Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25

72 
 
xalqaro  ommaviy  shartnomalarning  shakliga  nisbatan  qo’yiladigan  talablarning 
farqlari qanday? 
3.
 
Xalqaro  shartnomalarning  elektron  shaklini  tartibga  soluvchi  hujjatlar 
mavjudmi?  
 
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 
 
1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani shaklini, tilini, 
tarkibini,  xalqaro  shartnomalarning  qaysi  turiga  kirishini  o’rganish.  Ish  shakli  – 
nazorat ishi (esse). 
 

73 
 
V BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TUZISH. 
 
(yuridik fanlar nomzodi Nugmanov Nugman Abdullaevich) 
 
Annotatsiya.  Mazkur  bobda  talaba  diplomatik  muzokaralar  va  ularning 
shakli,  muzokaralarning  xalqaro-huquqiy  asoslarini,  muzokaralar  ishtirokchilarini, 
xalqaro  konferensiyalarni  o’tkazilishi,  shartnomalarni  tuzishda  davlatlar  nomidan 
ishtirok  etuvchi  organlar,  xalqaro  tashkilot  vakillarining  vakolatlari,  shartnoma 
matnini  qabul  qilish,  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  tushunchasi,  autentligini 
belgilash,  konferensiyaning  yakuniy  aktini  imzolash,  shartnomaning  majburiyligiga 
rozilik  bildirish  hamda  shartnomalarga  qo’shimcha  va  o’zgartirishlar  kiritish, 
depozitariyning  vazifasi,  shartnomani  ro’yxatga  olish  haqidagi  nazariy  va  amaliy 
bilimlarga ega bo’ladi. 
 
 
Shartnomani  tuzish  tushunchasini  ikki  xil  tushunish  mumkin. 
Birinchisi  keng  ma’noda  –  shartnomani  tayyorlanishi,  qabul  qilinishi  va 
kuchga kirish jarayoninini o’z ichiga oladi. Tor ma’noda esa, faqat yuridik 
ahamiyatga  ega  bo’lgan  bosqichni,  ya’ni  qabul  qilinish  va  kuchga  kirish 
jarayonini o’z ichiga oladi.  
1969 yilgi “Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida”gi va 1986 yilgi 
“Davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  o’rtasida  va  xalqaro  tashkilotlar 
o’rtasidagi  shartnomalar  huquqi  to’g’risida”gi  Vena  konvensiyalarida 
“shartnomalarni tuzish” bo’yicha tushunchalar aks etmagan. 
 
5.1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari. 
 
Xalqaro  shartnomalarni  tuzishning  birinchi  bosqichi  sifatida  uning 
tayyorlashning 
tashkiliy 
shaklini 
hisoblanadi. 
Mazkur 
tashkiliy 
shakllarining  asosida  davlatlarning  olib  boradigan  muzokaralarda  o’z 
aksini topadi.  
Odatda  ikki  tomonlama  uchrashuvlar  muzokara  deb  yuritiladi.  Bu 
turdagi  muzokaralarning  ijobiy  tomoni  shundaki,  muzokara  boshqa 
sub’ektlar  manfaatlariga  ta’sir  qilmaydi  va  o’zlariing  manfaatlari  uchun 
qulay  sharoit  yarata  oladilar.  Muzokara  –  diplomatiyaning  muhim 
vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Diplomatiya  -  bu  davlat  vakillari  o’rtasida 
muhokama  qilinayotgan  masala  bo’yicha  ma’lumot  almashish,  o’zaro 
kelishuvga  erishish,  fikrlar  qarama-qarshiliklarini  tugatish  yoki  yakdil 
fikrga yaqinlashish maqsadlarini ko’zlovchi muomala jarayonidan iborat.  

74 
 
 
 
 
Diplomatik  muzokaralarda  bir  tomonda  diplomatik  vakolatxona 
(elchixona  va  maxsus  missiya)  boshliqlari  va  ikkinchi  tomondan  esa 
Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etadi. 
Xuddi 
diplomatik 
muzokaralar 
kabi 
to’g’ridan  to’g’ri 
muzokaraning  ham  umumiy  qoidalari  mavjud.  Unda  uchinchi  davlat 
aralashuvi  cheklanadi,  faqat  ishtirokchilar  o’rtasida  muzokara  olib 
boriladi.  Bu  jarayon  har  xil  tashkiliy  tayorgarliklar  talab  etmaydi.  Kun 
tartibida  tomonlar  lozim  deb  topgan  masalani  muhokama  qilish  uchun 
imkoniyat  yaratadi.  Muzokaralar  maxfiy  bo’lishi  lozim.  Ko’pincha 
muzokaralar  xatlar  almashinuvi  orqali  amalga  oshiriladi  hamda  odatda 
qabul qilinishi lozim bo’lgan shartnoma matni ilova qilinadi. 
Ko’p tomonlama muzokaralar uchdan ortiq ishtirokchilari mavjud 
muzokaralar  majlis,  yig’ilish  deb  nomlanadi.  Yig’ilishning  juda  keng 
shaklini  konferensiya  tashkil  qiladi.  Muzokara,  uchrashuv,  konsultatsiya, 
yig’ilish,  konferensiya  va  boshqalar  nomlanishidan  qat’iy  nazar  yuridik 
ahamiyat bir xil.  
Yuqoridagi  muzokaralardan  tashqari  quyidagi  ko’rinishda  ham 
muzokaralar mavjud.  
1.
 
Rasmiy muzokaralar. Odatda ma’lum bir shartnomaning rasmiy 
matnini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonni rasmiy akt tuzish 
orqali mustahkamlab qo’yishadi. 
2.
 
Norasmiy  muzokaralar.  Biron  bir  masalani  muhokama  qilish 
bilan  chegaralanadi  yoki  fikrlar  bilan  almashiniladi.  Odatda  bu  turdagi 
muzokaralarni konsultatsiya deb nomlashadi. 
3.
 
Yuqori darajadagi muzokaralar. Bu kabi muzokaralarda odatda 
davlat  boshliqlari  va  hukumat  boshliqlari  ishtirok  etishadi.  Kamdan  kam 
bu  uchrashuvlarni  Sammit  (ing.  –  yuqori)  deb  nomlanadi.  Bu  kabi 
uchrashuvlarda juda global muammolar muzokara qilinadi. 
 
MUZOKARALAR
 
1.Diplomatik 
muzokara
 
2. To’g’ridan to’g’ri 
muzokara 
 
3. Ko’p tomonlama 
muzokara
 

75 
 
Shartnomaning  matni  muzokaralar  jarayonida  ishlab  chiqiladi  va 
qabul  qilinadi.  Muzokaralarni  olib  borish  natijasida  ko’p  tomonlama 
shartnomalarni  imzolanishiga  olib  keldi.  Davlatlarning  mafkurasi, 
qarashlari,  urf-odatlar  hamda  huquqiy  tizimini  umumiylashtirish  juda 
qiyinligini  hisobga  olish  lozim.  Mutaxassislarning  fikricha,  muzokara 
jarayoni  shartnomalarni  qabul  qilish  jarayonining  eng  muhim  bosqichi 
hisoblanadi.  Zero,  bu  jarayon  juda  katta  mas’uliyat  talab  qiladi.  Xalqaro 
munosabatlarning  murakkablashuvi  muzokaralarning  qiyinlashuviga  ham 
olib kelish mumkin.  
Muzokaralarning  xalqaro-huquqiy  asosi  sifatida  umumtan  olingan 
prinsiplarni  ko’rsatish  mumkin.  Chunki,  ko’pchilik  davlatlarning  asosiy 
qonunlari mazkur prinsiplarga tayanadi. 
Muzokaralar  institutini  tartibga  soladigan  alohida  Konvensiya 
mavjud emas. Faqat 1999 yil 20 yanvardagi BMT Bosh Assambleyasining 
“Xalqaro  muzokaralarni  olib  borish  prinsiplari  va  qoidalari”  nomli 
rezolyutsiyasi katta ahamiyatga ega.  
Muzokaralar  yuridik  ahamiyatidan  ko’ra  ko’proq  siyosiy 
ahamiyatga ega. Muzokaralar og’zaki va yozma shakllarda bo’ladi.  
Muzokara  jarayonida  konferensiya  ishtirokchilari,  ya’ni  kimlar 
ishtirok  etishi  masalasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunda  delegatsiya 
vakolati  davlat  boshlig’i,  hukumat  boshlig’i  yoki  tashqi  ishlar  organiga 
berilishi  nazarda  tutilmoqda.  Delegatsiya  jo’natayotgan  davlat  uning 
tarkibini belgilab beradi.  
Konferensiya  mansabdor  shaxslari  uning  raisi,  rais  o’rinbosari, 
konferensiya  qo’mitalarining  har  birining  ma’ruzachisi,  tahririyat 
qo’mitasi  raisi  kabi  mansabdor  shaxslardan  iborat  bo’ladi.  Ularni  saylash 
yoki tayinlashda umumiy geografik adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim. 
Konferensiyaning  asosiy  organlari  plenum,  bosh  qo’mita,  tahrir 
qo’mitasi, vakolatlarni tekshiruvchi qo’mita, asosiy qo’mitalar, yordamchi 
organlar, kotibiyatdan iborat bo’ladi. 
Konferensiyada  vaqt  aniq  kelishib  olinadi.  Ovoz  berish  yo’li 
aniqlanadi,  qaror  qabul  qilish  tartibi  ko’rsatiladi.  Konferensiyaning  tili 
belgilanadi.  
 
 
 
 
 

76 
 
5.2. Shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi 
organlar 
 
Shartnomalarning  tuzishda  davlat  nomidan  uning  tegishli  organlari 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Xalqaro  munosabatlarda  davlatning  vakili 
hisoblangan  organlarning  mavjud  bo’lmasligi  davlat  nomidan  xalqaro 
majburiyatlarni  olish,  ularni  bajarish,  xalqaro-huquqiy  sub’ektivlikni 
tashkil  etishning  imkoni  yo’qligini  ko’rsatadi.  Ma’lumki,  xalqaro 
huquqning sub’ekti sifatida hokimiyatga ega bo’lish davlatning o’ziga xos 
xususiyatlaridan biridir. 
Shu tariqa, davlat nomidan chiquvchi u yoki bu organning shartnoma 
tuzish  huquqi  masalasining  yechimida  xalqaro  huquqda  aniq  bir  ma’noga 
ega.  Vena  konvensiyalariga  muvofiq  ishtirokchilar  shartnoma  imzolash 
vakolatidan  foydalanib,  shartnoma  majburiyatiga  asoslangan  holda 
davlatning  ichki  huquqini  buzuvchi  holatga  rozilik  berish  huquqiga  ega 
emas,  ya’ni  shartnoma  imzolash  huquqiga  egaligidan  foydalanib  davlat 
nomidan  qatnashayotgan  ishtirokchi  shartnoma  shartlarini  ular  davlatning 
ichki  qonuniga  zid  kelgan  taqdirda  ham  bajarish  huquqiga  ega  emas. 
Bunday  holat  konstitutsion  huquqlariga  e’tibor  bermaslikni  anglatmaydi. 
Davlat  shartnoma  imzolash  vakolatiga  nisbatan  o’zining  ichki 
huquqlaridagi  holatlariga  tayanishi  mumkin,  agar  aniq  buzilgan  holatlar 
bo’lsa  va  alohida  ahamiyatga  ega  bo’lgan  ichki  huquq  normalariga  oid 
bo’lsa.  Vena  Konvensiyasining  46-moddasiga  ko’ra,  “Huquqbuzarlik 
yaqqol  hisoblanadi  qachonki,  odilona  harakat  qilanayotgan  har  qanday 
davlat uchun ob’ektiv jihatdan aniq ko’ringanda” deyilgan. 
Xalqaro-huquqiy  nuqtai  nazardan  shartnoma  davlat  boshlig’i 
tomonidan tuzilganmi yoki hukumat tomonidan tuzilganmi ahamiyatsizdir. 
U  yoki  bu  holatda  ham  kelishayotgan  tomon  davlat  hisoblanadi,  uning 
organi  emas.  Ikkala  holat  siyosiy  ahamiyatida  farq  bo’lsada,  shartnoma 
teng yuridik kuchga ega bo’ladi. 
Shartnoma  tuzishda  davlatlar  nomidan  ishtirok  etayotgan  vakil 
organlarning  darajasi  teng  bo’lishi  kerak.  Qiyosiy  jihatdan  kamdan-kam 
istesnoli, ilojsiz shartlar bilan tushuntiruvchi holatlar ham mavjud bo’lgan 
taqdirda, favqulodda holat sifatida baholanadi.  
1969  yildagi  Vena  Konvensiyasining  7-moddasida,  tegishli  vakolat 
taqdim  etishidan  qat’i  nazar  funksiyalari  kuchidan  kelib  chiqqan  holda 
davlat nomidan ishtirok eta oladigan shaxslar doirasini aniqladi: 

77 
 
1)  barcha  shartnomalarni  tuzishga  oid  bo’lgan  aktlarni  amalga 
oshirish  maqsadida  -  davlat  boshlig’i,  hukumat  boshlig’i  va  tashqi  ishlar 
vaziri (ex officio vakolat taqdim etishi shart emas); 
2)  akkreditatsiya  qiluvchi  davlat  va  akkreditatsiyani  amalga  oshirib 
bo’lgan  davlat  o’rtasida  shartnoma  matnini  qabul  qilish  maqsadida  – 
diplomatik delegatsiya boshliqlari; 
3) davlat tomonidan xalqaro konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki 
uning  organlaridan  birida  xuddi  shunday  konferensiya  yoki  xalqaro 
tashkilot yoki organlarda shartnoma matnlarini tuzishda davlatni namoyish 
etish, davlat nomidan qatnashishi.  
Oxirgi ikkitasi shartnomani imzolashi uchun maxsus vakolat taqdim 
etiladi.  Bundan  kelib  chiqadiki,  “shartnoma  tuzilishiga  taalluqli  barcha 
aktlarni amalga oshirish maqsadida”: 
 
 
 
Boshqacha  qilib  aytganda,  ular  shartnoma  majburiyatlariga  rozilik 
bildira  olishadi.  Aytib  o’tilganiday,  qaysi  organ  ishtirok  etishidan  qat’iy 
nazar,  shartnoma  tuzilishida  undagi  tomon  davlat  hisoblanadi.  Biroq 
tajribadan  ma’lumki, u yoki bu siyosiy sabablarga ko’ra kelishuvlar faqat 
hukumat majburiyati sifatida ko’riladi. 
Davlat boshlig’i. Davlat boshlig’ining asosiy huquqi bo’lib davlatini 
xalqaro munosabatlarda namoyon etadigan shaxs tushunib kelingan. U o’z 
faoliyatini  mutloq  monarxiyadan  boshlab  kelgan.  Monarxning  davlat 
hukumatiga  huquqlari  mutlaq  ko’rinishga  ega  bo’lib  kelgan  (jus 
representationis  omnimodae).  Bugungi  kunga  kelib  davlat  rahbarining 
konstitutsiyaviy huquqlari shaklan birmuncha o’zgargan bo’lsada, umumiy 
qoidalari  saqlanib  qoldi.  1993  yilda  BMTning  Xalqaro  sudi  “davlat 
boshlig’ining  asosiy  vazifasi  u  davlatni  nomidan  xalqaro  munosabatlarda 
ishtirok  etadi  va  bu  umume’tirof  etiladi...”  deb  belgilagan.  Keyinchalik 
tashqi ishlar 
vaziri 
hukumat 
boshlig’i 
davlat 
boshlig’i 
davlat nomidan 
ishtirok etadi 

78 
 
1996 yilda Sud tomonidan ushbu qoida yanada aniqroq va to’liqroq tarzda 
e’tirof  etiladi:  “davlat  boshlig’ining  davlat  nomidan  xalqaro 
munosabatlarda  ishtirok  etish  prezumpsiyasida  hech  qanday  shubha 
bo’lishi  mumkin  emas...”.  Ko’rib  turganimizdek,  davlat  boshlig’ining 
vakolati  doirasiga  xalqaro-huquqiy  jihatdan  baho  berilmoqda.  Bundan 
tashqari,  xalqaro  singari  ichki  huquq  bilan  rad  etilishi  mumkin  bo’lgan 
prezumpsiya haqida so’z yuritilmoqda.  
Davlat boshlig’ining konstitutsiyaviy huquqlari va vakolatlari doirasi 
ko’p  jihatdan  davlat  shaklining  prezidetlik  yoki  parlamentar  ekanligiga 
bog’liq.  Birinchi  navbatda  ijro  hokimiyatining  vakolatlari  kengroqdir. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  Prezidentning  xalqaro 
munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi ta’kidlab o’tilgan
1
.  
Hukumat.  Hukumatning  vakolatlari  doirasi  kengayib  borayotganligi 
tendensiyasi  mavjuddir.  Uning  rahbari  vakolatlari  doirasi  deyarli  davlat 
rahbariniki  singari  kengdir.  Ba’zi  davlatlar  qonunchiligiga  ko’ra 
shartnomalar 
tuzish 
vakolati 
to’laligicha  ijro  hokimiyatidadir. 
Hukumatlararo 
bitimlarning 
rasmiylashtirilishi 
davlatlar 
o’rtasida 
tuziladigan bitimlarga nisbatan ancha soddaroqdir
2

Tashqi  ishlar  vazirligi.  Xalqaro  majburiyatlarni  qabul  qilinishida 
tashqi  ishlar  vazirining  vakolatlari  kengayib  borayotganligi  tajribadan 
ma’lum.  Bu  tendensiya  ayni  ikkinchi  Jahon  urushidan  keyin  ancha 
kengayib bordi. Avvallari tashqi ishlar vazirlari bitimlar tuzishni qo’shma 
murojaatnomalar, notalar almashinuvi va “jentlmenlik kelishuv”lari orqali 
amalga oshirganlar. 
Tashqi  ishlar  vazirining  vakolatlari  kengayganligi  sabab  xalqaro 
huquq  tajribasida  ichki  qonunchilikka  nisbatan  kengroq  o’zgarishlar 
kiritildi.  Ushbu  jarayon  tuziladigan  shartnomalar  hajmining  kengayib 
borishi  bilan  bevosita  bog’liqdir.  Natijada  davlatning  bevosita  vakili 
sifatida tashqi ishlar vaziri xalqaro maydonga chiqadi. Bu masala bo’yicha 
Xalqaro  sudning  Doimiy  palatasi  tomonidan  qabul  qilingan  1933  yilgi 
Sharqiy  Grenlandiyaning  huquqiy  maqomini  belgilab  berish  to’g’risidagi 
ish muhim ahamiyatga egadir
3

Vazirliklar  va  idoralar.  Xalqaro  hamkorlikning  maxsus  sohalarda 
rivojlanib  borishi  bilan  tegishli  shartnomalarni  tuzishda  davlatni  ifoda 
etgan holda ko’pgina vazirliklar va idoralarning ishtiroki hamda roli oshib 
bordi.  
                                                 
1
 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси (93 модда, 3 банд). – Т.: 2014. – Б.44 
2
 Read J. International Agreements//Canadian Bar Review. Vol. 26. 1948. P. 524. 
3
 PCIJ. 1933. Ser. A/B, No. 53. P. 71. 

79 
 
Aytib  o’tish  joizki,  tajribaga  ko’ra  idoralararo  shartnomalarga  ham 
xalqaro-huquqiy shartnomalar sifatida qaraladi.  
O’zbekiston  Respublikasining  Xalqaro  shartnomalar  to’g’risidagi 
qonunida  idoralararo  shartnomalarga  “idoralararo  xarakterga  ega” 
shartnomalar deb  nomlangan.  Qonunda shartnomani tuzishdagi vakolatlar 
borasida  shunday  deyiladi:  “Vazir  yoki  idora  rahbarlari  vakolatlari 
doirasida  maxsus  muzokaralar  olib  borishi  va  shartnomalar  imzolashi 
mumkin”  (13-modda).  Ko’rib  turganimizdek,  vazirliklar  va  idoralar 
rahbarlarining vakolatlari keng va ravshan belgilab qo’yilgan.  
Vakolatlar  va  yo’riqnomalar.  Agarda  mas’ul  shaxsda  shartnomani 
tuzish  vakolati  bo’lmasa,  u  holda  tegishlicha  maxsus  vakolatga  ega 
bo’lishi lozim.  
Maxsus  vakolat  deganda,  ma’lum  shaxsga  maxsus  davlat  organi 
tomonidan  berilgan  va  u  davlat  nomidan  shartnomalar  tayyorlash  hamda 
tuzishni nazarda tutuvchi yuridik hujjat tushuniladi. 
1969  yilgi  Vena  konvensiyasida:  “Davlatni  yoki  hukumatni  ifoda 
etuvchi  shaxs  shartnomalar  tuzish,  shartnoma  matni  autentligini  belgilash 
va davlatlar roziligi kelishuviga ishtirok etishligi uchun o’zi bilan quyidagi 
hujjatlarni  taqdim  etishi  lozim:  a)  u  tegishli  vakolatni  taqdim  etadi;  b) 
tajribaga  ko’ra  ushbu  vazifalarni  bajarishga  mas’ul  etib  tayinlangan 
shaxsdan  maxsus  vakolatni  talab  qilmaslikni  ham  nazarda  tutadi”  (7-
modda, 1-qism) 
Ikki  tomonlama  shartnoma  imzolayotganda  ikki  davlat  vakillari 
vakolatlarini  o’zaro  almashinish  hollari  ham  mavjud.  Ba’zi  muhim 
ahamiyatga 
ega 
shartnomalar 
muqaddimasida 
vakolatlar 
o’zaro 
almashinishi  haqida  ta’kidlangan  bo’ladi  va  ba’zi  hollarda  esa  zaruriy 
ko’rinishga  ega  bo’ladi.  Ko’ptomonlama  shartnomalarni  tuzishda 
konferensiya  jarayonida  vakolatlar  kotibiyatga  taqdim  etiladi.  Ularni 
ko’rib  chiqishda  maxsus  qo’mita  tuziladi  va  u  ko’rib  chiqish  natijalari 
haqida konferensiyada batafsil hisobot beradi. 
Vakilga  taqdim  etilgan  vakolatlarni  buzilishi  hollari  vakolatlarni 
taqdim  etgan  davlat  uchun  harakatlarini  tan  olmaslikni  yuzaga  keltiradi. 
Agarda vakil shartnomaga nisbatan vakolatlarida nazarda tutilmagan xatti-
harakatlarni  sodir  etsa,  u  holda  uning  harakatlari  yuridik  asossiz 
hisoblanadi. 
Vena  konvensiyasining  7-moddasiga  muvofiq  bu  borada  shunday 
keltiriladi: “davlat tomonidan tasdiqlanmagan vakil tomonidan tuziladigan 

80 
 
shartnomadagi  dalolatnomani  taqdim  qilinishi  yuridik  ahamiyatsiz 
hisoblanadi”. 
Vakilga  vakolatlardan  tashqari  yo’riqnomalar  ham  beriladi. 
Yo’riqnoma o’zida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatni ifoda 
etib, vakilning muzokaralar mobaynida pozitsiyasini, shartnomaning lozim 
darajadagi  tarkibini  va  uning  ma’qullanishi  shartlarini  o’zida  mujassam 
etadi.  Yo’riqnoma  asosan  delegatsiyaning  ichki  hujjati  hisoblanib 
muzokaraning  barcha  ishtirokchilari  e’tiboriga  ham  yetkazilavermaydi. 
Shuning  uchun  ham  vakilning  vakolatlariga  nisbatan  o’rnatilgan 
cheklovlar  uning harakatlarini  huquqqa  ega  emas  deb  topishga  asos  bo’la 
olmaydi.  Tegishli  cheklovlar  bilan  boshqa  ishtirokchilar  ham  xabardor 
etilishi istisno holatini tashkil etadi. 
 
5.3. Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari 
 
1969  yildagi  Vena  Konvensiyasi  “har  bir  davlat  shartnoma  tuzish 
huquqiga ega” deb belgilaydi. Xalqaro tashkilotlar bilan esa boshqacharoq 
vaziyat.  Xalqaro  tashkilotlarning  hammasi  ham  bunday  huquqqa  ega 
bo’lavermaydi.  Bundan  tashqari,  davlatdan  farqli  o’laroq  ularning  bu 
huquqi  individual  hisoblanadi.  Bir  tashkilot  aynan  bir  munosabatlarda 
boshqasidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. 
Shuni hisobga olgan holda 1986 yildagi “Xalqaro tashkilot va davlat 
yoki xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilot o’rtasidagi shartnomalar huquqi 
to’g’risida”gi Vena Konvensiyasi quyidagi holatni o’rnatdi: 
“Xalqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqi shu tashkilot qonun-
qoidalari  bilan  tartibga  solinadi”  (6-modda).  “Tashkilot  qonun-qoidalari” 
deganda, qisman tashkilotning ta’sis hujjatlari, ularga mos ravishda qabul 
qilingan qaror va rezolyutsiyalar, yana tashkilotning o’rnatilgan tajribalari 
tushuniladi (2-modda). 
Bu 
holatlar 
o’ta  muhim  vaziyatlarni  –  shartnomalararo 
munosabatlarda  turli  tashkilotlarning  vakolatlari  umuman  tubdan  farq 
qilishini  inobatga  oladi.  Bunda  tajriba  yordamida  tashkilotlarning  qonun-
qoidalari  jadal  va  bir  xilda  bo’lmagan  holda  rivojlanadi.  Shuning  uchun, 
Xalqaro  huquq  Komissiyasi  izohida  aytib  o’tilganiday,  eslatib  o’tilgan 
modda loyihasida “kodifikatsiya kuchga kirgan vaqtdan boshlangan tajriba 
emas,  balki  ushbu  qonun-qoidalari  bilan  to’plangan  tajriba  ko’lami  bilan 
tashkilotning qonun-qoidalarini o’zgartirish yoki to’ldirish imkoniyatining 

81 
 
o’zi” nazarda tutiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, yaxlit qonun o’rnatish 
bilan tashkilotlarning imkoniyatlarini cheklanmaslikka qaror qilingan. 
1969 yildagi Vena Konvensiyasi shartnoma matnlarini qabul qilishda 
vakolat  berilgan  vakillar  o’sha  davlatni  konferensiya  yoki  tashkilotda 
nomidan  ishtirok  etish  huquqini  mustahkamladi  (2  bo’lim,  7-modda).  Bir 
necha yildan keyin 1975 yildagi “Universal xarakterga ega bo’lgan xalqaro 
tashkilotlarning  davlatlar  vakolatxonalari  bilan  munosabatlari  haqida”gi 
Vena  Konvensiyasida  1969  yilgi  Konvensiyadagi  holatdan  farq  qiluvchi 
vaziyat  bayon  etilgan.  1975  yilgi  Konvensiya  bunday  huquq  faqat  davlat 
boshliqlariga  tegishli  deb  ta’kidlaydi  (12-modda).  1975  yildagi 
Konvensiya davlatlarning so’nggi holatini tasvirlanganligini inobatga olib, 
Komissiya  xalqaro  tashkilotlar  ishtirokidagi  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
haqidagi  moddalar  loyihasiga  ham  tegishli  o’zgartirishlar  kiritdi.  1986 
yildagi  Konvensiyada  faqat  vakolatxona  boshliqlariga  tegishli  huquqlar 
haqida gapirilgan. 
Muayyan  hollarda  oliy  mansabdor  shaxsning  shartnomani  tuzish 
bo’yicha  vakolati  tashkilotning  tegishli  organi  qaroriga  muvofiq  amalga 
oshirilishi mumkin. Bu tajriba tashkilotlar tomonidan avvaldan qo’llanilib 
kelingan.  
Masalan,  1949  yilda  Butunjahon  Sog’liqni  Saqlash  Assembleyasi  tomonidan 
BSSning  bosh  direktoriga  Sharqiy  O’rta  Yer  dengizi  va  janubi-sharqiy  Osiyo 
mintaqaviy  tashkilotlarida  BSSning  vakolatlari  va  immunitetlarini  qo’llash 
to’g’risidagi Misr va Hindiston bilan kelishuv bitimi imzolashni yukladi.  
Bizga  tashkilotlarning  vakolatlarini  bir  organdan  boshqa  organga 
o’tkazilganligi hollari tajribadan ma’lum.  
BMT  Ustavining  43-moddasi  3  qismiga  ko’ra,  qurolli  kuchlar  borasidagi 
bitimlar  tuzish  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Aslida  bu  turdagi 
bitimlar Xavfsizlik Kengashi ruxsatiga ko’ra BMT Bosh Kotibi tomonidan tuziladi.  
Davlatdagi  singari  tashkilotlar  kelishuvni  nomuvofiq  deb  topish 
vajida  shartnoma  majburiyatlarini  bajarmaslik  shartlari  buzilgan  deb 
e’tirof eta olmaydi. Shartnoma shartlarini buzilishi o’ta muhim ahamiyatga 
ega  bo’lsa  va  alohida  ahamiyat  kasb  etadigan  holatlarga  istisno  sifatida 
qaraladi. 
Komissiya  ushbu  holatni  muhokamasiga  alohida  e’tibor  qaratdi. 
Natijada  1969  yilgi  Vena  konvensiyasiga  yakuniy  shartlar  kiritildiki,  u 
shartlar  davlat  vakolatlarni  taqsimlash  va  o’zgartirish  borasidagi  qarorni 
qabul  qiluvchi  yagona  omil  sifatida  e’tirof  etdi.  Agarda  shartlar  buzilish 
hollari  davlatni  ichki  qonunchiligida  oddiy  xatti-harakatlar  orqali  amalga 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling