Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


 Konstitutsiya va xalqaro huquq


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25

 
7.3. Konstitutsiya va xalqaro huquq 
 
Har bir davlatning milliy huquqi ular qabul qiladigan xalqaro huquq 
normalari  mazmuniga ta’sir ko’rsatadi: biron-bir davlat o’zining g’oya va 
dasturlariga zid keluvchi xalqaro majburiyatlarni zimmasiga olmaydi. Shu 
bilan  birga,  milliy  huquq  xalqaro huquqning  milliy  huquqiy  tizimga  kirib 
kelishi  huquqi  darajasi  va  shartlarini  belgilaydi  va  bunda  davlatlarning 
asosiy  qonunlari  bo’lmish  konstitutsiyalari  hal  etuvchi  ahamiyat  kasb 
etadi.  Xalqaro  huquqning  bironta  normasi  konstitutsiyani  chetlab  o’tgan 
holda milliy huquqqa kirib kelishi mumkin emas. 
Xalqaro  huquq  normalarining  milliy  huquqqa  kirib  kelish  qoidalari 
turli  mamlakatlarda  turlichadir.  Ayrim  davlatlarning  konstitutsiyalarida 
xalqaro  huquqning  milliy  huquqdan  ustun  turishi  va  uning  mamlakat 
ichkarisidagi bevosita ta’siri to’g’risida so’z boradi. Aslida bu ham xalqaro 
huquqning konstitutsiya bo’yicha kirib kelishi to’g’risidagi qoidadir. 
AQSh  Konstitusiyasining  6-moddasida  “Mazkur  Konstitusiya  va  uning  ijrosi 
uchun  qabul  qilingan  AQShning  qonunlari  Qo'shma  Shtatlar  nomidan  tuzilgan  yoki 
tuziladigan  boshqa  barcha  shartnomalari  kabi,  mamlakatning  oliy  qonunlari 
hisoblanadi  va  har  bir  shtatning  sudlari  ularni,  hattoki  biror  bir  shtatning 

118 
 
konstitusiyasi  va  qonunlarida  ularga  qarama  qarshilik  uchragan  taqdirda  ham 
ularning ijrosi uchun majburdirlar. 
AQShning  huquqiy  tizimida  xalqaro  shartnomaning  milliy  qonunchilikdan 
ustun  turishi  to'g'risida  qoida  mavjud  emas.  Bugungi  kunda  Kongress  va  AQSh 
hukumati AQSh Oliy sudining 1988 yil 9 yanvaridan ajrimiga (124 U.S.  190 (1988) 
rioya qiladi. Unga ko'ra, “xalqaro shartnomalar (Senat tomonidan maqullangan) va 
AQShning  qonunchilik  hujjatlari  (federal  qonunlar)  bir  xil  yuridik  kuchga  ega  va 
ulardan  birortasi  ham  bir  biridan  ustuvor  emas.  Kolliziya  kelib  chiqqan  taqdirda, 
ustuvorlik  kuchga  kirishi  muddati  bo'yicha,  ya'ni,  qaysi  bir  keyin  kuchga  kirgan 
bo'lsa, ushbu hujjatga ustuvorlik beriladi
 
Evropa  mamlakatlari  huquqiy  tizimlarida  bu  masala  boshqacharoq 
hal etilganini kuzatish mumkin.  
Masalan,  Germaniyada  umumiy  xalqaro  huquq  normalari  mamlakat  milliy 
huquqiga  qo’shilibgina  qolmay,  ayni  chog’da  qonunlar  oldida  ustuvor  kuchga  ham 
egadir. Gollandiyada esa xalqaro odat huquqining barcha normalari qo’llanishining 
shartligi nazarda tutilgan. 
Xalqaro  shartnomalarga  va  milliy  huquqning  o’zaro  munosabatiga 
kelsak, bu masalaning ikkita yechimi ma’lum: 
birinchidan,  xalqaro  shartnoma  qoidalari  maxsus  qonun  chiqarish 
evazigagina  milliy  huquq  kuchiga  ega  bo’ladi  (Buyuk  Britaniya, 
Xindiston, Nigeriya); 
ikkinchidan,  tegishli  tartibda  ratifikatsiya  qilingan  va  rasmiy  tarzda 
chop  etilgan  xalqaro  shartnoma  qoidalari  to’g’ridan-to’g’ri  milliy  huquq 
normalari kuchiga ega bo’ladi. Ko’pincha bunday hollarda milliy huquqda 
xalqaro-huquqiy  normalarning  mamlakat  huquqiy  tizimidagi  ustunligi 
o’rnatiladi (Fransiya, Gretsiya, Ispaniya). 
Evropadagi  aksariyat  mamlakatlarda  konstitutsiyaga  zid  bo’lgan 
xalqaro  shartnomaning  imzolanishiga  faqat  konstitutsiyaga  tegishli 
o’zgartish kiritilganidan keyingina yo’l qo’yiladi. 
 
7.4. Xalqaro shartnoma normalarining implementatsiyasi 
 
Har  qanday  demokratik  davlat  xalqaro  hamkorlikni  amalga  oshirish 
jarayonida  xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  qabul  qilingan  va  demokratik 
tamoyillarga  asoslangan  xalqaro  hujjatlarga  qo’shilish  va  ularning 
qoidalarini  bajarishni  o’zining  ustuvor  vazifalaridan  biri,  deb  hisoblaydi. 
Chunki,  mamlakatimiz  milliy  qonunchiligi  umum  e’tirof  etilgan  va 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qo’shilgan 
xalqaro 
shartnomalarga 
muvofiqlashtirilgan  holda  rivojlanib  bormoqda.  Chunki,  mamlakat 
rahbariyati  e’tirof  etganidek,  “Xalqaro  shartnomalarga  nafaqat  qo’shilish, 

119 
 
balki  ushbu  shartnomalar  bo’yicha  olingan  xalqaro  majburiyatlarni 
bajarish, ular talablarini barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar 
tomonidan  og’ishmay  bajarish  mexanizmini  qonun  yo’li  bilan  ishlab 
chiqish zarur”
1
ligini davr talabi ko’rsatib turibdi.  
Ammo, shuni qayd etish lozimki, ushbu chora-tabirlar, ya’ni xalqaro 
huquq normalarini  milliy qonunchilikka implementatsiya qilish  murakkab 
jarayon  va  dolzarb  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Xalqaro  huquq 
normalarini  implementatsiyasi  –  bu  xalqaro  munosabatlar  sub’ektlari 
uchun umum majburiy qoidalardir.  
Bu xalqaro-huquqiy normalarning milliy huquqiy tizimga joriy qilish 
muayyan usulini nazarda tutadi
2

Shuning  uchun  ham,  mazkur  implementatsiya  bilan  bog’liq  ayrim 
nazariy masalalarga ham tushuntirishlar berish maqsadga muvofiqdir.  
Jumladan,  xalqaro  huquq  normalarini  milliy  qonunchilikka 
implementatsiyasi  hususida  fikr  bildirilganda  “transformatsiya”  deb 
ataluvchi  xalqaro  huquq  normalarining  milliy  huquqqa  tatbiq  etish 
jarayonini ko’rib chiqish lozim. 
Tansformatsiya jarayoni quyidagicha amalga oshirilishi mumkin
3

 
 
 
  
 
 
 
 
 
                                                 
1
 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.8. –Т.: Ўзбекистон, 2000. 
2
Рашидов К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши. 
Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. -Б.58 
3
Лукашук И.И., Саидов А.Х. Ҳозирги замон халқаро ҳуқуқи назарияси асослари. Дарслик.  -Т.: Адолат, 2006. -
Б.121  
umumiy 
davlatning  o’zi  qabul  qilgan  xalqaro-huquqiy  normalarning 
barchasi  yoki  ayrim  turlari  mamlakat  huquqiy  tizimining  uzviy 
qismi ekanini belgilaydi; 
 
individual – 
alohida xalqaro-huquqiy norma yoki normalar guruhi maxsus hujjat 
orqali mamlakat huquqiy tizimiga kiritiladi; 
Implementatsiya  (ingl.  Implementation  –  “amalga  oshirish”, 
“bajarish”)  –xalqaro-huquqiy  normalardan  kelib  chiqadigan  xalqaro 
majburiyatlarning  davlat  ichki  darajasida  milliy  qonunlarga  va 
qonunosti hujjatlarga singdirish yo’li bilan amalda bajarishdir.
 

120 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Har 
bir 
muayyan 
davlatda 
xalqaro 
huquq 
normalari 
implementatsiyasi  shu  davlatning  ichki  huquqiy  tizimining  o’ziga  xos 
xususiyatlariga  bog’liqdir.  Ammo,  qator  belgilar,  ayniqsa  uning  tuzilishi 
bilan bog’liq belgilar esa ushu jarayonning barcha davlatlar uchun umumiy 
ekanligini ko’rsatib beradi. 
Implementatsiya jarayonining tuzilishi quyidagi elementlarni o’z ichiga 
oladi: 

 
davlatning 
ichki 
darajada 
xalqaro 
majburiyatlarning 
bajarilishini  ta’minlab  beruvchi  huquqiy  vositalarni  milliy  huquqiy 
tartibotda mustahkamlab qo’yilishi;  

 
xalqaro  majburiyatlarni  amalga  oshirishga  vakolatli  bo’lgan 
davlat organlari tizimi;  

 
huquqni qo’llash bo’yicha milliy amaliyot;  

 
xalqaro  huquqiy  normalar  implementatsiyasini  ta’minlash 
uchun ichki davlat darajasida qo’llaniladigan tashkiliy vositalar.  
Milliy  qonunchilikka  implementatsiya  qilinishi  talab  etiladigan  va 
davlatlar  uchun  alohida  majburiyatlar  yuklovchi  xalqaro  normalar  va 
tamoyillar orasida xalqaro xamkorlik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan 
umum e’tirof etilgan normalar va tamoyillarni alohida ko’rsatib o’tish joiz. 
Umum  e’tirof  etilgan  tamoyillar  orasida  inson  huquqlarini  hurmat  qilish, 
davlatlarning suveren tengligi, davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, 
xalqaro  majburiyatlarni  vijdonan  bajarishga  oid  tamoyillar  muhim  o’rin 
tutadi.  
Imperativ  normalarni  o’zida  qamrab  olgan  xalqaro  shartnomalar, 
ularning  qatnashchilari  uchun  majburiydir  va  qatnashchi  davlatlar 
tomonidan  majburiyatlar  vijdonan  bajarilishi  shart.  Bunday  tamoyil 
avvalombor,  1969  yil  23  maydagi  Xalqaro  shartnomalar  huquqi 
bevosita  
xalqaro shartnoma qoidasi, shartnoma qabul qilingani to’g’risidagi 
aktning  to’g’ridan-to’g’ri  ta’sir  kuchi  natijasi  o’laroq,  milliy 
huquqdan  ustunlik  qiluvchi  qoida  asosda  yuzaga  keladi.  Ayni 
chog’da,  xalqaro  huquq  normasi  mamlakat  milliy  huquqiy 
tizimining  uzviy  qismi  sifatida  qo’llanishi  uchun  o’z-o’zidan  ijro 
etiladigan, ya’ni bevosita qo’llash uchun yaroqli bo’lishi zarur; 
bilvosta  
unda xalqaro shartnoma asosida ushbu shartnoma qoidalarini o’zida 
aks ettiruvchi milliy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi. 
 

121 
 
to’g’risidagi  Vena  konvensiyasining  26-moddasida  belgilab  qo’yilgan 
bo’lsa,  ikkinchidan  esa,  muayyan  imperativ  hujjatlarda,  misol  uchun 
Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  pakt,  uning  fakultativ 
protokollari, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro 
pakt,  Qiynoq  hamda  muomala  va  jazolashning  qattiq  shafqatsiz, 
insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatni  kamsituvchi  turlariga  qarshi 
konvensiya,  Irqiy  kamsitishning  barcha  shakllariga  barham  berish 
to’g’risidagi xalqaro konvensiya, Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya, 
Xotin-qizlarni 
kamsitishning 
barcha 
shakllariga 
barham 
berish 
to’g’risidagi konvensiya kabi xalqaro hujjatlarning o’zida xam aks etgan.  
Implementasiya  jarayonini  yaxshi  tushunish  uchun,  xorijiy 
mamlakatlar tajribasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.  
Misol  uchun,  AQShda,  shartnomalar  imzolangan  kundan  kuchga  kirgan 
ijroviy bitimlar (self-executing treaty yoki self-executing executive agreement), milliy 
huquqiy  tizimda  yuridik  kuch  beruvchi  biror  bir  hujjatsiz  federal  qonunchilikning 
qismiga  aylanadi.  Shartnoma  yoki  kuchga  kirishi  uchun  implementasiyaviy 
qonunchilik  akti  talab  etiladigan  ijroviy  bitimlar,  ularni  Senatning  uchdan  bir  qism 
a'zolaridan  ko'pi  maqullaganidan  so'nggina,  AQShning  milliy  huquqiy  tizimida 
federal  qonun  kuchiga  aylanadi. Agar  shartnoma  Prezident  tomonidan  qo'shimcha 
shart  (ogovorka)  bilan  ratifikasiya  qilingan  bo'lsa,  uning  kuchga  kirishi  uchun 
implementasiyaviy qonunchilik hujjati talab etiladi, bunday shartnoma milliy huquqiy 
tizimda yuridik kuchga ega bo'lmaydi.  
Fransiyada 
xalqaro 
shartnomalarning 
implementasiya 
qilishning, 
shuningdek,  ularni  imzolanishi  bilan  kuchga  kirishining  majburiy  shartlaridan  biri, 
ularni  Fransiya  Rasmiy  axborotnomasida  (Journal  Officiel)  nashr  qilinishi 
hisoblanadi.  Nashr  qilish  to'g'risidagi  dekretni  prezident,  bosh  vazir  va  boshqa 
tarmoq  vazirlarini  istisno  qilgan  holda  tashqi  ishlar  vaziri  imzolaydi.  Shunga 
qaramay, mehnat sohasidagi xalqaro konvensiyalar uchun mehnat vazirining imzosi 
ko'zda tutiladi.  
Germaniya a'zosi bo'lgan xalqaro shartnomalar, ular bo'yicha qabul qilingan 
qonunlar,  qarorlar  yoki  boshqa  ma'muriy  qarorlarning  mazmunidan  kelib  chiqqan 
holda  ichki  davlat  qonunchiligiga  implementasiya  qilinadi.  GFR  uchun  kuchga 
kiradigan  xalqaro  shartnomalar  parlamentning  federal  qonunlarni  ma'qullashi  va 
qabul  qilishi  yoki  tegishli  ma'muriy  qarorni  e'lon  qilinishi  orqali  milliy  huquqiy 
tizimning  qismiga  aylanadi.  Agar  xalqaro  shartnoma  tuzish  uchun  parlamentning 
roziligi lozim bo'lsa, unda tegishli federal qonun ikkita funksiyani bajaruvchi sifatida 
ko'riladi.  U  shartnomani  prezident  tomonidan  ratifikasiya  qilinishiga  ruxsat  beradi 
va  bir  vaqtning  o'zida  uni  huquqiy  tizimga  kiritadi.  Bu  tegishli  ma'muriy  qarorga 
ham taalluqlidir. Xalqaro shartnomalar xalqaro ommaviy huquq hujjati xususiyatini 
saqlab  qoladi.  Biroq,  parlament  tomonidan  xalqaro  shartnomani  ma'qullash 
to'g'risida  qabul  qilingan  qonun  davlatning  shartnomaga  muvofiq  harakat  qilishiga 
oid  ichki  qarorini  aks  ettirib  hamda  prezidentga  shartnomani  ratifikasiya  qilish 

122 
 
vakolatini  berib,  bir  vaqtning  o'zida  fuqarolar,  xokimiyat  organlari  va  sudlarga 
milliy  huquqiy  tizim  doirasida  shartnoma  normalarini  qo'llash  majburiyatini 
yuklaydi. Germaniya  a'zosi  bo'lgan  xalqaro  shartnomalar,  ularni  ichki  davlat 
huquqiga  kiritayotgan  hujjatning,  ya'ni  federal  qonun,  qaror  va  boshqa  ma'muriy 
qarorning  maqomini  oladi.  Shuning  uchun  ham,  federal  qonun  bilan  inkorporasiya 
qilingan  xalqaro  shartnoma,  huddi  oddiy  qonunga  o'xshash  maqomga  ega  bo'ladi, 
xalqaro  shartnoma  faqatgina  yerlar  huquqi  va  ijro  hokimiyatining  hujjatlariga 
nisbatan  ustuvor  hisoblanadi.  Xalqaro  shartnoma  keyinroq  qabul  qilingan  federal 
qonun bilan kolliziyaga duch kelgan taqdirda esa, uning ichki davlatchilik sohasidagi 
harakati  “keyingi  qonun  oldingi  qonunni  bekor  qiladi”  (lex  posterior  derogat  lex 
priori)  tamoyiliga  bo'ysundiriladi. Bu  muammo,  yoki  sudning  sharh  berish 
tamoyilini,  ya'ni  bu  tamoyilga  ko'ra,  keyin  qabul  qilingan  qonun  uning  oldingi 
shartnoma  bilan  muvofiqligini  ta'minlab  berishi  uchun  shunday  interpretasiya 
qilinadiki,  unga  ko'ra,  parlament  davlatning  xalqaro  shartnomaviy  majburiyatlarini 
bajarmasligi  xalqaro  huquq  bo'yicha  majburiyatiga  zid  ekanligini  ko'zda  tutmasligi 
tamoyilini  qo'llash  orqali  yoki  maxsus  qonun  (lex  specialis)  qoidasini,  ya'ni  unga 
ko'ra,  hattoki  keyingi  qonun  ham,  agar  qonun  chiqaruvchi  xalqaro  shartnoma 
qoidalarini bekor qilishni ko'zda tutmagan bo'lib, ushbu qoidalar faqat mazkur holat 
uchun  qo'laniladigan  maxsus  norma  sifatida  qabul  qilingan  hamda  oldingi 
shartnoma  qoidalarini  bekor  qilishni  ko'zda  tutmaydigan  maxsus  qonun  qoidasi 
tamoyilini qo'llash bilan hal etiladi. 
O’zbekiston  qo’shilgan  ushbu  hujjatlarning  mamlakat  huquqiy 
tizimidagi  tutgan  o’rni  xususida  fikr  yuritiladigan  bo’lsa,  avvalombor, 
yuqorida  xalqaro  huquqning  ustuvorligiga  oid  ta’kidlab  o’tilgan 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda xalqaro shartnomalar 
to’g’risidagi  qonunchiligining  tegishli  normalariga  murojaat  qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Jumladan,  O’zbekiston  Respublikasinig  xalqaro  shartnomalari 
to’g’risidagi  qonunining  27-moddasida  O’zbekiston  Respublikasining 
xalqaro  shartnomalariga  O’zbekiston  Raspublikasi  xalqaro  huquq 
normalariga muvofiq qat’iy va  majburiy ravishda rioya etmog’i lozimligi 
belgilab qo’yilgan. 
Unga  ko'ra,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  O'zbekiston 
Respublikasi  Konstitusiyasiga  muvofiq  respublika  tomonidan  tuzilgan 
shartnomalarga,  bitimlarga  va  u  qabul  qilgan  majburiyatlarga  rioya 
etilishini ta'minlaydi. 
O'zbekiston  Respublikasi  Hukumati  O'zbekiston  Respublikasining 
xalqaro  shartnomalarini  bajarish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqadi  va 
O'zbekiston 
Respublikasining 
xalqaro 
shartnomalari 
bo'yicha 
majburiyatlarning  bajarilishi  uchun  mas'uliyat  yuklatiladigan  vazirliklar, 
idoralar  va  mansabdor  shaxslarni  belgilaydi.  O'zbekiston  Respublikasi 

123 
 
Hukumati,  vazirliklar  va  idoralar,  O'zbekiston  Respublikasining  xalqaro 
shartnomalari  bilan  tartibga  solinadigan  masalalar  vakolat  doirasiga 
kiradigan  boshqa  davlat  organlari  shartnoma  bo'yicha  O'zbekiston 
tomonidan  qabul  qilingan  majburiyatlarning  bajarilishini  ta'minlaydilar, 
bunday  shartnomalardan  kelib  chiquvchi  O'zbekiston  Respublikasiga 
tegishli  huquqlarning  amalga  oshirilishini  va  shartnomalar  boshqa 
ishtirokchilarining  o'z  majburiyatlarini  bajarishini  kuzatib  boradilar. 
O'zbekiston Respublikasi Hukumati O'zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalari  bo'yicha  majburiyatlarning  bajarilishi  ustidan  nazoratni 
amalga oshiradi.  
Xalqaro 
shartnomalarning 
normalarini 
milliy 
qonunchilikka 
implementasiya qilinishi borasida milliy tajribaga to'htalib o'tish darkordir. 
Misol  uchun,  inson  huquqlari  sohasidagi  xalqaro  shartnomalarni 
O'zbekiston 
Respublikasi 
milliy 
qonunchiligiga 
implementasiyasi 
misollariga  murojaat  qilsak. Inson  huquqlariga  oid  xalqaro  normalarni 
O’zbekiston milliy qonunchiligiga qo’llanishi to’g’risida fikr yuritilganda, 
avvalombor,  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  to’xtab  o’tish 
darkor.  Konstitutsiyaning  II  bo’limini,  1991  yilda  O’zbekiston  qo’shilgan 
Inson 
huquqlari 
umumjahon 
deklaratsiyasining 
o’ziga 
xos 
implementatsiyasi  deyish  mumkin.  Ushbu  bo’limda  Deklaratsiyada  qayd 
etib o’tilgan barcha huquqlar o’z aksini topgan.  
O’zbekiston Respublikasi BMT doirasida 1966 yilda qabul qilingan, 
Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  paktga  1995  yil  31 
avgustda Parlamentning №126-1 Qarori bilan qo’shilgan va ushbu xalqaro 
hujjat  1995  yil  28  dekabrdan  boshlab  O’zbekiston  uchun  kuchga  kirgan 
bo’lib,  o’tgan  davr  mobaynida  ushbu  xalqaro  xujjatning  qoidalari  milliy 
qonunchilikda  o’z  aksini  topib  kelmoqda,  ya’ni  tegishli  qonunchilik 
hujjatlari Pakt normalariga doimiy ravishda muvofiqlashtirilib borilmoqda.  
Jumladan,  Paktning  6-moddasining  1-bandidan  “Yashash  huquqi  har  bir 
insonning  ajralmas  huquqidir”  deb  ko’rsatib  o’tilgan  yashash  huquqi  to’g’risidagi 
qoidasi  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  24-moddasida  konstitutsiyaviy 
implementatsiya  qilingan:  “Yashash  huquqi  har  bir  insonning  uzviy  huquqidir”. 
Mazkur  qoida  esa,  jinoyat  qonunchiligidagi  islohotlarning  hozirgi  bosqichida 
implementatsiya qilib  bo’lindi. Ya’ni,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005 
yilning  1  avgustidagi  “O’zbekiston  Respublikasida  o’lim  jazosini  bekor  qilish 
to’g’risida”gi Farmoni va undan kelib chiqib, 2007 yilda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining  “O’lim  jazosi  bekor  qilinishi  munosabati  bilan  O’zbekiston 
Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish 
to’g’risida”gi  qonuniga  asosan,  O’zbekiston  Respublikasining  Jinoyat  kodeksining, 

124 
 
Jinoyat-protsessual  kodeksining,  Jinoyat-ijroiya  kodeksining  tegishli  moddalariga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi
1
.   
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yilning  8  avgustidagi 
“Qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqini  sudlarga  o’tkazish  to’g’risida”gi 
Farmoni  va  undan  kelib  chiqib,  2007  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston 
Respublikasining  “Qamoqqa  olishga  sanksiya  berish  huquqining  sudlarga 
o’tkazilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga 
o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida”gi  qonuni  mazkur  Paktning  9-
moddasining  3-bandidagi  “Jinoiy  ayblov  bilan  qamalgan  yoki  ushlangan  har  bir 
shaxs  zudlik  bilan  sudya  yoki  qonun  bo’yicha  sud  hukmronligini  amalga  oshirish 
huquqi bo’lgan boshqa mansabor shaxs huzuriga keltiriladi va ayblanayotgan shaxs 
oqilona  muddat  ichida  ishi  sudda  ko’rilishi  yoki  ozod  qilib  yuborilishi  huquqiga 
ega”
2
  degan  normasi  qoidalarini  milliy  qonunchilikga  to’la  qo’llanilganligining 
yorqin misolidir.  
Chunki, odilsudlovni amalga oshirishdagi qamoqqa olishga sanksiya 
berish  instituti,  boshqacha  qilib  aytganda,  “Habeas  Corpus”  instituti 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o’zining  konstitutsiyaviy 
maqomini 
topgan, 
ya’ni,  uning  19-moddasida  “Fuqarolarning 
Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari 
daxlsizdir,  ulardan  sud  qarorisiz  mahrum  etishga  yoki  ularni  cheklab 
qo’yishga  hech  kim  haqli  emas”,  deb  ko’rsatib  qo’yilgan  bo’lsa, 
yuqoridagi 
Qonunni 
qabul 
qilinishi 
bilan, 
endi 
O’zbekiston 
Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksi”ning, “Sudlar to’g’risida”gi 
Qonunining,  “Prokuratura  to’g’risida”gi  Qonunining  tegishli  moddalariga 
o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi
3

Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro  paktning  7-
moddasida hech kim azob-uqubatga yoki vahshiylarcha, g’ayriinsoniy yoki 
qadr-qimmatni  xo’rlaydigan  muomala  va  jazoga  mustahiq  bo’lmasligi 
kerakligi  belgilangan.  Konstitutsiyaning  26-moddasi  2-bandida  ham  bu 
qoida o’zining konstitutsiyaviy maqomini olgan. Jinoyat kodeksida bunday 
harakatlar  ijtimoiy  xavfli  oqibatlarga  sabab  bo’lsa,  tegishlicha  jazolanishi 
belgilab qo’yilgan. 
                                                 
1
Batafsil  mahlumotlar  uchun  qarang:  Ўлим  жазосини  бекор  қилиш  ҳамда  қамоққа  олишга  санкция  бериш 
ҳуқуқини  судларга  ўтказишга  оид  норматив-ҳуқуқий  ҳужжатлар  тўплами:  Расмий  нашр  /Ўзбекистон 
Республикаси  Олий  суди,  Ўзбекистон  Республикаси  Бош  прокуратураси,  Ўзбекистон  Республикаси  Миллий 
хавфсизлик  хизмати,  Ўзбекистон  Республикаси  Ички  ишлар  вазирлиги,  Ўзбекистон  Республикаси  Адлия 
вазирлиги. -Т.: Адолат, 2007. -Б.8-18 
2
 Инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар: тўплам /А.Саидов таърири остида. -Т.: Адолат, 2004. -Б.39-40 
3
Batafsil  ma’lumotlar  uchun  qarang:  Ўлим  жазосини  бекор  қилиш  ҳамда  қамоққа  олишга  санкция  бериш 
ҳуқуқини  судларга  ўтказишга  оид  норматив-ҳуқуқий  ҳужжатлар  тўплами:  Расмий  нашр  /Ўзбекистон 
Республикаси  Олий  суди,  Ўзбекистон  Республикаси  Бош  прокуратураси,  Ўзбекистон  Республикаси  Миллий 
хавфсизлик  хизмати,  Ўзбекистон  Республикаси  Ички  ишлар  вазирлиги,  Ўзбекистон  Республикаси  Адлия 
вазирлиги. -Т.Адолат, 2007. -Б.19-34 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling