Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktining 14-moddasi 3-qismi
- 2.12. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtiroki prinsipi
- Konstitutsiyaning 26-moddasi 1-qismi.
- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 11-moddasi 1-qismi.
- Aybsizlik prezumpsiyasi
- 2.15. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar
O’zbekiston Respubliksi Konstitutsiyasining 115-moddasi. “Har bir kishi unga qo‘yilgan har qanday jinoiy ayblov sudda ko‘rib
chiqilishida ish
yuritilayotgan tilni
tushunmaydigan yoki bu tilda gapira
olmaydigan bo‘lsa,
tarjimon yordamidan bepul foydalanishga haqlidir”. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktining 14-moddasi 3-qismi “f” bandi. 63
kodeksining 20-moddasida o‘z rivojini topgan. Ushbu prinsipga asosan jinoyat ishlarini yuritish ham o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasi). Taraflar sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmasligi ularning protsessda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmaydi: protsessda o‘z faoliyatini amalga oshirishda taraflarning har biri tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga o‘z ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda og‘zaki yoki yozma arz qilish, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda so‘zlash huquqi ta’minlanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasi). Ko‘rib chiqilayotgan prinsipning amalga oshirilishi ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan protsessda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning huquqlarini va milliy manfaatlarini kafolatlaydi. Ushbu huquqlar mazmuni tushuntirib berilishi va ularni amalga oshirish imkoniyati ta’minlanishi lozim. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 20-moddasiga muvofiq, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga yoki protsessda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taqdim etilishi lozim bo‘lgan tergov va sud hujjatlari ularning ona tiliga yoki ular biladigan boshqa tilga tarjima qilib berilishi lozim. Agar shaxs sud ishlari yuritiladigan tilni bilmasa, ushbu shaxs ishtirokida o‘tkaziladigan barcha protsessual harakatlarga majburiy tartibda tarjimon jalb qilinadi. Tarjimonning protsessda ishtirok etishi nafaqat sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaydi, balki dalillarning qayd etilishiga ko‘maklashadi hamda so‘roq qilinuvchi taqdim etadigan yoki yozma hujjatlarda saqlanadigan ma’lumotlar tergovchi va sud tomonidan to‘liq hajmda olinishiga yordam beradi. Ish yuritayotgan shaxs qisqa muddat ichida ham tarjimon vazifalarini bajarishga haqli emas. Ish
yuritilayotgan tilni
bilmaydigan gumon
qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga tarjimon yordamida ham o‘zining himoya huquqini amalga oshirish qiyin bo‘lganligini inobatga olib, dastlabki tergovda va ishni sudda ko‘rishda himoyachi ishtirok etishining zarurati qonunda belgilab qo‘yilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 51-moddasi 3-bandi). Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaganligi sababli gumon qilinuvchi,
64
ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki himoyachi huquqlarining har qanday cheklanishi, shuningdek mazkur shaxslarga protsessning har bir bosqichida ona tilidan foydalanish imkoniyati ta’minlanmaganligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb e’tirof etiladi va hukm bekor qilinishiga asos bo‘ladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 487- moddasi). Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi jinoyatga oid sud ishlarini yuritish tartibini fuqarolar uchun ochiq va tushunarli qiladi, protsessda ishtirok etuvchi shaxslarning, ularning millatidan qat’i nazar, qonun va sud oldidagi tengligini kafolatlaydi, ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolis o‘rganish uchun zarur sharoitlarni yaratadi, oshkoralik va protsessning boshqa prinsiplari amalga oshirilishini ta’minlaydi, manfaatdor shaxslarga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun qonun bilan taqdim etilgan vositalardan foydalanishda yordam beradi. Shuning uchun sud ishlari yuritiladigan til to‘g‘risidagi qoidalar buzilishi hukm va ish bo‘yicha qabul qilinadigan boshqa protsessual qarorlar bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga ko‘ra, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Konstitutsiyaning 14- moddasiga muvofiq, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 32-moddasiga ko‘ra esa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Mazkur konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishda jamoatchilik yordamiga tayanadilar. O‘z navbatida fuqarolar jinoyatchilikka qarshi kurashish, jinoyatlarning sodir etish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlashda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatda qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashadilar. Jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokining bir necha shakli, chunonchi, jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlashda, aybdorlarni qidirish va fosh etishda, adolatli hukm chiqarishda, shuningdek jinoyatning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlashda jamoatchilikning ishtiroki nazarda tutilgan. Amaldagi jinoyat protsessual qonun hujjatlarida jinoyat ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokining turli shakllari nazarda tutilgan. Unga
65
muvofiq surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat ishlarini tergov qilishda va sudda ko‘rishda jinoyat sodir etilgan holatlarni aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, adolatli hukm chiqarish, shuningdek jinoyatning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash uchun o‘z vakolatlari doirasida jamoatchilik yordamidan foydalanishga haqli. Sud ishlarini yuritishda, jumladan ishni sudga qadar yuritishda ham jamoat birlashmalari va jamoalarning vakillari jamoat ayblovchilari hamda jamoat himoyachilari tariqasida qatnashishga haqli ekanligi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jinoyat ishlarini yuritishda qatnashishining ahamiyati shundaki, ular o‘zlariga berilgan huquqlarini amalga oshira borib, sodir etilgan jinoyat hodisasiga nisbatan jamoatchilikning fikrini ifodalaydilar, ish holatlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishiga ko‘maklashadilar, jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni batafsil aniqlashga hamda ish yuzasidan adolatli hukm chiqarilishiga yordamlashadilar. Qonunda jamoat birlashmalari va jamoalarning sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborish tartibi belgilab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 42-moddasiga ko‘ra, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yig‘ilishi ko‘rsatadi. Yig‘ilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uni ko‘rsatgan jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan istalgan vaqtda chaqirib olinishi yoki u boshqa vakil bilan almashtirilishi mumkin. Jinoyat ishini yuritishda qatnashayotgan har bir subyekt ma’lum bir huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Aks holda u o‘ziga yuklatilgan vazifalarini samarali bajarish imkoniga ega bo‘lmaydi. Shu tufayli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. 2.13. Haqiqatni aniqlash prinsipi Mazkur prinsipning mazmuni shundan iboratki, sodir etilgan jinoyatni to‘la ochish, uni sodir etganlarning aybdorlik darajasini to‘g‘ri belgilash
66
hamda aybdorga adolatli jazo tayinlash, jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, aybi bo‘lmagan hech bir shaxsning javobgarlikka tortilishi va hukm qilinishining oldini olish maqsadida jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar ishning barcha holatlarini to‘liq va xolisona aniqlashlari shart. Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo‘rlash, qo‘rqitish, huquqlarini cheklash va o‘zga noqonuniy choralar bilan ko‘rsatuvlar olishga harakat qilish man qilinadi. Ishning isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlari sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalalarni hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og‘irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va o‘rganilishi lozim. Bu holat ko‘rib o‘tilayotgan prinsip ishning barcha holatlarini va dalillarini tekshirishga qaratilganligini anglatadi. Ishning holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona tadqiq etishga oid talablar o‘zaro uzviy bog‘langan, ayni vaqtda ularning har biri mustaqil ahamiyatga ega. Holatlarni har tomonlama tadqiq etish deganda, isbotlash faoliyati yo‘nalishini belgilaydigan, bir yoqlamalikni va subyektivlikni bartaraf etadigan hamda isbotlash to‘g‘ri borishini ta’minlaydigan barcha ehtimol bo‘lgan xolisona taxminlarni o‘z vaqtida tadqiq etish va sinchkovlik bilan dalillar to‘plash, tekshirish va baholash tushuniladi. Holatlarni to‘liq tadqiq etish deganda, isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni aniqlash tushuniladi. Holatlarni xolisona tadqiq etish deganda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan isbotlash mazmuni bo‘lgan barcha holatlarni aniqlash uchun zarur dalillarni yig‘ishda, tekshirishda va baholashda har qanday yuzaki, shubhali fikr bo‘lmasligi tushuniladi. Dastlabki tergov va sud tergovining biryoqlama olib borilganligi va to‘liq emasligi apellyatsiya, kassatsiya hamda nazorat tartibida hukmni bekor qilish uchun asos bo‘ladi. 2.14. Aybsizlik prezumpsiyasi 67
Aybsizlik prezumpsiyasi (lotin tildagi “presumption” – “taxmin” so‘zidan kelib chiqqan) shaxs huquqlari himoyasini ta’minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining muhim demokratik prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ushbu prinsip faqat jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda amal qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 1-qismida va O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi 2-qismida batafsil belgilab berilgan. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi inson huquqlari sohasida asosiy xalqaro hujjatlarning qoidalariga asoslanadi: Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (11-modda), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (14-modda), Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi (6-modda 2-qism). Aybsizlik prezumpsiyasining asosida umumiy, keng e’tirof etilgan axloq normasi yotadi, unga muvofiq har bir inson aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23- moddasiga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish
“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har
bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora
ko‘rib chiqilib, uning aybi
aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda
ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi”.
Jinoyat sodir
etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha
imkoniyatlar ta'minlangan holda, ochiq sud majlisi yo‘li bilan uning aybi qonuniy
tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
68
imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak”. Barcha fuqarolar qonunga itoatkor bo‘lishlari taxmin qilinishi va davlat tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishlari faqat qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjudligida va qat’iy taomil qo‘llanilishi natijasida mumkinligi mazkur prinsipning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilish shaxsning asossiz hukm qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan kafolat sifatida xizmat qiladi. Aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqadigan, ushbu institutning huquqiy maqomini shakllantiradigan hamda surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlarining huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatida hisobga olinishi va rioya qilinishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalar amaldagi jinoyat-protsessual qonunida mustahkamlangan: - gumon qilinuvchi, ayblanuvchi (sudlanuvchi) o‘z aybsizligini isbotlashga majbur emas; ayblovni isbotlash hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyasiga keltirilgan dalillarni rad etish vazifasi ayblovchining zimmasiga yuklatiladi; jinoiy ta’qibni amalga oshirishda prokuror, tergovchi, surishtiruv organi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart; - aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 3-qismi); mazkur qoida jinoyat ishi bo‘yicha olib boriladigan dastlabki tergovga ham tatbiq etilgan bo‘lib, jinoyat ishini tugatish, sodir etilgan jinoyat tavsif qilinishining o‘zgarishi tufayli ayblov hajmi yoki uning xususiyati o‘zgarishi kabi protsessual oqibatlarga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan dalillarni to‘plashning barcha vosita va usullari tugagan bo‘lsa hamda ish bo‘yicha to‘plangan dalillar orqali hal etilishi mumkin bo‘lmagan shubhalar mavjud bo‘lsa, ushbu shubhalar bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalar deb e’tirof etilishi lozim; - jinoyat ishini yuritishni amalga oshiruvchi davlat organlari va sud majlisida sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolis o‘rganishlari shart; sud isbotlash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklatishga haqli emas; sud tomonidan dalillarni bevosita tekshirish sudlanuvchi, 69
jabrlanuvchi, guvohlar, ekspertning ko‘rsatuvlarini eshitish, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshitish, dalillarni o‘rganish bo‘yicha boshqa sud- tergov harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha sudning majburiyatini ko‘zda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 26- moddasi); - ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, ishda mavjud bo‘lgan dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin; - ayblov hukmining taxminlarga asosan chiqarilishi qonun bilan taqiqlanadi; sudlanuvchi aybli ekanligi sud muhokamasi davomida o‘rganilgan ishonchli dalillarning yetarli majmuasi bilan isbot qilingan taqdirdagina ayblov hukmi chiqariladi. Ko‘rsatilgan qoidalar bir vaqtning o‘zida aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi amal qilishini ta’minlashda tegishli kafolatlar sifatida xizmat qiladi. Qonuniy kuchga kirgan sud hukmi yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina haqiqatni, shu jumladan, isbotlashning asosiy masalasi, ya’ni ayblanuvchining aybi bo‘yicha xulosani aks ettiruvchi hujjat deb e’tirof etiladi. Aybsizlik prezumpsiyasi nafaqat asossiz ayblov va hukm qilishga yo‘l qo‘ymaydigan kafolatdir. Ayblovning shubhasiz isbotlanishi shartligi hamda bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalarni ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi zarurligi to‘g‘risidagi mazkur prezumpsiyaning talablari davlat organlarini ish holatlarini xolis, beg‘araz va adolatli tarzda aniqlashga yo‘naltiradi va shu orqali sud tomonidan ishning adolatli hal qilinishini ta’minlaydi. Aybsizlik prezumpsiyasidan chetga chiqish odil sudlovda qonuniylikning buzilishiga va fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari cheklanilishiga olib keladi.
Gumon
qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal
qilinishi Aybsizlik prezumpsiyasi JPK
23-modda
70
2.15. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash prinsipi
Himoyalanish huquqi jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda shaxs huquqlarining kafolatlari tizimida markaziy o‘rin egallaydi. Ushbu huquq nafaqat shaxs huquq va qonuniy manfaatlarining kafolatlarini, balki odil sudlov manfaatlarini amalga oshirishning yuridik sharti sifatida xizmat qiladi. Himoyalanish huquqi mustaqil ijtimoiy-huquqiy ne'matdir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
“Ayblanuvchi himoyalanish huquqi
bilan ta'minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va
tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi”.
“Har bir kishining unga qo‘yilgan har qanday jinoiy
ishi ko‘rib
chiqilayotganda to‘liq tenglik asosida quyidagi kafolatlarga ega bo‘lish huquqi mavjud: O‘zi qatnashib sud qilinishi va o‘zini o‘zi yoki tanlab olingan oqlovchi vositasida himoya qilinishi; agar oqlovchisi bo‘lmasa unga ega bo‘lish huquqi borligi haqida xabardor qilinishi; odil sud manfaatlari talab etgan har qanday hollarda unga tayinlangan oqlovchiga ega bo‘lish, ushbu oqlovchiga to‘lash uchun yetarli mablag‘i bo‘lmagan barcha hollarda uning uchun
oqlovchini tekinga
berish”. Fuqarolik va siyosiy huquqlar Download 4.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling