Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Autentik matn
- Diplomatik muzokara
- Inkorporatsiya
- Kodifikatsiyalash
195 mavzusida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi, jahonning 70 ta mamlakati va 40 ta xalqaro tashkilotlardan ekspertlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi uchun umumiy yondashuv takliflarini ishlab chiqishdi. O’zbekiston BMT Xavfsizlik Kengashi doirasidagi Terrorizmga qarshi kurash qo’mitasi, MDH doirasidagi Aksilterror markazi faoliyatlarida faol ishtirok etib kelmoqda, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida terrorizmga oid tegishli tadbirlarni amalga oshirmoqda, aksilterror kuchlari xalqaro koalitsiya sa’y-harakatlariga faol hissasini qo’shib kelmoqda. Hozirda BMT ning terrorizmga qarshi qaratilgan 13 ta hujjati bor. Bu hujjatlarga 11 ta konvensiya va 2 ta protokolni misol qila olamiz. Bugungi kunda yadro terrorizm aktlariga qarshi kurash xalqaro konvensiyasi hamda terrorizmga qarshi kurash bo’yicha kompleks konvensiya loyihalari ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga shuni ta’kidlab o’tishimiz joizki O’zbekiston BMT ning amalda bo’lgan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha barcha konvensiya hamda protokollariga a’zodir 1 . Ashxobod transport va tranzit yo’lagi. 2010-yilda Eron, Ummon, Turkmaniston va O’zbekiston hukumatlari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mintaqada transport va tranzit yo’lagini tashkil etish ishlari boshlandi. Bu tashabbusning huquqiy asosini yaratish maqsadida 2011-yilning 25- aprelida Ashxobodda Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar, Turkmaniston va O’zbekiston Davlati Hukumati o’rtasida xalqaro transport va tranzit yo’lagini barpo etish to’g’risidagi bitim imzolandi. Bitimning Nizomi, xalqaro tashish masalalari, yo’nalish bo’yicha har qanday transport vositasida (havo va suvda) a’zo-davlatlar hududi orqali yuk va yo’lovchi tranziti masalalarini tartibga soladi, bu Nizom ushbu bitim kuchga kirganidan keyin tashkil etiladigan Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu Bitim ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, shunday dalilni ta’kidlashimiz joizki, mazkur Ummon-Eron-Turkmaniston-O’zbekiston transport yo’lagini yaratilishi jo’shqinlik bilan rivojlanayotgan hududlarni, Markaziy Osiyo mamlakatlarini Fors va Ummon ko’rfazi dengiz portlariga olib chiquvchi yagona transport tizimiga birlashtiradi. 1 http://www.mfa.uz/ru/cooperation/security/54/ 196 Mazkur loyihaning iqtisodiy jihatdan rentabelligi shubha tug’dirmaydi, shu bilan birga uni amalga oshirish a’zo-davlatlar o’rtasida iqtisodiy, yuk va yo’lovchi tashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bojxona cheklovlarining yo’qligi hamda keng ko’lamlilik loyihaning strategik rolini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga a’zo davlatlarning hududi orqali tranzit yuk tashish hajmini oshirish imkonini yaratadi 1 . ShHT protseduralari qoidalari. ShHT protseduralari qoidalari loyihasi O’zbekiston Respublikasining tashkilotga raislik davridagi faoliyati vaqtida O’zbekiston tashabbusiga ko’ra ishlab chiqilgan va ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Toshkentda 2010-yil 11-iyunda bo’lib o’tgan yig’ilishida qabul qilingan. Loyiha hujjatining asosiy g’oyasi 2003-yil 29-may kuni ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlari qarori bilan tasdiqlangan tashkilot organlarining alohida Nizomlariga muvofiq ShHT tuzilmaviy organlarida yig’ilish va uchrashuvlar o’tkazish tartibini tizimlashtirib, ular tomonidan ko’rib chiqish uchun taqdim etilayotgan hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash va qabul qilishning yagona tartibini yaratish edi. ShHT protsedura qoidalari qabul qilingunga qadar, tashkilot doirasida ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlarni tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish tartibini belgilab beruvchi yagona hujjat mavjud bo’lmagan. Xartiya 16-moddasida ShHT organlarining qaror qabul qilish jarayonida a’zo-davlatlar e’tiroz bildirmasalar, qarorlar ovoz berish yo’li orqali emas, balki uyg’unlik, ya’ni kelishilganlik asosida qabul qilinadi, deb ta’kidlangan. Loyihaning maqsadi ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish jarayoni tartib-qoidalarini tizimlashtirishdan iborat. Shunga ko’ra, hujjat loyihasi quyidagilarni ko’zda tutadi: ShHT tuzilmaviy organlarida doimiy va favqulotda olib boriladigan uchrashuvlar hamda yig’inlar vaqti, joyi, shu bilan birga ularning hajmini aniqlaydi; yig’ilishlar va uchrashuvlar tartibini va ketma-ketlikni o’rnatadi, jumladan, masalalarni muhokama qilish, qarorlar qabul qilish, shuningdek, yig’in va uchrashuvlar maqbuligini ta’minlaydi; 1 www.turkmenistan.ru/ru/articles/35895.html 197 yig’ilish va uchrashuvlar ishtirokchilarining tarkibi va maqomini aniqlab qolmasdangina, shu bilan birga ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi; yangi takliflar ishlab chiqish jarayonini aniqlaydi, shu jumladan tashkilot normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, ularga tuzatishlar kiritilishi hamda muvofiqlashtirish tartibini o’rnatadi, hujjatlar loyihalari bo’yicha ekspert ishchi guruhlarini shakllantiradi; uchrashuvlar va yig’ilishlar kun tartibi rejasini shakllantirish jarayonini tizimlashtiriadi; ShHT tarkibiy yig’ilishlari va uchrashuvlarni tayyorlashda tashkiliy hamda texnik jihatlarini aniqlashtiradi. O’zbek mutaxassislari tomonidan mazkur hujjatni tayyorlashda xalqaro va xorijiy tajribadan foydalangan holda xalqaro tashkilotlarning tuzilmaviy organlarida tadbirlarni o’tkazish jarayonini huquqiy tartibga solish tahlili amalga oshirildi. Tahlil natijalari boshqa xalqaro tashkilotlarda bunday tartibi yagona protsessual hujjat bilan tartibga solinishini ko’rsatdi. Misol uchun, MDH va KXSHT xalqaro tashkilotlarida bu jarayon ushbu tashkilotlarning protsedura qoidalari bilan tartibga solingan bo’lib, bu tartib qoidalar shu tashkilotlarning yuqori organlari tomonidan ma’qullangan. Shunga o’xshash tizim NATO va BMT doirasida ham mavjud. Xususan, BMTning har bir tuzilmaviy organida, Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Xalqaro Sud va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida, ishlab chiqilgan hamda amalda bo’lgan Protsedura qoidalari mavjud bo’lib, bu tartib qoidalar bu tuzilmaviy organlar faoliyatining huquqiy bazasini shakllantiradi. Ushbu xalqaro tashkilotlar tajribasi kelib chiqqan holda, ShHT tuzilmaviy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish jarayoni tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatni ishlab chiqib, qabul qilish, tashkilotga quyidagi afzalliklarga ega bo’lishga imkoniyat yaratardi: ShHT tarkibiy organlarida uchrashuv va yig’ilishlar o’tkazish, taqdim etilgan hujjatlar tayyorlash, tasdiqlash, qabul qilish hamda ko’rib chiqish jarayonini yagona tizimga birlashtirardi; Tomonlar o’rtasida mazkur masala yuzasidan kelib chiqishi mumkin bo’lgan kelishmovchiliklarni bartaraf qilishga yordam berardi; ShHT tarkibiy organlarida ko’rib chiqish uchun tayyorlanadigan hujjatlarning samaradorligi va sifatini oshirardi; 198 Tashkilot tashkiliy-huquqiy masalalarini hal qilishda mavjud bo’lgan bo’shliqqa barham berardi 1 . Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish. 2014-yil 6-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu- Yorkdagi qarorgohida tom ma’nodagi tarixiy voqea yuz berdi - mazkur tashkilot tuzilganidan buyon birinchi marotaba besh yadroviy davlat - AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya yakdillik bilan va bir paytning o’zida muhim xalqaro hujjatni - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to’g’risidagi Shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari to’g’risidagi Protokolni imzolashdi. Ushbu qadam O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1993-yil 28-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida tashabbusning to’la amalga oshirilishini nihoyasiga etkazgani holda, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga hamda yadro quroli tarqalmasligi va qurolsizlanish bo’yicha global rejimning kuchayishiga ulkan hissa qo’shadi. 1997 yil 15-17 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zona tashabbusining keyingi konseptual rivojlanishiga hamda uning siyosiy va huquqiy jihatdan rasmiylashishiga erishildi. Forum ishtirokchilari oldida nutq so’zlar ekan, O’zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo - yadro qurolidan xoli zonani yaratishning mohiyati va yo’llari to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi: - Yadro xavfsizligiga umumiy, keng qamrovli xavfsizlik, omon qolish muammosining tarkibiy qismi sifatida qaralishi kerak. Yadro quroliga ega va ega bo’lmagan davlatlarning majburiyatlari o’rtasidagi muvozanat - yadro qurolidan xoli zonaning samarali faoliyat ko’rsatishi asosidir. Men Markaziy Osiyodagi yadro qurolidan xoli zonaning ishonchli, mustahkam bo’lishi, yadro quroliga ega bo’lgan barcha davlatlar uning maqomini e’tirof etgan taqdirdagina ta’minlanishiga qat’iyan aminman; - Zonaning barcha faoliyat imkoniyatlarini yadro quroli tarqalishi xavfining oldini olishga safarbar eta oladigan mexanizm ishlab chiqilishi lozim. Shu maqsadda ishtirokchi davlatlar xalqaro miqiyosda to’plangan tajribaga hamda bir qancha asosiy tamoyillarga (zona yadro qurolidan to’la 1 http://www.mid.ru/bdomp/ns- asia.nsf/3a0108443c964002432569e7004199c0/432569d80021985fc325711d003b9e9d!OpenDocument 199 ravishda xoli bo’lishi ta’minlanishi lozim; uning faoliyat ko’rsatishi bo’yicha ishtirokchi davlatlargina emas, barcha manfaatdor mamlakatlar ham o’z zimmalariga majburiyat olishi mumkin; yadro qurolidan xoli zonaning barpo etilishi haqidagi bitimlar kelishilgan majburiyatlarga rioya qilishni ta’minlovchi samarali nazorat tizimini o’z ichiga olishi lozim; nazorat MAGATE va BMTning Xavfsizlik Kengashi kafolati ostida olib borilishi lozim) suyanishi kerak; - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonaning barpo etilishi va uning faoliyat ko’rsatishi; - Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi Shartnoma doirasida belgilab berilgan dunyo miqyosidagi yadro xavfsizligi tizimining ajralmas qismidir. Ayni paytda yadroviy qurolsizlanish bo’yicha tadbirlar bilan bir qatorda ommaviy qirg’in qurollarining boshqa turlari ham tarqalishining oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar amalga oshirilishi lozim; - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish masalalari yadro sinovlari oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish, insonlarning munosib turmushini ta’minlash bilan chambarchas bog’liq bo’lishi kerak; - Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish g’oyasi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha ilgari qilingan sa’y- harakatlarning mantiqiy davomidir. Mintaqaviy ekspert guruhining 2005-yil 7-9-fevral kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan ettinchi uchrashuvida yadroviy davlatlar, MAGATE va BMT Huquqiy masalalar bo’yicha departamentining taklif va mulohazalarini hisobga olgan holda, mintaqa mamlakatlarining Shartnoma matni bo’yicha yakdil pozitsiyasi kelishib olindi. Toshkent bayonotining matni BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assambleyaning 59-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Ushbu sa’y-harakatlar natijasi o’laroq, oxir-oqibatda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to’g’risidagi Shartnoma mintaqa davlatlari tomonidan 2006-yilning 8-sentyabrida Semipalatinsk shahrida imzolandi. Mazkur hujjat imzolanishining ramziy ahamiyati bor. Ma’lumki, “sovuq urush” yillarida harbiy tenglikni ta’minlash siyosati doirasida Semipalatinsk poligonida 459 ta yadro quroli portlashi o’tkazilgan, Qozog’iston uzoq davom etgan yadroviy portlashlardan nihoyatda katta zarar ko’rgan va bunday siyosat millionlab qozog’istonliklarning hayoti va salomatligi hisobidan olib borilgan edi. 200 Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qo’llab-quvvatlandi. Bosh Assambleya 2006 yilning 6 dekabr kuni 61/88 sonli “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish” nomli mintaqa davlatlari nomidan O’zbekiston taqdim etgan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. Bosh Assambleya Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish to’g’risidagi Shartnomani mintaqaviy hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo’lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etdi. O’zbekiston mintaqa mamlakatlari orasida birinchi bo’lib Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi Shartnomani 2007 yil 10 may kuni ratifikatsiya qildi. Shartnoma 2009 yil 21 martda mintaqaning qolgan barcha davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinganidan so’ng kuchga kirdi. Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish haqidagi Shartnoma beshta yadroviy davlat tomonidan Xavfsizlik kafolatlari to’g’risidagi protokolning imzolanishi bilan uzil-kesil xalqaro-huquqiy jihatdan rasmiylashdi. Protokol 2014 yilning 6 may kuni BMTning Nyu- Yorkdagi bosh qarorgohida Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi Shartnomaning Umumlashtiruvchi konferensiyasi Tayyorgarlik qo’mitasining Uchinchi sessiyasi chog’ida imzolandi 1 . MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur bobda O’zbekiston Respublikasining xalqaro huquqning teng huquqli sub’ekti sifatida xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Muzokaralar olib borish to’g’risidagi va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to’g’risidagi qarorlari, imzolash vakolatlari va shartnomalarini imzolash tartibi qanday amalga oshiriladi? 2. O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to’g’risidagi takliflar va Oliy Majlisning qarorining ahamiyati nimada? 3. O’zbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash va ularni (qabul qilish) tartibi qanday? 1 http://www.uzbekistan.de/ru/nachrichten/nachrichten/initsiativa-prezidenta-uzbekistana-iakarimova-o-sozdanii-zonq- svobodnoy-ot 201 1 KAZUS. O’zbekiston Respublikasi va Qozog’iston Respublikasi o’rtasida iqtisodiy hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama idoralararo shartnoma tuzildi. Muzokaralar olib borilganidan so’ng xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risidagi taklif O’zR Oliy Majlisiga 01.03.2015 yilda kiritildi. Mazkur xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risida taklif Oliy Majlisga kiritilgan paytda Oliy Majlisning yalpi majlisi o’tkaziladigan sana 28.03.2015. ga belgilangan edi. Mazkur vaziyatda Qozog’iston Respublikasi shartnomani ratifikatsiya qilishga ko’p vaqt ketishi, bu paytda o’ziga ko’p zarar yetishini va o’zining “Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi Qonunining 5- va 13-moddalariga muvofiq Qozog’iston Respublikasining Prezident va Hukumati Parlamentga xalqaro shartnoma tuzish to’g’risida taklif kiritganidan o’n to’rt kundan kechiktirmay o’z taklifini bildirishi lozim hisoblanadi deb shartnomani o’n to’rt kun ichida ratifikatsiya qilish talabini O’zbekistonga qo’yadi. 1. Xalqaro idoralararo shartnomalar nima? O’zbekiston Respublikasida qaysi sub’ektlar xalqaro shartnomar tuzish vakolatiga ega hisoblanadi? 2. O’zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga ko’ra xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to’g’risida takliflarni kimlar kiritishi mumkin? 3. Mazkur vaziyatda xalqaro shartnoma qay tarzda ratifikatsiya qilinadi? Qozog’iston Respublikasining talabi asoslimi? 2 KAZUS. O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o’rtasida madaniy sohasida hamkorlik to’g’risida 2005 yilda shartnoma imzolash bo’yicha muzokaralar olib borildi. Shartnomani imzolash davomida shartnomaga qanday nom berish va shartnoma tili to’g’risidagi masala borasida tomonlar bir to’xtamga kela olmadi. Ya’ni shartnomaga nom berishda O’zbekiston bu shartnomani bitim deb nomlashni taklif qildi, Hindiston esa bu shartnomaga keyinchalik boshqa manfaatdor davlatlarni qo’shish mumkin deb shartnomani kelishuv yoki konvensiya deb nomlashni taklif qildi. Shartnomaning tili masalasida esa, O’zbekiston Hindiston tili tushunarsiz, shuning uchun 25.12.1995 yildagi “O’zbekiston Ruspublikasining xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi qonuniga ko’ra uchinchi til sifatida rus tilini tanlaydi. Hindiston esa ham o’zbek tili, ham rus tiliga rozi bo’lmagan holda shartnomaning tili sifatida ingliz tilini tanlaydi. 1. O’zbekiston Respublikasing xalqaro shartnomalarining tili va nomi to’g’risidagi talablar nimalardan iborat? 2. Davlatlar o’rtasidagi shartnomaga nisbatan qaysi til va qanday nom beriladi? 3. Ushbu vaziyatda qaysi davlatning talablari xalqaro huquq odat va normalariga ko’proq mos keladi? 202 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalarni tuzish to’g’risidagi takliflarni berish masalasi, uni ko’rib chiqish tartibi (O’zbekiston va xorijiy mamlakatlar misolida) tahlil qiling. Ish shakli – yozma. 203 GLOSSARIY Ad referendum (lot. Ad referendum) – shartnomani shartli ravishda imzolash yoki hujjat matniga davlatning vakolatli organi yoki shaxsi tomonidan tasdiqlanishigacha rozilik bildirish. Autentik matn (yunon. authentikos – haqiqiy, dastlabki manba asosida) – xalqaro shartnomaning asl, barcha rasmiyatgarchiliklarga amal qilib tuzilgan matni. Deklaratsiya (lot. Deklaratio – e’lon qilish) – ayrim xalqaro shartnomalarning nomlanishi bo’lib, shu sohaga oid asosiy prinsiplar va harakat dasturini belgilaydi. Denonsatsiya (lot. denuntiatio – bildirish, xabar berish) – shartnomaning amal qilishini tugatish yoki shartnomaning o’zida ko’rsatilgan tartib va muddatlarda undan chiqish usuli. Desuet`yud – (desuetude) (eskirish, iste’moldan chiqish) deb nomlanuvchi ko’rinish mavjud bo’lib, u eskirish, normani rasman rad etishsiz o’z kuchini yo’qotish degan ma’nolarni anglatadi. Diplomatik muzokara - xalqaro shartnoma matnini tayyorlash xalqaro konvensiyalar va xalqaro tashkilotlarda oddiy diplomatik yo’llar orqali muzokaralar olib borish usuli bilan amalga oshiriladi. Doktrina – huquq normalarini norasmiy talqin qilish turlaridan biri, ular katta obro’ga ega bo’lgan yuris olimlar tomonidan amalga oshiriladi. Implementatsiya (ingl. implementation – aynan amalga oshirish, hayotga tatbiq etish) – xalqaro-huquqiy normalarni asl holida ichki huquqqa tatbiq qilish, kiritish, amalga oshirish. Inkorporatsiya – davlat ichki qonun chiqarish hujjatida xalqaro huquq normalarining aniq, ayni matn holida aks ettirilishi Ishtirokchilar - xalqaro shartnomalarni matnini qabul qilishda, uni imzolashda va keyinchalik majburiyatlarni qabul qilishda ishtirok etgan xalqaro huquq sub’ektlari hisoblanadi. Kvorum (lot. quorum (praesentia sufficit) – qatnashuvchilar (etarli)) – xalqaro tashkilotlar, konferensiyalar va organ-larda ishni boshlash va qaror qabul qilish uchun ularning reglamentlarida belgilab qo’yilgan ko’pchilik. Kodifikatsiyalash - Amalda zamonaviy xalqaro huquq normalarini muayyan bir tizimga keltirish xalqaro huquqni kodifikatsiyalash deyiladi Komissiya – muayyan funktsiyalarni bajarish yoki maxsus tadbirlarni o’tkazish uchun tashkil etiladigan organ. 204 Kommyunike (lot. sommunico, fr. communiqui – xabar qilaman) – xalqaro shartnomalarning tuzilishi yoki natijalari, xalqaro konferensiyalar va muzokaralarning yoxud harbiy harakatlarning borishi to’g’risidagi rasmiy xabar. Konvensiya – xalqaro shartnomalarni nomlanishidan biri. AQSHda konvensiyalar degan nomlanish ikki tomonlama shartnomalarni nomlash uchun, qolgan davlatlarda esa ko’p tomonlama shartnomalarni nomlash uchun qo’llanadi. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling