Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

Xalqaro  shartnoma  –  xalqaro  huquqning  bir,  ikki  yoki  bir 
qancha sub’ektlari o’rtasida o’zaro huquq va majburiyatlarini yaratish 
yo’li bilan aniq ifodalangan, nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq 
bilan tartibga solinadigan bitimlardir.
 

35 
 
1969  yildagi  Xalqaro  shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena 
konvensiyasi  hamda  1986  yildagi  Davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  yoki 
xalqaro  tashkilotlar  o’rtasidagi  shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena 
konvensiyasida  “Shartnoma”  atamasiga  ta’rif  berilgan  bo’lib,  birinchisida 
faqatgina  davlatlararo  yozma  tarzda  tuzilgan  kelishuvlar  tushunilishini 
e’tirof etgan bo’lsa (2 - modda), ikkinchi konvensiyada bu atama asnosida 
xalqaro  tashkilotlar  ishtirokidagi  kelishuvlarni  ham  tushunilishini  (2-
modda) ta’kidlaydi.  
“O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari  to’g’risidagi” 
Qonunining 3 – moddasiga mufovuq quyidagicha tar’if berilgan: 
“O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi - respublikaning 
bir  yoki  bir  necha  davlat,  xalqaro  tashkilot  yoxud  xalqaro  huquqning 
boshqa  sub’ektlari  bilan  xalqaro  munosabatlar  sohasidagi  huquq  va 
majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir”. 
Shartnomaning  mohiyati  –  tomonlarning  kelishuvidadir.  Ma’lumki, 
kelishuv – xalqaro huquq normalarini tuzishning yagona usuli hisoblanib, 
u  nafaqat  shartnomaviy  normalarini  balki  odat  normalarini  ham  yaratadi. 
Ushbu normalar o’rtasidagi farqni yaratilish jarayoni, shuningdek, mavjud 
bo’lish shaklida ko’rishimiz mumkin.  
Mazkur ta’rifda shartnomalarning og’zaki shaklida so’z ketmasa ham, 
davlatlar  yoki  xalqaro  huquqning  boshqa  sub’ektlari  1969  va  1986  yilgi 
Vena  konvensiyalarda  belgilangan  qoidalarni  o’zaro  kelishuvga  ko’ra 
og’zaki shaklda amalga oshirishlari ham mumkin
1

Harakati  xalqaro  huquq  bilan  tartibga  solinadigan  shartnomalargina 
xalqaro shartnomalar hisoblanishi mumkin. Davlatlar o’rtasida tuzilgan har 
qanday  shartnoma  ham  xalqaro  shartnoma  hisoblanmasligi  fakti 
shartnomalar 
bo’yicha  Xalqaro  huquq  Komissiyasining  birinchi 
ma’ruzachisi J. Braerli tomonidan ta’kidlangan: “Xalqaro shartnoma tuzish 
layoqatiga  ega  bo’lgan  tuzilmalar  tomonidan  tuzilgan  har  qanday 
shartnoma ham xalqaro shartnoma bo’lavermaydi”
2
.  
Xalqaro  shartnoma  xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplariga  mos 
bo’lishi  lozim,  xususan,  tenglik  va  aralashmaslik  prinsipiga.  Xalqaro 
shartnoma,  uni  tuzgan  tomonlarning  ixtiyoriy  roziligi  natijasidir.  Bir 
tomonning  kuch  ishlatishi  yoki  tahdidi  bilan  tuzilgan  shartnoma  haqiqiy 
hisoblanmaydi.  
                                                 
1
  Robert  Kolb.  The  Law  of  Treaties  (An  Introduction).  -  Cheltenham,  UK;  Northampton,  MA,  USA:  Edwarb  Elgar 
Publishing, 2016. – P.22.; Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: Cambridge 
University Press, 2000. – P.14. 
2
Yearbook of the ILC. 1950. Vol. II. P. 227. 

36 
 
So’nggi yillarda “xalqaro shartnomalarga taalluqli bo’lmagan xalqaro 
hujjatlar”  deb  atalmish  nohuquqiy  bitimlar  keng  tarqaldi.  Masalan, 
Evropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  hujjatlari  yoki  ikki 
tomonlama  memorandumlar  bunday  turdagi  bitimlarning  ahamiyatidan 
darak  beradi.  O’zbekiston  Respublikasi  va  Evropa  Ittifoqi  o’rtasida 
energetika 
sohasidagi 
hamkorlik 
bo’yicha 
o’zaro 
anglavush 
memorandumida  (Brussel,  2011  yil  24  yanvar,  imzolangan  sanadan 
kuchga  kirgan)  aytilganki,  “ushbu  hujjatning  qoidalari  faqat  siyosiy 
maqsadlarni  ko’zlaydi  va  tomonlarning  o’z  zimmalariga  qandaydir 
majburiyatlar  olishga  majburlamaydi”.  Boshqa  so’z  bilan  aytganda, 
memorandum  xalqaro  bitim  hisoblanmaydi.  Shu  bilan  birga  bunday 
turdagi  halqaro  hujjatlarning  kuchga  kirishi  uchun  zarur  huquqiy 
tartibotlardan o’tgan misollar ham bor. Masalan, O’zbekistan Respublikasi 
Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 507-I va 508-I-son qarorlari bilan 
quyidagi xalqaro hujjatlar ma’qullangan (ratifikatsiyaga tenglashtirilgan): 
-Sud  hokimiyati  mustaqilligining  asosiy  prinsiplari  (Birlashgan 
Millatlar  Tashkiloti  Jinoyatchilikni  oldini  olish  va  huquqbuzarlar  bilan 
muomalada  bo’lish  ettinchi  kongressi  tomonidan  qabul  qilingan.  Milan, 
1985 yil 26 avgust – 6 sentyabr. BMT Bosh Assambleyasining 1985 yil 29 
noyabrdagi  40/32  va  1985  yil  13  dekabrdagi  40/146-son  rezalyutsiyalari 
bilan maqullangan); 
-  Mansabdor  shaxslarning  huquq-tartibotni  saqlash  yuzasidan  axloq 
kodeksi (BMT Bosh Assambleyasining 1979 yil 17 dekabrdagi 34/169-son 
rezalyutsiyasi bilan qabul qilingan); 
Shunday qilib, ko’rsatilgan halqaro hujjatlar  Oliy  Majlis  tomonidan 
ma’qullangan keyin O’zbekiston xalqaro shartnomaning ajralmas qismiga 
aylandi
1

Xalqaro  shartnoma  xalqaro  huquqning  asosiy  manbalaridan  biri 
hisoblanadi.  Bu  esa,  BMT  Ustavi  va  Xalqaro  Sud  Statutida  o’z  tasdig’ini 
topgan.  Xalqaro  shartnomalar  BMT  Ustavida  belgilangan  maqsadlariga 
mos kelishi va unga javob bera olishi lozim. Jumladan, 
- Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka 
tahdidning  oldini  olish  va  uni  bartaraf  etish  va  tajovuz  harakatlari  yoki 
tinchlikka  raxna  soluvchi  boshqa  harakatlarni  bostirish  uchun  birgalikda 
samarali  choralar  ko’rish  xamda  adolat  va  xalqaro  huquq  prinsiplariga 
                                                 
1
  Рашидов  К.К.  Ўзбекистон  Республикаси  халқаро  шартномаларининг  тузилиши,  бажарилиши  ва  бекор 
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.7-8. 

37 
 
asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga 
olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish; 
-  Xalqlarning  teng  huquqliligi  va  o’z  taqdirini  o’zi  belgilashi 
prinsipini 
hurmat 
qilish 
asosida 
millatlar 
o’rtasidagi  do’stona 
munosabatlarni rivojlantirish hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun 
boshqa tegishli choralarni ko’rish; 
-  Iqtisodiy,  ijtimoiy,  madaniy  va  gumanitar  xarakterdagi  xalqaro 
muammolarni  hal  etishda  hamda  inson  huquqlariga  va  barchaning  irqi, 
jinsi,  tili  va  dinidan  qat’i  nazar  asosiy  erkinliklariga  hurmatni 
rag’batlantirish va rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 
Xalqaro  huquqning  ko’rib  chiqilayotgan  sohasining  roli  hozirgi 
xalqaro  huquqiy  munosabatlarda  shartnomalarning  roli  bilan  belgilanadi. 
Shartnomalar  hozirgi  zamonning  asosiy  muammolaridan  biri  bo’lgan, 
boshqa  muammolarning  ham  hal  qilinishi  shu  bilan  bog’liq  bo’lgan  - 
xalqaro  tizimni  boshqarish  muammosini  hal  qilishda  zarur  vosita 
hisoblanadi.  
Shartnomalarning ahamiyati nafaqat xalqaro, balki davlatlarning ichki 
aktlarida 
ham 
yuqori 
baholanmoqda. 
Vena 
Konvensiyalarida 
shartnomalarning  davlatlar  o’rtasida  tinch  hamkorlik  uchun  sharoit 
yaratish va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish vositasi ekanligi ta’kidlab 
o’tiladi.  Xalqaro  shartnomlar  BMT  Ustavida  keltirilgan  maqsad  va 
prinsiplar  asosida  xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish,  umumiy  tinchlik  va 
xavfsizlikni ushlab turishda yordam beradi, davlatlararo munosabatlarning 
huquqiy asosini tashkil etadi.  
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqining  bunday  ta’rifi  ancha  keng 
tarqalgan.  Halqaro  shartnoma  huquqi  halqaro  huquqning  alohida  sohasi 
sifatida  barcha  tarmoq  va  institutlar  bilan  bo’g’langan.  Nazariya  va 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  –  xalqaro  huquqning  umum  tan  olingan 
prinsip  va normalaridan  kelib  chiqqan holda xalqaro shartnomalarni  tuzish, unga 
amal  qilish  va  ularni  to’xtatish  bo’yicha  xalqaro  huquq  sub’ektlari  o’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xalqaro huquqning alohida sohasidir. 
Esda tuting! 
Xalqaro  shartnoma  –  davlatlar  yoki  xalqaro  huquqning  boshqa 
sub’ektlarining  o’rtasidagi  o’zaro  huquq  va  majburiyatlarini  o’rnatish, 
ijro  etish, o’zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan tegishli tartibdagi 
roziligi hisoblanadi. 

38 
 
amaliyotda halqaro shartnomalar huquqi tushunchasidan foydalanib, u odat 
normalaridan farqli o’laroq shartnomalar yaratgan normalarni anglatadi.  
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  (Law  of  Treaties)  -  umumtan  olgan 
atamadir.  Xalqaro  huquq  Komissiyasining  bayonotida  “shartnomalar 
huquqi”  xalqaro  huquqning  bu  tarmog’ini  anglatuvchi  deyarli  universal 
holatda ishlatiluvchi atama deyiladi
1

Unga 
bag’ishlangan  Konvensiyalar  ham  shunday  ataladi. 
“Shartnoma”  nomi  ularning  Xalqaro  huquq  tomonidan  tartibga  soluvchi, 
ularning  nomlanishi,  tuzilishi  va  ishtirokchilar  tarkibidan  qat’iy  nazar 
xalqaro  kelishuvlarning  barcha  tur  va  ko’rinishlarini  qamrab  oluvchi 
tushunchani anglatish uchun qabul qilingan. 
Nazariya  va  amaliyotda  “xalqaro  shartnomalar  huquqi”  atamasi  odat 
normalardan  farqli  ravishda  shartnomalar  orqali  vujudga  kelgan 
normalarni anglatadi.  
Har  bir  davlatning  o’z  shartnomalar  huquqi  mavjud  bo’lib,  ular 
umumiy  va  tarkib,  hajmidagi  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Bu  farqlar 
davlat tashqi siyosatining xarakterli jihatlari bilan belgilanadi.  
Demak,  xalqaro  huquq  nazariyasida  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
deganda,  xalqaro  huquqning  xalqaro  shartnomalar  tuzilishi,  amal  qilishi, 
o’zgartirilishi  va  to’xtatilishi  tartibini,  amaldagi  shartnomalar  sharoitini 
belgilaydigan  normalaridan  iborat  tegishli  sohasi  tushuniladi.  Bu  soha 
ob’ekti  sifatida  esa,  xalqaro  huquqning  yetakchi  va  asosiy  manbaiga 
aylanib  ulgurgan  xalqaro  shartnomaning  o’zi  namoyon  bo’ladi.  Xalqaro 
shartnomalar  huquqi  shartnomaning  nomlanishi,  ob’ektning  turi  va  ularni 
tuzish  jarayonidan  qat’i  nazar,  barcha  turdagi  xalqaro  shartnomalarga 
taalluqli  hisoblanadi.  Xalqaro  huquqning  ushbu  sohasi  ahamiyatining 
izchil  ortib  borishiga  hozirgi  kunda  dunyoda  xalqaro  shartnomalarning 
o’rni kuchaygani sabab bo’lmoqda. Ayni chog’da uning asosiy manbai hali 
ham xalqaro-huquqiy odat hisoblanadi. 
 
2.2.
 
Xalqaro shartnomalar huquqi manbalari 
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqining  o’ziga  xos  xususiyatini  uning 
manbalarida  ham  ko’rish  mumkin.  Xalqaro  shartnomalar  huquqining 
asosiy  manbasi  xalqaro  odat  hisoblanadi,  chunki  xalqaro  shartnomalar 
xalqaro odat asosida shakllandi. Aksariyat davlatlar turli sabablarga ko’ra 
                                                 
1
 Yearbook of the ILC. 1966. Vol. II. Р. 188. 

39 
 
xalqaro shartnomalarda ishtirok etmaydi. Ular uchun shartnomalar huquqi 
odat huquq tarzida amal qilinishida davom etadi. 
Xalqaro  shartnomalar  huquqining  asosiy  prinsip  va  normalarining 
kodifikatsiyasi natijasida quyidagi xalqaro shartnomalar huquqining asosiy 
manbasi hisoblangan uchta yirik konvensiya qabul qilindi: 
 
 
Mazkur  konvensiyalarga  qaramasdan  shartnomalar  huquqi,  qoida 
tariqasida,  quyidagi  asoslar  bo’yicha  odat  huquqiga  tayanishi  davom 
etmoqda. Birinchidan, konvensiyalar halqaro huquq tarmoqlarining barcha 
normalarini  kodifikatsiya  qilgan  emas,  bu  ularning  matnlarida  ham 
kuzatiladi. 
Ikkinchidan, 
konvensiyalar 
faqat 
yozma 
shakldagi 
shartnomalarga  daxldordir,  yani  ular  yozma  shaklda  bo’lmagan 
shartnomalarga  taalluqli  emas.  Uchunchidan,  aksariyat  davlatlar  turli 
sabablarga  ko’ra  konvensiyalarda  ishtirok  etmayapti.  Ular  uchun 
shartnomalar huquqi odat huquqi normalari sifatida amal qilmoqda
1

 
Biroq  bu  holat  yuqorida  keltirilgan  shartnoma  turlarining  yuridik 
kuchidan  mahrum  qilmasligi  Konvensiyada  aytib  o’tilgan.  Qolaversa, 
ularga xalqaro huquqqa taalluqli bo’lgan holatlarda Konvensiyaning o’sha 
normalari  qo’llanilishi  ko’zda  tutiladi.  Mavjud  bo’lgan  odat  normalari 
Konvensiyada  qanday  keltirilgan  bo’lsa  xuddi  shu  tarzda  qo’llanilishini 
anglatadi.  
BMTning  xalqaro  huquq  prinsiplarini  mustahkamlovchi  Ustavi 
xalqaro  shartnomalar  huquqi  uchun  ayniqsa  ahamiyatlidir.  Bu  holat 
ishtirokchi davlatlar BMT Ustavidagi xalqaro huquq prinsiplarini e’tiborga 
olgan  holda  tuzilgan  Vena  Konvensiyalarining  kirish  qismida  belgilab 
qo’yilgan.  Bu  prinsiplar  imperativ  xarakterga  ega.  Ularga  zid  ravishda 
                                                 
1
  Рашидов  К.К.  Ўзбекистон  Республикаси  халқаро  шартномаларининг  тузилиши,  бажарилиши  ва  бекор 
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.9. 

40 
 
tuzilgan  shartnomalar  haqiqiy  hisoblanmaydi.  Har  qanday  xalqaro 
kelishuvlarning  majburiyatlari  Ustav  majburiyatlaridan  kelib  chiqib,  u 
o’rnatgan  vaziyatlar  muhim  ahamiyatga  ega  (Ustavning  103-moddasi)
Nihoyat, barcha a’zolarning shartnomalarini BMT Kotibiyatida ro’yxatdan 
o’tkazish majburiyatini belgilab berdi (Ustavning 102-moddasi)
Xalqaro  tashkilotlarning  shartnomaviy  munosabatlari,  ularning 
tuzilgan  asosiy  aktlari,  bundan  tashqari,  ular  asosida  qabul  qilingan 
rezolyutsiyalar  bilan  boshqariladi.  Bunda  tashkilotning  tajribasi  ham 
muhim  ahamiyat  kasb  etmasdan  qolmaydi.  Mazkur  manbalarning 
mohiyati,  ularga  alohida  maqom  beruvchi,  shartnomalar  haqidagi 
Konvensiyalar  bilan  belgilab  qo’yiladi.  1969  yildagi  Konvensiyada 
shunday  deyiladi:  “Mazkur  Konvensiya  Xalqaro  tashkilotlarining  asosiy 
aktlari hisoblanuvchi har qanday shartnomaga va ushbu tashkilot doirasida 
uning mavjud qonun-qoidalariga ziyon yetkazmagan holda qabul qilingan 
har  qanday  shartnomalarga  nisbatan  joriy  qilinadi”  (15-modda).  Ko’rib 
turganimizdek,  mazkur  holat  tashkilotning  boshqaruvi  asosida  yoki 
faqatgina  uning  moddiy  vositalaridan  foydalanish  orqali  tuzilgan 
shartnomalarga  taalluqli  emas.  Yuqoridagi  holat  faqat  tashkilotning 
idoralari  ko’lamida  matni  ishlab  chiqilgan  va  qabul  qilingan 
shartnomalarga tegishli. 
Demak, xalqaro shartnomalar huquq manbalari deganda, xalqaro odat, 
shartnomaviy 
munosabatlarga 
taalluqli 
bo’lgan 
ko’ptomonlama 
shartnomalar, xalqaro tashkilotlarning aktlarini tushunishimiz lozim. 
 
2.3.
 
Xalqaro shartnomalar huquqi prinsiplari 
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  har  qanday  huquq  sohasi  singari 
muayyan  tizim,  institut,  tartibga  solish  uslublar  va  prinsiplarga  egadir. 
Prinsiplar xalqaro shartnomalar huquqi sohasi doirasidagi normalar uchun 
rahbariy qoida tarzidagi funksiyani bajaradi.  
Shartnomaning  yaxlitligi  prinsipi.  Mazkur  prinsip  xalqaro 
shartnomalar  huquqi  haqidagi  Vena  Konvensiyalarida  mustahkamlangan. 
U shartnoma qismlarining majburiyligiga rozilik bildirish va shartnomaviy 
holatlarning  bo’linishi  haqidagi  moddalarda  aniq  namoyon  bo’ladi  (17-, 
44-moddalar).  Davlatlarning  shartnoma  qismining  ular  uchun  tegishli 
majburiyatlarga roziligi, faqat bu holat shartnomada keltirilgan bo’lsa yoki 
kelishayotgan  boshqa  davlatlar  bunga  rozi  bo’lgan  taqdirda  bildirilishi 
mumkin.  

41 
 
Shartnomadan  chiqish  yoki  uning  harakatini  to’xtatish  butun  bir 
shartnomaga  tegishli  bo’ladi,  agar  shartnomada  ishtirokchilar  boshqa 
narsani ko’zda tutgan yoki kelishib olishmagan bo’lsa. 
Shartnomaning yaxlitligi masalasi mavjud amaliy ahamiyatga ega va 
ko’pincha  matnni  ishlab  chiqishda  ham,  shartnomaning  amalga 
oshirilishida  ham  yuzaga  keladi.  Shartnoma  amaliy  jihatdan  doimo  bir 
murosaga  kelishning  natijasi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  shartnomaning 
saqlanish  sharti  uni  butunligicha,  boshqasini  o’rnini  to’ldirgan  holatda 
amalga oshirish hisoblanadi. 
Majburiyatlarini  vijdonan  bajarish  prinsipi  (pacta  sunt  servanda). 
Bajarish  majburiyati,  faqatgina  tomonlar  bajarish  niyatida  bo’lganlargina 
ahamiyatga  ega  bo’luvchi  “kelishuv”  tushunchasining  zamirida  yotadi. 
Xalqaro  huquqda  bu  holat  pacta  sunt  servanda  shartnomalar 
majburiyatlarini  vijdonan  bajarish  prinsipida  o’z  aksini  topgan.  Bu 
majburiyatning xususiyati uning tabiatiga bog’liq. Davlatlararo kelishuvlar 
haqida  gapiradigan  bo’lsak,  Qadimgi  dunyoda  ularning  majburiyatlari 
diniy  xususiyatga  ega  bo’lgan,  O’rta  asrlarda  esa  –  ruxiy,  qisman  diniy 
xususiyatga  ega  bo’lgan.  Faqatgina  zamonaviy  dunyoda  ularning  yuridik 
kuchi e’tirof etildi
1

 
Mazkur prinsip ayni paytda xalqaro huquqning asosiy prinsipilari biri 
hisoblanadi. BMTning Komissiyasi o’zining shartnomalar huquqi haqidagi 
yakuniy 
bayonotida 
ko’rib  chiqilayotgan  prinsipni  quyidagicha 
shakllantiradi:  “Kuchga  kirgan  har  bir  shartnoma  ishtirokchi  tomonlar 
uchun majburiy va ular tomonidan sidqidildan bajarilishi shart”
 2
.  
“Shartnomalarga amal qilinishi shart” prinsipi. Xalqaro tizimning 
mustahkamlanishi 
bilan 
shartnomalarning 
mohiyati 
ham 
oshdi. 
Shartnomalarga  nisbatan  munosabat  davlatlarning  xalqaro  aloqalardagi 
obro’-e’tiborida  yanada  asosli  ravishda  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda. 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том  II. Действие международных договоров. - 
М.: Волтерс Клувер, 2004. С.4. 
2
 YILC. 1966. Vol. II. Р. 211. 
E’tibor bering! 
Majburiyatlarini vijdonan bajarish printsipi (pacta sunt servanda) 
nafaqat  shartnomalarni,  balki  uning  asosini  tashkil  qiluvchi  xalqaro 
huquqning odat normalarini ham qamrab oladi.  

42 
 
Aynan  shu  holat  “shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipining 
tasdiqlanishi va rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. 
Bugun 
barcha 
asosiy 
siyosiy 
va 
diniy 
dunyoqarashlar 
“shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipining  mohiyatini  e’tirof 
etmoqda.  Bundan  kelib  chiqqan  holda  shartnomalar  haqidagi  holat  ham 
shakllangan,  ya’ni:  “barcha  davlatlar  xalqaro  huquqning  umume’tirof 
etilgan norma va prinsiplariga, muvofiq, mavjud xalqaro shartnomalardan 
kelib  chiqqan  majburiyatlarini  vijdonan  bajarishlari  shart”.  Bu  vaziyatda 
gap,  eng  avvalo.  “shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipining 
tarkibini aniqlab beruvchi imperativ norma haqida bormoqda. 
Demak,  davlatlarning  suveren  jihatdan  tengligini  tasdiqlash 
“shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipiga  ham  ta’sir  ko’rsatdi. 
Barcha  davlatlar  xalqaro  huquq  oldida  teng  va  teng  darajadagi  asosiy 
huquq  va  majburiyatlarga  ega.  Barcha  uchun  umumiy  va  teng  bo’lgan 
majburiyat  mavjud,  bu  davlatlarning  xalqaro  huquq  normalariga  amal 
qilish  majburiyati,  shuningdek  o’z  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun 
normalardan  teng  foydalanish  huquqiga  egalar.  1970  yildagi  Xalqaro 
huquq prinsiplari haqidagi deklaratsiyaning davlatlarning suveren tengligi 
haqidagi bandida shunday deyiladi: “Har bir davlatlar o’z majburiyatlarini 
to’liq  va  vijdonan  bajarishlari  shart  va  dunyoda  boshqa  davlatlar  bilan 
yashashsin”. 
“Shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipi  uchinchi  davlat  ham 
shartnomaga  zid  keluvchi  majburiyatlarini  qabul  qilishni  taqiqlash  bilan 
aloqador  bo’la  oladi.  Ayrim  shartnomalar  davlatlarning  shartnoma 
holatlarini uchinchi davlat tomonidan bajarilishini ta’minlash uchun chora-
tadbirlar ko’rishlari majburiyatini ko’rib chiqadi.  
Masalan,  1949  yil  tuzilgan  Armiyada  harakat  qiluvchi  yarador  va  bemorlar 
ishtirokini  yaxshilash  haqidagi  Jeneva  Konvensiyasida  tomonlar  “har  qanday 
vaziyatda  ham  mazkur  konvensiyaga  amal  qilishi  va  amal  qilishga  majbur  qilishi” 
haqidagi majburiyatni oldilar (1-modda). 
“Shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipi  tomonlarga  tashqi  va 
ichki doirada jumladan huquqiy sohada o’z majburiyatlarini bajarish uchun 
zaruriy  chora-tadbirlarni  ko’rish  majburiyatini  yuklaydi.  Bundan  kelib 
chiqib tomonlar boshqa shartnomalarga zid keluvchi majburiyatlarni qabul 
qilmaydi. 
“Shartnomalarga  amal  qilinishi  shart”  prinsipining  muhim  elementi 
bu  –  vijdoniylik  prinsipi  bo’lib,  u  xalqaro  huquqda  ham  alohida 

43 
 
ahamiyatga  ega
1
.  Bu  prinsipning  ahamiyati,  jumladan  majburiyatlarni 
bajarishdagi mohiyati ham Xalqaro Sud tomonidan ko’p bor belgilangan. 
1986  yildagi  Vena  Konvensiyaning  muqaddimasida  ushbu  prinsip 
umume’tirofga  sazovor  bo’ldi  deb  belgilanadi.  Vijdoniylik  prinsipi 
shartnomaviy  munosabatlarni  barqarorligini  ta’minlaydi.  Unga  mos 
ravishda  bir  tomondan  faqat  shartnomaning  tub  qoidalarini  buzilishi 
boshqa tomonning bir tomonlama shartnomani bekor qilinishiga asos bo’la 
oladi.  
Mazkur prinsip shartnomaning suiiste’mol qilinishiga qarshi harakat 
sifatida  ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Suiiste’mol  qilish  -  shartnomadan 
ziyon  yetkazish  maqsadida  foydalanishni,  tomonlarning  qonuniy 
manfaatlarini buzish, shartnomani bajarishdan bosh tortish kabilarni o’zida 
aks ettiradi.
 
 
Shartnomani vijdonan bajarish prinsipi yana estopel (rad etish, qarshi 
chiqish,  huquqdan  mahrumlik)  bilan  bog’liq.  R.A.Kalamkaruan  yozadi: 
“Estopel prinsipining yuridik asosi vijdoniylik prinsipi hisoblanadi”
2

Bu  prinsipga  1969  yil  qabul  qilingan  Shartnomalar  huquqi  haqidagi 
Vena  konvensiyasining  alohida  moddasi  bag’ishlangan:  davlatlar 
shartnomaning  haqiqiy  emasligiga  yoki  to’xtatilishiga,  undan  chiqishga 
yoki shartnomani tugatilishiga asoslanish huquqiga ega emas agarda, unga 
quyidagi faktlar ayon bo’lsa, ya’ni: “a) agar davlat sharoitdan kelib chiqib 
shartnoma  haqiqiy  kuchini  saqlab  qolishi  va  amaldaligiga  aniq  rozilik 
bergan  bo’lsa  yoki,  b)  davlat  holatga  bog’liq  holda  shartnomaning 
haqiqiyligi,  kuchini  saqlab  qolishiga  yoki  amalda  qolishiga  sukut  saqlash 
orqali rozilik bildirganlar qatoriga kiritilgan bo’lsa” (45-modda). 
Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  bugungi  kunda  “shartnomalarga 
amal  qilinishi  shart”  prinsipi  sezilarli  darajada  mustahkamlandi  va  shu 
bilan birga uni izchillik bilan amalga oshirish vazifasi qiyinlashdi. Xalqaro 
munosabatlarda  shartnoma  rolining  oshib  borishi  ko’rib  chiqilayotgan 
prinsipga  nisbatan  katta  e’bitor  berilmoqda.  U  xalqaro  huquqning  boshqa 
umumtan olangan prinsiplari bilan bevosita bog’liq bo’lib, uni bajarilishini 
ta’minlaydi.  Prinsip  faqat  amal  qilishi  shart  bo’lgan  talablarga  javob 
beribgina qolmay, balki vijdoniylik mohiyatini ham o’zida aks ettiradi. 
 
 
 
                                                 
1
Qarang: Эстоппель в международном публичном праве. М., 2001. Гл. 3/2; O'Connor J. Good Faith in International 
Law. Dartmouth, 1991. 
2
 Каламкарyaн Р.А. Эстоппель как институт международного права//Юрист-международник. 2004. № 1. С. 10. 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling