Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU BO’YICHA XULOSALAR
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
- Ishtirokchilar doirasiga ko’ra, shartnomalar ikki va ko’p tomonlama turlari mavjud.
- Shartnomalarning shakliga ko’ra yozma va og’zaki shartnomalarga bo’linadi.
53 Shunday qilib, halqaro huquqqa mufoviq halqaro shartnomalarni tuzish huquqiy layoqatliligi halqaro huquq sub’ektlarining ajralmas huquqi, halqaro huquq sub’ektining muhim jihati hisoblanadi. Halqaro huquqning barcha sub’ektlari shartnoma tomoni bo’lishi mumkin. 1969 yildagi Vena konvensiyasiga binoan har bir davlat shartnoma tuzish (6- modda), shuningdek ko’p tomonlama (universal, mintaqaviy) shartnomalarda ishtirok etish huquqiga ega. Ushbu huquqdan har bir suveren davlat foydaladi. O’z navbatida, halqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqiy layoqatliligi, ushbu tashkilot qoidalari bilan tartibga solinadi. Bunda, shartnoma predmeti va maqsadi shartnoma tuzuvchi tashkilotning ta’sis hujjatiga mufoviq bo’lishi va halqaro huquqning asosiy prinsiplariga zid kelmasligi kerak. 3.4. Xalqaro shartnomalarda uchinchi tomon Bizning davrimizda shartnomaga nisbatan uchinchi tomon masalasi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi va alohida e’tiborga arziydi. Xalqaro tizimda davlatlarning o’zaro aloqalari tarixda ham ularning manfaatlarida anglashilmovchiliklar, chigalliklarni aniqlab bergan va o’zaro aloqadorliklarini ma’lum bir shartlar asosida kelishib olishga zamin yaratgan. Bu holat, xalqaro shartnomaviy munosabatlarda ham aks etmasdan qolmaydi. Ikki davlat o’rtasidagi to’liq huquqiy kelishuvli shartnoma boshqa davlatlar manfaatlariga ham tegishli bo’lishi mumkin, jumladan xafvsizlik masalalarida bu yaqqol namoyon bo’ladi. Davlatlarning o’zaro bog’liqligi shu darajaga yetganki, hatto bir davlatning ichki voqea-hodisalari boshqa bir davlat manfaatlariga jiddiy ta’sir etishi mumkin bo’lgan globalizatsiya sharoitida, uchinchi davlatlar masalasi alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Mazkur konvensiyada shartnoma ishtirokchisi deb mazkur shartnoma ushbu davlat uchun majburiy ahamiyatga ega bo’lishi hamda uning uchun shartnoma kuchga kirgan bo’lishi kerakligi ko’rsatib o’tiladi. Bundan kelib chiqadiki, biron bir davlat shartnomani ratifikatsiya qilgani bilan mazkur E’tibor bering! Shu bilan birga shuni alohida ta’kidlash lozimki, Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi Vena konvensiyasida uchinchi davlat tushunchasi shartnoma ishtirokchisi emas deb belgilab qo’yilgan. 54 shartnoma ushbu davlat uchun qonuniy kuchga kirgan vaqtga qadar u shartnoma ishtirokchisi hisoblanmaydi. Uchinchi davlatlar mezoni shartnomaga nisbatan bo’lgan munosabatlari asosida belgilanadi. Ularni shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin: Shartnoma tuzish jarayoni muzokaralarida ishtirok etgan davlatlar uni keyinchalik imzolash huquqiga egadirlar, muzokarada ishtirok etmagan davlatlar esa agar shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa kelajakda qo’shilishlari mumkin. Vena konvensiyasida muzokarada ishtirok etayotgan davlatlar bilan shartnomani imzolagan davlatlar o’rtasidagi farqni belgilab bergan. Shartnomani imzolagan davlatlar shartnomaning majburiyligiga o’z roziligini bildirgan holda xalqaro huquq qoidalariga muvofiq shartnomaning kuchga kirish vaqtiga qadar uning ob’ekti va maqsadini bekor qilmasligi mustahkamlangan (18-modda). Uchinchi davlatlarning shartnomaga nisbatan munosabati turli xil huquqiy ahamiyat kasb etadi. Agar shartnoma davlatning qonuniy manfaatlariga taalluqli bo’lsa va mazkur davlat uning qoidalaridan norozi bo’lsa, bu holda ushbu davlat yuqorida ko’rsatilgan qoidaga e’tiroz bildirishi to’g’risida ma’lum qilishi lozim. Bunday vaziyatda shartnoma ushbu davlat uchun o’zining yuridik ahamiyatini yo’qotadi. Yana bir turdagi shartnomalar borki, ularning qabul qilinishida uchinchi davlatning ishtiroki juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunga misol sifatida muzokara olib borayotgan davlatlarga biron bir davlatning vakilligi, betaraf qatnashuvi zaruriyatining kelib chiqishini keltirish mumkin. Masalan, ShHT tomonidan qabul qilinayotgan aksariyat xalqaro shartnomalarida Afg’onistonning ishtirok etishi. Uchinchi davlat shartnomaning norasmiy ishtirokchisi sifatida uning qoidalariga roziligi va ularga rioya qilishini e’lon qilishi mumkin. Bu kabi 1. Shartnomaga umuman aloqasi yo’q davlatlar; 2. Shartnoma tuzilishida bevosita ishtirok etgan, lekin mazkur shartnomani imzolamagan, ratifikatsiya qilmagan hamda shartnoma kuchga kirmagan davlatlar. 55 misollar umumiy manfaatlarga tegishli muhim shartnomalar bilan bog’liqdir. 1968 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasining Birinchi qo’mitasining majlisida Fransiya shuni e’lon qildiki, Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomaga rasman qo’shilmaganligi, lekin o’z siyosatini ushbu shartnoma prinsiplari asosida olib borishini bildiradi. Boshqa davlatlar o’rtasidagi kelishuvni qo’llab-quvvatlayotgan uchinchi davlat o’z siyosiy hujjatida ta’kidlab o’tishi ham mumkin. Davlatlarning o’zaro siyosiy bayonotlari orqali biron kelishuvga bo’lgan munosabatlarini ma’lum qilishi va undagi qoidalarni e’tirof etish holatlari ham mavjud. Ba’zan uchinchi davlat shartnoma kafili vazifasini bajaradi. 1979 yilda Misr va Isroil davlatlari o’rtasidagi muzokaralarning barcha bosqichlarida AQSH hukumati vakili ishtirokida o’tdi. Shartnoma matni rasman AQSH Prezidenti imzosi bilan tasdiqlandi. Shartnomaga ilova qilingan memorandum uning bir qator qoidalariga tushuntirish berish bilan birga muzokara olib borayotgan tomonlar biron bir ijobiy natijaga kelmasa, ular mazkur masala bo’yicha AQSH taklifini qabul qilishlari belgilangan 1 . Mazkur misollar uchinchi davlatlarning shartnomaga nisbatan egallagan munosabatining ahamiyatli farqlari mavjud ekanligini ko’rsatib beradi. Bularning bari uchinchi davlatlarning nafaqat siyosiy balki yuridik maqomini baholashda e’tiborga molik jihat hisoblanishi lozimligini bir qator mutaxassislar ta’kidlashgan. Shartnomaning tomonlari va uchinchi davlat uchun turli ahamiyatga ega kuchini aniqlashda mazkur ishtirokchilar maqomini yetarli darajada aniq va ravshan belgilab olish juda muhim hisoblanadi. Shartnomaga nisbatan uchinchi tashkilotlar masalasi qiyosan olib qaraganda nisbatan yangi masala hisoblanadi. Shuning uchun uchinchi xalqaro tashkilot to’g’risidagi norma ta’rifini tuzishda Xalqaro huquq Qo’mitasi bir qator qiyinchiliklarga duch keldi. Uchinchi davlatlar haqidagi shu kabi normalar xalqaro huquqda mavjud bo’lib, Qo’mitaning asosiy faoliyati ularni kodifikatsiyasiga yo’naltirilgan edi. Qo’mita loyihasi asosida tayyorlangan Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasida yoki xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnoma huquqi to’g’risidagi 1986 yilgi Vena konvensiyasi uchinchi tashkilot tushunchasi o’z aksini topgan. Uchinchi tashkilot tushunchasi uchinchi davlatning ta’rifi bilan bir xil – shartnomaning ishtirokchisi bo’lmagan xalqaro tashkilot ekanligi 1 The Egyptian - Israeli Peace Treaty. U.S. Policy Statement Series. 1979. 56 mustahkamlangan (2-modda). Bu tashkilotga nisbatan shartnoma majburiy bo’lishi bilan hamda uning uchun kuchga kirishi bilan mazkur tashkilot uchinchi tomon bo’lishdan to’xtaydi. Uchinchi davlat kabi tashkilotning ham turli xil mezonlari vujudga keladi: a) shartnomaga umuman aloqasi bo’lmagan tashkilot, ya’ni mutlaq uchinchi tashkilot. Bu kabi tashkilotlarga shartnoma hech qanday huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi; b) muzokarada ishtirok etayotgan tashkilot – shartnoma matnini tayyorlash va qabul qilishda ishtirok etgan tashkilot. Bu kabi tashkilot shartnomani imzolash, uning majburiyligiga o’z roziligini bildirish, qo’shimcha shart (ogovorka, clause) kiritish yoki unga o’z qarshiligini bildirish va depozitariyni tayinlash huquqlariga ega bo’ladi; v) shartlashayotgan tashkilot - shartlashayotgan tashkilot shartnoma kuchga kirgan kirmaganligidan qat’iy nazar shartnomaning majburiy ekanligini tan olgan tashkilot. Bu kabi tashkilot yuqoridagi huquqlari bilan birga shartnomaga kiritilgan yoki o’zgartirish jarayonidan xabardor bo’lish, takliflar kiritish, ularning qabul qilinishida ishtirok etishi mumkin. Bu holda asosiy ahamiyat tashkilot shartnomaning ob’ekti va maqsadini u kuchga kirgunga qadar majburiyligini tan olishiga qaratiladi (18-modda). Ko’p tomonlama shartnoma shartlashayotgan tashkilotlarning “o’zaro maslahatlashuvi” asosida tugatilishi mumkin (54-modda). Bu kabi tashkilotlar shartnoma kuchga kirgunga qadar ham uning ob’ekti va maqsadini tan olishi lozim. Depozitariy tomonidan o’z vazifasini bajarishga taalluqli masalada kelishmovchiliklar kelib chiqsa, depozitariy shartnomani imzolagan tashkilot e’tiboriga muammoli savolni yetkazishi lozim (78-modda). Ushbu qoida 1969 yilgi Shartnomalar huquqi to’g’risidagi Vena konvensiyasidan olingan va shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bu o’z vaqti hamda joyida qo’llanilgan. MAVZU BO’YICHA XULOSALAR Mazkur mavzuni o’rganishda talabalar xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlariga hamda xalqaro shartnomalar huquqida uchinchi tomonlarning huquq va majburiyatlarini, ular ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalarga oid masalalarni ko’rib chiqishlari; qiyosiy-huquqiy tahlil o’tkazib, xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini va xalqaro shartnomalarda ishtirok etish layoqatini aniqlashlari lozim. 57 NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 1. Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari xalqaro shartnomaning ishtirokchisi hisoblanadimi? Xalqaro shartnomalarda tomonlar kimlar? 2. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar nomidan xalqaro shartnomalarni tuzishga vakolatli bo’lgan organlarni sanab bering. 3. Xalqaro shartnomalarda uchinchi tomonlarning huquq va majburiyatlari aks ettilgan xalqaro hujjatlarni ko’rsating. 4. Uchinchi tomon majburiyatlari belgilangan xalqaro shartnomalarni tuzish jarayonida shartnoma ishtirokchilari uchinchi tomon roziligi yoki uni ogohlantirish zaruriyati mavjudmi? Shu kabi rozilik yoki ogohlantirish talab qilinmaydigan qanday xalqaro shartnomalar mavjud? 1 KAZUS. Iordaniya va arab davlatlari o’rtasida o’zaro manfaatlarni namoyon etuvchi xalqaro shartnoma tuzdilar. Iordaniyadan tashqari boshqa barcha davlatlar nomidan shartnomani davlat rahbarlari (monarxlar, parlament rahbarlari, bosh vazirlar) imzolaydilar. Iordaniya nomidan shartnomani davlatning bosh diniy rahnamosi imzolaydi. Shartnoma BMTda ro’yxatdan o’tib, amalga kirganidan so’ng, Liviya davlati Iordaniyaning shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari haqiqiy emas deb topilishini, bunga asos qilib xalqaro shartnomani tegishli vakolatga ega bo’lmagan shaxs imzolaganini keltirib o’tadi. Shuningdek, Liviya BMT Kotibiyatini bunday xatolik bilan shartnomani ro’yxatga olganligi uchun qattiq tanqid qiladi. Yuzaga kelgan holatga xalqaro-huquqiy baho berib, quyidagi savollarga javob bering. 1) Xalqaro shartnoma tuzaishga vakolatli sub’ekt tushunchasiga G’arb xalqaro huquqshunoslari qanday fikrlar bildirilgan va bu boradagi shaxsiy fikringiz qanday? 2) Liviyaning e’tirozi o’rinlimi? Iordaniya shartnomadagi huquq va majburiyatlarini qanday yo’l bilan zimmasiga olsa xalqaro huquq normalariga to’g’ri 3) Xalqaro amaliyotda davlat rahbarlari – monarxlar, prezidentlar, bosh vazirlardan tashqari davlat nomidan vakillik qiluvchilar tomonidan tuzilgan shartnomalarga misol keltiring. 2 KAZUS. A davlati va B davlati bilan hukumatlararo o’zaro hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma imzolanadi. Shartnomani amal qilish davrida A davlati tomonidan o’z majburiyatlarini to’liq bajarmaslik holatlari ro’y bera boshlaydi. Bunga javoban B davlati A davlati tomonidan bajarilmayotgan majburiyatlar yuzasidan zarar kelib chiqayotganlini va uni qoplash talabi bilan chiqadi. Bu hol ko’p takrorlanavergach, B davlati A davlatiga nisbatan Xalqaro sudga da’vo kiritadi. A davlati esa, o’z vajlarida o’rtada tuzilgan shartnoma boshidanoq haqiqiy bo’lmagan deb topilishi lozimligi va shu asosda tomonlar majburiyatlardan ozod qilinishi lozimligini keltiradi. Sababi B 58 davlatining huquqiy rejimi demokratiya talablariga javob bermaydi va bu jihat davlatning shartnoma layoqatiga ega emasligiga olib kelishini vaj qiladi. 1) Mazkur shartnoma haqiqiylik shartlariga javob beradimi? A davlatining pozitsiyasi asoslimi? 2) Davlatning shartnoma tuzish layoqati nima, uni bekor qiluvchi asoslar qaysilar? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tanlang. Mazkur shartnomaning sub’ektlari, ishtirokchilari va tomonlari ajratib bering va asoslang. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 2. Uchinchi tomonning huquq va majburiyatlari ishtirok etgan xalqaro shartnomalarni izlab topish va tahlil qilish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 59 IV BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TASNIFLANISHI VA TUZILISHI (yuridik fanlar nomzodi Umarxanova Dildora Sharipxanovna) Annotatsiya. Mazkur bob xalqaro shartnomalarni tasniflashga bag’ishlangan bo’lib, unga ko’ra ikkitomonlama va ko’ptomonlama xalqaro shartnomalar, amal qilish doirasiga ko’ra xalqaro shartnomalar; universal shartnomalar, mintaqaviy shartnomalar; xalqaro shartnomalarning shakli tushunchasini; xalqaro shartnomaning tili, shartnoma matni, nomi; xalqaro shartnomaning tuzilishini; muqaddima, asosiy va xulosa qism, ilovalarini o’rganishga imkon beradi. 4.1. Xalqaro shartnomalarning tasniflanishi Xalqaro shartnomalarning umumiy qabul qilingan tasniflanishida ishtirokchilarining soni va doirasiga qarab belgilangan. Shu tasniflanishga mos ravishda shartnomalarning ikki tomonlama, ko’ptomonlama, lokal, mintaqaviy yoki universal shartnomalar kabilar turlarga ajratib o’rganamiz. Ishtirokchilar doirasiga ko’ra, shartnomalar ikki va ko’p tomonlama turlari mavjud. Ikki tomonlama shartnomalar – ikki xalqaro huquq sub’ektlari ishtirok etadigan, tomonlarning o’ziga xos jihatlari va ularning munosabatlari inobatga olingan shartnomalar hisoblanadi. Ko’ptomonlama shartnomalar – bir necha davlatlar ishtirokidagi shartnomalar bo’lib, unda barcha davlatlar manfaatlarini ko’zlovchi normalar, ob’ekti va maqsadlari mavjud bo’ladi. 60 Ko’p tomonlama shartnomalar ochiq, yopiq yoki yarim ochiq bo’ladi. Ochiq turdagi shartnomalarda barcha davlatlar qatnashishi mumkin. Yopiq turdagi shartnomada faqat shartnomani imzolovchi davlatlar ishtirok etadi. Yarim ochiq shartnomalarda boshqa davlatlar ham qatnashishi mumkin, faqat shartnoma ishtirokchilarining roziligi bilan amalga oshiriladi. Masalan, bu toifadagi shartnomalarga MDH doirasida tuzilgan bir qancha ko’ptomonlama shartnomalar kiradi Globalizatsiya sharoitida ko’ptomonlama shartnomalarning soni va mohiyati o’sib bormoqda. Ularning yordamida butun bir xalqaro hamjamiyatga tegishli masalalar hal etiladi. Masalan, Xalqaro Jinoyat Sudining Statuti. Odatda ko’p tomonlama shartnomalar universal shartnomalarni nazarda tutuvchi shartnomalar hisoblanadi. Bunday shartnomalar ochiq bo’lishi, ya’ni barcha davlatlar ularda ishtirok etish huquqiga ega bo’lishi kerak. M asalan, BMT Ustavi. Mintaqaviy shartnomalar bu belgilangan geografik hududdagi davlatlarning kelishuvidir. Bular MDH, ShHT va Yevropa Ittifoqi doirasida tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Bu tushunchaga BMT Ustavi alohida ma’no beradi. Ustav mintaqaviy tinchlikni qo’llab-quvvatlashga doir masalalarni hal etishga qaratilgan va BMT maqsad va vazifalariga mos keluvchi hududiy kelishuvlarning yaratilishiga yo’l qo’yadi (52- modda). Shartnomalarning shakliga ko’ra yozma va og’zaki shartnomalarga bo’linadi. Adabiyotlarda shartnomalarning shakli masalasi asosan yozma va og’zaki shaklga nisbatan olingan. Ko’p hollarda mualliflar shartnoma yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin degan fikrga tayanishadi biroq avfzalrog’i yozmasi hisoblanadi. Ularning qay birini tanlash tomonlarga bog’liq va shartnomaning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Og’zaki ko’rinishdagi shartnomalar amaliyotda “jentlmenlik kelishuvlari” deb nom olgan. Bunday kelishuvlar haqidagi xabar shartnomalarning rasmiy to’plamida chop etiladi. Odatda jentlmenlik kelishuvlari diplomatik o’zaro munosabatlarning aniq masalalari yuzasidan tuziladi. Masalan, 1955 yil sentyabr oyida AQSH va Buyuk Britaniya delegatsiyalari o’rtasidagi BMTning Bosh Assambleyasi sessiyasida jentlmenlik kelishuviga erishildi. Inglizlar Assambleya XXRni BMTga kiritish masalasi muhokamasini 61 qoldirishga rozilik berdilar. Amerikaliklar Kipr haqidagi masala yuzasidan inglizlarni qo’llab-quvvatlashga so’z berishdi 1 . Shartnomaviy-huquqiy amaliyotda og’zaki shakldagi halqaro shartnomalarning ikki turi mavjudligi haqida hulosa qilish mumkin. Birinchidan hech qanday hujjatlarda qayd qilinmaydigan bitimlar. Ularga nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi (tarixda bunday og’zaki kelishuvlardan jabr ko’rgan davlatlar kam emas). Ikkinchidan, og’zaki ifoda etilgan va tuzilgan, lekin ayni vaqtda u yoki bu hujjatlarda qayd qilingan bitimlar. Bitimning to’liq mazmuni yoki asosiy qoidasi, yoki muayyan masala yuzasidan tuzilganligi holati qayd etiladi. Ma’lumki, og’zaki bitimlarning mazmuni ularning shakliga ko’ra keng bo’lmaydi. Bayonotlar va kommyunike og’zaki bitimni mustahkamlashning eng obro’li shakllari hisoblanadi 2 . Xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi Vena konvensiyaning 3- moddasida qat’iylikka erishilgan. Konvensiya yozma shaklda bo’lmagan xalqaro shartnomalarga qo’llanilmasligi bu turdagi kelishuvlarning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi, yana ularga mazkur Konvensiyadan qat’iy nazar, xalqaro huquq kuchi ostida harakatlana oluvchi, ushbu Konvensiyada bayon etilgan har qanday normani qo’llashga monelik qilmaydi deb belgilab qo’yilgan. Konvensiya xalqaro huquqning ijobiy kodifikatsiyasi bo’lganligi bois undagi normalar ham og’zaki ko’rinishdagi shartnomalarda, bunday ko’rinishning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qo’llanilishi mumkin. Konvensiyadan ko’rinib turibdiki, yozma shakldagi shartnomalarga oid ko’p normalar, eng avvalo shartnoma tuzilishiga doir bo’lganlari, og’zaki kelishuvlarga qo’llanilmaydi. Qo’llash mumkin bo’lgan normalar og’zaki shartnomalarning faoliyatini shartnomalarning odat huquqi normalar sifatida tartibga soladi, bu holatda normalar Konvensiyada bayon etilganidek tushuniladi. Bundan tashqari, shartnomalar tartibga solinadigan ob’ekti bo’yicha ham farqlanishi mumkin: 1) Siyosiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 2) Iqtisodiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 3) Huquqiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 1 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров - М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.235. 2 Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.12. 62 4) Ilmiy-texnikaviy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 5) Havfsizlik va boshqa masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; Xalqaro shartnomalarning amal qilish vaqti bo’yicha: 1) Muddatli; 2) Muddatsiz; 3) Qisqa muddatli shartnomalarga bo’linadi. 4.2. Xalqaro shartnomaning tuzilishi Xalqaro shartnomaning tuzilishi shartnoma elementlarining tartibliligini, ularning joylashuvi, o’zaro aloqalari, shartnoma tarkibini tartibga soladi, butunligini, yaxlit-yagonaligini ta’minlaydi. Xalqaro huquqda yaxlitlik prinsipiga mos ravishda shartnoma butun yaxlitlikni o’zida mujassamlaydi va yagona normalar tizimi sifatida ko’rib chiqiladi. Ularning barchasi majburiy hisoblanib, bajarilishi shart. Faqat bunday yondashuv shartnomaga nisbatan haqqoniy, to’g’ri yondashuv hisoblanadi va to’g’ridan to’g’ri xalqaro huquqdagi majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsipiga borib taqaladi. Shartnoma yaxlit, tartibli tizimni vujudga keltiruvchi alohida qismlardan iborat. Bu qismlarning bo’lishi majburiy emas va ularning u yoki bunisining mavjud emasligi shartnomaning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Barcha shartnomalarda ham ilovalar mavjud bo’lavermaydi. Aniq masalalar yuzasidan tuzilgan ko’pchilik shartnomalarda preambula mavjud emas. Barcha qismlarning mavjudligi shartnomani tushunish va qo’llanilishini yengillashtiradi. Shartnoma tuzilishining birinchi omili rasmiy nomlanish yoki sarlavha (titul) hisoblanadi. Ko’p hollarda, ayniqsa o’tmishda nomlanishini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling