Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
- 5.1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari.
72 xalqaro ommaviy shartnomalarning shakliga nisbatan qo’yiladigan talablarning farqlari qanday? 3. Xalqaro shartnomalarning elektron shaklini tartibga soluvchi hujjatlar mavjudmi? MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 1. Istalgan xalqaro shartnomani tahlil qilish, ya’ni shartnomani shaklini, tilini, tarkibini, xalqaro shartnomalarning qaysi turiga kirishini o’rganish. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 73 V BOB. XALQARO SHARTNOMALARNI TUZISH. (yuridik fanlar nomzodi Nugmanov Nugman Abdullaevich) Annotatsiya. Mazkur bobda talaba diplomatik muzokaralar va ularning shakli, muzokaralarning xalqaro-huquqiy asoslarini, muzokaralar ishtirokchilarini, xalqaro konferensiyalarni o’tkazilishi, shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi organlar, xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari, shartnoma matnini qabul qilish, qo’shimcha shart (ogovorka, clause) tushunchasi, autentligini belgilash, konferensiyaning yakuniy aktini imzolash, shartnomaning majburiyligiga rozilik bildirish hamda shartnomalarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish, depozitariyning vazifasi, shartnomani ro’yxatga olish haqidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ladi. Shartnomani tuzish tushunchasini ikki xil tushunish mumkin. Birinchisi keng ma’noda – shartnomani tayyorlanishi, qabul qilinishi va kuchga kirish jarayoninini o’z ichiga oladi. Tor ma’noda esa, faqat yuridik ahamiyatga ega bo’lgan bosqichni, ya’ni qabul qilinish va kuchga kirish jarayonini o’z ichiga oladi. 1969 yilgi “Xalqaro shartnomalar huquqi to’g’risida”gi va 1986 yilgi “Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasida va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risida”gi Vena konvensiyalarida “shartnomalarni tuzish” bo’yicha tushunchalar aks etmagan. 5.1. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashning tashkiliy shakllari. Xalqaro shartnomalarni tuzishning birinchi bosqichi sifatida uning tayyorlashning tashkiliy shaklini hisoblanadi. Mazkur tashkiliy shakllarining asosida davlatlarning olib boradigan muzokaralarda o’z aksini topadi. Odatda ikki tomonlama uchrashuvlar muzokara deb yuritiladi. Bu turdagi muzokaralarning ijobiy tomoni shundaki, muzokara boshqa sub’ektlar manfaatlariga ta’sir qilmaydi va o’zlariing manfaatlari uchun qulay sharoit yarata oladilar. Muzokara – diplomatiyaning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Diplomatiya - bu davlat vakillari o’rtasida muhokama qilinayotgan masala bo’yicha ma’lumot almashish, o’zaro kelishuvga erishish, fikrlar qarama-qarshiliklarini tugatish yoki yakdil fikrga yaqinlashish maqsadlarini ko’zlovchi muomala jarayonidan iborat. 74 Diplomatik muzokaralarda bir tomonda diplomatik vakolatxona (elchixona va maxsus missiya) boshliqlari va ikkinchi tomondan esa Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etadi. Xuddi diplomatik muzokaralar kabi to’g’ridan to’g’ri muzokaraning ham umumiy qoidalari mavjud. Unda uchinchi davlat aralashuvi cheklanadi, faqat ishtirokchilar o’rtasida muzokara olib boriladi. Bu jarayon har xil tashkiliy tayorgarliklar talab etmaydi. Kun tartibida tomonlar lozim deb topgan masalani muhokama qilish uchun imkoniyat yaratadi. Muzokaralar maxfiy bo’lishi lozim. Ko’pincha muzokaralar xatlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi hamda odatda qabul qilinishi lozim bo’lgan shartnoma matni ilova qilinadi. Ko’p tomonlama muzokaralar uchdan ortiq ishtirokchilari mavjud muzokaralar majlis, yig’ilish deb nomlanadi. Yig’ilishning juda keng shaklini konferensiya tashkil qiladi. Muzokara, uchrashuv, konsultatsiya, yig’ilish, konferensiya va boshqalar nomlanishidan qat’iy nazar yuridik ahamiyat bir xil. Yuqoridagi muzokaralardan tashqari quyidagi ko’rinishda ham muzokaralar mavjud. 1. Rasmiy muzokaralar. Odatda ma’lum bir shartnomaning rasmiy matnini tayyorlash jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonni rasmiy akt tuzish orqali mustahkamlab qo’yishadi. 2. Norasmiy muzokaralar. Biron bir masalani muhokama qilish bilan chegaralanadi yoki fikrlar bilan almashiniladi. Odatda bu turdagi muzokaralarni konsultatsiya deb nomlashadi. 3. Yuqori darajadagi muzokaralar. Bu kabi muzokaralarda odatda davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari ishtirok etishadi. Kamdan kam bu uchrashuvlarni Sammit (ing. – yuqori) deb nomlanadi. Bu kabi uchrashuvlarda juda global muammolar muzokara qilinadi. MUZOKARALAR 1.Diplomatik muzokara 2. To’g’ridan to’g’ri muzokara 3. Ko’p tomonlama muzokara 75 Shartnomaning matni muzokaralar jarayonida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Muzokaralarni olib borish natijasida ko’p tomonlama shartnomalarni imzolanishiga olib keldi. Davlatlarning mafkurasi, qarashlari, urf-odatlar hamda huquqiy tizimini umumiylashtirish juda qiyinligini hisobga olish lozim. Mutaxassislarning fikricha, muzokara jarayoni shartnomalarni qabul qilish jarayonining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Zero, bu jarayon juda katta mas’uliyat talab qiladi. Xalqaro munosabatlarning murakkablashuvi muzokaralarning qiyinlashuviga ham olib kelish mumkin. Muzokaralarning xalqaro-huquqiy asosi sifatida umumtan olingan prinsiplarni ko’rsatish mumkin. Chunki, ko’pchilik davlatlarning asosiy qonunlari mazkur prinsiplarga tayanadi. Muzokaralar institutini tartibga soladigan alohida Konvensiya mavjud emas. Faqat 1999 yil 20 yanvardagi BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro muzokaralarni olib borish prinsiplari va qoidalari” nomli rezolyutsiyasi katta ahamiyatga ega. Muzokaralar yuridik ahamiyatidan ko’ra ko’proq siyosiy ahamiyatga ega. Muzokaralar og’zaki va yozma shakllarda bo’ladi. Muzokara jarayonida konferensiya ishtirokchilari, ya’ni kimlar ishtirok etishi masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda delegatsiya vakolati davlat boshlig’i, hukumat boshlig’i yoki tashqi ishlar organiga berilishi nazarda tutilmoqda. Delegatsiya jo’natayotgan davlat uning tarkibini belgilab beradi. Konferensiya mansabdor shaxslari uning raisi, rais o’rinbosari, konferensiya qo’mitalarining har birining ma’ruzachisi, tahririyat qo’mitasi raisi kabi mansabdor shaxslardan iborat bo’ladi. Ularni saylash yoki tayinlashda umumiy geografik adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim. Konferensiyaning asosiy organlari plenum, bosh qo’mita, tahrir qo’mitasi, vakolatlarni tekshiruvchi qo’mita, asosiy qo’mitalar, yordamchi organlar, kotibiyatdan iborat bo’ladi. Konferensiyada vaqt aniq kelishib olinadi. Ovoz berish yo’li aniqlanadi, qaror qabul qilish tartibi ko’rsatiladi. Konferensiyaning tili belgilanadi. 76 5.2. Shartnomalarni tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etuvchi organlar Shartnomalarning tuzishda davlat nomidan uning tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro munosabatlarda davlatning vakili hisoblangan organlarning mavjud bo’lmasligi davlat nomidan xalqaro majburiyatlarni olish, ularni bajarish, xalqaro-huquqiy sub’ektivlikni tashkil etishning imkoni yo’qligini ko’rsatadi. Ma’lumki, xalqaro huquqning sub’ekti sifatida hokimiyatga ega bo’lish davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Shu tariqa, davlat nomidan chiquvchi u yoki bu organning shartnoma tuzish huquqi masalasining yechimida xalqaro huquqda aniq bir ma’noga ega. Vena konvensiyalariga muvofiq ishtirokchilar shartnoma imzolash vakolatidan foydalanib, shartnoma majburiyatiga asoslangan holda davlatning ichki huquqini buzuvchi holatga rozilik berish huquqiga ega emas, ya’ni shartnoma imzolash huquqiga egaligidan foydalanib davlat nomidan qatnashayotgan ishtirokchi shartnoma shartlarini ular davlatning ichki qonuniga zid kelgan taqdirda ham bajarish huquqiga ega emas. Bunday holat konstitutsion huquqlariga e’tibor bermaslikni anglatmaydi. Davlat shartnoma imzolash vakolatiga nisbatan o’zining ichki huquqlaridagi holatlariga tayanishi mumkin, agar aniq buzilgan holatlar bo’lsa va alohida ahamiyatga ega bo’lgan ichki huquq normalariga oid bo’lsa. Vena Konvensiyasining 46-moddasiga ko’ra, “Huquqbuzarlik yaqqol hisoblanadi qachonki, odilona harakat qilanayotgan har qanday davlat uchun ob’ektiv jihatdan aniq ko’ringanda” deyilgan. Xalqaro-huquqiy nuqtai nazardan shartnoma davlat boshlig’i tomonidan tuzilganmi yoki hukumat tomonidan tuzilganmi ahamiyatsizdir. U yoki bu holatda ham kelishayotgan tomon davlat hisoblanadi, uning organi emas. Ikkala holat siyosiy ahamiyatida farq bo’lsada, shartnoma teng yuridik kuchga ega bo’ladi. Shartnoma tuzishda davlatlar nomidan ishtirok etayotgan vakil organlarning darajasi teng bo’lishi kerak. Qiyosiy jihatdan kamdan-kam istesnoli, ilojsiz shartlar bilan tushuntiruvchi holatlar ham mavjud bo’lgan taqdirda, favqulodda holat sifatida baholanadi. 1969 yildagi Vena Konvensiyasining 7-moddasida, tegishli vakolat taqdim etishidan qat’i nazar funksiyalari kuchidan kelib chiqqan holda davlat nomidan ishtirok eta oladigan shaxslar doirasini aniqladi: 77 1) barcha shartnomalarni tuzishga oid bo’lgan aktlarni amalga oshirish maqsadida - davlat boshlig’i, hukumat boshlig’i va tashqi ishlar vaziri (ex officio vakolat taqdim etishi shart emas); 2) akkreditatsiya qiluvchi davlat va akkreditatsiyani amalga oshirib bo’lgan davlat o’rtasida shartnoma matnini qabul qilish maqsadida – diplomatik delegatsiya boshliqlari; 3) davlat tomonidan xalqaro konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki uning organlaridan birida xuddi shunday konferensiya yoki xalqaro tashkilot yoki organlarda shartnoma matnlarini tuzishda davlatni namoyish etish, davlat nomidan qatnashishi. Oxirgi ikkitasi shartnomani imzolashi uchun maxsus vakolat taqdim etiladi. Bundan kelib chiqadiki, “shartnoma tuzilishiga taalluqli barcha aktlarni amalga oshirish maqsadida”: Boshqacha qilib aytganda, ular shartnoma majburiyatlariga rozilik bildira olishadi. Aytib o’tilganiday, qaysi organ ishtirok etishidan qat’iy nazar, shartnoma tuzilishida undagi tomon davlat hisoblanadi. Biroq tajribadan ma’lumki, u yoki bu siyosiy sabablarga ko’ra kelishuvlar faqat hukumat majburiyati sifatida ko’riladi. Davlat boshlig’i. Davlat boshlig’ining asosiy huquqi bo’lib davlatini xalqaro munosabatlarda namoyon etadigan shaxs tushunib kelingan. U o’z faoliyatini mutloq monarxiyadan boshlab kelgan. Monarxning davlat hukumatiga huquqlari mutlaq ko’rinishga ega bo’lib kelgan (jus representationis omnimodae). Bugungi kunga kelib davlat rahbarining konstitutsiyaviy huquqlari shaklan birmuncha o’zgargan bo’lsada, umumiy qoidalari saqlanib qoldi. 1993 yilda BMTning Xalqaro sudi “davlat boshlig’ining asosiy vazifasi u davlatni nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etadi va bu umume’tirof etiladi...” deb belgilagan. Keyinchalik tashqi ishlar vaziri hukumat boshlig’i davlat boshlig’i davlat nomidan ishtirok etadi 78 1996 yilda Sud tomonidan ushbu qoida yanada aniqroq va to’liqroq tarzda e’tirof etiladi: “davlat boshlig’ining davlat nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish prezumpsiyasida hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas...”. Ko’rib turganimizdek, davlat boshlig’ining vakolati doirasiga xalqaro-huquqiy jihatdan baho berilmoqda. Bundan tashqari, xalqaro singari ichki huquq bilan rad etilishi mumkin bo’lgan prezumpsiya haqida so’z yuritilmoqda. Davlat boshlig’ining konstitutsiyaviy huquqlari va vakolatlari doirasi ko’p jihatdan davlat shaklining prezidetlik yoki parlamentar ekanligiga bog’liq. Birinchi navbatda ijro hokimiyatining vakolatlari kengroqdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Prezidentning xalqaro munosabatlarda davlat nomidan ishtirok etishi ta’kidlab o’tilgan 1 . Hukumat. Hukumatning vakolatlari doirasi kengayib borayotganligi tendensiyasi mavjuddir. Uning rahbari vakolatlari doirasi deyarli davlat rahbariniki singari kengdir. Ba’zi davlatlar qonunchiligiga ko’ra shartnomalar tuzish vakolati to’laligicha ijro hokimiyatidadir. Hukumatlararo bitimlarning rasmiylashtirilishi davlatlar o’rtasida tuziladigan bitimlarga nisbatan ancha soddaroqdir 2 . Tashqi ishlar vazirligi. Xalqaro majburiyatlarni qabul qilinishida tashqi ishlar vazirining vakolatlari kengayib borayotganligi tajribadan ma’lum. Bu tendensiya ayni ikkinchi Jahon urushidan keyin ancha kengayib bordi. Avvallari tashqi ishlar vazirlari bitimlar tuzishni qo’shma murojaatnomalar, notalar almashinuvi va “jentlmenlik kelishuv”lari orqali amalga oshirganlar. Tashqi ishlar vazirining vakolatlari kengayganligi sabab xalqaro huquq tajribasida ichki qonunchilikka nisbatan kengroq o’zgarishlar kiritildi. Ushbu jarayon tuziladigan shartnomalar hajmining kengayib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Natijada davlatning bevosita vakili sifatida tashqi ishlar vaziri xalqaro maydonga chiqadi. Bu masala bo’yicha Xalqaro sudning Doimiy palatasi tomonidan qabul qilingan 1933 yilgi Sharqiy Grenlandiyaning huquqiy maqomini belgilab berish to’g’risidagi ish muhim ahamiyatga egadir 3 . Vazirliklar va idoralar. Xalqaro hamkorlikning maxsus sohalarda rivojlanib borishi bilan tegishli shartnomalarni tuzishda davlatni ifoda etgan holda ko’pgina vazirliklar va idoralarning ishtiroki hamda roli oshib bordi. 1 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси (93 модда, 3 банд). – Т.: 2014. – Б.44 2 Read J. International Agreements//Canadian Bar Review. Vol. 26. 1948. P. 524. 3 PCIJ. 1933. Ser. A/B, No. 53. P. 71. 79 Aytib o’tish joizki, tajribaga ko’ra idoralararo shartnomalarga ham xalqaro-huquqiy shartnomalar sifatida qaraladi. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalar to’g’risidagi qonunida idoralararo shartnomalarga “idoralararo xarakterga ega” shartnomalar deb nomlangan. Qonunda shartnomani tuzishdagi vakolatlar borasida shunday deyiladi: “Vazir yoki idora rahbarlari vakolatlari doirasida maxsus muzokaralar olib borishi va shartnomalar imzolashi mumkin” (13-modda). Ko’rib turganimizdek, vazirliklar va idoralar rahbarlarining vakolatlari keng va ravshan belgilab qo’yilgan. Vakolatlar va yo’riqnomalar. Agarda mas’ul shaxsda shartnomani tuzish vakolati bo’lmasa, u holda tegishlicha maxsus vakolatga ega bo’lishi lozim. Maxsus vakolat deganda, ma’lum shaxsga maxsus davlat organi tomonidan berilgan va u davlat nomidan shartnomalar tayyorlash hamda tuzishni nazarda tutuvchi yuridik hujjat tushuniladi. 1969 yilgi Vena konvensiyasida: “Davlatni yoki hukumatni ifoda etuvchi shaxs shartnomalar tuzish, shartnoma matni autentligini belgilash va davlatlar roziligi kelishuviga ishtirok etishligi uchun o’zi bilan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: a) u tegishli vakolatni taqdim etadi; b) tajribaga ko’ra ushbu vazifalarni bajarishga mas’ul etib tayinlangan shaxsdan maxsus vakolatni talab qilmaslikni ham nazarda tutadi” (7- modda, 1-qism) Ikki tomonlama shartnoma imzolayotganda ikki davlat vakillari vakolatlarini o’zaro almashinish hollari ham mavjud. Ba’zi muhim ahamiyatga ega shartnomalar muqaddimasida vakolatlar o’zaro almashinishi haqida ta’kidlangan bo’ladi va ba’zi hollarda esa zaruriy ko’rinishga ega bo’ladi. Ko’ptomonlama shartnomalarni tuzishda konferensiya jarayonida vakolatlar kotibiyatga taqdim etiladi. Ularni ko’rib chiqishda maxsus qo’mita tuziladi va u ko’rib chiqish natijalari haqida konferensiyada batafsil hisobot beradi. Vakilga taqdim etilgan vakolatlarni buzilishi hollari vakolatlarni taqdim etgan davlat uchun harakatlarini tan olmaslikni yuzaga keltiradi. Agarda vakil shartnomaga nisbatan vakolatlarida nazarda tutilmagan xatti- harakatlarni sodir etsa, u holda uning harakatlari yuridik asossiz hisoblanadi. Vena konvensiyasining 7-moddasiga muvofiq bu borada shunday keltiriladi: “davlat tomonidan tasdiqlanmagan vakil tomonidan tuziladigan 80 shartnomadagi dalolatnomani taqdim qilinishi yuridik ahamiyatsiz hisoblanadi”. Vakilga vakolatlardan tashqari yo’riqnomalar ham beriladi. Yo’riqnoma o’zida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatni ifoda etib, vakilning muzokaralar mobaynida pozitsiyasini, shartnomaning lozim darajadagi tarkibini va uning ma’qullanishi shartlarini o’zida mujassam etadi. Yo’riqnoma asosan delegatsiyaning ichki hujjati hisoblanib muzokaraning barcha ishtirokchilari e’tiboriga ham yetkazilavermaydi. Shuning uchun ham vakilning vakolatlariga nisbatan o’rnatilgan cheklovlar uning harakatlarini huquqqa ega emas deb topishga asos bo’la olmaydi. Tegishli cheklovlar bilan boshqa ishtirokchilar ham xabardor etilishi istisno holatini tashkil etadi. 5.3. Xalqaro tashkilot vakillarining vakolatlari 1969 yildagi Vena Konvensiyasi “har bir davlat shartnoma tuzish huquqiga ega” deb belgilaydi. Xalqaro tashkilotlar bilan esa boshqacharoq vaziyat. Xalqaro tashkilotlarning hammasi ham bunday huquqqa ega bo’lavermaydi. Bundan tashqari, davlatdan farqli o’laroq ularning bu huquqi individual hisoblanadi. Bir tashkilot aynan bir munosabatlarda boshqasidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda 1986 yildagi “Xalqaro tashkilot va davlat yoki xalqaro tashkilot va xalqaro tashkilot o’rtasidagi shartnomalar huquqi to’g’risida”gi Vena Konvensiyasi quyidagi holatni o’rnatdi: “Xalqaro tashkilotning shartnoma tuzish huquqi shu tashkilot qonun- qoidalari bilan tartibga solinadi” (6-modda). “Tashkilot qonun-qoidalari” deganda, qisman tashkilotning ta’sis hujjatlari, ularga mos ravishda qabul qilingan qaror va rezolyutsiyalar, yana tashkilotning o’rnatilgan tajribalari tushuniladi (2-modda). Bu holatlar o’ta muhim vaziyatlarni – shartnomalararo munosabatlarda turli tashkilotlarning vakolatlari umuman tubdan farq qilishini inobatga oladi. Bunda tajriba yordamida tashkilotlarning qonun- qoidalari jadal va bir xilda bo’lmagan holda rivojlanadi. Shuning uchun, Xalqaro huquq Komissiyasi izohida aytib o’tilganiday, eslatib o’tilgan modda loyihasida “kodifikatsiya kuchga kirgan vaqtdan boshlangan tajriba emas, balki ushbu qonun-qoidalari bilan to’plangan tajriba ko’lami bilan tashkilotning qonun-qoidalarini o’zgartirish yoki to’ldirish imkoniyatining 81 o’zi” nazarda tutiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, yaxlit qonun o’rnatish bilan tashkilotlarning imkoniyatlarini cheklanmaslikka qaror qilingan. 1969 yildagi Vena Konvensiyasi shartnoma matnlarini qabul qilishda vakolat berilgan vakillar o’sha davlatni konferensiya yoki tashkilotda nomidan ishtirok etish huquqini mustahkamladi (2 bo’lim, 7-modda). Bir necha yildan keyin 1975 yildagi “Universal xarakterga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning davlatlar vakolatxonalari bilan munosabatlari haqida”gi Vena Konvensiyasida 1969 yilgi Konvensiyadagi holatdan farq qiluvchi vaziyat bayon etilgan. 1975 yilgi Konvensiya bunday huquq faqat davlat boshliqlariga tegishli deb ta’kidlaydi (12-modda). 1975 yildagi Konvensiya davlatlarning so’nggi holatini tasvirlanganligini inobatga olib, Komissiya xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi xalqaro shartnomalar huquqi haqidagi moddalar loyihasiga ham tegishli o’zgartirishlar kiritdi. 1986 yildagi Konvensiyada faqat vakolatxona boshliqlariga tegishli huquqlar haqida gapirilgan. Muayyan hollarda oliy mansabdor shaxsning shartnomani tuzish bo’yicha vakolati tashkilotning tegishli organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bu tajriba tashkilotlar tomonidan avvaldan qo’llanilib kelingan. Masalan, 1949 yilda Butunjahon Sog’liqni Saqlash Assembleyasi tomonidan BSSning bosh direktoriga Sharqiy O’rta Yer dengizi va janubi-sharqiy Osiyo mintaqaviy tashkilotlarida BSSning vakolatlari va immunitetlarini qo’llash to’g’risidagi Misr va Hindiston bilan kelishuv bitimi imzolashni yukladi. Bizga tashkilotlarning vakolatlarini bir organdan boshqa organga o’tkazilganligi hollari tajribadan ma’lum. BMT Ustavining 43-moddasi 3 qismiga ko’ra, qurolli kuchlar borasidagi bitimlar tuzish Xavfsizlik Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Aslida bu turdagi bitimlar Xavfsizlik Kengashi ruxsatiga ko’ra BMT Bosh Kotibi tomonidan tuziladi. Davlatdagi singari tashkilotlar kelishuvni nomuvofiq deb topish vajida shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik shartlari buzilgan deb e’tirof eta olmaydi. Shartnoma shartlarini buzilishi o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lsa va alohida ahamiyat kasb etadigan holatlarga istisno sifatida qaraladi. Komissiya ushbu holatni muhokamasiga alohida e’tibor qaratdi. Natijada 1969 yilgi Vena konvensiyasiga yakuniy shartlar kiritildiki, u shartlar davlat vakolatlarni taqsimlash va o’zgartirish borasidagi qarorni qabul qiluvchi yagona omil sifatida e’tirof etdi. Agarda shartlar buzilish hollari davlatni ichki qonunchiligida oddiy xatti-harakatlar orqali amalga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling