Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esda tuting!
18 mehmondo’st munosabatda bo’lish, ajnabiylarni himoya qilish, xorijiy davlatlar elchilarini haqorat qilmaslik, chet elliklar bilan nikoh tuzmaslik kabi institutlar kiradi 1.2. O’rta asrlarda xalqaro shartnomalar RJSL.com O’rta asrlarda davlatlararo munosabatlarning rivojlanishi, ular o’rtasidagi xalqaro shartnomalarga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Feodal davlatning o’zi turli darajadagi yer egalari (feodlar)ning shartnomaviy aloqalari tizimi edi. Mazkur davrdagi feodal tuzumning o’ziga xosligidan kelib chiqib, xususiy shartnomani xalqaro shartnomadan ajratish qiyin edi. Chunki, xalqaro shartnomalarning sub’ektlari sifatida davlatlar bilan bir qatorda, alohida feodallar, keyinchalik feodallardan mustaqillikni qo’lga kiritgan shaharlar ham ishtirok etar edi. Rim papalari alohida shartnomalar – konkordatlar tuzar edi. Ishlab chiqarish va savdo, dengizda suzishning rivojlanishi bilan bir qatorda, xalqaro shartnomalarning yangi turlari ko’payib bordi. Savdo shartnomalari, daryolarda suzish bo’yicha shartnomalar (misol uchun Po daryosi bo’yicha erkin suzish bo’yicha 1177 yili italyan shaharlarining Ferrar pakti, 1229 yili G’arbiy Dvina bo’yicha erkin suzish bo’yicha Smolenskning Boltiqbo’yi shaharlari bilan shartnomasi tuzildi), konsullik, valyuta va boshqa sohalarda shartnomalar tuzila boshladi. Shuningdek, shartnomalar orqali davlat chegaralari belgilanar edi. Misol uchun, 1001 yilda Qoraxoniylar xoni va G’azna hokimi o’rtasidagi shartnomaga binoan, Amudaryo ikki o’rtadagi davlat chizig’i etib belgilanadi 1 . Bag’dod xalifasi va Saljuqiylar sultoni Sanjar ibn Malikshoh (1118-1157) o’rtasida 1120 yilda tuzilgan bitimga binoan – Saljuqiylar davlati Iroq va Xuroson sultonliklariga bo’linganligi rasman e’tirof etiladi 2 . XV asning oxiri – XVI asrning boshlarida savdo shartnomalari davlatlararo shartnomalar orasida katta ahamiyat kasb eta boshladi. Biroq, ularda siyosiy harakterdagi qoidalar, ya’ni ittifoq, do’stlik va shu kabilar ham tez-tez uchrab turar edi. Bunday shartnomalar savdo maqsadlaridagi (foedus commerciorum causa) ittifoq shartnomalari deb atalar edi. Bunday shartnomalar yevropa davlatlarining kolonial siyosatining muhim quroli edi. XVI-XVII asrlarda savdo-siyosiy shartnomalar ko’p edi va ular tez-tez yangilanib turar edi. Ularni yangilashda, davlatlar shu paytgacha boshqa 1 Кариев О. История караханидского каганата. –Ф.; 1983. –С.245 2 Qarang: Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқий тарихи. –Б.77-81 19 davlatlarga berilgan ustuvorlikni olishga harakat qilishar edi. Mazkur shart “nisbatan qulaylikka ega bo’lish to’g’risidagi qo’shimcha shartlar” deb nom oldi. XVIII asrning boshlariga kelib, siyosiy shatnomalardan tijorat moddalari mustaqil savdo traktatlari sifatida ajralib chiqa boshladi. 1713 yili Angliya va Fransiya o’rtasida Utrext tinchlik shatnomasini imzolash paytida alohida savdo shartnomasi ham imzolangan. O’rta asrlarda arbitraj to’g’risida shartnomalar ham imzolangan. Shartnomalarning ko’pi hali ham ikki tomonlama edi, ammo shu bilan birga ko’p tomonlama shartnomalar ham imzolana boshladi. Bular birinchi o’rinda, tinchlik shartnomalari edi. Ular orasida eng muhimi – O’ttiz yillik urushga yakun yasagan 1648 yildagi Vestfal tinchlik shartnomasi edi. Odatga ko’ra, ular yozma shaklda tuziladigan bo’ldi. Ammo, og’zaki shartnomalar ham yozma shartnomalar bilan bir xil kuchga ega edi. Shartnomalarning tuzilishi, ularning tili va shaklan bezaklari ham o’zgardi. Birinchi o’rinda favqulodda uzun muqaddimaga e’tibor qaratildi. Bunda nomidan shartnoma tuziladigan davlat boshlig’ining barcha darajalari va yerlari, shuningdek, barcha vakolat qilinganlarning barcha ranglari, unvonlari va hattoki ordenlari batafsil sanab o’tiladigan bo’ldi. Yevropa davlatlarining barcha shatnomalari “hudo va muqaddas uchlik (xristian dinida: ota xudo, o’g’il xudo va muqaddas ruhdan iborat yagona xudo) nomidan tuzilib, bunday yodga olish muqaddimaga albatta kiritila edi. Asosiy qism qadimgi shatnomalardan farqli ravishda moddalarga bo’linar edi. Moddalar, kamdan kam IX-XIII asrlardagi shartnomalarda qo’llanila boshlagan va XIV ga kelib shartnomaviy amaliyotga mustahkam kirib bordi. Dastlab shartnomaning primo et in primis, deb nom olgan birinchi moddasiga raqam qo’yilgan, qolgan barcha moddalari, aniqroq qilib aytganda abzaslar bir biridan “item”, (“keyingi”) degan so’z bilan Esda tuting! Mazkur shartnomaning o’ziga xos xususiyati shu bilan xarakterlanar ediki, unda turli sub’ektlar tomonidan turli vaqtlarda imzolangan ikkita mustaqil qismdan iborat edi: birinchi – Osnabryukda (imperator-shved), boshqasi esa, Myusnsterda (imperator-fransuz). Bu O’ttiz yillik urush vaqtida o’zaro kurash olib borgan Shvetsiya bilan Fransiya o’rtasidagi keskin qarama-qarshilik bilan bog’liq edi. 20 ajratildi. Asta-sekinlik bilan shartnomaning qizil chizig’i muayyan raqam bilan yoziladigan bo’ldi va u “modda” so’z bilan iste’molga kiritildi. O’rta asrning ohirlariga kelib, bu qoidaga aylandi. Faqatgina xajmi bo’yicha kichik bo’lgan shartnomalargina moddalarga bo’linmay qoldi 1 . Diplomatiya va tashqi siyosat davlatning ichki siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun ham, o’rta asrlardagi shartnomalarda maxfiy moddalarning soni ko’payib bordi va u davlatlarning umumiy amaliyoti sifatida keng tarqaldi. Shartnomaning xulosa qismi ham anchagina o’zgardi, u endi murakkabroq bo’lib qoldi. XVII asrning shartnomalarida nafaqat shartnomaga sodiqlik to’g’risidagi va’da, balki ratifikatsiya tartibi va muddati, ayrim hollarda shartnomaning harakat muddati va boshqa qarorlar ham o’z aksini topgan edi. Muayyan muddatida shartnomaga qo’shilishning imkoniyatlari to’g’risida maxsus moddalar paydo bo’ldi. “Traktat yoki ittifoqqa qo’shilishi hoxishi bo’lganning barchasiga 1 yil beriladi”- deb qayd etiladi, 1726 yil 6 avgustdagi Yevropada tinchlikni saqlash to’g’risidagi rus-avstriya shartnomasida. O’rta asrlarda xalqaro shartnomaga qo’shimcha shart (ogovorka, clause) tan olinmas va undan foydalanilmas edi. Misol uchun, 1356 yili Venetsiya va Tripolitaniya shartnomasida qo’shimcha shart (ogovorka, clause) ishlatilmaslik to’g’risida kelishib olingan. Ayrim hollarda shartnomada uchinchi davlat bilan avvalgi shartnomaviy majburiyatiga qarama-qarshi bo’lmagan maxsus moddalar kiritilgan. Misol uchun, Rossiya va Avstriya o’rtasidagi 1697 yildagi ittifoqchilik shartnomasida, Avstriyaning Polsha bilan Rossiyaning Polsha bilan ittifoqchilik shartnomasiga hech qanday zarar yetkazmaslik to’g’risida ko’rsatib o’tildi. Mazkur davrda ham, qadimgi davrga o’xshab xalqaro shartnomalarga qo’llaniladigan yagona til bo’lmagan. Ammo, ko’p tomonlama va ikki tomonlama shartnomalarda ko’proq tarqalgan til, bu lotin tili bo’lgan. Unda 1648 yilgi Vestfal shartnomasi tuzilgan. Ikki tomonlama shartnomalar o’sha davrdagi kuchli davlatlar tilida: ispan, nemis, fransuz, rus tillarida tuzilgan, ammo har doim ham ikki tilda bo’lmagan. Shartnoma shaklining majburiyat rekvizitlaridan biri imzo va muhr bo’lgan. Iroq, qasamyod ham ko’p vaqtgacha xalqaro shartnomalarni tuzishning zaruriy sharti bo’lib qolgan. Qasamyod oxirgi marta Fransiya va Shvetsariya o’rtasidagi 1777 yilgi ittifoqchilik shartnomasini tuzish 1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009.-С.16 21 paytida qo’llanilgan. G’arbiy yevropada shartnomalarga rioya qilishning kafolatini Rim papalari maxsus bullalarni chiqarish orqali ta’minlagan. G’arbda xalqaro shartnoma bajarilishining kafolati sifatida garovga olish instituti ayniqsa, keng tarqalgan. Garovga, qadimgi davrdagidek, eng muhim bo’lgan shaxslar, shaharlarning mashhur kishilari, shaxzodalar olingan. Oxirgi marta 1748 yilgi Angliya va Fransiya o’rtasidagi Aaxen tinchlik shartnomasida qo’llanilgan. Keyinchalik, garovdagilar o’rniga qimmatbaho boyliklar va hatto hududlarni qo’yganlar. O’sha davrdagi xalqaro shartnomalarning ta’minlashning o’ziga xos ko’rinishi, shartnomani saqlovchilar (hozirgi til bilan aytganda “depozitariy”) instituti edi. Qirollar yoki imperatorning vassallari - yirik feodallar, shartnomalarni o’zlarining senyorlari tomonidan aniq bajarilishi uchun kafil bo’lar edilar. Agar qirol shartnomani buzsa, saqlovchilar o’zining vassallik majburiyatlaridan ozod bo’lar edilar va hattoki, qurol kuchi bilan shartnomani rioya qilishga majburlashi mumkin bo’lgan. Saqlovchilar instituti XV-XVI asrlardagi shartnomalarda ko’p uchraydi. Shartnomalar muddatli va muddatsiz tuzilar edi. Muddatsiz shartnomalarga odatda tinchlik shartnomalari kirar edi. Ular abadiy tuzilar edi, misol uchun Rusda shartnomalarning muddatsiz ekanligini ko’rsatish uchun “xali quyosh nur sochar va butun dunyo yashar ekan”, kabi iboralardan foydalanilgan. Ilk o’rta asrlarda shartnomalarning muddati, bu shartnomalarni tuzgan qirollar, knyazlar, feodallarning hayoti davri bilan belgilanar edi. Bunday amaliyot Rusda XVI asrgacha saqlanib qolgan. Keyinchalik ularning muddati aniq belgilab qo’yilar edi, ya’ni – 3, 5, 25 va 50 yil. U ayrim hollarda nomuayyan muddatga cho’zilar edi 1 . Xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun, uni hukmdor tomonidan ratifikatsiya qilish lozim edi. Ammo, ayrim hollarda, shartnomani kuchga kirishi tez amalga oshishi lozim bo’lgan hollarda esa, u ratifikatsiya qilingunga qadar ham kuchga kirishi mumkin bo’lgan. Misol uchun, 1737 yil 9 yanvardagi Turkiyaga qarshi urushda o’zaro yordam to’g’risidagi Rus-Avstriya konvensiyasi shular jumlasidan edi . Ratifikatsiya tantanali sharoitlarda amalga oshirilar edi. Rossiyada bu ruxoniy shaxslar va boshqa tomonning elchilari ishtirokida amalga oshirilar edi. 1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство «Зерцало», 2009.-С.19 22 O’rta asrlarda xalqaro shartnomalar deyarli muddati ko’rsatilmaganligi uchun kamdan kam bekor qilinar edi. Ular o’z kuchini boshqa sabablarga ko’ra yo’qotar edi. Bu davrdagi shartnomalarda shartnomalarni bajarish muddati aniq bo’lmagan. O’rta asrlardagi ayrim xalqaro shartnomalar hali ham kuchda 1 . O’rta asrlarda ko’proq siyosiy (tinchlik to’g’risida, ittifoq to’g’risida, do’stlik va boshqa shu kabilar to’g’risida ) va savdo shartnomalari (bunday shartnomalar ko’payib borar edi) tuzilar edi. O’z mazmuniga ko’ra bunday shartnomalar tinchlik paytiga mo’ljallangan edi. Shu bilan bir qatorda, o’rta asrlarda qurolli mojarolarda jabr ko’rganlarga yordam ko’rsatish bo’yicha qo’mondonlar o’rtasida jabr ko’rganlar bilan muomalada bo’lish to’g’risida kelishuvlar tuzila boshlandi. 1393 yili Shvetsariya kantonlari o’rtasida tuzilgan Sempax kelishuvida ayollar va yaradorlarga xurmat ko’rsatilishiga kelishib olingan. Shuning uchun ham mazkur shartnoma “Ayollarga xat” deb nom oldi. Unda ayollarning urushda qatnashmasligi, shuningdek yaradorlarning daxlsizligi, ularning shaxsi va mulkiga hurmat qilish mustahkamlab qo’yilgan. Keyinchalik, ya’ni 1581-1864 yillar davrida 290 atrofida kelishuvlar tuzildi. 1785 yilda Buyuk Fridrix va Benjamin Franklin o’rtasida tuzilgan “Do’stlik va tinchlik to’g’risidagi shartnoma” o’ziga xos namuna bo’lib, unda quyidagi ibora birinchi bo’lib ishlatila boshlandi, “Agar mojaro chiqib qolsa, qamal qilishdan o’zlarini tiyishga; individlarni himoya qilishga; ma’lum bir vaqt ichida dushman tomonning fuqaro shaxslariga mamlakatdan chiqib ketishga imkoniyat yaratib berishga; xarbiy asirlarni boqish va ularni o’z soldatlari kabi darajada qarashga; ishonchli shaxslarga harbiy asirlarni ko’rishga va ularning ahvollarini yengillashtirishga, ma’naviy qo’llab quvvatlashga ruxsat berishga ikki kelishuvchi tomonlar butun dunyo oldida majburiyat oladilar” 2 . O’rta asrlarda tinchlik va savdo shartnomalarini bekor qilishning asosiy sabablari urushlar hisoblangan, urushlar o’rta asrlarda tez-tez bo’lib turar va shartnomalar esa, asosan ikki tomonlama edi. Urush urushayotgan tomonlar o’rtasidagi harakatda bo’lgan barcha shartnomalarni bekor qilar edi. Bunday tamoyil keyinchalik harbiy diffedatsiya degan nom oldi. Xalqaro shartnomani bekor qilish turli aks etar edi. Kiev Rusida 1 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. Шестаков. М.: Издательство « Зерцало», 2009.-С.14 2 Становление Международного гуманитарного права. http://edu.tomsk.ru/teacher_help/mir/dop_mat/History%20of%20IHL.htm . 23 shartnomalar “xoch yorlig’i” shaklida tuzilar edi, elchining “xoch yorlig’i”ni yerga tashlasa va ketsa, xalqaro shartnoma bekor qilingan hisoblanar edi. Keyinchalik esa, xorijiy davlatga shartnomani bekor qilinganligi to’g’risida bildirilar edi. Urushni e’lon qilish to’g’risidagi deklaratsiya ham shunday kuchga ega edi. O’rta asrlarda xalqaro huquq o’z taraqqiyotining navbatdagi bosqichiga ko’tarilgan. O’rta asrlar xalqaro shartnomalar huquqining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, xalqaro huquq va uning ta’limotlariga dinning ta’siri katta bo’lgan, xristianlik keng tarqalgan davlatlarda din davlatlararo munosabatlarda etakchi mavqega ega bo’lgan, musulmon xalqaro huquqi paydo bo’lgan; ikkinchidan, xalqaro shartnomalar huquqi rivojiga diniy-harbiy ittifoqlar sezilarli ta’sir ko’rsatgan; uchinchidan, xalqaro savdo va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi ta’siri ostida xalqaro dengiz huquqi sohasi kabi, xalqaro huquqning yangi institutlari va sohalari bilan bir qatorda sohaviy xalqaro shartnomalar rivojlangan; 1.3. Xalqaro shartnomalar huquqining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari XIX asr xalqaro huquqning boshqa sohalari kabi, davlatlararo xalqaro shartnomaviy huquq sohasi ham tez rivojlana boshladi. Bu davrga kelib, xalqaro huquqning xalqaro gumanitar huquq, kabi turli sohalarining shakllanishi va rivojlanishi o’z navbatida, xalqaro shartnomalar huquqini ham shakllanishiga asos soldi. Chunki, endi turli yo’nalishlardan davlatlararo munosabatlar asosan xalqaro shartnomalarga asoslana boshladi. Shu bilan birga, xalqaro shartnomalarning muayyan shakllari va talablari ham bir xillasha boshladi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib, ilk bora ko’p tomonlama shartnomalar tuzish zarurati yuzaga kelgan. Konvensiya va deklaratsiya shaklidagi xalqaro shartnomalar ko’plab tuzila boshladi. 1815 yilda Yevropaning to’qqiz davlati tomonidan diplomatik martabalar to’g’risida Vena Reglamenti qabul qilingan. Xalqaro transport va aloqa vositalari faoliyatini huquqiy tartibga solish muammosi qat’iy yechimini kutgan. 1856 yilda Parij deklaratsiyasiga muvofiq, savdo 24 kemalarining urush davrida harakatlanish rejimi belgilangan. Savdo kemalarining xalqaro daryolar - Yevropadagi Reyn, Dunay, Elba, Amerikadagi Missisipi va Muqaddas Lavrentiy, Afrikadagi Kongo va Niger daryolari bo’ylab erkin harakatlanish rejimi shakllangan. 1874 yilda Butun Jahon Pochta Ittifoqini ta’sis etish to’g’risidagi aktning imzolanishi unga a’zo davlatlar hududidan xat va jo’natmalarni erkin tranzit qilish tartibi o’rnatilishiga asos bo’lgan. 1875 yilda esa Telegraf ittifoqi to’g’risidagi Konvensiya qabul qilingan. 1890 yili Temir yo’l bo’yicha ko’p tomonlama konvensiya imzolandi, chunki xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivoji ushbu sohada huquqiy tartibga solishni faollashtirishni taqozo etgan. XX asr boshida kishilik jamiyati amalda siyosat, ayniqsa xalqaro siyosatni istisno etganda, barcha sohalarda yuqori darajadagi taraqqiyotga erishgan. Shu bilan birga, jamiyat hayotini baynalmilallashtirishni taqozo etgan. Natijada xalqaro munosabatlarni boshqarish mexanizmiga tub o’zgarishlar kiritishni talab qiluvchi keng miqyosdagi jamoatchilik harakatlari yuzaga kelgan. Ular 1919 yilda Birinchi jahon urushining g’olib davlatlari Millatlar Ligasini tuzish va uning Statutini tasdiqlash yuzasidan qaror qabul qilishda muayyan o’rin tutganlar. Shu tariqa davlatlar o’rtasida tinchlik va hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan dastlabki umumiy siyosiy tashkilot ta’sis etilgan. Statutda «adolat hukmronligini o’rnatish va birlashgan xalqlarning o’zaro munosabatlari bo’yicha shartnomalarda yuklangan barcha majburiyatlarga vijdonan amal qilish» vazifasi qo’yilgan. Mustamlaka xalqlar va mamlakatlar xalqaro huquq ta’siri doirasidan tashqarida edi. Statutga muvofiq, 1922 yili birinchi doimiy Xalqaro sud — Xalqaro odil sudlovning doimiy palatasi ta’sis etilgan. Millatlar Ligasi Statutining asosiy kamchiliklaridan biri u, hatto jahon urushidan so’ng ham, xalqaro munosabatlarda kuch qo’llashni g’ayriqonuniy deb hisoblamagan. Aksincha, Statut mustamlakachilik siyosatini amalda qonuniylashtirgan. 1928 yilda Milliy siyosat quroli sifatida urushdan voz kechish to’g’risidagi Parij pakti (Brian-Kellog pakti) imzolanishi hozirgi zamon xalqaro huquqi tomon qo’yilgan muhim qadam bo’lgan. Mazkur hujjatga ko’ra urushga faqat baynalmilal siyosat quroli sifatida, ya’ni davlatlarning umumiy manfaatlari uchungina yo’l qo’yilgan, barcha kelishmovchiliklarni tartibga solish esa faqat tinch vositalar bilan amalga oshirilmog’i lozim bo’lgan. 25 1945 yilning iyunida San-Fransiskoda Birlashgan Millatlar Konferensiyasi hozirgi zamon xalqaro huquqiga asos solgan muhim hujjat — BMT Ustavini qabul qilgan. Ijtimoiy jihatdan BMT Ustavi umuminsoniy manfaatlarni hamda davlatlarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlari bilan tinchlik va farovonlikni ta’minlash mumkinligiga ishonchni o’zida mujassam etgan. Siyosiy jihatdan hamkorlik prinsipi xalqaro huquqning negiziga aylandi. Ustav klassik xalqaro huquqqa xos bo’lgan mustamlakachilik siyosatini qonuniylashtirishga barham berdi. Bularning barchasi xalqaro huquqda yangi institut - imperativ normalarning paydo bo’lishi uchun muayyan darajada xizmat qildi. Xalqaro huquqning imperativ normalari shunday normalarki, ular xalqaro hamjamiyat tomonidan yaratiladi va davlatlar, hatto o’zaro kelishuv bo’yicha ham, bunday normalardan chekina olmaydi. XX asrga kelib, xalqaro huquqning turli sohalari, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro tashkilotlar huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro xavo huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi xalqaro huquqning turli mustaqil sohalarining paydo bo’lishi avvalombor, ularning shartnomaviy bazasiga asoslanar edi. Endi, davlatlararo munosabatlarda ikki tomonlama xalqaro shartnomalar bilan bir qatorda, ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilish orqali davlatlarning ko’p tomonlama shartnomaviy majburiyatlariga e’tibor kuchaya bordi. Ikkinchidan, xalqaro shartnomalarning shakli va tuzilishi bilan bir qatorda, ularning yuridik kuchiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bu avvalombor, ko’p tomonlama xalqaro shartnomalarda ayniqsa, ahamiyat kasb eta boshladi. Uchinchidan, diplomatik konferensiyalar orqali ishlab chiqilgan va qabul qilingan xalqaro shartnomalarga alohida ahamiyat qaratila boshlandi. To’rtinchidan, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda xalqaro tashkilotlarning norma ijodkorlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Beshinchidan, xalqaro shartnomalarning bajarilishining xalqaro mexanizmlari shakllandi va u takomillashib bormoqda. BMT Ustavi zamonaviy xalqaro huquqqa xos umumiy maqsadlar va prinsiplarni belgilab bergan bo’lib, ular orasida pacta sund servanda, ya’ni xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni vijdonan bajarish tamoyili xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri sifatida qayd etildi. 26 Oltinchidan, boshqa sohalar kabi, xalqaro shartnomalar huquqining o’zi kodifikatsiyalashdi. Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, xalqaro huquqning alohida mustaqil sohasi bo’lib, xalqaro shartnomalarni tuzish, qo’llash va bekor qilish tartiblariga oid munosabatlarni tartibga soladigan xalqaro shartnomalar huquqi shakllandi. Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling