Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Konstitutsiya va xalqaro huquq
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Xalqaro shartnoma normalarining implementatsiyasi
7.3. Konstitutsiya va xalqaro huquq Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan xalqaro huquq normalari mazmuniga ta’sir ko’rsatadi: biron-bir davlat o’zining g’oya va dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Shu bilan birga, milliy huquq xalqaro huquqning milliy huquqiy tizimga kirib kelishi huquqi darajasi va shartlarini belgilaydi va bunda davlatlarning asosiy qonunlari bo’lmish konstitutsiyalari hal etuvchi ahamiyat kasb etadi. Xalqaro huquqning bironta normasi konstitutsiyani chetlab o’tgan holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas. Xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa kirib kelish qoidalari turli mamlakatlarda turlichadir. Ayrim davlatlarning konstitutsiyalarida xalqaro huquqning milliy huquqdan ustun turishi va uning mamlakat ichkarisidagi bevosita ta’siri to’g’risida so’z boradi. Aslida bu ham xalqaro huquqning konstitutsiya bo’yicha kirib kelishi to’g’risidagi qoidadir. AQSh Konstitusiyasining 6-moddasida “Mazkur Konstitusiya va uning ijrosi uchun qabul qilingan AQShning qonunlari Qo'shma Shtatlar nomidan tuzilgan yoki tuziladigan boshqa barcha shartnomalari kabi, mamlakatning oliy qonunlari hisoblanadi va har bir shtatning sudlari ularni, hattoki biror bir shtatning 118 konstitusiyasi va qonunlarida ularga qarama qarshilik uchragan taqdirda ham ularning ijrosi uchun majburdirlar. AQShning huquqiy tizimida xalqaro shartnomaning milliy qonunchilikdan ustun turishi to'g'risida qoida mavjud emas. Bugungi kunda Kongress va AQSh hukumati AQSh Oliy sudining 1988 yil 9 yanvaridan ajrimiga (124 U.S. 190 (1988) rioya qiladi. Unga ko'ra, “xalqaro shartnomalar (Senat tomonidan maqullangan) va AQShning qonunchilik hujjatlari (federal qonunlar) bir xil yuridik kuchga ega va ulardan birortasi ham bir biridan ustuvor emas. Kolliziya kelib chiqqan taqdirda, ustuvorlik kuchga kirishi muddati bo'yicha, ya'ni, qaysi bir keyin kuchga kirgan bo'lsa, ushbu hujjatga ustuvorlik beriladi Evropa mamlakatlari huquqiy tizimlarida bu masala boshqacharoq hal etilganini kuzatish mumkin. Masalan, Germaniyada umumiy xalqaro huquq normalari mamlakat milliy huquqiga qo’shilibgina qolmay, ayni chog’da qonunlar oldida ustuvor kuchga ham egadir. Gollandiyada esa xalqaro odat huquqining barcha normalari qo’llanishining shartligi nazarda tutilgan. Xalqaro shartnomalarga va milliy huquqning o’zaro munosabatiga kelsak, bu masalaning ikkita yechimi ma’lum: birinchidan, xalqaro shartnoma qoidalari maxsus qonun chiqarish evazigagina milliy huquq kuchiga ega bo’ladi (Buyuk Britaniya, Xindiston, Nigeriya); ikkinchidan, tegishli tartibda ratifikatsiya qilingan va rasmiy tarzda chop etilgan xalqaro shartnoma qoidalari to’g’ridan-to’g’ri milliy huquq normalari kuchiga ega bo’ladi. Ko’pincha bunday hollarda milliy huquqda xalqaro-huquqiy normalarning mamlakat huquqiy tizimidagi ustunligi o’rnatiladi (Fransiya, Gretsiya, Ispaniya). Evropadagi aksariyat mamlakatlarda konstitutsiyaga zid bo’lgan xalqaro shartnomaning imzolanishiga faqat konstitutsiyaga tegishli o’zgartish kiritilganidan keyingina yo’l qo’yiladi. 7.4. Xalqaro shartnoma normalarining implementatsiyasi Har qanday demokratik davlat xalqaro hamkorlikni amalga oshirish jarayonida xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan va demokratik tamoyillarga asoslangan xalqaro hujjatlarga qo’shilish va ularning qoidalarini bajarishni o’zining ustuvor vazifalaridan biri, deb hisoblaydi. Chunki, mamlakatimiz milliy qonunchiligi umum e’tirof etilgan va O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro shartnomalarga muvofiqlashtirilgan holda rivojlanib bormoqda. Chunki, mamlakat rahbariyati e’tirof etganidek, “Xalqaro shartnomalarga nafaqat qo’shilish, 119 balki ushbu shartnomalar bo’yicha olingan xalqaro majburiyatlarni bajarish, ular talablarini barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan og’ishmay bajarish mexanizmini qonun yo’li bilan ishlab chiqish zarur” 1 ligini davr talabi ko’rsatib turibdi. Ammo, shuni qayd etish lozimki, ushbu chora-tabirlar, ya’ni xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish murakkab jarayon va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xalqaro huquq normalarini implementatsiyasi – bu xalqaro munosabatlar sub’ektlari uchun umum majburiy qoidalardir. Bu xalqaro-huquqiy normalarning milliy huquqiy tizimga joriy qilish muayyan usulini nazarda tutadi 2 . Shuning uchun ham, mazkur implementatsiya bilan bog’liq ayrim nazariy masalalarga ham tushuntirishlar berish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiyasi hususida fikr bildirilganda “transformatsiya” deb ataluvchi xalqaro huquq normalarining milliy huquqqa tatbiq etish jarayonini ko’rib chiqish lozim. Tansformatsiya jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi mumkin 3 : 1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 2 Рашидов К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. -Б.58 3 Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи назарияси асослари. Дарслик. -Т.: Адолат, 2006. - Б.121 umumiy davlatning o’zi qabul qilgan xalqaro-huquqiy normalarning barchasi yoki ayrim turlari mamlakat huquqiy tizimining uzviy qismi ekanini belgilaydi; individual – alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat orqali mamlakat huquqiy tizimiga kiritiladi; Implementatsiya (ingl. Implementation – “amalga oshirish”, “bajarish”) –xalqaro-huquqiy normalardan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarning davlat ichki darajasida milliy qonunlarga va qonunosti hujjatlarga singdirish yo’li bilan amalda bajarishdir. 120 Har bir muayyan davlatda xalqaro huquq normalari implementatsiyasi shu davlatning ichki huquqiy tizimining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liqdir. Ammo, qator belgilar, ayniqsa uning tuzilishi bilan bog’liq belgilar esa ushu jarayonning barcha davlatlar uchun umumiy ekanligini ko’rsatib beradi. Implementatsiya jarayonining tuzilishi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: davlatning ichki darajada xalqaro majburiyatlarning bajarilishini ta’minlab beruvchi huquqiy vositalarni milliy huquqiy tartibotda mustahkamlab qo’yilishi; xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan davlat organlari tizimi; huquqni qo’llash bo’yicha milliy amaliyot; xalqaro huquqiy normalar implementatsiyasini ta’minlash uchun ichki davlat darajasida qo’llaniladigan tashkiliy vositalar. Milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi talab etiladigan va davlatlar uchun alohida majburiyatlar yuklovchi xalqaro normalar va tamoyillar orasida xalqaro xamkorlik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan umum e’tirof etilgan normalar va tamoyillarni alohida ko’rsatib o’tish joiz. Umum e’tirof etilgan tamoyillar orasida inson huquqlarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarishga oid tamoyillar muhim o’rin tutadi. Imperativ normalarni o’zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar, ularning qatnashchilari uchun majburiydir va qatnashchi davlatlar tomonidan majburiyatlar vijdonan bajarilishi shart. Bunday tamoyil avvalombor, 1969 yil 23 maydagi Xalqaro shartnomalar huquqi bevosita xalqaro shartnoma qoidasi, shartnoma qabul qilingani to’g’risidagi aktning to’g’ridan-to’g’ri ta’sir kuchi natijasi o’laroq, milliy huquqdan ustunlik qiluvchi qoida asosda yuzaga keladi. Ayni chog’da, xalqaro huquq normasi mamlakat milliy huquqiy tizimining uzviy qismi sifatida qo’llanishi uchun o’z-o’zidan ijro etiladigan, ya’ni bevosita qo’llash uchun yaroqli bo’lishi zarur; bilvosta unda xalqaro shartnoma asosida ushbu shartnoma qoidalarini o’zida aks ettiruvchi milliy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi. 121 to’g’risidagi Vena konvensiyasining 26-moddasida belgilab qo’yilgan bo’lsa, ikkinchidan esa, muayyan imperativ hujjatlarda, misol uchun Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, uning fakultativ protokollari, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi xalqaro konvensiya, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya, Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiya kabi xalqaro hujjatlarning o’zida xam aks etgan. Implementasiya jarayonini yaxshi tushunish uchun, xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, AQShda, shartnomalar imzolangan kundan kuchga kirgan ijroviy bitimlar (self-executing treaty yoki self-executing executive agreement), milliy huquqiy tizimda yuridik kuch beruvchi biror bir hujjatsiz federal qonunchilikning qismiga aylanadi. Shartnoma yoki kuchga kirishi uchun implementasiyaviy qonunchilik akti talab etiladigan ijroviy bitimlar, ularni Senatning uchdan bir qism a'zolaridan ko'pi maqullaganidan so'nggina, AQShning milliy huquqiy tizimida federal qonun kuchiga aylanadi. Agar shartnoma Prezident tomonidan qo'shimcha shart (ogovorka) bilan ratifikasiya qilingan bo'lsa, uning kuchga kirishi uchun implementasiyaviy qonunchilik hujjati talab etiladi, bunday shartnoma milliy huquqiy tizimda yuridik kuchga ega bo'lmaydi. Fransiyada xalqaro shartnomalarning implementasiya qilishning, shuningdek, ularni imzolanishi bilan kuchga kirishining majburiy shartlaridan biri, ularni Fransiya Rasmiy axborotnomasida (Journal Officiel) nashr qilinishi hisoblanadi. Nashr qilish to'g'risidagi dekretni prezident, bosh vazir va boshqa tarmoq vazirlarini istisno qilgan holda tashqi ishlar vaziri imzolaydi. Shunga qaramay, mehnat sohasidagi xalqaro konvensiyalar uchun mehnat vazirining imzosi ko'zda tutiladi. Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ular bo'yicha qabul qilingan qonunlar, qarorlar yoki boshqa ma'muriy qarorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ichki davlat qonunchiligiga implementasiya qilinadi. GFR uchun kuchga kiradigan xalqaro shartnomalar parlamentning federal qonunlarni ma'qullashi va qabul qilishi yoki tegishli ma'muriy qarorni e'lon qilinishi orqali milliy huquqiy tizimning qismiga aylanadi. Agar xalqaro shartnoma tuzish uchun parlamentning roziligi lozim bo'lsa, unda tegishli federal qonun ikkita funksiyani bajaruvchi sifatida ko'riladi. U shartnomani prezident tomonidan ratifikasiya qilinishiga ruxsat beradi va bir vaqtning o'zida uni huquqiy tizimga kiritadi. Bu tegishli ma'muriy qarorga ham taalluqlidir. Xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq hujjati xususiyatini saqlab qoladi. Biroq, parlament tomonidan xalqaro shartnomani ma'qullash to'g'risida qabul qilingan qonun davlatning shartnomaga muvofiq harakat qilishiga oid ichki qarorini aks ettirib hamda prezidentga shartnomani ratifikasiya qilish 122 vakolatini berib, bir vaqtning o'zida fuqarolar, xokimiyat organlari va sudlarga milliy huquqiy tizim doirasida shartnoma normalarini qo'llash majburiyatini yuklaydi. Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ularni ichki davlat huquqiga kiritayotgan hujjatning, ya'ni federal qonun, qaror va boshqa ma'muriy qarorning maqomini oladi. Shuning uchun ham, federal qonun bilan inkorporasiya qilingan xalqaro shartnoma, huddi oddiy qonunga o'xshash maqomga ega bo'ladi, xalqaro shartnoma faqatgina yerlar huquqi va ijro hokimiyatining hujjatlariga nisbatan ustuvor hisoblanadi. Xalqaro shartnoma keyinroq qabul qilingan federal qonun bilan kolliziyaga duch kelgan taqdirda esa, uning ichki davlatchilik sohasidagi harakati “keyingi qonun oldingi qonunni bekor qiladi” (lex posterior derogat lex priori) tamoyiliga bo'ysundiriladi. Bu muammo, yoki sudning sharh berish tamoyilini, ya'ni bu tamoyilga ko'ra, keyin qabul qilingan qonun uning oldingi shartnoma bilan muvofiqligini ta'minlab berishi uchun shunday interpretasiya qilinadiki, unga ko'ra, parlament davlatning xalqaro shartnomaviy majburiyatlarini bajarmasligi xalqaro huquq bo'yicha majburiyatiga zid ekanligini ko'zda tutmasligi tamoyilini qo'llash orqali yoki maxsus qonun (lex specialis) qoidasini, ya'ni unga ko'ra, hattoki keyingi qonun ham, agar qonun chiqaruvchi xalqaro shartnoma qoidalarini bekor qilishni ko'zda tutmagan bo'lib, ushbu qoidalar faqat mazkur holat uchun qo'laniladigan maxsus norma sifatida qabul qilingan hamda oldingi shartnoma qoidalarini bekor qilishni ko'zda tutmaydigan maxsus qonun qoidasi tamoyilini qo'llash bilan hal etiladi. O’zbekiston qo’shilgan ushbu hujjatlarning mamlakat huquqiy tizimidagi tutgan o’rni xususida fikr yuritiladigan bo’lsa, avvalombor, yuqorida xalqaro huquqning ustuvorligiga oid ta’kidlab o’tilgan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonunchiligining tegishli normalariga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, O’zbekiston Respublikasinig xalqaro shartnomalari to’g’risidagi qonunining 27-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga O’zbekiston Raspublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qat’iy va majburiy ravishda rioya etmog’i lozimligi belgilab qo’yilgan. Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Hukumati O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun mas'uliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi. O'zbekiston Respublikasi 123 Hukumati, vazirliklar va idoralar, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo'yicha O'zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O'zbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining o'z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. O'zbekiston Respublikasi Hukumati O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Xalqaro shartnomalarning normalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilinishi borasida milliy tajribaga to'htalib o'tish darkordir. Misol uchun, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga implementasiyasi misollariga murojaat qilsak. Inson huquqlariga oid xalqaro normalarni O’zbekiston milliy qonunchiligiga qo’llanishi to’g’risida fikr yuritilganda, avvalombor, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga to’xtab o’tish darkor. Konstitutsiyaning II bo’limini, 1991 yilda O’zbekiston qo’shilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining o’ziga xos implementatsiyasi deyish mumkin. Ushbu bo’limda Deklaratsiyada qayd etib o’tilgan barcha huquqlar o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi BMT doirasida 1966 yilda qabul qilingan, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktga 1995 yil 31 avgustda Parlamentning №126-1 Qarori bilan qo’shilgan va ushbu xalqaro hujjat 1995 yil 28 dekabrdan boshlab O’zbekiston uchun kuchga kirgan bo’lib, o’tgan davr mobaynida ushbu xalqaro xujjatning qoidalari milliy qonunchilikda o’z aksini topib kelmoqda, ya’ni tegishli qonunchilik hujjatlari Pakt normalariga doimiy ravishda muvofiqlashtirilib borilmoqda. Jumladan, Paktning 6-moddasining 1-bandidan “Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir” deb ko’rsatib o’tilgan yashash huquqi to’g’risidagi qoidasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida konstitutsiyaviy implementatsiya qilingan: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir”. Mazkur qoida esa, jinoyat qonunchiligidagi islohotlarning hozirgi bosqichida implementatsiya qilib bo’lindi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 1 avgustidagi “O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuniga asosan, O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining, 124 Jinoyat-protsessual kodeksining, Jinoyat-ijroiya kodeksining tegishli moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi 1 . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilning 8 avgustidagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o’tkazish to’g’risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonuni mazkur Paktning 9- moddasining 3-bandidagi “Jinoiy ayblov bilan qamalgan yoki ushlangan har bir shaxs zudlik bilan sudya yoki qonun bo’yicha sud hukmronligini amalga oshirish huquqi bo’lgan boshqa mansabor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs oqilona muddat ichida ishi sudda ko’rilishi yoki ozod qilib yuborilishi huquqiga ega” 2 degan normasi qoidalarini milliy qonunchilikga to’la qo’llanilganligining yorqin misolidir. Chunki, odilsudlovni amalga oshirishdagi qamoqqa olishga sanksiya berish instituti, boshqacha qilib aytganda, “Habeas Corpus” instituti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zining konstitutsiyaviy maqomini topgan, ya’ni, uning 19-moddasida “Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas”, deb ko’rsatib qo’yilgan bo’lsa, yuqoridagi Qonunni qabul qilinishi bilan, endi O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksi”ning, “Sudlar to’g’risida”gi Qonunining, “Prokuratura to’g’risida”gi Qonunining tegishli moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi 3 . Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktning 7- moddasida hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo’rlaydigan muomala va jazoga mustahiq bo’lmasligi kerakligi belgilangan. Konstitutsiyaning 26-moddasi 2-bandida ham bu qoida o’zining konstitutsiyaviy maqomini olgan. Jinoyat kodeksida bunday harakatlar ijtimoiy xavfli oqibatlarga sabab bo’lsa, tegishlicha jazolanishi belgilab qo’yilgan. 1 Batafsil mahlumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. -Т.: Адолат, 2007. -Б.8-18 2 Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам /А.Саидов таърири остида. -Т.: Адолат, 2004. -Б.39-40 3 Batafsil ma’lumotlar uchun qarang: Ўлим жазосини бекор қилиш ҳамда қамоққа олишга санкция бериш ҳуқуқини судларга ўтказишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами: Расмий нашр /Ўзбекистон Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси, Ўзбекистон Республикаси Миллий хавфсизлик хизмати, Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги. -Т.Адолат, 2007. -Б.19-34 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling