatayotganligi yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga mos kelmaydigan boshqa huquqqa xilof xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 93- moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, adliya yoki sud xodimlari xolislar sifatida taklif etilishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 78-moddasi). Tergov harakatini boshlashdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati bo‘yicha bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arz va mulohazalar berish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqlariga ega. Qonunda
xolisning: surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning Tergov harakatlarini yuritishda xolis sifatida ishtirok etish uchun ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro chaqirilishi lozim.
118
chaqiruviga binoan hozir bo‘lish; tergov harakatini yuritishda ishtirok etish; tergov harakati o‘tkazilgani, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlash; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmaslik kabi majburiyatlari mavjud. Xolis uzrsiz sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajarishdan bosh tortganligi uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. U bunday hollarda guvoh huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 74-moddasi). Jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida chaqirilgan shaxsning ish joyidagi o‘rtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun saqlanadi. Ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana olmaganliklari uchun haq to‘lanadi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan hamma shaxslar chaqirilgani munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egadirlar. Sud majlisi kotibi. Sud majlisining kotibi raislik etuvchining topshirig‘iga ko‘ra, jinoyat ishini sud majlisida ko‘rilishi uchun ushbu moddada ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari xalq maslahatchilarini taklif etadi, shuningdek jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, tarjimonlarni chaqiradi, prokuror va advokatlarga xabarnoma yuboradi. Sud majlisi kotibining eng asosiy va muhim vazifalaridan biri sud majlisini to‘liq va har bir sud harakatini xolis va aniq ifoda etuvchi bayonnomani yuritish hisoblanadi. Bayonnomaning o‘z vaqtida va sifatli yuritilishi uchun raislik etuvchi bilan birga sud majlisining kotibi ham mas’uldir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 426-moddasi beshinchi qismiga binoan bayonnomaning mazmuni bo‘yicha raislik qiluvchi bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lgan taqdirda, kotib o‘z mulohazalarini yozma tarzda bayonnomaga ilova qilishi shart. Bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi. Agarda sud majlisi jarayonida bir nechta kotib qatnashgan bo‘lsa, har qaysi kotib o‘zi yuritgan bayonnoma qismini imzolashi shart. Sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajarishi, basharti ushbu ish sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilgan bo‘lsa, u tomonidan sud majlisi bayonnomasini yana tuzishiga monelik qilmaydi. Sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala sud tomonidan hal 119
qilinadi. MAVZU DOIRASIDA MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Jinoyat protsessining ishtirokchilari - jinoyat protsessual qonun hujjatlarining vazifalari nazarda tutgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslardir. Jinoyat
2. Jinoyat protsessining har bir ishtirokchisi o‘ziga xos funksiya, ya’ni o‘z faoliyat yo‘nalishini ifoda etuvchi xizmat burchini o‘taydi. Ushbu funksiyalarning xususiyati protsessning mazkur ishtirokchilari bajaradigan vazifalarga va ularning muhofaza qilinadigan manfaatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Jinoyat protsessual kodeksiga ishtirokchilar borasida kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlarni tahlil qiling. 1-kazus Voyaga yetmagan Rashidov, Tojiyev, Sohibov o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganliklari uchun ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinadilar. Sud majlisiga tayyorgarlik ko‘rish davomida sudlanuvchi Tojiyevning himoyachisi himoyadan, Sohibov esa himoyachidan voz kechadi va boshqa himoyachi xizmatidan foydalanishini bildiradi. Sudya sudlanuvchi Sohibovni talabini qondirish va sudlanuvchi Tojiyevni talabini rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Himoyadan voz kechish va himoyachidan voz kechish o‘rtasida qanday farqlar bor? 2-kazus Mansurov o‘g‘irlik jinoyatini sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Uni yashash joyida tintuv o‘tkazilganda, o‘g‘irlangan buyumlardan ayrimlari topiladi. Mansurov so‘roq qilinganda, buyumlardan ayrimlarini tanishi orqali bozorda sottirganligini, tilla buyumlarni esa lombardga topshirganligini ma’lum qiladi. Tekshirish natijasida tilla buyumlarni lombarddan Ravshanov sotib olganligi ma’lum bo‘ladi. Tergovchi tilla buyumlarni Ravshanovdan olib, ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yadi. Ravshanov esa tergovchidan fuqaroviy da’vogar deb topishni talab qiladi. Tergovchi qanday harakat qilishi kerak? Fuqaroviy da’vogar kim? 120
1. MDH davlatlarida va boshqa xorijiy davlatlarda jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlarini tahlil qiling. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2.
Xorijiy davlatlarda jinoyat protsessi ishtirokchilarini klassifikatsiyasini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 121
MONELIK QILADIGAN HOLATLAR. RAD QILISHLAR (mualliflar yu.f.n. S.M.Sahaddinov, M.Niyazov) Annotatsiya: Ushbu mavzuning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri bo‘lgan rad qilishni amalga oshirishning protsessual tartibi, jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlarni aniqlash va bu vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, jinoyat protsessining ayrim toifa ishtirokchilarining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar to‘g‘risida bilim olishga imkon beradi.
va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar Jinoyat protsessida ishtirok etishga monelik qiladigan holatlar va rad qilish institutining protsessual asoslari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 7-bobida belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76-moddasida jinoyat ishi yurituvida xolislikni ta’minlash maqsadida jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar – sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar ro‘yxati belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning barchasining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan 3 ta (ya’ni, umumiy) hamda faqatgina sudyaga tegishli bo‘lgan 6 ta (ya’ni, xususiy) holat belgilangan.
Demak, dastlab jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning barchasiga taalluqli bo‘lgan ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan uch umumiy holatni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. 1) sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, Ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar – jinoyat protsessi ishtirokchilarining xolisligi, beg‘arazligiga va ish bo‘yicha qonuniy hamda adolatli qaror qabul qilish yoxud protsessual harakatlarni amalga oshirishiga nisbatan shubha tug‘diradigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan obyektiv va subyektiv holatlar.
122
xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim. Ushbu ta’qiqning umumiy mohiyati shunga borib taqaladiki, jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar, ya’ni sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sud majlisi kotibi ular ayni vaqtda yoxud ilgari ushbu jinoyat ishi bo‘yicha boshqacha huquqiy maqomda ishtirok etayotgan yoki etgan bo‘lsalar ushbu shaxslarning xolisligiga jiddiy shubha tug‘iladi. Jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning jinoyat ishi yurituvi natijalaridan manfaatdor emasligi ularning xolisligini ta’minlashning muhimi omili hisoblanadi. Shu bois, ushbu shaxslarning ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo‘lsa, uning xolisligiga shubha tug‘iladi va uning haqiqatni aniqlashga emas, balki ko‘rsatilgan shaxslar manfaatidan kelib chiqib harakat qilishi ehtimoli vujudga keladi. Qonun chiqaruvchi yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda mazkur vaziyatda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi rad etilishi lozimligini belgilaydi. 2) sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi ushbu ishni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan biror mansabdor shaxsning yoki shu ish bo‘yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakilining qarindoshi bo‘lsa ham jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim. Bu ham yuqorida qayd etilganidek, sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi va sud majlisining kotibining jinoyat ishi bo‘yicha xolisona harakat qilishini shubha ostiga qo‘yadi, o‘z qarindoshining manfaatidan kelib chiqib harakat qilishi ehtimolini tug‘diradi. Ayni damda ushbu normalar axloqiy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, shaxs hamda uning qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlarni saqlab qolishga xizmat qiladi. Zero, jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs o‘zining 123
qarindoshiga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijasida qonun doirasida uning huquqlarini cheklashi oqibatida kelgusida ushbu shaxslar o‘rtasidagi qarindoshlik rishtalari uzilishi yoki aksincha, o‘z yaqinini turli yo‘llar bilan himoyalash maqsadida noxolislikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Qonun chiqaruvchi insonparvarlik hamda ma’naviy-axloqiy mezonlarga rioya etgan holda, jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan shaxsni bunday majburiyatdan ozod etadi. 3) sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibining xolisligiga va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa ham ular jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim. Sud-tergov amaliyotida bunday holatlar sifatida jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul shaxslarning jinoyat protsessi ishtirokchilari bilan yaqin do‘st ekanligi yoxud aksincha bir-biri bilan xusumat munosabatlarida ekanligi, birgalikda hordiq chiqarishi, dam olishi, ularning bir-biridan qarzdor ekanligi, xizmat yuzasidan qaramligi, hisobdorligi, nazorat ostida ekanligi yoki boshqa mazkur shaxslarning xolisligi va beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadigan holatlar tan olinadi. Ushbu holatda mazkur shaxslar ish yakunlaridan manfaatdor bo‘lgani bois, ular rad etilishi lozim. Jinoyat ishi yurituvi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan har qanday holat ham aniq va ishonchli tarzda aniqlangan bo‘lishi lozim, ushbu holatlar taxminlarga, mish-mishlarga yoki tuhmatga asoslangan bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2004-yil 24- sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 12-son Qarori 3- bandining 1-bandiga ko‘ra, “....dalillar, agar tergov harakati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76-moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi shart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, nomaqbul deb topiladi” 12 . Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2008-yil 15-maydagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi 12-son Qarori 7-bandining birinchi xatboshisiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 76 va 516- moddalariga muvofiq, chaqirtirilgan yoki protest bilan kelib tushgan jinoyat ishi ushbu ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etmagan sudya
12 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004 yil 24 sentyabrdagi 12-sonli Qarori.//O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami 1991-2006. T.2. –T.: 2007. –B.188. 124
tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim. Qonun mazmuniga ko‘ra bunday qoida iltimosnomani ko‘rib chiqishga nisbatan ham qo‘llanilishi kerak. Iltimosnoma yoki jinoyat ishi mazkur ishning ko‘rilishida muqaddam ishtirok etgan sudyaga tayinlangan hollarda, u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 80-moddasiga muvofiq o‘zini o‘zi rad etishi shart.
qilishning eng muhim sharti bu jinoyat ishining qonuniy tarkibdagi sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishidir. Bu esa, jinoyat ishida sudya va xalq maslahatchilari ishtirok etishiga monelik qiladigan, ularning aniq jinoyat ishini ko‘rib chiqish va hal qilishida xolislik va beg‘arazligini shubha ostiga qo‘yadigan holatlar bo‘lmasligini ham talab qiladi. Endi esa, faqatgina sudyaning ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan 6 ta xususiy holatlarga to‘xtalib o‘tamiz. Xususan, ularga ko‘ra, sudya ilgari shu ishni yuritishda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa; birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda; jinoyat ishini apellyatsiya (kassatsiya) instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya (apellyatsiya) instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ko‘rishda; jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda ishtirok eta olmaydi. Bunday ta’qiqlovchi normalarning belgilanishidan maqsad sudyaning xolis va beg‘arazligini ta’minlash bo‘lib, aks holda sudya o‘zi ilgari chiqargan hukmni asoslashga va o‘zi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni xaspo‘shlashga harakat qilishi mumkin. Boshqacha aytganda, sudya mazkur vaziyatda o‘zi ilgari qabul qilgan qaror bilan bog‘liq bo‘ladi hamda bu sudyada bir tomonlama yondashuvni shakllantiradi. Shu bois ham, haqiqatni aniqlash, protsessda xolislik va beg‘arazlikni ta’minlash maqsadida qonun chiqaruvchi tomonidan yuqoridagi singari cheklovchi norma o‘rnatilgan. Shuningdek, ish qo‘shimcha tergov yuritish yoki sudda yangidan ko‘rish uchun yuborilganligi surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o‘z protsessual majburiyatini bajarishiga monelik qilmasligi belgilangan. Ish
qo‘shimcha tergovga qaytarilganda,
125
surishtiruvchi, tergovchi o‘z protsessual majburiyatini bajarishda davom etadi. Bu shu bilan izohlanadiki, qo‘shimcha tergovda aynan ushbu ishni yuritgan surishtiruvchi, tergovchiga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish topshiriladi va surishtiruvchi, tergovchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 419-moddasida ko‘zda tutilgan kamchiliklarni bartaraf etishga kirishadi. Bunda aynan muqaddam ushbu jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv, dastlabki tergovni yuritgan surishtiruvchi, tergovchining jinoyat ishi yurituviga jalb qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lib, bu sud tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida va sifatli bartaraf etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Sud majlisi kotibiga kelsak, u asosan, sudda texnik ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni bajarishi hamda jinoyat ishi taqdirini hal qiluvchi muayyan protsessual vakolatlarga ega bo‘lmagani bois, uning yangitdan ko‘rilayotgan sud majlisida ishtirok etishini cheklovchi holat yo‘q.
Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling