Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
8.3. Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlar Xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning milliy monitoringi – xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilikni huquqni qo’llash amaliyotini o’rganishga qaratilgan keng qamrovli jarayon hisoblanib, uning natijasida parlament tomonidan 1 Ғуломова Д. Ўзбекистон Хотин-қизлар қўмитасининг аёллар ҳуқуқлари мониторингини ўтказиш жамиятда ва оилада улар мақомини ошириш юзасидани фаолияти // Инсон ҳуқуқлари мониторинги. Тўплам. Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2004. -Б.172. 141 ratifikatsiya qilinib, milliy qonunchilikning tarkibiy qismiga qirgan xalqaro shartnomalar va ular asosida milliy qonunchilikning normalariga huquqni qo’llash amaliyotiga qanchalik rioya qilinayotganligiga, bu huquqni qo’llash amaliyotidagi yutuqlar, tajribalar hamda muammolarni o’rganish orqali huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish hamda milliy qonunchilikni rivojlantirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xalqaro shartnomalarni bajarilishining ichki monitoringi sub’ektlari to’g’risida fikr yuritilganda, ularga davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, kabi fuqarolik jamiyati institutlarini kiritish mumkin. Davlat hokimiyati sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan monitoringiga quyidagi monitoringlarni kiritish mumkin: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Аmaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tomonidan; Qonunchilik palatasi va Senat qo’mitalari, shuningdek Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan (ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazorati doirasida amalga oshiriladi); Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi Xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o’tkazish va ularning amalga oshirilishi monitoringi bo’limi tomonidan; idoraviy yoki idoralararo monitoring sub’ektlari (xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi, sog’liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish, ichki ishlar vazirliklari va boshqalar) tomonidan; O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan; Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash jarayonida Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo’yicha tadqiqot markazi, kabi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan monitoring. Fuqarolik jamiyati institutlari, asosan tegishli yo’nalishdagi NNT va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi 1 . 1 Бакаева Ф., Тиллабаев М. Бола ҳуқуқлари мониторинги. Ўқув-услубий қўлланма /Масъул мухаррир А.Х.Саидов. –Т.: Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий маркази, 2011. –Б.9 142 Xalqaro shartnomalarni bajarish ustidan milliy monitoringni amalga oshirishda avvalombor, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati, Oliy Majlis palatalari qo’mitalari va Tashqi ishlar vazirligi muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo’yicha O’zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O’zbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarni amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarning o’z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar yoki boshqacha so’z bilan aytganda, monitoring qiladilar. O’zbekiston Respublikasining barcha xalqaro shartnomalarning bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi. Xalqaro shartnomalar bajarilishi bo’yicha monitoring “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonunining 28-29 moddalari asosida amalga oshiriladi. Jumladan, 28-moddada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini ta’minlash bo’yicha kafolat ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Mazkur normada, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora- tadbirlarini ishlab chiqishi va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun mas’uliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilash bo’yicha vakolati mustahkamlangan. Shuningdek, hukumat O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Vazirliklar va idoralar, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma bo’yicha O’zbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi O’zbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining o’z majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar. Misol uchun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 iyundagi “Atom energiyasidan tinchlik yo’lida foydalanish sohasidagi xalqaro 143 shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №179 sonli Qaroriga ko’ra, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasi va Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik o’rtasidagi Yadroviy qurolni tarqatmaslik to’g’risidagi 1994 yil 8 oktyabrdagi shartnoma bilan bog’liq bo’lgan kafolatlarni qo’llash to’g’risidagi Bitim va Bitimga 1998 yil 22 sentyabrda Toshkent shahrida imzolangan Qo’shimcha protokol bo’yicha hamda O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Atom energiyasi bo’yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) o’rtasida atom energiyasidan tinchlik yo’lida foydalanish sohasidagi hamkorlik to’g’risida 2003 yil 6 oktyabrda Bryussel shahrida imzolangan Bitim bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash borasida vakolatli organ etib belgilangan. Mazkur davlat inspektsiyasi Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlikka (MAGATE) va Yevroatomga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotlar tayyorlash va ularni (bayonot, hisobotlar, xabarnomalar, hisobotlarga qo’shimcha va tushuntirishlar) taqdim etish vazifasi yuklatildi. Qonunning 29-moddasida O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatib borish, ya’ni monitoring qilishdan iborat bo’lgan Tashqi ishlar vazirligining vazifasi ko’rsatib o’tilgan. Shu bilan bir qatorda, xalqaro shartnomalarni bajarilishi yuzasidan milliy monitoringni amalga oshirish jarayonida quyidagi sub’ektlar ham ishtirok etishlari mumkin: 1. Markaziy davlat organlari: sudlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, idoralararo organlar; shuningdek, inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalarni monitoringi sohasida inson huquqlari bo’yicha milliy institutlar. 2. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari: viloyat, tuman, shahar hokimliklari; shu bo’g’indagi sudlar va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari; mahalliy darajadagi tashkilotlar va muassasalar. 3. Fuqarolik jamiyati institutlari: fuqarolar; fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari; yuridik jamoatchilik birlashmalari (advokatura, sud’yalar assotsiatsiyasi va boshqalar); nodavlat notijorat tashkilotlari; ommaviy axborot vositalari. Xalqaro shartnomalarning xalqaro monitoringida xalqaro shartnomalarni davlat tomonidan qanday bajarilayotganligi o’rganilsa, milliy monitoringda esa, ham xalqaro shartnoma, ham milliy qonunchilikni bajarilishi bo’yicha huquqni qo’llash amaliyotining muammolari va istiqbollari o’rganilishi ko’zda tutiladi. Masalan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini ta’minlash bo’yicha monitoring tekshiruvlarini o’tkazish Ombudsman faoliyatining strategik yo’nalishlaridan biridir. 144 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) tomonidan olib boriladigan monitoring inson huquqlari sohasida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish va ularni xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga ko’maklashish bo’yicha faoliyati mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning holati haqidagi ma’lumotlarni, fuqarolarning Vakilga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzilishi to’g’risidagi murojaatlarini tahlil qilish, qonun loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish bo’yicha o’z xulosalarini, qabul qilinayotgan qonun loyihalariga o’zgartirish va to’ldirishlar kiritish, qonunchilikdagi bo’shliqlarni bartaraf etish to’g’risida takliflar, inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish takliflarini kiritish asosida amalga oshiriladi . 1 Ombudsman 2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi bilan BMTning Bola huquqlari konvensiyasi, Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasiga rioya qilishni tekshirishda ishtirok etdi. Shu yili Senatning Tashqi siyosiy masalalar bo’yicha qo’mitasining Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi BMT konvensiyasini amalga oshirilishini o’rganish ishida qatnashdi 2 . Inson huquqlari sohasidagi xalqaro va milliy monitoringning nazariy masalalari bo’yicha xulosa qilinar ekan, bu sohada monitoringni amalga oshirish, mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda hamda bu sohadagi umumiy axvolni o’rganishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Inson huquqlari sohasidagi monitoring: birinchidan, inson huquqlari sohasida qonunchilik va amaliyot muammolari va kamchiliklarini aniqlaydi; ikkinchidan, ushbu muammo va kamchiliklarni xal etishning maqbul vosita va usullarini topishga yordam beradi; uchinchidan, milliy qonunchilik va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtiradi; 1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги хисоботи. Тошкент, 2006. -Б.11. 2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман)нинг 2005 йилги хисоботидан. 145 to’rtinchidan, inson huquqlari bo’yicha xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiyasi muammolarini aniqlaydi hamda istiqbollarini belgilab beradi 1 ; beshinchidan, mamlakatning inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnomalardan kelib chiqayotgan majburiyatlarini qay darajada bajarayotganligini aniqlash imkonini beradi; oltinchidan, esa davlatning o’z majburiyatlarini bajarishini o’rganish asosida, bunday davlatga nisbatan xalqaro hamjamiyatning ishonchini hamda bunday davlat bilan kelgusida iqtisodiy, ijtimoiy, savdo, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik olib borish uchun yanada kengroq istiqbollarni belgilab olishga imkon beradi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, inson huquqlari sohasida xalqaro monitoringda xalqaro shartnomalarni davlat tomonidan qanday bajarilayotganligi o’rganilib, davlatning inson huquqlari bo’yicha faoliyatiga, mamlakatdagi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining ahvoliga xalqaro miqyosda baho berilishi, bu borada mamlakatda yanada qilinishi lozim vazifalar belgilanishi hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan ahvolni yanada yaxshilash hamda milliy mexanizmni takomillashtirishga yordam berishning imkoniyatlari va istiqbollari belgilab olinadi. Inson huquqlari sohasida milliy monitoringda esa, ham xalqaro shartnoma, ham milliy qonunchilikni bajarilishi bo’yicha huquqni qo’llash amaliyotining muammolari va istiqbollari o’rganilib, inson huquqlari bo’yicha qonunchilikni hamda uni amalga oshirishning milliy mexanizmini yanada takomillashtirishga va pirovard natijada, mamlakatda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularni himoya qilishni yanada samarali ta’minlashga erishiladi. MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalarni bajarilishining monitoringni, xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning xalqaro monitoringi hamda milliy monitoringi va uni amalga oshiruvchi sub’ektlarga oid masalalarni ko’rib chiqishlari; ularning xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. 1 Мўминов А. Инсон ҳуқуқлари бўйича мониторингнинг аҳамияти //Қонун ҳужжатлари мониторинги: назария ва амалиёт масалалари”. Илмий-амалий семинар материаллари. – Т.: 2006. -Б. 148 146 NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalarni monitoring qilish tushunchasi va ahamiyatini yoritib bering. 2. Xalqaro shartnomalarni monitoring qilish shakllari, unda qo’llanadigan usullar qanday? 3. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qaysi tashkilotlar tomonidan monitoring qilib boriladi? 4. Monitoring qilish mexanizmi va usullari shartnomaning o’zida belgilab berilgan xalqaro shartnomalarga misol keltiring va ularni sharhlang. 1 KAZUS. 2015 yil mart oyida Yaman davlatida siyosiy inqiroz boshlanib, mamlakatda qo’poruvchilik harakatlari avj oldi. Hukumat qo’shinlari bilan separatistlar o’rtasida to’qnashuvlar natijasida ko’plab tinch aholi halok bo’ldi. Ichki kurashlarga Saudiya Arabiston davlati harbiy kuchlari aralashib, havo qo’shinlari orqali hujumlar uyushtirdi. To’qnavshuvlar natijasida Yamandagi YuNSEKOning Jahon madaniy yodgorliklar ro’yxatiga kiruvchi tarixiy yodgorliklar vayronaga aylantirildi. Yuzaga kelgan vaziyatni Yaman davlatining Qurolli mojaro vaqtida madaniy boyliklarni muhofaza qilish to’g’risidagi Gaaga konvensiyasining a’zosi sifatida hal qiling. 1. Mazkur vaziyatda Gaaga konvensiyasini qaysi qoidalari qo’llanadi(mi)? Sodir etilgan huquqbuzarliklarni izohlang va ularga uchun javobgarlikni hal qiling? 2. Yaman va Saudiya Arabistoni davlatlari Gaaga konvensiyasini buzganmi? Davlatlar mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun qanday choralarni ko’rishi lozim edi? 3. Gaaga konvensiyasining nazorat qilish qanday amalga oshiriladi? Bunda nazorat qiluvchi sub’ektga qanday vakolatlar berilgan? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan istalgan inson huquqlariga oid bo’lgan xalqaro shartnomani monitoringiga taaluqli bo’lgan masalalarni izlab topish va tahlil qilish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 147 IX. XALQARO SHARTNOMALARNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH (yuridik fanlar nomzodi Azimov Mirvohid Mirilyasivich) Annotatsiya. Mazkur bobda xalqaro shartnomani haqiqiyligi, haqiqiy emas deb topish tushunchasi, xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish shartlari va turlariga bag’ishlangan masalalarini o’rganiladi. 9.1. Xalqaro shartnomalarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi Mazkur masalaga 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena Konvensiyasida belgilangan “Umumiy qoidalar” bo’limining 1-moddasida “Xalqaro shartnomani haqiqiy emas deb topish, amal qilishini tugatish va to’xtatib turish” nomli qismida o’z aksini topgan. Haqiqiy deb topish tushunchasi BMT Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan yoritib berilmagan, ammo uni tushuntirib berish borasidagi harakatlari bo’lgan. X. Lauterpaxt (A/CN.4/63) birinchi ma’ruzasining 10-16 moddalari va uning ikkinchi ma’ruzasining 16-moddasi (A/CN.4/87) shu tushunchani yoritib berishga bag’ishlangan. Dj. Fitsmoris ham bu tushunchaga o’zining uchinchi ma’ruzasida (A/CN.4/115) alohida e’tibor qaratgan. Haqiqiy deb topish tushunchasi shartnomalarni haqiqiy emas deb topish mumkin bo’lgan barcha masalalarda qo’llaniladi, bunda davlatlar o’zlarining shartnoma tuzish huquqiga ega ekanligiga nisbatan cheklovlardan tashqari davlat vakillarining vakolatlari bo’yicha konstitutsiyaviy cheklovlarni o’z ichiga oladi 1 . A.N.Talalaev fikriga ko’ra, “Haqiqiylik tushunchasi qonuniylik tushunchasidan kengroq, bu xalqaro shartnomaning nafaqat xalqaro huquqqa moslik jihati, balki unda xalqaro huquqiy sub’ektivlikka ega bo’lgan tomonlarning mavjudligi, ularning roziligi va boshqa jihatlari bo’yicha xalqaro shartnomaning huquqiy mukammalligidir 2 . I.I.Lukashuk ta’kidlashicha, bu fikrga to’liq qo’shilib bo’lmaydi. Huquqiy 1 Qarang:YILC.1963.Vol.II.P.38 2 Венская конвенция о праве международных договоров. Комментарий. М.:, 1997. - С.116. 148 sub’ektivlikka ega bo’lish, xohish – irodalar kelishuvining mavjudligi xalqaro huquq tomonidan ham tartibga solinadi 1 . Vena konvensiyalariga ko’ra, shartnomaning haqiqiyligi shartnoma normalarga muvofiq tuzilganligi va ular tomonidan o’rnatilgan tartibda e’tiroz bildirilish mumkinligini anglatadi. Shartnomalarga nisbatan haqiqiylik prezumpsiyasi mavjud – har bir shartnoma u Konvensiyalar tomonidan o’rnatilgan normalar asosida boshqacha holat isbotlanmagunga qadar haqiqiy hisoblanadi. Vena konvensiyalariga muvofiq shartnoma haqiqiyligi yoki shartnoma majburiyligiga rozilik masalalariga faqat Konvensiyalarni qo’llash asosida e’tiroz bildirilishi mumkin. Shartnomaning amal qilishini tugatish, uning denonsatsiyasi yoki undan ishtirokchining chiqishi faqat shartnomaning o’zini yoki Konvensiyalarni qo’llash natijasida amalga oshishi mumkin. Bu qoida shartnomaning amal qilishini to’xtatib turishda ham qo’llaniladi (42 - modda). Doktrinada shartnomaning bajarilishi natijasida uni tugatish to’g’risidagi masala muhokama qilindi. Ayrim olimlar shartnoma o’z faoliyatini uni bajarilishi natijasida tugatish mumkin deb hisoblaydi (masalan, Ansilotti, Foshil). Boshqalar bu holatga o’z e’tirozlarini bildirgan, ular orasida Fismoris ham bor 2 . Shartnomalar aniq harakatni amalga oshirish maqsadini ko’zlasa, ularni bajarilishi natijasida tugatish masalasi ko’riladi. Biroq, bunday holatlarda ham davlatlar bajarilgan shartnomani tugatish bo’yicha tasdiqlovchi maxsus aktlarni qabul qilishni ma’qul ko’radi. Vena konvensiyalari ijroni shartnomaning tugatilish vositasi sifatida nazarda tutmaydi. Shartnoma tugatilishi mumkin, lekin ayrim o’z qoidalarini harakatda qoldirishi mumkin. Shartnoma faoliyatini haqiqiy emas deb topish, tugatish yoki to’xtatib qo’yish ushbu shartnomadan qat’iy nazar davlat yoki tashkilot majburiyatlari uchun kuchga ega bo’lgan xalqaro huquq normalariga muvofiq shartnomada belgilangan har qanday majburiyatni bajarish to’g’risidagi davlat yoki tashkilot majburiyatlarini qamrab olmaydi. 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2006. - C. 86 2 Qarang: Fitzmaurice G. Second Report on the Law of Treaties. P.46. 108 Shartnoma uni tuzish tartibi to’g’risidagi moddalarning buzilishi natijasida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 149 Bunday majburiyatlar xalqaro huquqning odat normalaridan hamda boshqa shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar hisoblanadi. Bu qoida aksiomatik (isbot talab qilmaydigan) xarakterga ega. Muayyan shartnomaning tugatilishi xalqaro huquqning boshqa manbalari bo’yicha majburiyatlarga ta’sir ko’rsatmaydi. Shartnoma qoidalarining bo’linish imkoniyatlarini tan olgan holda, davlatlar shartnoma qoidalarining yaxlitligi Vena konvensiyasini qo’llashda ham asosiy norma ekanligini ta’kidlashdi. Shunga muvofiq, Vena konvensiyalarida tan olingan shartnomani haqiqiy emas deb topish yoki shartnoma faoliyatini tugatish, undan ishtirokchining chiqishi yoki uning harakatini to’xtatib qo’yish asoslari bilan bog’liq barcha holatlar faqat butun shartnomaga nisbatan qaratilishi belgilab qo’yildi. So’ngra 44.2 va 60-moddalar loyihasida nazarda tutilgan qoidalardan istisno holatlar keltirilgan, ular shartnomaning buzilishi natijasida shartnomaning amal qilishini tugatish yoki uning harakatini to’xtatib qo’yishga bag’ishlangan. 44.3-moddaning bandlari rad etish uchun asos faqat ayrim qoidalarga taaluqli bo’lgan imkoniyatlarni nazarda tutadi. Ularga faqat shu qoidalarga nisbatan murojaat qilish mumkin, qachonki: a) ko’rsatilgan qoidalar shartnomaning qolgan qismidan ularning qo’llanishiga ko’ra ajratilgan bo’lsa; b) shartnomadan ko’rinib turibdiki, bu qoidalarning qabul qilinishi boshqa ishtirokchi yoki boshqa ishtirokchilarning butun shartnoma majburiyatiga roziligi muhim asos bo’lmagan; v) shartnomaning qolgan qismi bajarilishi adolatli bo’larmidi. Shartnomaning bo’linishi uni haqiqiy emas deb topish sabablariga bog’liq. Agarda gap aldov yoki pora berish yo’li bilan o’ziga og’dirish haqida borsa, tomon butun shartnomadan yoki yuqorida keltirilgan qoidalarga muvofiq uning ayrim qoidalaridan voz kechishi mumkin (44.4 - modda). Agarda gap davlat yoki davlat vakilini majburlash hamda imperativ normalarga zid holat haqida borsa, shartnoma qoidalarining bo’linishiga yo’l qo’yilmaydi (44.4 -modda). Bunday holatlarda shartnoma boshidan ahamiyatsiz hisoblanadi. O’ziga e’tiborni tortgan fakt shundan iboratki, shartnoma bo’linishi xalqaro huquqda mavjud imperativ normalarga zid bo’lgan qoidalar asosida tuzilgan shartnomalarga tegishli emas. Bunday shartnomalar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling