Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25

82 
 
oshirilgan bo’lsa, unda bunday harakatlar davlat yoki tashkilot tomonidan 
tan olinmaydi va buzilish sifatida e’tirof etilmaydi. 
Davlatlar  singari  tashkilotlar  ham  tashkilot  raisining  vakolatlariga 
ham  maxsus  ravishda  cheklashlar  o’rnatishi  mumkin.  Komissiya 
bayonotlarida  qo’llanish  bo’yicha  maxsus  tizim  ham  nazarda  tutilgan. 
Ushbu  qo’llanmalar  rais  uchun  muzokaralar  barcha  ishtirokchilarini 
xabardor  etilgan  holdagina  kuchga  ega  bo’ladi,  aks  holda  bu  holat 
shartnoma kelishuvini nomaqbul deb topishga asos bo’lmaydi. Davlatdagi 
singari tashkilotlar uchun yagona tizimning o’rnatilishi maqsadga muvofiq 
holat sifatida qaraladi. 
 
5.4. Shartnoma matnini qabul qilish 
 
Matnni qabul qilish shartnoma mazmuniga rozilik bildirilganligining 
yakuniy  bosqichi  hisoblanadi.  Lekin,  matnni  qabul  qilish  uchun  ovoz 
berishda  davlat  hech  qanday  darajada  uning  qoidalariga  o’zini 
bog’lamaydi. 
O’tmishda  hamma  uchun  umumiy  –  shartnoma  matni  kelishuv 
ishtirokchilarining barchasi tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin 
degan  qoida  mavjud  edi.  Ko’ptomonlama  tuzilayotgan  shartnomalarda 
ishtirok etuvchilar sonining ko’payishi amaliyotda matnni ko’pchilik ovoz 
bilan qabul qilishni imkoni yo’qligini taqozo etdi.  
Bunda 
bir 
ovozga 
kelishishni 
talab 
qilish 
demokratiya 
hisoblanmaydi,  zero  u  bitta  yoki  bir  nechta  davlatning  ko’pchilik 
ishtirokchilarni ovozini ham yo’qqa chiqaruvchi rozilikni to’sib qo’yishga 
olib keladi
1

Shuni  inobatga  olgan  holda,  Xalqaro  huquq  Komissiyasi  bir  ovoz, 
yaxlit  kelishuv  qoidasini  tabiiyki  ikkitomonlama  tuzilgan  shartnomalar, 
ishtirokchilar soni uncha ko’p bo’lmagan shartnomalar uchun saqlab qoldi. 
Keng  hisoblangan  ko’ptomonlama  shartnomalarda  esa,  ishtirokchilarning 
uchdan  ikki  qismi  ovoz  berish  qoidasini  o’rnatishni  taklif  etdi,  bunda 
kelishuv  ishtirokchilari  boshqa  qoidalarni  ham  o’rnatishlari  mumkin.  Bu 
taklif Vena Konferensiyasida xalqaro huquqning jadal rivojlanishi sifatida 
baholandi. 
Matnlar  xalqaro  tashkilotning  u  yoki  bu  organi  doirasidan  qabul 
qilinadigan  holatlarda  qabul  qilish  tartib-qoidalari  o’sha  tegishli 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров 
- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.171. 

83 
 
organlarning  qoidalari  bilan  aniqlanadi.  Qabul  qilish  rezolyutsiya  bilan 
rasmiylashtiriladi. 
BMT 
Bosh 
Assambleyasining 
bu 
toifadagi 
rezolyutsiyasi quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi. Bosh Assambleya: 
1)
 
Ushbu rezolyutsiyadagi holatni o’zida mujassamlagan “..........” 
haqidagi  BMT  Konvensiyasini  qabul  qiladi,  imzolash  yoki  qo’shilish 
uchun ochadi; 
2)
 
barcha  hukumatlarni  bu  konvensiya  ishtirokchisi  bo’lish 
masalasini ko’rib chiqishga chaqiradi. 
BMT Bosh Assambleyasining konferensiya majlisida jarayonlarning 
tartib-qoidasi  loyihasini  manfaatdor  davlatlar  bilan  fikr  almashgan  holda 
Bosh  Kotibiyat  tayyorlaydi.  Lekin  bu  loyiha  unga  har  qanday 
o’zgartirishlar kirita oladigan konferensiyaning o’zida qabul qiladi. 
Aytib  o’tilganlardan  kelib  chiqib,  Xalqaro  huquq  Komissiyasi 
davlatlar  kabi  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  o’tkaziladigan  konferensiya 
yig’ilishlari  ham  yagona  qoidaga:  matni  qabul  qilish  tartibini  aniqlash  – 
konferensiya  ishtirokchilarining  ishi  deb  qaror  qildi.  Bundan  tashqari, 
Komissiya  yanada  qulayroq  variant  –  matnni  ishtirokchilarning  uchdan 
ikki  qismi  ovozi  bilan  qabul  qilishni  taklif  etish  maqsadga  muvofiq  deb 
topdi.  Mazkur  holatni  o’zgartirish  zarurati  ham  uchdan  ikki  qism  ovozi 
bilan amalga oshirilishi e’tirof etilganligining o’zi ham alohida ahamiyatga 
ega.  Mazkur  holatlarni  asoslagan  holda,  Komissiya  matnni  qabul  qilish 
qoidasi asosan ko’pchilik ovoz, ya’ni uchdan ikki qism  ovozi bilan qabul 
qilingan holatlar amaliyotiga tayandi. 
Shartnoma  matnini  qabul  qilish  masalasi  xalqaro  tashkilotlar 
ishtirokidagi shartnomalar huquqining moddalari loyihalari muhokamasida 
yana  yuzaga  chiqdi.  Ko’p  hollarda  tashkilotlar  keng  ko’lamli 
ko’ptomonlama  shartnomalarni  tayyorlashda  kuzatuvchi  sifatida  ishtirok 
etadi.  Ular  o’z  fikr  mulohazalarini  bildirishlari  mumkin.  Ammo  matnni 
qabul  qilishda  qatnashmaydilar.  1968  –  1969  yillardagi  shartnomalar 
huquqi haqidagi Vena Konferensiyalarida ham ular shunday maqomga ega 
bo’lishgan.  Hatto  1986  yildagi  Xalqaro  tashkilotlar  ishtirokidagi 
shartnoma 
huquqi 
haqidagi 
Konvensiyani 
ishlab 
chiqqan 
konferensiyalarda ham ularning maqomi kuzatuvchilar maqomidan salgina 
farq qilgan.  
Shuning 
uchun 
muzokaralarda 
ishtirok 
etayotgan 
xalqaro 
tashkilotlarning teng huquqli ishtirokchisi sifatida qatnashishi haqida so’z 
bormoqda.  Ko’p  holatlarda  ikki  tomonlama  shartnomalar  ishtirokchisi 
bo’ladi.  Ularning  tayorgarligi  tashkilotning  u  yoki  bu  organida  yoki  shu 

84 
 
maqsadda  tuzilgan  mazkur  davlat  vakillari  ishtirokidagi  qo’mitalarda  olib 
boriladi. Aniq  masalalar  yuzasidan shartnomalar,  masalan O’zaro yordam 
ko’rsatish  haqida,  tashkilotlar  kotibiyati  vakillari  va  mutanosib  davlat 
hukumati  o’rtasidagi  muzokaralarga  kirishish  arafasida  tayorlanadi. 
Tashkilotlar 
o’rtasidagi  shartnomalarni  tayorlash  uchun  odatda 
hamkorlikdagi yoki qo’shma qo’mitalar tuziladi. 
Ko’ptomonlama  shartnomalarning  rivojlanishi,  ularning  xalqaro 
munosabatlar  va  milliy  qonunchilikka  ta’siri  ortib  borishi  natijasida 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  instituti  muhim  ahamiyat  kasb  eta 
boshlaydi.  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  instituti  shartnomaning 
majburiyligiga  rozilik  berish  bilan  bog’liq.  1969-yilgi  Vena 
Konvensiyasida: “… davlatning shartnomani majburiyligiga rozilik berishi 
va qo’shimcha shart (ogovorka, clause) bilan bog’liq akt: ” (20-modda 4-
band) deyiladi.  
 
 
Qo’shimcha  shart
1
  –  muallifiga  nisbatan  shartnomaning  muayyan 
normalarini  yuridik  harakatini  bekor  qilish  yoki  to’xtatib  turishga 
qaratilgan,  shartnomaga  rozilikni  bildiruvchi,  davlat  yoki  xalqaro 
tashkilotlarning har qanday nomdagi bir tomonlama murojaati
2

Bundan kelib chiqadiki, hujjatni qo’shimcha shart (ogovorka, clause) 
deb  qabul  qilish  uchun  uning  nomi  (murojaat,  tushunish,  izoh  yoki 
boshqalar) emas, balki uning maqsadi – muallifiga nisbatan shartnomaning 
muayyan normalarini yuridik harakatini bekor qilish yoki to’xtatib turishi 
ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun,  biz  qo’shimcha  shart  (ogovorka, 
clause)  yoki  boshqa  hujjat  bilan  ishlayotganimizni  aniqlashda  uning 
nomlanishi emas, maqsadiga e’tibor berishimiz lozim.  
Qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  shartnomaga  rozilik 
bildirishning  har  qanday  shaklida:  imzolash,  ratifikatsiya  qilish,  rasmiy 
tasdiqlash,  qabul  qilish,  qo’shilish  yoki  shartnomaga  nisbatan  vorislik 
                                                 
1
  Mazkur  atama  O’zbekiston  Respublikasining  “Xalqaro  shartnomalar  to’g’risidagi”  qonunining  24  –  moddasida 
“qo’shimcha shartlar” deb aks ettilgan. 
2
 Horn F. Reservations and Interpretative Declarations to Multilateral Treaties. Amsterdam. 1988 (514 p.). 
Qo’shimcha shart (ogovorka, clause) – xalqaro ko’p tomonlama 
shartnoma  qatnashchilaridan  birining,  shartnomaning  biror  qoidasini 
o’zi uchun  majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o’zgartirib 
qo’llash niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti. 

85 
 
qo’llanilganda  kiritilishi  mumkin  (shartnomaga  nisbatan  qo’llaniladigan 
vorislik masalasi 1978-yilgi “Shartnomalarga nisbatan davlatning huquqiy 
vorisligi to’g’risida”gi Vena Konvensiyasida belgilangan).  
Umumiy qoida bo’yicha xalqaro huquq subyektlari shartnomalarning 
majburiyligiga  rozilik  berayotgan  vaqtda  qo’shimcha  shart  (ogovorka, 
clause)  kiritishi  mumkin.  Qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  shartnoma 
tuzishning har qanday bosqichida kiritilishi mumkin, lekin shartnomaning 
majburiyligiga  rozilik  beruvchi  so’nggi  hujjatda  mavjud  bo’lgandagina 
huquqiy ahamiyatga ega bo’ladi. 
Shartnomada qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritilishi mumkin 
bo’lgan  moddalar  belgilanadi.  Bu  holatda  kirtilgan  qo’shimcha  shart 
(ogovorka,  clause)  boshqa  a’zolar  tomonidan  tan  olinishi  shart  emas. 
Lekin  shartnomada  boshqacha  tartib  belgilangan  bo’lishi  ham  mumkin. 
Bunday  holatlarda  a’zolar  orasida  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
ruxsat berilgan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) turiga kiradimi degan 
nizo kelib chiqishi mumkin.  
Dastlabki  Komissiya  a’zolari  soni  cheklangan  shartnomalarda 
qo’shimcha  shartlar  (ogovorka,  clause)  umumiy  tan  olinishi  lozimligi 
taklifi bilan chiqqan. Ammo davlatlar “a’zolar soni cheklangan” formulasi 
aniq  belgilanmagan  deb  tanqidga  uchragan.  Amaliyotda  “a’zolar  soni 
cheklangan”  shartnomalarga  ham  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
kiritilgan.  Shu  sababli,  Komissiya  bu  masala  bo’yicha  qo’shimcha  shart 
(ogovorka, clause) – shartnomaning obyekti va maqsadlariga mos bo’lishi 
kerakligini kiritib o’tgan.  
Shuning  uchun  cheklangan  sonli  a’zolardan  yoki  shartnomaning 
obyekti  va  maqsadidan  shartnoma  shartlarining  bajarilishi  uchun  barcha 
muzokarachilarning  shartnomaning  majburiyligiga  roziligi  shart  bo’lsa, 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  shartnomaning  barcha  a’zolari 
tomonidan qabul qilinishi lozim. 
Qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  shartnomaning  obyekti  va 
maqsadiga  mos  bo’lish  talabi  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi. 
Qo’shimcha shart  (ogovorka, clause) shartnomadan ko’zlangan  maqsadga 
erishishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. Bu norma umumiy xarakterga ega. 
Shu sababli davlatlar zarur holatlarda qo’shimcha shart (ogovorka, clause) 
masalasi aniq hal qilishni afzal ko’radi. 1993-yilgi “Iqtisodiy ittifoq tuzish 
to’g’risida”gi  shartnomada  Ittifoqqa  a’zolik  “ushbu  shartnomada 
ko’rsatilgan  huquqlar  va  to’liq  hajmdagi  majburiyatlarni  o’z  zimmasiga 
oladi”  (29-modda)  deyilgan.  Tabiiyki,  “ushbu  shartnomaga  qo’shimcha 

86 
 
shart  (ogovorka,  clause)  kiritilishiga  yo’l  qo’yilmaydi”  (32-modda). 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  kiritilishi  yo’l  qo’yilmasligi 
shartnomaga qo’shimcha protokollarda ham belgilanishi mumkin. 
Vena  Konvensiyalarida  alohida  holat  sifatida  tashkilotning  ta’sis 
hujjati  bo’lgan  shartnomalarga  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
kiritishni ajratib ko’rsatgan. Bunday holatda shartnomada boshqacha tartib 
nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
tashkilotning  vakolatli  organi  tomonidan  qabul  qilinadi.  Tomonlarning 
huquq  va  majburiyatlarida  bir  tomonga  ustunlik  berilishiga  yo’l 
qo’yilmaydi. Shu sababli, barcha holatlarda tashkilotning vakolatli organi 
tomonidan qo’shimcha shart (ogovorka, clause) qabul qilish talab qilinadi. 
Xalqaro 
amaliyotda 
bunday 
holatlar 
uchragan. 
IMKO 
Konvensiyasiga  nisbatan  kiritilgan  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
yuzasidan  BMT  Bosh  Kotibining  1959-yilgi  ma’ruzasiga  ko’ra,  “barcha 
holatlarda ushbu Konvensiyani sharhlash huquqiga ega bo’lgan organning 
fikri  ko’rib  chiqilishi  lozim”  deyiladi
1
.  Faqat  shunday  organ  Ustavda 
belgilangan  doirada  a’zolarning  majburiytlariga  o’zgartirish  kiritilishi 
mumkin. 
Umuman  olganda,  bu  norma  Vena  Konvensiyalarnining  5-moddasi, 
ya’ni  ular  tashkilotning  ustavi  doirasida  tashklotning  tegishli  qoidalariga 
zarar  yetkazmasdan  qo’llanilishi  qoidasidan  kelib  chiqadi.  Baribir  ushbu 
masalaga bag’ishlangan alohida norma o’zini oqlagan.  
Vena Konvensiyalariga ko’ra, agar gap yuqorida aytilgan masalalar, 
ya’ni  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  ta’qiqlangan,  tashkilotning 
ta’sis  hujjati  yoki  shartnomada  boshqacha  holat  keltirilmagan  bo’lsa,  12-
oylik muddat ichida hech kim unga nisbatan e’tiroz bildirmasa qo’shimcha 
shart (ogovorka, clause) davlatlar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan 
hisoblanadi.  Ushbu  muddat  qaysi  kechroq  amalga  oshirilganligiga  qarab, 
tegishli  subyekt  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  kiritilganligi 
to’g’risida  ogohlantirilganidan  boshlab  u  shartnomaning  majburiyligiga 
nisbatan rozilik bildirgunicha hisoblanadi (20-modda, 5-bandi).  
Shartnomaviy munosabatlar kelishuv xarakteriga ega. Shuning uchun 
qo’shimcha shart  (ogovorka, clause)  natijalari o’zarolik xususiyatiga  ega. 
Vena  Konvensiyalarning  21-moddasiga  binoan,  boshqa  davlatga  nisbatan 
qo’llanilgan  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  u  belgilagan  darajada 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  kiritilgan  normaning  xususiyatlarini 
o’zgartiradi.  Aynan  shunday  holatda  shartnoma  har  ikki  tomon  uchun 
                                                 
1
 Оfficial Records of the General Assembly. Fourteenth session. Annexes. Doc. A/4235. 

87 
 
majburiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Boshqa  a’zolarga  e’tibor  bersak, 
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ularning o’zaro munosabatlariga ta’sir 
o’tkazmaydi. 
Konvensiyalarga  muvofiq,  “agar  qo’shimcha  shartga  (ogovorka, 
clause)  nisbatan  e’tiroz  bildirayotgan  davlat  shartnomani  o’zi  va 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  kiritgan  davlat  o’rtasida  kuchga 
kirishiga  rozilik  bildirgan  bo’lsa,  bunday  qo’shimcha  shartni  (ogovorka, 
clause)  amal  qilish  doirasida  qo’shimcha  shartning  (ogovorka,  clause) 
normalari ushbu davlatlarga nisbatan qo’llanilmaydi” (21-modda 3-bandi). 
Vena  konvensiyalari  kelishuv  xarakteri  va  shartnoma  matnining 
yagonaligidan  kelib  chiqadi.  1969-yilgi  Vena  Konferensiyasida  Italiya 
vakili  “qo’shimcha  shartlar  (ogovorka,  clause)  shartnoma  jarayoning 
kasalligi va qo’shimcha shartni (ogovorka, clause) olib tashlash sog’ayish 
deb baholashni” taklif etgan
1
. Shu sababli Konvensiyada qo’shimcha shart 
(ogovorka,  clause)  va  unga  nisbatan  bildirilgan  e’tiroz  uni  bildirgan 
subyektlar  tomonidan  xohlagan  vaqtda  qaytarib  olinishi  mumkin  emas, 
shartnomada  boshqacha  holat  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  albatta  (22-
modda). 
Bu  umumiy  xarakterdagi  tartib.  Shu  bilan  birga  davlat  qo’shimcha 
shartni  (ogovorka,  clause)  hisobga  olgan  holda,  unga  mos  muayyan 
harakatlarni amalga oshirishi, hatto, qonun qabul qilishi mumkin. Natijada 
pozitsiyalarni kelishish uchun vaqt kerak bo’ladi. Ushbu holat e’tiboridan 
chetda  qolmagan  xalqaro  huquq  Komissiyasi  hattoki  boshqa  davlatlar 
qo’shimcha  shartdan  (ogovorka,  clause)  voz  kechish  to’g’risida 
ogohlantirilgan  bo’lishsa  ham  milliy  qonunchiligini  yangi  sharoitlarga 
moslashtirish  uchun  muayyan  muddat  talab  etilishini  aytib  o’tadi. 
Komissiya  bunday  holatlarda  majburiyatlarni  vijdonan  bajarish  prinsipi 
davlatlar  qo’shimcha  shartni  (ogovorka,  clause)  bekor  qilinishi  bilan 
bog’liq qiyinchiliklarga havola qilishiga yo’l qo’ymaydi deb hisoblagan
2

Qo’shimcha  shartning  (ogovorka,  clause)  ahamiyati  va  ularga 
nisbatan  bildiriladigan  e’tirozlarni  hisobga  olib  Vena  Konvensiyalari 
ushbu  hujjatlarning  yozma  shakli  belgilangan.  Qo’shimcha  shart 
(ogovorka, clause), qo’shimcha shartga (ogovorka, clause) qo’shilish yoki 
unga nisbatan e’tiroz bildirish yozma shaklda amalga oshirilishi lozim. Bu 
hujjatlar  nafaqat  kelishayotgan  tomonlar,  balki  shartnomaga  a’zo  bo’lish 
                                                 
1
 U.N. Conference on the law of Treaties. Second session. P. 37. 
2
 YBILC. 1966. Vol. II. P. 209. 

88 
 
huquqiga ega bo’lgan subyektlarga ham taqdim etiladi. Bu jarayon odatda 
depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.  
Yuqorida  aytilganidek,  qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause) 
shartnoma  tuzilishining  har  qanday  bosqichida  kiritilishi  mumkin,  lekin 
shartnomaning  malburiyligiga  rozilik  beruvchi  so’nggi  hujjatda  mavjud 
bo’lgandagina  huquqiy  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Qo’shimcha  shart 
(ogovorka, clause) shu vaqtdan boshlab kiritilgan hisoblanadi.  
Qo’shimcha  shartni  (ogovorka,  clause)  bekor  qilish  yoki  unga 
nisbatan  e’tiroz  bildirish  yozma  tarzda  amalga  oshirilishi  lozim  (23-
modda).  
Shunday qilib, ko’p tomonlama shartnomaning obyekti va maqsadiga 
zid  bo’lmagan  qo’shimcha  shartlarni  (ogovorka,  clause)  kiritish  kabi 
davlatlarning  suveren  huquqi  xalqaro  huquqda  mustahkamlangan. 
Qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  turli  huquqiy  tizimga  ega  bo’lgan 
davlatlarni  shartnomalarda  ishtirok  etishini  ta’minlaydi.  Xalqaro  huquq 
Komissiyasi 
uning 
keyingi 
harakatlari  “Xalqaro  shartnomalar 
to’g’risida”gi  Vena  Konvensiyalarida  belgilangan  rejimdan  kelib  chiqishi 
tasdiqlagan.  Shu  bilan  birga  boshqa  huquqlardan  foydalanish  kabi 
qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritish huquqidan foydalanishda ham 
suiis’temolchiliklarga 
yo’l  qo’yilmasligi  kerak.  Shuning  uchun, 
qo’shimcha  shartlar  (ogovorka,  clause)  to’g’risida  aniq  qoidalarni  ishlab 
chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.  
 
5.5. Shartnoma matnining autentligini belgilash 
 
Matnning  autentliligi  (haqiqiyligini,  muvofiqliligini,  ishonchligini 
tekshirish) 
matnning 
ishonchliligi, 
to’g’riligini  aniqlash,  matnni 
ishonchligi,  asliga  muvofiq  deb  topish  jarayoni  –  matn  to’g’ri,  yakuniy 
holatdaligi  va  o’zgartirilmaganligi  e’tirof  etish  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Bu  jarayon  o’z  ichiga  matnning  to’g’ri  ekanligini  tasdiqlovchi 
ma’lum bir harakatlarni o’z ichiga oladi. 
Agar 
matnning 
autentifikatsiyasidan 
so’ng, 
muzokaralar 
o’tkazayotgan  tomonlar  yoki  shartnomani  imzolovchilar  matnda  xatolik 
bor  deb  topishsa,  u  holda  matnni  mos  keluvchi  hujjatlar  yoki  tuzatish 
kiritilgan  hujjatlarni  almashtirish  yo’li  bilan,  avvalgi  hato  deb  topilgan 
matnni homaki nusxa sifatida qabul qilib, to’g’rilash mumkin. Va nihoyat, 
butun bir shartnoma matni boshdan, yangidan tuzilib avvalgisi qay tartibda 
qabul  qilingan  bo’lsa  xuddi  shu  tartibda  yana  qabul  qilinadi.  Agar 

89 
 
shartnoma  depozitariyga  berilgan  bo’lsa,  oxirgi  kiritilgan  tuzatish  haqida 
barcha  imzolovchi  va  kelishayotgan  tomonlarni  xabardor  qiladi.  Agar 
belgilangan  vaqt  ichida  tomonlar  o’z  raddiyalarini  berishmasa,  u  holda 
depozitariy  tuzatish  kiritilgan  bayonnomani  tarqatadi.  Shunday  amaliyot 
BMT Kotibiyatida mavjud. 
Oldingi  paytda  autentifikatsiya  shartnomalar  tuzishning  alohida 
bosqichi  sifatida  kam  ahamiyatga  ega  bo’lardi.  Odatda  autentifikatsiya 
qilish  usuli  matnni  imzolash  edi.  Shu  bilan  birga  imzolash  shartnomani 
ratifikatsiya yoki boshqa yo’l bilan so’nggi, yakuniy qabul qilish yo’lidagi 
ilk  qadam  sifatida  boshqa  bir  vazifani  ham  bajaradi.  Bundan  tashqari, 
imzolash  shartnoma  majburiyatlariga  rozilik  bildirish  akti  ham  bo’lishi 
mumkin. 
Ayni  paytda  matnning  autentligini  aniqlashning  turli  shakllari 
vujudga keldi: 
-
 
shartnoma  matnining  diplomatik  konferensiyaning  yakunlovchi 
aktiga kiritilishi bilan; 
-
 
xalqaro  tashkilotlar  doirasida  qabul  qilingan  hujjatlar  esa  ushbu 
xalqaro tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan imzolanganidan so’ng; 
-
 
matn rezolyutsiyaga kiritilishi bilan. 
Masalan,  Xalqaro  mehnat  tashkiloti  Ustavining  19-moddasiga  ko’ra, 
XMTning  konferensiyasi  orqali  qabul  qilingan  konvensiya  konferensiya  raisi  yoki 
XMT  Bosh  direktori  tomonidan  imzolanadi.  U  davlatlar  tomonidan  imzolanmaydi. 
Davlatlar  o’zlariga  shartnoma  bo’yicha  majburiyatlarni  ratifikatsiya  qilish  orqali 
zimmalariga  oladilar.  Bu  turdagi  amaliyot  shartnomani  tuzishda  autentlikni 
ta’minlashni  alohida  jarayon  sifatida  tashkil  etishni  taqozo  etdi.  Bundan  tashqari, 
matn  bir  tilda  qabul  qilinishi,  shu  bilan  birga,  ikki  va  undan  ortiq  tillarda 
autentifikatsiya  qilinishi mumkin. 
Autentifikatsiya  jarayoni  masalasi  muzokara  ishrokchilarining 
kelishuvi  bilan  hal  etiladi.  Agar  ishtirokchilar  o’zlari  bu  masalani  hal 
etishmasa  bu  holat  uchun  Vena  Konvensiyasi  mos  keluvchi  qoidani 
o’rnatgan.  Vena  Konvensiyasiga  asosan  shartnoma  matni  to’g’ri  va 
yakuniy hisoblanadi agar: 
 a) matnda ko’zda tutilgan jarayonning qabul qilinishi natijasida yoki 
ishtirokchilarning o’zaro kelishuvi bilan tuzilgan bo’lsa;  
b)  agar  bunday  jarayon  mavjud  bo’lmasa  u  holda  imzolash  yo’li 
bilan,  ad  referendum  imzolash  yoki  shartnoma  matni  ishtirokchilari 
vakillarining  rasmiy  ko’zdan  kechirib  chiqishi  bilan,  ushbu  matnni  o’z 
ichiga olgan konferensiyaning yakuniy akti bilan o’zaro keshilsa. 

90 
 
Parafirlash  (initialing  -  ingliz  tilidan  olingan  bo’lib,  initsial,  ilk, 
boshlang’ich  degan  ma’nolarni  anglatadi)  –  oldindan  homaki  imzolash, 
uning yordamida shartnoma matnning to’g’ri, ishonchliligi aniqlanadi. Bu 
jarayon  vakillari  tomonidan  matnning  har  bir  betiga  o’z  ismining  bosh 
harflarini  yoki  belgilarini  qo’yish  bilan  amalga  oshiriladi.  Matn  so’ngida 
imzo bo’lishi kerak bo’lgan joyga belgi qo’yilmaydi.  Bunday tartib to’liq 
imzolash emasligiga shubhalar qolmasligi uchun qo’llaniladi. 
Oldindan imzolashdan so’ng tayinlangan vakillar kelishilgan matnga 
faqat  ular  nomidan  ish  olib  borayotgan  hukumat  qarori  bilan  tuzatishlar 
kiritishi mumkin. Shunga qaramay oldindan imzolangan shartnomada ham 
yaqqol  xatolik  bo’lishi  yoki  undagi  bir  so’z  o’rniga  boshqasini 
almashtirishi zarurati tug’ilgan holatlar ham bo’ladi. Bu holatda tuzatishlar 
o’z initsiallarini qo’yadigan vakillar tomonidan kiritiladi. 
Parafirlash  faqat  matnning  autentifikatsiyasini  amalga  oshirish 
vositasi hisoblanib, bu aktini ro’yobga chiqarishda yuridik majburiyatlarga 
ega emas. Parafirlangan shartnomani imzolashdan alohida bir davlat bosh 
tortgan holatlarda shartnoma imzolanmasligiga olib kelgan.  
Masalan,  1988  yil  iyunda  33  ta  davlat  Antarktika  mineral  manbai 
(resurslaridan)dan  foydalanish  faoliyatini  boshqarish  to’g’risidagi  Konvensiyani 
parafirlashdi. 1989 yil iyulda Fransiya va Avstraliya hukumati Konvensiyada ishtirok 
etmasliklarini  e’lon  qilishdi.  Garchi,  Konvensiya  rasmiy  qabul  qilinishiga  tayyor 
bo’lsa  ham,  bu  ikki  davlatning  rad  etishi  Konvensiyaning  imzolanmasligiga  olib 
keldi. 
Bir tomonning sababsiz shartnomani qabul qilishni cho’zishi boshqa 
bir  tomonning  parafirlangan  shartnomadan  voz  kechishiga  asos  bo’la 
oladi. 
1989 yil martda Hindiston hukumati Savdo sotiq va tranzit to’g’risidagi Nepal 
bilan  tuzgan  shartnomasi,  1988  yil  sentyabrda  parafirlangan  va  vaqtinchalik  joriy 
etilgan  kelishuv.  Nepal  uni  qabul  qilishi  uchun  zaruriy  qadamlarni  tashlamaganligi 
tufayli o’z faoliyatini to’xtashini e’lon qildi.  
Parafirlash nafaqat hujjat matniga, balki kelishuvga kelingan holatda 
uning har bir mazmuniga nisbatan ham qo’llanishi mumkin. Bu yo’l bilan 
matnni  yakuniy  tayor  holatga  keltirish  va  hujjat  matnini  qayta  ko’rib 
chiqishga chek qo’yishga erishilishini nazarda tutadi. 
Shartnomani  parafirlash  uni  imzolanishini  inkor  etmaydi.  Faqatgina 
ayrim  hollarda  amaliyotda  shartnomani  parafirlashning  o’zi  uning 
imzolanish jarayonini amalga oshirilmasdan qo’llangan hollar kuzatilgan. 
Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling