Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 5.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana20.10.2017
Hajmi5.58 Kb.
#18288
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25

63 
 
alohida  element  sifatida  ajratishmagan,  uni  preambulaning  qismi  deb 
hisoblashgan.  Biroq  bizning  davrimizda  rasmiy  nomlash  tushunchasi, 
tuzilishining  alohida  elementi  sifatida  ko’rib  chiqilishga  asoslar  mavjud 
bo’lgan holda, ahamiyat kasb etib bormoqda. Sarlavha qaysidur ma’noda, 
tegishli  ravishda  uning  tarkibi  talqin  qilinadigan,  shartnoma  ob’ekti  va 
maqsadini anglatadi. 
Odatda  shartnoma  uch  qismdan  iborat  bo’ladi,  ya’ni  preambula, 
asosiy qism va yakunlovchi qism. 
Preambulada shartnomaning maqsadi va prinsiplari ifodalanadi. 
Asosiy  qismda  esa,  shartnoma  mazmuni  o’z  aksini  topgan  bo’ladi. 
Shartnomaning  asosiy  qismi  bo’limlarga,  boblarga  yoki  qismlarga 
bo’linadi  va  moddalardan  iborat  bo’ladi.  Ayrim  shartnomalarda 
moddalarga,  shuningdek  bo’limlarga  alohida-alohida  nomlar  berilishi 
mumkin 
Oxirgisi  yakunlovchi  qism  shartnoma  majburiyligiga  rozilik 
bildirish,  uning  kuchga  kirishi,  amal  qilish  muddati,  tugatilishi  asoslari 
hamda tuzilgan yili va boshqa yakuniy qoidalardan tashkil topadi. Muhrlar 
zaruriy hisoblanmaydi. Imzolarni o’zi yetarli hisoblanadi.
 
Aksariyat  xalqaro  shartnomalar  ilovalarga  ham  ega  bo’lib,  ular 
odatda  shartnomaning  qo’shimcha  qismi  sifatida  raqamli  ko’rsatkichlar, 
formulalar,  chizmalar  va  xaritalarni  o’z  ichiga  olgan  bo’ladi.  Mazkur 
ilovalar  shartnomaning  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Ilovalar  umumiy 
shartnomaga yoki uning alohida moddalariga oid bo’lishi ham mumkin.  
 
4.3.
 
Xalqaro shartnomaning nomi 
 
Nomlanish  asosan  siyosiy  ahamiyatga  ega  bo’lib,  shartnomaning 
yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Shartnomaning nomlanishidan qat’iy nazar 
shartnomadagi  tomonlarning  huquq  va  majburiyatlari  bir  xilda  imperativ 
(jus cogens) xarakteriga ega bo’ladi.  
Shartnomaviy 
aktlarning 
nomlanishida 
umume’tirof  etilgan 
tushunchalarning  mavjud  emasligiga  qaramay,  ularning  ayrim  o’ziga 
xosliklari mavjud. Shuning uchun amaliyotning taxliliga asoslangan holda, 
hech bo’lmaganda nomlanishga qiyosiy aniq ta’rif berishga urinib ko’rish 
lozim. Bunda lingvistikadagi farqlilikni hisobga olish kerak. 
Ingliz  (AQSHdan  tashqari)  va  ispan  tilida  so’zlashuvchi  davlatlarda 
shartnomalarning  barcha  turlari  bir  so’z  bilan  –  treaties,  tratados  deb 
nomlanadi.  Rus  va  boshqa  bir  qator  tillarda,  masalan,  fransuz,  italyan, 

64 
 
rumin  tillarida  bu  ma’noni  berish  uchun  “xalqaro  shartnoma”  ifodasi 
ishlatiladi, zero shartnomalar ichki huquqda ham mavjud. 
Turli  tillarda  aytib  o’tilgan  atamalar  bilan  bir  xil  bo’lmagan 
shartnomaviy aktlar tushuniladi. Polyak tilida shartnomani anglatish uchun 
“trakta”  deb  aytiluvchi  so’zdan  foydalaniladi;  italyan  tilida  –  “kontrakt”; 
ingliz va fransuz tillarida ikkita bir-biriga yaqin termin mavjud: agreement 
– shaxsiy rozilik (kelishuv) va arrangement – tartibga solish
1
.  
Bu 
atama 
Xalqaro 
shartnomalar 
huquqi 
haqidagi 
Vena 
Konvensiyalarida ham ishlatilgan. O’z maqsadlari uchun ular shartnomani 
xalqaro  kelishuvning  yozma  shakli  deb  bilishadi.  Aytish  joizki,  ushbu 
konvensiyalar  qabul  qilinguniga  va  ularda  belgilab  qo’yilguniga  qadar 
faqat yozma shakldagi kelishuvlar amaliyotda shartnoma sifatida nomlanib 
kelgan. 
Zamonaviy  shart-sharoitlarda  xalqaro-huquqiy  aktlarning  umumiy 
xajmida  shartnomalarning  alohida  o’ziga  xos  hajmi  sezilarli  darajada 
kamaydi,  o’z  navbatida  kelishuvlarning  ulushi  ortdi.  Bunga  asos  bo’lgan 
omil, ko’p miqdordagi aniq masalalar yechimida xalqaro huquqning to’liq 
va  tezkor  tartibga  solinishiga  bo’lgan  talabning  ortishi  hisoblanadi. 
Bularning  barchasi  ma’lum  bir  masalalar  yechimi  yuzasidan  o’rinli 
shartnomalarning ahamiyatini pasaytirmaydi albatta. 
 
 
Konkret  aktlarning  nomlanishi  sifatida  “kelishuv”  atamasi  davlatlar 
o’rtasida  dolzarb  masalalar,  iqtisodiy,  moliyaviy,  texnik  va  madaniy 
sohalardagi  xalqaro-huquqiy  kelishilgan  aktlarni  anglatish  uchun 
ishlatiladi.  To’g’risi,  ko’p  hollarda  kelishuvlar  o’z  mohiyatiga  ko’ra 
aksariyat shartnomalardan dolzarbroq hisoblanadi. 
 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.23. 
Shartnoma  (ingliz  tilidan  -  treaty)  –  umumiy  ma’noda  xalqaro 
kelishuvlarning 
barcha 
kelishuvlar, 
bundan 
tashqari 
alohida 
shartnomalarni anglatish, ifodalash uchun ishlatiladigan atama. 
Kelishuv  –  atamasi  “shartnoma”  singari,  umumiy  ma’noda  barcha 
turdagi xalqaro kelishuvlarni anglatishi bilan birga, ma’lum bir aktning 
ham nomlash uchun ishlatiladi. 

65 
 
 
Umuman mazkur atama oddiysidan farq qiluvchi, BMTning Xalqaro 
Sud  Statutining  38-moddasida  belgilanganidek,  shartnoma  huquqini 
bildiradi.  Konvensiya  nomini  aksariyat  hollarda,  ma’lum  bir  doiradagi 
munosabatlarni  tartibga  soluvchi  to’liq  normalarni  o’z  ichiga  oluvchi 
ko’ptomonlama kelishuvlar oladi.  
Masalan,  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  sohasida  1973  yildagi  Aparteid 
jinoyatini  to’xtatish  va  uning  uchun  jazolash  to’g’risidagi  Konvensiya  va  1949 
yildagi  Odam  savdosi  va  fohishabozlikning  uchinchi  shaxslar  tomonidan 
ishlatilishiga qarshi kurash to’g’rsidagi Konvensiya.  
Haqiqatan  ham  BMT  Ustavining  ingliz  tilidagi  matni  rasman 
“charter”  deb  nomlangan.  Rus  va  boshqa  tillarda  bunday  aktlar  “ustav” 
atamasi bilan nomlanadi. Hartiya nomi u yoki bu sohadagi asosiy aktlarni 
ham anglatishi mumkin. Shartnomalar bunday nomni kamdan kam oladi. 
 
Ustav  ta’sis  hujjati  bo’lishi  bilan  birga,  uning  faoliyati  xalqaro 
shartnomalar  huquqi  bilan  tartibga  solinadi.  Biroq  bu  yerda  ma’lum  bir 
o’ziga  xoslik  mavjud.  Ustavning  o’rni,  uning  asosida  qabul  qilingan 
kelishuv va rezolyutsiyalar bilan munosabatlar ustunlikka ega. 
Tashkilotning  asosiy  akti  hisoblanuvchi  shartnomalar  va  boshqa  har 
qanday  shartnomaga,  uning  doirasida  qabul  qilingan  shartnomalar  huquqi 
“ushbu  tashkilotning  har  qanday  tegishli  qonun-qoidalariga  ziyon 
yetkazmagan  holda”  qo’llaniladi  (1969  va  1986  yildagi  Vena 
Konvensiyalarining 5-moddasi)
.
 Bunda tashkilotning asosiy aktlari, ularga 
mutanosib  ravishda  qabul  qilingan  qaror  va  rezolyutsiyalar,  hamda 
tashkilotning amaliyotini anglatadi. 
Konventsiya – (lotincha convention - kelishuv) umumiy ma’noda 
ham,  ma’lum  bir  turdagi  ko’rinishga  ega  bo’lgan  holatda  ham  xalqaro 
kelishuv ma’nosini anglatish uchun ishlatiluvchi atama. 
Xartiya  (ingliz  tilida  -  charter)  –  BMT  Boshqarmasiga  binoan, 
xalqaro tashkilotlarning tuzuvchi aktlarini ifodalash uchun ishlatiladigan 
nom. 
Ustav  yoki  statut  –  hukumatlararo  tashkilotlarning  tashkil 
qiluvchi,  ularning  maqsadi,  printsiplari,  tuzilishi,  funksiyasini 
aniqlovchi ta’sis hujjatidir. 

66 
 
BMTning  Ustavi  alohida  ahamiyatga  ega.  Ko’plab  yuristlar  uni 
xalqaro  hamjamiyat  konstitutsiyasi  deb  bilishadi  va  hatto  umumjahon 
konstitutsiyasi deb hisoblashadi
1
. Albatta bu holatni inkor etuvchi yuristlar 
ham  bor
2
.  Nima  bo’lganda  ham  Ustav  har  bir  davlat  va  xalqaro 
hamjamiyat  to’liq  amal  qilishga  majbur  bo’lgan  asosiy  maqsad  va 
prinsiplarni  o’rnatdi.  Ular  xalqaro  huquqning  eng  oliy  normalari  (jus 
cogens), oliy siyosiy va ruhiy kuchga ega. 
Asosiy  shartnomalar  “Ustav”  nomi  bilan  bir  qatorda  “Statut”  deb 
nomlanishi mumkin.  
Misol  sifatida  BMT  Xalqaro  Sudi  va  Xalqaro  Jinoyat  Sudining  Statutlarini 
keltirish mumkin.
 
“Shartnoma” nomiga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning tuzilishida 
asos  bo’luvchi  aktlar  ham  mavjud, 
masalan,  Shimoliy  Atlantika  Shartnomasi 
Tashkiloti (NATO) tuzilishiga asos bo’lgan Shimoliy Atlantika shartnomasi. 
 
Ustav  va  bu  toifadagi  shartnomalar  orasidagi  farq  quyidagilarda 
namoyon  bo’ladi.  Ustav  tashkilotga  asos  soluvchi  va  uning  tuzilishini 
belgilovchi  sistemalangan  akt  hisoblanadi.  Uning  mohiyati  ham  shunda. 
Ustavning  maqsadi  –  tashkilotni  tuzish  va  uning  tuzilishini  belgilash. 
Shartnomaning maqsadi tashkilotning faoliyatini ko’rib chiqishdir. Ko’rib 
turganimizdek, farq unchalik katta emas, biroq amaliyotda seziladi. 
Masalan,  1946  yildagi  Qochoqlar  xalqaro  tashkilotning  asos  soluvchi  akti 
shunday nom olgan. Bunda bu tariqa nomlash ingliz tilidagi matnlarga xos. 
 
Aynan  shu  vaziyat  bunday  nomlanishni  keltirib  chiqargan.  Biroq, 
juda  kam  hollarda  protokollar  katta  ahamiyatga  ega  bo’lgan  masalalarga 
tegishli bo’ladi.  
Masalan,  2000  yildagi  Transmilliy  uyushgan  jinoyatchilikka  qarshi  BMT 
Konvensiyasini  to’ldiruvchi  Odam  savdosini,  ayniqsa  ayollar  va  bolalar  savdosini 
oldini olish, bartaraf etish va uning uchun jazolash to’g’risidagi Protokol.
 
                                                 
1
  Dupuy  P.-M.  The  Constitutional  Dimension  of  the  Charter  of  the  United  Nations//Max  Planck  Yearbook  of  United 
Nations Law. Vol. I. 1997. 
2
 Arangio-Ruiz G. On the Security Council’s "Law-Making"//Rivista di diritto internazionale. 2000. Fasc. 3. P. 683 et 
seq. 
Konstitutitsiya  –  ixtisoslashtirilgan  xalqaro  tashkilotni  tashkil 
qiluvchi shartnoma nomi. 
Protokol  –  cheklangan  masalalar  yuzasidan  tuzilgan  xalqaro 
kelishuv.
 

67 
 
Protokol  nomining  quyidagi  holatlarda  ishlatilishini  alohida  ajratish 
mumkin. 
Odatda  u  asosiy  shartnoma  qabul  qilingan  kuniyoq  qabul  qilinadi, 
biroq  mustaqil  xususiyatga  ega  va  alohida  ratifikatsiyani  talab  qiladi. 
Bunday  protokollar  hoxlovchi  ishtirokchilarga  asosiy  shartnomaning 
barcha  ishtirokchilari  ham  tayyor  bo’lavermaydigan  qo’shimcha 
majburiyatlarni olish imkonini beradi.  
Bunga  1966  yildagi  Fuqarolik  va  siyosiy  huquqlar  to’g’risidagi  xalqaro 
Paktga ikkita Fakultativ protokolini misol qilib keltirish mumkin. 
Protokol  nomini  avvalroq  tuzilgan  shartnomaga  o’zgartiruvchi  yoki 
uni  to’ldiruvchi  qo’shimchalar  kirituvchi  aktlar  ham  oladi.  Ular  xuddi 
o’zgartirilayotgan  shartnomaday  qabul  qilinadi.  Protokol  shartnomaga 
ilova  vazifasini  ham  ko’p  hollarda  bajaradi.  Protokol  nomini  yana 
shartnoma  munosabatlarida  turli  xildagi  huquqiy  harakatlarni  aks 
ettiruvchi,  masalan,  imzolash  protokoli,  ratifikatsiya  gramotalarini 
topshirish  va  saqlash  hamda  boshqa  aktlar  ham  olgan.  Bu  turdagi 
protokollar  protsessual  hujjatlar  xususiyatiga  ega  bo’ladi  va  shartnoma 
hisoblanmaydi. 
Deklaratsiya  deb  ataluvchi  shartnomalar  bugungi  amaliyotda 
ma’lum.  Ular  ham  ikki  tomonlama  hamda  ko’p  tomonlama  bo’lishi 
mumkin.  
Misol  uchun,  1962  yil  iyulida  imzolangan  Laos  neytralligi  to’g’risidagi  13  ta 
davlatning  deklaratsiyasi.  Unda  aytilganidek,  “ushbu  Deklaratsiya  imzolangan 
paytdan e’tiboran kuchga kiradi va … unga xalqaro bitim sifatida qaraladi
1
.
 
                                                 
1
  Рашидов  К.К.  Ўзбекистон  Республикаси  халқаро  шартномаларининг  тузилиши,  бажарилиши  ва  бекор 
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.19. 
Fakultativ protokol – qo’shimcha qarorlardan iborat akt. 
Deklaratsiya  (lotincha  –  declaration  –  ariza,  bayonot)  –  ko’p 
hollarda  muhim  siyosiy  masalalar  yuzasidan  ikki  yoki  undan  ortiq 
davlatlarning 
muzokaralarda 
erishilgan 
shartnomani 
yanada 
mustahkamlovchi bir tomonlama ko’rinishga ega akt. 

68 
 
Shartnomaning  rasmiy  nomlanishida  “pakt”  atamasi  unchlik  ko’p 
uchramaydi.  Inson  huquqlari  to’g’risidagi  universal  shartnomalarga 
alohida ma’no berish maqsadida ular rasman Pakt deb atalgan.  
Masalan,  1966  yilgi  Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to’g’risidagi 
xalqaro pakt.
 
BMT odatda tinchlik o’rnatish operatsiyalari yuzasidan a’zo davlatlar 
bilan  o’zaro  hamkorlik  haqida  memorandum  imzolaydi.  Bunday  aktlar 
yordamida  xalqaro  tashkilotlar  o’rtasidagi  munosabatlar  ham  tartibga 
solindi. 
“O’zaro  anglashuv  memorandumi”  memorandumning  bir  turi 
hisoblanib,  ko’pincha  ular  asosiy  shartnomani  tatbiq  etish  masalalariga 
yoki o’zaro munosabatlarning boshqa masalalariga bag’ishlangan bo’lishi 
mumkin. Odatda ularni ratifikatsiya qilish talab etilmaydi. 
Bunday  shaxslar  sifatida  tashqi  ishlar  vazirlari,  diplomatik  vakillar, 
kamdan  –  kam  davlat  boshliqlari  chiqishadi.  Vazirliklarning  xalqaro 
aloqalari kengayishi bilan bunday kelishuvlar maxsus masalalar yuzasidan 
tuzila boshlandi. 
Ko’rib  chiqilayotgan  kelishuv  notalar  almashish  tugashi  bilan,  agar 
tomonlar  boshqacha  kelishuvga  kelishilmagan  bo’lsalar,  kuchga  kiradi. 
Shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena  Konvensiyasi  shartnomaning 
majburiyatlariga  rozilik  shartnomani  aks  ettiruvchi  hujjatlarni  almashish 
yo’li bilan bildirilishi mumkinligini ko’rib chiqqan (11-modda). 
Notalar  almashish  –  o’z  hukumatlari  tomonidan  vakil  etib 
tayinlangan  mas’ul  shaxslar  o’rtasida  aynan  notalar  almashish,  bir  xil 
tuzilgan xatlar almashish yo’li bilan tuziluvchi alohida o’ziga xos usuli 
bo’lgan kelishuv turidir. 
Memorandum  –  vaziyatdan  kelib  chiqib  xalqaro  shartnoma  yoki 
siyosiy kelishuv bo’lishi mumkin bo’lgan davlatlarning akti. 
Pakt  –  (lot.  pactum  –  kelishish,  shartnoma)  eng  muhim  masalalar 
bo’yicha ikki va ko’p tomonlama shartnoma. Bunday nomdan tomonlar 
shartnomaga  berilgan  ahamiyatni  ta’kidlash,  uning  atrofida  alohida 
ma’naviy-siyosiy muhit yaratish uchun foydalaniladi. 

69 
 
Juda  kam  istesnoli  hollarda  shartnoma  hisoblanmaydi.  Bunday 
aktlarda  majlis  ishtirokchilari,  tuzilgan  rezolyutsiyalar  va  erishilgan 
kelishuvlar sanab o’tiladi.  
Misol  sifatida  Shartnoma  maqomiga  ega  bo’lgan  yakuniy  aktlarga  1975 
yildagi  xalqaro  munosabatlarning  Yevropacha  tizimini  shakllantirishda  muhim  rol 
o’ynagan  Yevropada  xavfsizlik  va  hamkorlik  haqidagi  majlisning  Yakuniy  aktini 
alohida ta’kidlab o’tish joiz. 
Xullas,  xalqaro  shartnomalarni  nomlanishi  ularning  yuridik 
ahamiyatiga  ta’sir  etmaydi.  Bu  kabi  imperativ  xarakterga  ega  bo’lgan 
shartnomalarning  qadimda  traktat,  kontrakt,  kompramiss,  reglament,
 
kommyuniki
 
kabi  nomlari  ham  uchragan.  Ularning  ba’zilari  bugungi  kun 
amaliyotida ham mavjud.  
 
4.4.
 
Xalqaro shartnomaning tili 
 
Shartnomalar tili muammosi mavjud amaliy ma’noga ega
1
. Har bir til 
tegishli  huquqiy  tizimning  o’ziga  xosligini  tasvirlaydi.  Huquqiy 
tizimlarning  o’ziga  xosliklaridan  kelib  chiqib,  shartnomada  ishlatilgan 
tushuncha yoki termin turli tarzda tushunilishi mumkin.  
Masalan,  ingliz  tilida  so’zlashuvchi  davlatlarda  turli  xildagi  majburiyatlarni 
bildiruvchi 2 ta atama mavjud: 
 
  
 
      yoki   
 
 
Ikki tomonlama shartnomalar ikkala taraf tilida tuziladi. Ikkala matn 
ham  teng  kuchga,  aniqlikka,  ishonchlikka  ega.  Tillar  o’rtasida 
nomutanosiblik  kelib  chiqqan  vaziyatlarda  shartnoma  uchta  tilda  tuziladi. 
Barcha matnlar autent (asliga muvofiq) hisoblanadi, biroq nomutanosiblik 
holatida uchinchi til ustunlikka ega bo’ladi.  
Masalan,  O’zbekiston  va  Qozog’iston  o’rtasidagi shartnomalar  o’zbek, qozoq 
va  rus  tillarida  tuziladi.  Barcha  matnlar  autent  hisoblanadi.  Nomutanosiblik 
holatlarda ustunlik rus tiliga beriladi.
 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.22. 
responsibility  
liability 
Yakuniy aktlar – xalqaro majlis, yig’ilish natijalarini aks ettiruvchi 
diplomatik hujjat. 

70 
 
Ko’ptomonlama  shartnomalarda  bir  necha  tillarda  tuziladi.  BMT 
tashabbusi  bilan  qabul  qilinadigan  universal  konvensiyalar  6  ta  rasmiy 
tilda – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuziladi. 
Matnlarning  autentliligi  ularning  shartnoma  tarkibini  teng  ravishda 
aks  ettirishini  bildiradi.  Shuning  uchun  Vena  Konvensiyasiga  muvofiq, 
nomutanosiblik  holatida  “shartnoma  ob’ekti  va  maqsadini  hisobga  olgan 
holda, bu matnlar eng qulay kelisha oladigan ma’no e’tiborga olinadi” (4-
band, 33-modda). 
Har  xil  tilli  matnlar  bilan  bog’liq  barcha  qiyinchiliklarga  qaramay, 
xalqaro  huquqshunoslikning  doimiyligi  xalqaro  huquqning  umume’tirof 
etilgan  tushuncha  va  normalaridan  iborat  yagona  tilni  shakllanishi 
jarayonini uyg’otib turadi. Bu jarayon nafaqat xalqaro huquq uchun balki 
tobora  xalqaro  huquq  bilan  o’zaro  faol  harakat  olib  borayotgan  ichki 
huquq uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Vena 
konvensiyalarida 
mazkur 
masalaga 
alohida 
modda 
bag’ishlangan  bo’lib,  bu  vazifa  nafaqat  murakkabligi  bilan,  balki  amaliy 
ahamiyatga  ham  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Turli  tildagi  matnlar  bilan 
bog’liq  bo’lgan  muammolar  nafaqat  xalqaro  huquq  amaliyotida,  balki 
davlatlaring  ichki  huquqi  amaliyotida  ham  doimiy  ravishda  yuzaga  kelib 
turadi.  
“Rasmiy matn” deganda aynan “rasmiy tarjima” atamasini tushunish 
maqsadga 
muvofiq. 
Bu 
tushunchalar 
autentliligi 
belgilangan 
shartnomalarning  boshqa  tillarga  tarjima  qilinganligini  anglatadi.  Bunday 
tarjimalarni Vena konvensiyalariga muvofiq davlatlar, xalqaro tashkilotlar 
yoki  depozitariylar  amalga  oshirishi  mumkin. 
(1969  yildagi  Vena 
Konvensiyasining 77-moddasi).  
Masalan,  1949  yilda  tuzilgan  Urush  qurbonlarini  himoya  qilish  to’g’risidagi 
Jeneva Konvensiyasida: “Mazkur konvensiya ingliz va fransuz tillarida tuzilgan. Har 
ikkala matnlar ham bir-biriga autent hisoblanadi. Shvetsariya Federal Kengashi rus 
va ispan tillaridagi rasmiy tarjimalarni ta’minlab beradi…” deb bayon etilgan. 
Ishtirokchi  davlatlarning  o’z  tillariga  qilgan  tarjimalari  ham  rasmiy 
matn deb nomlanishi mumkin. Rasmiy matnning maqomi davlatning ichki 
va  tashqi  siyosatini  tartibga  soladi.  Istisnoli  holatlar  shartnoma  matnining 
asli  va  uning  tarjimasi  o’rtasida  farqlar  yuzaga  kelgan  taqdirda  qayd 
etiladi. Davlat rasmiy  matnni ratifikatsiya qiladi va bu matn uning barcha 
idoralar  uchun  majburiy  hisoblanadi.  Bu  holat  asl  matnni  inkor  etishni 
anglatmaydi. 
Xulosa  sifatida  aytish  joizki,  umumiy  “yuridik  til”ni  topish  orqali 
xalqaro-huquqiy  terminalogiyani  bir  xilda  tushunish  muammosi,  xalqaro 

71 
 
huquqning funksiyalanishi kabi davlatning ichki huquq va qonunlari  bilan 
o’zaro  harakatlanishida  ham  tobora  katta  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda. 
Sekin-astalik  bilan  huquqiy  tizimlarning  boyib  borishi  va  bir-biriga 
yaqinlashishi 
kuzatilmoqda. 
Xalqaro 
amaliyotda 
atamalardan 
foydalanishda  tendensiya  mavjud.  Bu  ortiqcha  sayi-harakatlarni  yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan turlicha talqin qilishlarni kamaytiradi. Bu yo’ldagi 
barcha qiyinchiliklarga qaramay sezilarli natijalarga erishildi.  
 
MAVZU BO’YICHA XULOSALAR 
 
Mazkur  mavzuni  o’rganishda  talabalar  xalqaro  shartnomalar  tasniflanishiga 
va  shartnomaning  tarkibiy  qismlariga  oid  masalalarni  ko’rib  chiqishlari;  ularning 
xalqaro huquqiy munosabatlarda ularning rolini aniqlashlari lozim. 
 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR VA KAZUSLAR 
 
1.
 
Xalqaro shartnomalarni nomlashning o’ziga xos xususiyatlari qanday? 
2.
 
Shartnomaning shaklining ahamiyati nimada? 
3.
 
Norasmiy  shartnomalar,  kvazi  normativ  hujjatlar  va  bir  tomonlama 
hujjatlarga  misollar  keltiring  va  ularning  halqaro  huquqdagi  ahamiyatini  ochiqlab 
bering. 
 
1 KAZUS.  
Eron va Buyuk Britaniya o’rtasida neft yetkazib berish to’g’risida davlatlararo 
xalqaro  shartnoma  tuzildi.  Ushbu  xalqaro  shartnoma  dastlab  ingliz  tilida  tuzilib, 
uni  forschaga  tarjimasida  Eron  tarafining  manfaatlariga  zid  bo’lgan  tafovutlar 
yuzaga  keldi.  Shartnomaning  o’zida  muayyan  bir  tildagi  shartnoma  matni  ustun 
kuchga ega ekanligi belgilanmagan. Ushbu holatga huquqiy baho bering. 
1)  Xalqaro  shartnomaning  aslga  muvofiq  matni  nima?  Uning  huquqiy 
ahamiyati qanday? 
2) Eron shartnoma matnini qanday tartibda to’g’irlashi mumkin? 
 
2
 
KAZUS. 
Fransiya  va  Janubiy  Koreya  Respublikasi  o’rtasida  o’zaro  hamkorlik 
to’g’risidagi  shartnoma  tomonlarning  o’zaro  kelishuviga  asosan  elektron  axborot 
vositalari orqali tuzilgan. Bunda shartnoma tuzishning barcha bosqichlari masofadan 
turib,  on  line  tarzida  amalga  oshirilgan.  Elektron  shartnomaning  qog’oz  nusxasi 
mavjud  bo’lmay,  elektron  shaklda  saqlab  qo’yilgan.  Shartnomani  amalga  oshirish 
davrida o’zaro nizoli holat yuzaga keladi. Xalqaro sud yuzaga kelgan nizoni ko’rishni 
rad etib, bunga shartnomada shakl qoidasiga rioya qilinmaganligi asos qilib keltiradi. 
1.
 
Xalqaro  shartnomalarning  shakli  tushunchasiga  huquqiy  ta’rif  qaysi 
hujjatlarda keltirilgan? Qanday shakllar amal qiladi? 
2.
 
Xalqaro  sudning  rad  etishi  asosi  qanchalik  to’g’ri?  Xalqaro  xususiy  va 

Download 5.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling