Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.1. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi
- Huquq sohasida monitoring deganda
- Xalqaro shartnomalar monitoringini ikki jihati mavjud
- Inson huquqlari bo’yicha mintaqalararo monitoring.
- Inson huquqlari bo’yicha mintaqaviy monitoring
- Inson huquqlari bo’yicha submintaqaviy monitoring
- Xalqaro monitoringni amalga oshiruvchi sub’ektlar
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. O’zbekiston Respublikasi imzolagan istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani tadbiq qilinishiga taalluqli bo’lgan masalalarni (ratifikatsiyasi, implementatsiyasi) o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 133 VIII. XALQARO SHARTNOMALARNI BAJARILISHINING MONITORINGI (yuridik fanlar nomzodi Muminov Abdulxay Rashidovich) Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning xalqaro monitoringi hamda milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar to’g’risidagi masalalarini o’rganadi. 8.1. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringi tushunchasi Xalqaro shartnomalarga qo’shilish, yuqorida ta’kidlaganimizdek, a’zo-davlat uchun muayyan majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu majburiyatlar milliy qonunchilikni xalqaro shartnoma qoidalariga moslashtirishdan tortib, huquqiy qo’llash amaliyotida tegishli tarzda tashkiliy-huquqiy islohotlarni amalga oshirishni talab etadi. Albatta, xalqaro huquqda milliy huquq kabi, xalqaro normalariga rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat olib borish, ularni aniq va bir xilda bajarilishini ta’minlashning majburiy vositalari mavjud emas. Chunki, xalqaro huquqiy tizim, uning birlamchi sub’ektlari bo’lmish davlatlarning teng huquqli a’zoligiga asoslangan. Xalqaro huquqqa ko’ra, hech bir sub’ekt boshqa sub’ekt ustidan hokimiyatga ega emas, (uni, lotin tilida:“Par in parem non habit imparium” deb, ifoda etiladi). Xalqaro huquq sub’ektlari o’z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, xalqaro huquqning manbasi bo’lmish xalqaro shartnomaga ixtiyoriy ravishda qo’shiladilar va undan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishni o’z zimmasiga oladilar. Xalqaro huquqda bunday holat xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan biri hisoblangan “pacta sund servanda”, ya’ni xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipi asosida bajaradilar. Xalqaro majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan huquqiy davlatgina ishonchli kafolat berishga qodirdir. Boshqa bir jihatdan esa, xalqaro 134 majburiyatlarga sodiqlik huquqiy davlatga xos sifat ekanini e’tirof etish o’rinlidir 1 . Shu nuqtai nazardan, xalqaro huquqning birlamchi hamda teng huquqli a’zosi sifatida O’zbekiston Respublikasi ham “pacta sund servanda” prinsipiga rioya qilgan holda yuqorida ta’kidlab o’tgan xalqaro hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarib kelmoqda va ularning normalarini milliy huquqiy tizimga singdirib bormoqda. Ya’ni, xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish orqali milliy qonunchilikka singdirib borilmoqda. Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishda, uning tarkibiy qismi hisoblangan, bu implementatsiyaning o’rganish jarayoni, ya’ni monitoring qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan mazkur jarayonda qonun hujjatlari monitoringining ahamiyati namoyon bo’ladi. Chunki, birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, muayyan qonun hujjati bo’yicha monitoring o’tkazilganda u tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarga oid xalqaro shartnoma aniqlanadi, tizimli tahlil etiladi va qiyoslanadi; ikkinchidan, qonun hujjatini xususan xalqaro huquq normalarini inobatga olgan holda takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslantirilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi; uchinchidan esa, ushbu sohaga oid ijtimoiy munosabatlarning shakllanib borish sur’atlari aniqlanadi. Shu munosabat bilan monitoring natijalari huquq ijodkorligi jarayoni sub’ektlarining xalqaro shartnomalar qoidalarini ichki huquq tizimga joriy etish borasidagi o’z funksiyasini amalga oshirishda foydalanish mumkin bo’lgan asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi 2 . “Monitoring” lotincha “monitium” so’zidan olingan bo’lib, “ogoh etuvchi” degan ma’noni ifoda etadi. Mazmunan ushbu atama muayyan hodisa, jarayonni muntazam va tizimli kuzatish, hisobga olish, unga baho berish hamda istiqbolini belgilashni anglatadi 3 . 1 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини долзарб муаммолари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Х.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.98 2 Гафуров М. Қонун ҳужжатларини ҳалқаро-ҳуқуқий хужжатларга мослигини таъминлашда мониторингни амалга оширишнинг аҳамияти //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий- амалий семинар материаллари / Машул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.191 3 Хакимов Р. Парламент назорати ва қонун ҳужжатлари мониторинги //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.70 135 Monitoring ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etgani bois, qizg’in muhokama mavzusi bo’lib hisoblanadi. Ushbu hodisa ilmiy- nazariy sohada tadqiqot uslubi, amaliy sohada esa boshqaruvni samarali tashkil etish vositasi sifatida maydonga chiqadi. Monitoringning mazmun- mohiyatini anglash uchun uning qo’llanish sohalari, har bir alohida olingan tarmoqdagi rivoji va o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish dolzarb vazifadir 1 . Monitoring barcha davlat organlari, jamoatchilik tuzilmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish to’g’risidagi ma’lumotlarni tizimli to’plash va ishlov berishning anglatadi. Huquq sohasida monitoringning mazmun-mohiyatini tushunish, imkoniyatlaridan keng foydalanish huquqiy fan va huquqni qo’llash amaliyoti oldida turgan dolzarb vazifadir. Huquq sohasida monitoring deganda, milliy huquqiy tizim, yuridik fan va ta’lim, qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari, huquqni qo’llash amaliyoti, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida huquqiy ishlarni tashkil qilish, huquqiy targ’ibot hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish shuningdek xalqaro huquq borasida kuzatish, baholash va rivojlantirish istiqbollari belgilash bilan bog’liq ilmiy-amaliy chora- tadbirlar tizimi tushuniladi 2 . Huquq sohasi monitoringining ahamiyati shundaki, birinchidan, shaxs, jamiyat va davlat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish darajasini doimiy kuzatish, ikkinchidan, milliy huquq tizimining rivojlanish istiqbolini aniqlash, uchinchidan, huquq normalarining amaliyotga tadbiq etish holatini baholash, to’rtinchidan, xalqaro xuquq normalarini implementatsiya qilish yo’nalishlarini belgilash, beshinchidan, qonun hujjatlarni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, oltinchidan, bunday monitoring aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va siyosiy faolligini oshirish jarayonini takomilashtirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish doirasining kengligi va darajasiga qarab huquqiy monitoringning huquqiy islohotlar 1 Файзиев Ш. Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторингининг назарий ва амалий масалалари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.6. 2 Файзиев Ш. Амалдаги қонун ҳужжатлари мониторингининг назарий ва амалий масалалари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул муҳаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006.. –Б.8. 136 monitoringi; huquq tizimi monitoringi (huquq tarmog’i, huquq instituti yoki huquq sohasi doirasida alohida-alohida); amaldagi qonun hujjatlari monitoringi; huquqni qo’llash amaliyoti monitoringi, kabi shakllari bilan xalqaro shartnomalari monitoringi shakli ham muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari monitoringi jarayonida amaldagi qonun hujjatlarining O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga mosligi, xuquqni qo’llash amaliyotida xalqaro shartnomalarga rioya etilishi masalalari o’rganiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan xalqaro shartnomalarini monitoring qilish ham, amaldagi qonun hujjatlari monitoringi sifatida – huquq monitoringining ustuvor va asosiy yo’nalishidir. Qonun hujjatlari monitoringi – bu amaldagi qonun hujjatlarini doimiy kuzatib borish, baholash, nazorat va tahlil qilish, uning istiqbolini prognozlash va ushbu asosda takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan yaxlit (kompleks) tadbirlar tizimidir. Tor ma’noda huquqiy tahlil jarayonidir. Har qanday monitoring kabi, qonun hujjatlari monitoringining asosiy yo’nalishlarini aniqlab olish lozim. Qonun hujjatlari monitoringi yo’nalishi – bu qonun hujjatlarini muntazam kuzatib borish, baholash, nazorat va tahlil qilish hamda uning istiqbolini prognoz qilish yo’sinida amalga oshiriladigan faoliyatdir 1 . Qonun hujjatlari monitoringining asosiy yo’nalishlarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: • Davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi; • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi; • Sud-huquq sohasi va inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari monitoringi; • Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha qonun hujjatlari monitoringi; 1 Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.59-60 137 • Xalqaro-huquqiy tadqiqotlarga oid qonun hujjatlari monitoringi kabilar shular jumlasidandir 1 . Har qanday davlatning xalqaro shartnomaga qo’shilishi uning milliy qonunchiligiga muayyan ta’sir ko’rsatadi. Bu borada xalqaro shartnoma qoidalari bilan milliy qonunchilik hujjatlarini o’zaro nisbati monitoringi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday monitoringdan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi: birinchidan, xalqaro shartnomalar talablariga milliy qonunchilikni yaqinlashtirish; ikkinchidan, xalqaro shartnomalar qoidalarini milliy qonunchilikka singdirish (implementatsiya qilish); uchinchidan, xalqaro shartnomalar bilan milliy qonunlarni uyg’unlashtirish (garmonizatsiyalash); to’rtinchidan, xalqaro shartnomalar bilan milliy qonunchilik qoidalarini birxillashtirish (unifikatsiya qilish) 2 . Xalqaro shartnomalarni monitoringi jarayonida, bu xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan olib boriladigan monitoring muhim ahamiyat kasb etadi. 8.2. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning xalqaro monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning xalqaro monitoringi – bu xalqaro huquq sohasida amal qiluvchi va ularga davlatlar ixtiyoriy ravishda va erkin tarzda qo’shiladigan tamoyillar, me’yorlar, qoidalar va jarayonlar (qaror qabul 1 Машкуров Ғ.. Қонун ҳужжатлари мониторингининг асосий йўналишлари ва босқичлари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.60 2 Саидов А. Ҳуқуқ мониторинги предмети ва Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари мониторингини долзарб муаммолари //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари / Масъул мухаррир: Ф.Ҳ.Отахонов. – Т.: 2006. –Б.95-98 Xalqaro shartnomalar monitoringini ikki jihati mavjud xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikning o’zaro nisbatiga taalluqli xalqaro shartnomalarni ijrosi monitoringiga tegishli 138 qilish tuzilmalari ma’nosida) birligidir. Xalqaro monitoring muayyan sohada, misol uchun, inson huquqlari sohasida mavjud muammolarni o’rganish bo’lib, u institutlashgan holda rivojlanadi. Masalan, BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy (shuningdek, nazorat) organlarining davlatlar tomonidan, ular qo’shilgan shartnomalar normalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari yuzasidan olib boradigan nazorat faoliyati. Shuningdek, inson huquqlari xalqaro monitoringi amalga oshirilishida faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan tobora ko’proq oldinga surilmoqda. Amnesty International, Human Rights Watch, Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi kabi xalqaro nohukumat tashkilotlari inson huquqlari buzilishi to’g’risidagi faktlar to’plashda, ularni tarqatishda, kampaniyalar uyushtirishda, inson huquqlari buzilayotgan davlatlarga vositaviy yoki vositasiz ta’sir ko’rsatishda muhim rol o’ynamoqda. Ammo, ular faoliyatini inobatga olgan holda, bu tashkilotlar monitoringida bir tomonlamalik xollari ko’p uchrashini ham alohida qayd etib o’tish lozim. Xalqaro monitoring turli darajalarini farqlash kerak: - universal, dunyo ko’lamida amal qiladi (BMT, YuNESKO, MAGATE va boshqalar); - mintaqalararo, ikki va ko’proq mintaqalarda dirasida (EXHT); - mintaqaviy, bir mintaqa doirasida amal qiladi (misol uchun: Yevropa Kengashi); - submintaqaviy, kichik bir mintaqa doirasida amal qiladi (misol uchun: MDH). Universal xalqaro monitoring BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Inson huquqlari sohasidagi BMT faoliyati uchta asosiy vazifani hal etishga qaratilgan: - birinchidan, inson huquqlari sohasida xarakatlar dasturini shakllantirish. Masalan, 1993 yilgi Vena harakat dasturi; - ikkinchidan, inson huquqlari xalqaro huquqi me’yorlari kodifikatsiyasi, ya’ni inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalarning qabul qilinishi; - uchinchidan, a’zo davlatlar tomonidan inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarning qo’llanilishi va bajarilish bo’yicha monitoring 1 . Inson huquqlari bo’yicha mintaqalararo monitoring. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tizimidagi monitoring. Insoniylik mezonlari doirasida YeXHT har ikki yilda a’zo davlatlar tomonidan xalqaro majburiyatlarning bajarilishini muhokama qiluvchi sharhlovchi konfrensiyalar o’tkaziladi. YeXHTning Inson huquqlari va demokratik 1 Саидов А.Х. Инсон ҳуқуқлари халқаро мониторинги: тушунча, тизими ва мазмун // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. -Б.87. 139 institutlar byurosi (IHDIB) monitoring olib borishda muhim rol o’ynaydi. YeXHTning inson huquqlari sohasidagi faoliyatida davlatlar tomonidan o’tkaziladigan saylovlarni kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Saylovning demokratik ruhda o’tganligi bo’yicha YeXHTning bahosi xalqaro xamjamiyat uchun muayyan davlatga nisbatan o’z munosabatlarini belgilashda ta’sir ko’rsatadi. Inson huquqlari bo’yicha mintaqaviy monitoring. Misol uchun: Yevropa Kengashi tizimi monitoringi. Bu monitoring faoliyati – vaziyatni kuzatishdan iborat. Yevropa kengashining inson huquqlari bo’yicha standartlari 200 dan ortiq xalqaro shartnomalarda belgilangan. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishni monitoring qilish bo’yicha Yevropa kengashining Parlament Assambleyasida muayyan tajriba shakllangan. Parlament Assambleyasida mazkur masalalar bilan uning Monitoring bo’yicha komissiyasi shug’ullanadi. Komissiya partiya guruhlari tomonidan shakllantiriladi. Mazkur organ tashkilotga yaqinda a’zo bo’lgan davlatlarning o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarishilari yuzasidan monitoring olib boradi. Agar a’zo-davlatlar o’z zimmalariga olgan majburiyatlari qo’pol ravishda buzilsa, Assambleya bunday davlatning milliy parlament delegatsiyasi vakolatini to’htatishi va Yevropa kengashining qo’mitasidan ushbu davlatni tashkilot a’zolari safidan chiqarishni so’rashga haqli 1 . Albatta, bu doiradagi monitoring O’zbekiston uchun tegishli emas. Inson huquqlari bo’yicha submintaqaviy monitoring. Misol uchun, MDH davlatlari tizimi monitoringi. Hozircha bu monitoring asosan saylovlar jarayonida ko’rinadi. MDHning kuzatuvchilari ushbu davlatlarda bo’ladigan saylovlarda ishtirok etib, saylov bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etadi. Xalqaro monitoringni amalga oshiruvchi sub’ektlar. Xalqaro monitoring sub’ektlariga, misol uchun, BMTning organlari, yuqorida ko’rib chiqqan BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy (shuningdek, nazorat) organlarini ko’rsatish mumkin. Mazkur organlar vakolatini tegishli xalqaro shartnomaning matnidan oladi va u asosida tegishli shartnomani bajarilishi kuzatib boradi. Shuningdek, inson huquqlari xalqaro monitoringi amalga oshirilishida, ayrim xalqaro nohukumat tashkilotlar yordamidan ham foydalanishi mumkin. Misol uchun, Inson huquqlari bo’yicha universal xalqaro monitoring. BMTning quyidagi organlari tomonidan amalga oshiriladi: 1. Inson huquqlari bo’yicha kengash. U BMTning inson huquqlari bo’yicha asosiy organi bo’lib, Bosh Assambleyaga bo’ysunadi. 1 Парламентская Ассамблея Совета Европы. http://www.mid.ru/bdomp/ns- dos.nsf/2b5ba3b238823e59432569e70041fcb4/432569d800223f3443256c300048c771!opendocument 140 2. BMTning inson huquqlari bo’yicha Oliy komissari boshqarmasi. Oliy komissar boshqarmasi BMTning inson huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq masalalar bo’yicha rasmiy vakili va inson huquqlari masalalari bilan shug’ullanuvchi BMT organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchisi bo’lib, insonning umumiy fundamental huquqlarini himoya qilish va rivojlantirish masalasi bilan shug’ullanadi. 3. BMTning inson huquqlari bo’yicha shartnomaviy organlari. Ularga BMTning davlatlar tomonidan taqdim etiladigan milliy ma’ruzalarini ko’rib chiqish bilan shug’ullanuvchi to’qqizta asosiy qo’mitasi kiradi. Masalan, 2001 yil yanvarida O’zbekiston hukumati BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish bo’yicha qo’mitaning 24-sessiyasida Konvensiya asosiy qoidalarining ijrosi haqida o’zining birinchi ma’ruzasini taqdim etdi 1 . 4. Monitoringning shartnomadan tashqari mexanizmlari. Masalan, Inson huquqlari bo’yicha kengash doirasida faoliyat yurituvchi kichik komissiyalar, maxsus ma’ruzachilar. 5. BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari doirasida tashkil etilgan organlar. Masalan, YuNESKOning inson huquqlari bo’yicha qo’mitasi. Ta’lim, fan va madaniyat sohasida huquqbuzarliklar bo’yicha davlatlar, xalqaro nohukumat tashkilotlari, alohida shaxslar va shaxslar guruhlarining xabarlarini ko’rib chiqadi. Shuningdek, shu sohalarda xususiy shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqadi. 6. Individning inson huquqlari xalqaro monitoringida ishtiroki. Ya’ni, individual murojaat qilish jarayoni Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo’yicha xalqaro pakt, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr- qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning 26-moddasi, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi konvensiyaning 24- moddasida ko’zda tutilgan. Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaning 3-moddasiga binoan, shartnomaning ishtirokchi-davlatlari, ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarib borishini tekshirish maqsadida Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentligi (MAGATE) bilan hamkorlik olib boradi. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling