Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
CHAPTER VI. VALIDITY OF INTERNATIONAL TREATIES IN TIME AND
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chapter VIII. MONITORING THE IMPLEMENTATION OF INTERNATIONAL TREATIES………………………………………………………..………………………………132
- CHAPTER IX. INVALIDITY OF TREATIES…………………………………..…………….147
- CHAPTER X. THE INTERPRETATION OF INTERNATIONAL TREATIES……...…….165
- CHAPTER XI. THE LEGAL SUCCESSION OF INTERNATIONAL TREATIES………………………………………………………………………………………..177
- CHAPTER XII. THE LEGISLATION OF THE INTERNATIONAL TREATIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN………………………………………………………….……. 188
- GLOSSARY……………………………………………………………………………...……….203 REFERENCES………………………………………………………..………………………….207
CHAPTER VI. VALIDITY OF INTERNATIONAL TREATIES IN TIME AND SPACE…………………………………………………………………………………………… 101 6.1. Entry into force and validity of international treaties in time…………………………...……101 6.2. Prolongation……………………………………………………………………......................103 6.3. Termination and suspension of the operation of treaties……………………..………………104 6.4. Territorial scope of treaties…………………………………………………………………...107 9 CHAPTER VII. APPLICATION OF TREATIES………………………………..………….. 111 7.1. The concept of the application of international treaties…………………………....................111 7.2. Internal law and observance of treaties……………………………………………………….113 7.3. Constitution and international law…………………………………………………………….115 7.4. Implementation of international treaties…………………………………………....................116 Chapter VIII. MONITORING THE IMPLEMENTATION OF INTERNATIONAL TREATIES………………………………………………………..………………………………132 8.1. The concept of monitoring the implementation of international treaties…………..…………132 8.2. The international monitoring of the obligations following from international treaties and their subjects…………………………………………………………………………………………….137 8.3. The national monitoring of the obligations following from international treaties and their subjects…………………………………………………………………………………………….140 CHAPTER IX. INVALIDITY OF TREATIES…………………………………..…………….147 9.1. Validity and invalidity of international treaties………………………………………………147 9.2. Relative invalidity of international treaties…………………………………...………………151 9.3. The absolute invalidity of international treaties…………………………………....................160 CHAPTER X. THE INTERPRETATION OF INTERNATIONAL TREATIES……...…….165 10.1. The concept of the interpretation…………………………………………………………….165 10.2. Supplementary means and object of the interpretation………………………………..…….167 10.3. Principles and rules of the interpretation…………………………………………………….168 10.4. Methods of the interpretation……………………………………………………..…………170 CHAPTER XI. THE LEGAL SUCCESSION OF INTERNATIONAL TREATIES………………………………………………………………………………………..177 11.1. General rules……………………………………………………………………………...….177 11.2. The new independent states………………………………………………………...………. 179 11.3. The legal succession because of the separation and association of the states……………….181 CHAPTER XII. THE LEGISLATION OF THE INTERNATIONAL TREATIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN………………………………………………………….……. 188 12.1. The legislation of the international treaties of the Republic of Uzbekistan……....................188 12.2. Laws related to the international treaties of the Republic of Uzbekistan……………………190 12.3. The initiatives of the international treaties of the Republic of Uzbekistan…...……………..192 GLOSSARY……………………………………………………………………………...……….203 REFERENCES………………………………………………………..………………………….207 10 KIRISH Shartnoma va kelishuvlar insonlararo muloqotning zaruriy instituti hisoblanadi. Ularsiz o’zaro muloqot mavjud bo’lmaydi. Ular yordamida o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlar kelishib olinadi, munozaralar hal qilinadi. Ularsiz qadimgi qabilalar ham davlatlar ham ish yurita olmaganlar. Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar huquqiy boshqarilishi kerak degan fikr shakllanmasidan ancha oldin davlatlararo shartnomalar tuzish boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik muhim masalalar hal etilsa, uning muvaffaqiyati ham, ahamiyati ham shunchalik muhim hisoblanadi. Xalqaro shartnomalarning xalqaro hamjamiyatdagi o’rni masalasi tarixdan ko’plab yuristlar e’tiborini jalb etib kelgan. Shartnomalar globalizatsiya sharoitida mutlaqo o’zgacha ma’no kasb etdi. Davlatlar borgan sari bir-birlari bilan chambarchas bog’lanib bormoqdalar. Hech bir davlat boshqa davlatlar bilan rivojlantirilgan munosabatlar tizimisiz faoliyat olib bormaydi. Xalqaro munosabatlarning bu murakkab tizimi shartnomalar va ular asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida tartibga solinadi. Xalqaro aloqalarni mo’tadil ravishda qo’llab quvvatlashda shartnomalarning ahamiyatidan kelib chiqib, ularga rioya qilish yuqori darajadaligi bilan ajralib turadi. Shartnomalarsiz xalqaro aloqalarning zamonaviy tizimi mavjud bo’la olmas edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik, ularni bajarmaslik kabi alohida holatlar shuni izohlaydiki, ularning tarkibi mavjud holatni alohida inobatga olmagan holda tuzilgan. MDH mamlakatlari miqyosida shartnomaviy munosabatlar tajribasi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Hozirgi kunda shartnomalar davlatlarning o’zaro hamkorligidagi harakatlarining deyarli barcha ko’rinishlarini o’z ichiga olgan murakkab, ko’pqirrali global tizimni o’zida mujassamlashtirgan. Bu jihati bilan shartnomlar davlatlarning huquqiy tizimidan yuqorilab o’zib ketadi va yangidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shartnomalarning tuzilish jarayoni bir maromda o’sib borishda davom etadi. Bularning barchasi xalqaro shartnomalarni o’rganishga dunyoning yangicha ko’rinishi va ilm- fan taraqqiyotini hisobga olgan holda alohida o’zgacha ma’no beradi. Taklif qilinayotgan yondashuv shartnomalarning o’ziga hos xarakterli belgilariga ishora qiladi. Xalqaro huquq sub’ektlari o’rtasidagi kelishuvlar ham xalqaro shartnoma bo’la oladi. Shartnomaning tub mohiyati - kelishib olayotgan tomonlarning roziligi, kelishuv – nafaqat 11 shartnomani, balki oddiy xalqaro huquq normalarining vujudga kelish usulidir. Bu normalarning orasidagi farq ularning tuzish jarayoni va amal qilinishidir. Kelishuvlar tomonlarning erkin xohish – istagi, roziligini o’zida aks ettiradi. Bu xohish-istaklar o’zaro bog’liq bo’lib, ular bir tomonlama (bir tomonning xohishi bilan) o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi. Shartnomalarda yuzaga chiquvchi xohish-istak, maqsadlar qotib qolmaydi (doim yangidan-yangilari paydo bo’ladi). Shartnomalarning tarkibi – ma’lum bir darajada shartnoma matnini o’zgarishsiz, ehtiyojdan kelib chiqib o’zgartirilishi mumkin. Biroq bu o’zgartirishlar o’zaro aniq yozilgan yoki og’zaki holda kelishib olingan bo’lishi lozim. Mazkur o’quv qo’llanmada xalqaro huquqning alohida sohasi hisoblangan xalqaro shartnomalar huquqining tushunchasi, manbalari, ob’ekti va maqsadi, xalqaro shartnomalarni tasniflash, ularning shakli, tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to’xtalishi va shartnomaning ijrosini ta’minlash usullar va shu kabi masalalar o’z aksini topgan. Bundan tashqari, amaliyotchi mutaxassislar yordamida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar borasidagi tajribasi va ularning xalqaro munosabatlarda o’ziga xos o’rniga egaligi masalalari yoritib berilgan. 12 I BOB. XALQARO SHARTNOMALAR VA XALQARO SHARTNOMALAR HUQUQINING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI (yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) Annotatsiya. Mazkur bobda davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va qadimgi davrdagi, o’rta asrlardagi xalqaro shartnomalar, xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro shartnomalar huquqning kodifikatsiyasi hamda O’zbekistonda xalqaro shartnomalar huquqining rivojlanish tendentsiyalarining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’zlashtirish imkoniyatini beradi . 1.1. Davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va qadimgi davrdagi xalqaro shartnomalar Odatda adabiyotlarda xalqaro huquqning vujudga kelishini bevosita davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi dastlabki shartnomalarning tuzilishi bilan bog’lashadi. Xalqlarning o’zaro aloqalarini normativ asosda tartibga solish ehtiyoji davlat paydo bo’lishidan anchagina ilgari sezila boshlagan. “Xalqaro bitimlar xalqaro huquq g’oyasining paydo bo’lishidan ancha oldin tuzila boshlagan edi. Buning hech hayratlanarli joyi yo’q. Bitim mustaqil birlashmalar o’rtasida vujudga keladigan nizolarni tinch yo’l bilan hal etishning birdan bir vositasi bo’lgan” 1 , deb yozadi, I.Lukashuk. Hatto qabilalararo munosabatlarda ham, garchi ular davlatlararo munosabatlardan farqli o’laroq, siyosiy mazmun kasb etmagan bo’lsa-da, ana shunday normativ tartiblarga ehtiyoj bo’lgan. Qabilalar o’rtasida tinchlik, qo’shma jangovar yurishlar, mulkdagi cheklashlar va boshqalar to’g’risida bitimlar tuzilgan. Bitimlarning ahamiyati katta edi, chunki, tinchlik to’g’risidagi bitimning mavjud emasligi, qabilaning boshqa qabila bilan urush holatida ekanligini bildirar edi. Muayyan qoidaning e’tirof etilmasligi, qo’shni davlatlar bilan dushmanlik holatidan boshqa har qanday holatda ekanligi bilan tenglashtirilar va bunday munosabatning oqibatlari juda ham jiddiy hisoblanar edi 2 . 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40 2 O’sha joyda. 13 Alohida qayd etish lozimki, xalqaro shartnomalar huquqining vujudga kelishining dastlabki bosqichlarida, qabilalararo va davlatlararo munosabatlar asosan odat normalariga asoslanar edi. Dunyoning turli mintaqalarida davlatlarning paydo bo’lishi bilan birga ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari ham paydo bo’lgan. Misol uchun, Qadimgi davrda xalqaro shartnomalar ikki daryo oralig’i bo’lgan Bobil va Misrda, Xitoy va Hindistonda, Markaziy Osiyoda, qadimgi Gretsiya va Rimda paydo bo’lgan va rivojlangan. Eramizdan avvalgi XXIII asrda tuzilgan va hozirgi kunga qadar yetib kelgan Akkadlar shohi Naramsin bilan Elam hukmdorlari o’rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalardan biri hisoblanadi. Qadimgi shartnomalar ko’proq urush va tinchlik masalalariga bag’ishlangan. Masalan, er.av.1296 yilda Misr fir’avni Ramzes II va Xettlar shohi Xattushil III qullar qo’zg’oloniga qarshi kurash bo’yicha harbiy ittifoq tuzish haqidagi shartnomani imzolaganlar. Qayd etish lozimki, bunday shartnomalar, nafaqat tashqi funksiyalarni, balki davlatning ichki funksiyalarini ham bajara boshlagan. Jumladan, mazkur shartnoma qo’zg’olon ko’targan qullarni bostirishni hamda uning natijasida qochib ketgan qullarni, ya’ni siyosiy qochoqlarni qaytarib berishni ko’zda tutgan 1 . Rim huquqshunoslari qadimgi xalqaro huquq, ya’ni “xalqlar huquqi”ga katta hissa qo’shganlar. Rim huquqshunosi Ulpian “xalqlar huquqidan barcha xalqlar foydalanadi va u tabiiy huquqdir” degan. Quldorlik davlatlari turli masalalar bo’yicha shartnomalar tuzishgan: tinchlik va yarashuv, ittifoqchilik va harbiy yordam, qochoq qullarni qaytarib berish, savdo, chet elliklarning huquqlari, kam uchraydigan hayvonlar va qushlarni muhofaza qilish, soborlarni qayta ta’mirlash va muhofaza qilish, qo’shinlarni o’tishi, o’lganlarni ko’mish, arbitraj va hujum qilmaslik va boshqa shu kabilar. Ammo, qadimgi shartnomalarning ob’ektlari turli masalalar bo’lishiga qaramay, ular, urushlar, ularga tayyorgarlik ko’rish yo uning tugashi yoki uning oqibatlari bilan bog’liq tor doiradagi munosabatlarni qamrab olar edi. Bu o’sha davrning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq edi 2 . Quldorlik davlatlari savdo to’g’risida, ma’muriy va xo’jalik masalalari bo’yicha alohida shartnomalar tuzishmagan. Barcha mazkur 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. SHестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009. -С.9-10 14 muammolar tinchlik yoki ittifoqchilik (mudofaa yoki hujum) to’g’risidagi shartnomalarda ko’zda tutilar edi. Ittifoqchilik va tinchlik shartnomalari qadimgi dunyodagi shartnomalarning eng asosiylari edi. Ular ob’ekti bo’yicha umumiy xususiyat kasb etgan va shu bilan birga turli xilda bo’lgan. Qadimgi Xindistonda ittifoqchilik shartnomalari samana (teng) va asamana (teng bo’lmagan) shartnomalar bo’lingan 1 . Qadimgi Rimda tenglikka asoslangan shartnomalar akva (teng) deb atalib, ko’proq tinchlik va do’stlik to’g’risida bo’lgan bo’lsa, tenglikka asoslanmagan shartnomalar esa, non akva (teng bo’lmagan) deb atalib, ular, odatdagidek, yengilgan dushmanlar bilan tuzilgan ittifoqchilik shartnomalari hisoblanar edi. Teng bo’lmagan shartnomalarga, yana shuningdek, hospitum publicium, deb ataluvchi homiylik shartnomalari ham kirar edi. Rim bunday shartnomalarni kuchsiz davlatlar bilan ular ustidan hukmronligi mustahkamlash uchun tuzar edi 2 . Qadimda xalqaro shartnomalarnnig sub’ektlari sifatida nafaqat davlatlar, balki shaharlar, shaharlar va davlatlarning ittifoqlari, ayrim hollarda Qadimgi Gretsiyadagi amfiktioniy kabi diniy tashkilotlar va hattoki alohida shaxslar ham hisoblanar edi. Shartnomalar faqat, ularning ishtirokchilariga majburiyatlar yuklar edi va ayrim hollarda, ularnnig nushalari uchinchi davlatlarga jo’natilar edi. Aksariyat shartnomalar ikki tomonlama edi. Ayrim hollarda ko’ptomonlama shartnomalar ham uchrar edi. Misol uchun, er.av.338 yilgacha tuzilgan 218 ta shartnomaning 25 tasigina ko’p tomonlama bo’lgan va ularning ayrimlarigina 10 dan ortiq ishtirokchilarga ega bo’lgan. Odatda, bunday shartnomalar doimiy ittifoqlarni tuzish bilan bog’liq edi 3 . Urush e’lon qilish kabi, xalqaro shartnomalarni tuzish, davlatning muhim huquqi hisoblangan, uni cheklanishi esa, uning teng bo’lmagan, qaramlik holatini anglatar edi. Shartnomalarni tuzish tartiboti, ayniqsa, diniy xarakterdagi shartnomalarni tuzish murakkab va qattiq rasmiyatchilikka asoslangan bo’lib, ularga rioya qilmaslik, shartnomani haqiqiy emasligini bildirar edi. Qadimgi Rimda shartnomalarni tuzish marosimini alohida ruhoniy shaxslar – fetsiallar bajarishgan. Katta fetsial tosh bilan cho’chqani qurbonlik uchun o’ldirgan va shartnomaga sodiqlik to’g’risidagi qasamyodni o’qigan. Shu vaqtdan boshlab, shartnoma tuzilgan 1 Viswanatha S.V. International Law in Ancient India. Bombey, 1925. -Р. 91, 170–172 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009.-С.10 3 Scala R. Die Staatsvertrage des Altertums. Т. I. Leipzig, 1898. S. 6–8 15 hisoblangan va bir vaqtning o’zida kuchga kirgan. Rasmiy shaxslar o’z imzolarini qo’yganlar va ayrim hollarda muhrlari bilan mustahkamlashgan. Gretsiyada muhrni faqatgina mustaqil davlatlar qo’llashgan. Qadimgi shartnomalar har doim ham ratifikatsiya qilinmagan. Qadimgi davrda ratifikatsiya favquloddagi hollardagina, ya’ni qachonki shartnoma vakil tomonidan unga yuklatilgan vakolatni buzgan holda yoki usiz tuzilgan holdagina qo’llanilgan. Qadimgi Rimda bunday shartnomalar sponsio deb atalgan. Odatda ular harbiy boshliq yoki konsul tomonidan, o’zining ihtiyoridan kelib chiqib, dushman bilan tinchlik o’rnatish maqsadida tuzilar edi. Rim bunday hujjatlarni senatning, keyinroq esa, imperatorning ratifikatsiyasidan keyingina majburiy deb hisoblar edi. Senat ratifikatsiyani inkor etishi ham mumkin bo’lgan, bunday hollarda qasamyodni buzgan deb hisoblab, boshqa tomon shartnomani tuzgan shaxsni kompensatsiya sifatida berishni talab qilishi mumkin bo’lgan. Misol uchun, rim konsullarining samnitlar bilan er.av.321 yili Kavdun darasida tuzgan shartnomasini senat ratifikatsiya qilmaganligi uchun, konsullar va boshqa shaxslar samnitlarga berilgan. Shartnomani tuzish tartibotidan farqli o’laroq, qadimgi shartnomalarning shakli oddiy bo’lgan. Yozma shartnomalar uch qismdan: muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo’lgan. Ayrim hollarda shartnomalar muqaddimasiz va hattoki xulosasiz ham tuzilgan. Shartnomaning asosiy qismi yaxlit matn bilan yozilgan, turli holatlar ketma ketlikda, turli moddalarga bo’linmay yozilgan. Keyinchalik rim shartnomalarida qizil qator – shartnomaviy moddalarning o’tmishdoshi va asosi paydo bo’ldi. Shartnomaning xulosa qismida har doim shartnomaga sodiqlikka qasamyod bo’lgan. Ularda hozirgi shartnomalardagidek, kuchga kirish vaqti, harakat vaqti, to’xtatish vaqti va boshqa shu kabilar o’z aksini topmagan. Shartnomalar pergament, shuningdek, teri o’ramiga yozilgan yoki yaxshi saqlanishi uchun marmar yoki oddiy tosh taxtalarga yoki tosh ustunlarga, shuningdek, shartnomaning ahamiyatiga ko’ra – xudolar tomonidan himoya qilinishi uchun maxsus ibodatxonalarda o’rnatiladigan E’tibor bering! Shartnomalar, Qadimgi Sharqda, ular tomonidan e’tirof etilgan akkad tili (vavilon yozuvida), qadimgi Rimda lotin tilida yozilgan. Qadimgi Gretsiyada qadimgi grek tili va uning dialektlaridan foydalanilgan. Shartnomalar odatda bitta haqiqiy nusxada tuzilgan. Undan nusxalar qilingan va boshqa tillarga tarjima qilingan. 16 kumush yoki mis taxtalarga o’yib yozilgan. Masalan, Afinadagi Pallada ibodatxonasida Gretsiyaning davlat arxivlari joylashgan. Qadimgi Xitoyda alohida Men Fu shartnomalar saroyi mavjud bo’lgan. Shartnomalar matnlari bo’lgan ustunlar va toshtaxtalar boshqa jamoat binolarida yoki maydonlarga ham qo’yilgan. Bu bilan ular, o’ziga xos chop etilgan hisoblanar edi. Polibiyning aytishicha, yashirin shartnomalar ham tuzilgan. Agar shartnoma buziladigan bo’lsa, toshtaxalar sindirilgan yoki ibodatxonadan olib chiqarib tashlangan. Shartnomalarning nomlari tangalar va medallarga ham yozilgan. Odatda ittifoq bo’lgan shaharlar to’g’risida, bu shaharlarning homiysi bo’lgan xudolar tasvirlari bilan birgan tangalar saqlanib qolgan. Bunday tangalar tuzilgan shartnomani tasdiqlagan va uni bajarilishi uchun qo’shimcha vosita bo’lib xizmat qilgan 1 . Qadimda shartnomalar tez-tez buzilib turgani uchun ham, ularga alohida ahamiyat qaratgan. Shartnomalarni ta’minlashning asosiy vositasi qasam bo’lgan. Qadimda, shartnomalarning garovi sifatida ko’pincha ayollar va bolalar olingan. Rimning Suriya podshosi Antiox III bilan er. av. 188 yildagi shartnomasida 20 nafar garovdagilar to’g’risida, er.av. 202 yilda esa, Zam yonidagi jangdan keyin 100 nafar karfagenlik Rimga berilgani to’g’risida, er.av.149 yilda Karfagen yengilgandan so’ng esa, 300 nafar shaxsning garovga berilganligi to’g’risida shartnomada keltiriladi. Garovdagilar shartnoma shartlari bajarilgandan keyin yoki muddat tugaganidan daxlsiz hisoblangan va o’z vatanlariga qaytishi mumkin bo’lgan. Shartnomalarni bajarilishini ta’minlashning boshqa usullari ham uchrab turar edi: shartnomani buzganlar uchun moliyaviy jarima (Hindiston, Gretsiya), uchinchi davlatlarning kafolati, shartnoma tuzgan davlatlardagi hukmronlik qiluvchi sulolalarning a’zolari o’rtasidagi nikoh qurish (Hindiston). Xalqaro shartnomalarning muddati bo’yicha muayyan muddatli va muddatsiz shartnomalarga bo’lingan. Rim shartnomalari, uning boshqa mamlakatlar ustidan hukmronligini mustahkamlashga xizmat qilar edi, shuning uchun ham, bunday shartnoma “abadiy muddatga” tuzilar edi. Yarashuv to’g’risidagi shartnomalar, bundan istisno bo’lib, ular 10, 15 va hattoki 100 yilga tuzilar edi 2 . Qadimgi greklar esa, “unga avlodlari 1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство«Зерцало», 2009.-С.12 2 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009. –С.14. 17 bog’lanib qolmasligi uchun” abadiy yoki muddatsiz shartnoma tuzmas edi, biroq, ularning muddati 30, 50, 100 yilga cho’zilar edi. Qadimgi shartnomalar vaqti tugatish bilan to’xtatilar edi. Odatda, undan oldin, biror bir nizo chiqib, u urushga olib kelsa, urushayotgan davlatlar o’rtasidagi barcha shartnomalarni bekor bo’lishiga olib kelar edi. Ayrim hollarda urushning tugashi bilan shartnomalar qayta tiklangan. Tomonlar ayrim hollarda shartnoma shartlarini qayta ko’rib chiqishgan. Misol uchun, Rimning er.av.493 yili boshqa lotin shaharlari bilan tinchlik shartnomasi, Afina bilan Sparta o’rtasida er.av.421 yildagi tinchlik shartnomasi, Afinaning Argos, Mantiney va Elida bilan er.av. 420 yildagi tinchlik shartnomalari shular jumlasidandir. Qadimgi Gretsiya, Xindiston, Xitoylik faylasuflar xalqaro shartnomalarning majburiyligini, hattoki, dushmanga berilgan so’zning bajarilishi lozimligi bilan asoslangan. Agar, hozirgi davr nuqtai nazardan aytsak, xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan pacta sund servanda, ya’ni majburiyatlarning vijdonan bajarilishi lozimligi prinsipi o’sha davrdan boshlab shakllangan. Shartnomani bir tomondan buzilishi, uning ikkinchi tomoni uchun undan voz kechishga huquq bergan. Shuningdek, vaziyatning tubdan o’zgarishi munosabati bilan shartnomani bir tomonlama bekor qilish imkoniyati to’g’risidagi gaplar ham uchraydi. “Agar vaziyat etoliyliklar ittifoq tuzilgan vaqtdagidek qolsa, sizning siyosatingiz ham shunday qolishi kerak. Bu birinchi shart. Ammo, agar ular butunlay o’zgarsa, umuman yangi vaziyat tufayli talab qilingan talablardan ozod bo’lsangiz, bu holat adolatli va zararsiz bo’ladi”, deb aytadi, muallif Latsisk 1 . Qadimgi Xindistonda xalqaro shartnomaga, dastlabki ta’rif berishga harakat qilingan, ya’ni xalqaro shartnoma “suverenlarning bilan biri bilan munosabatlarini bog’laydi” 2 . Qadimgi dunyo xalqaro shartnomalar huquqining o’ziga xosliklari quyidagilardan iborat bo’lgan: birinchidan, Xalqaro shartnomalar asosan ikki tomonlama bo`lgan; ikkinchidan, Xalqaro huquq asosan odat huquqi normalaridan iborat bo`lib, ularda diniy xususiyat ko`proq kasb etgan; uchinchidan, Xalqaro shartnomalar ko’proq urush olib borishning qonunlari va odatlarining adolatli bo’lishi, urushda jabr ko’rganlarni himoya qilish, shartnomalarga rioya qilish, chet elliklarga nisbatan 1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009.-С.14 2 O’sha joyda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling