Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jazoni ijro etish muassasalarida rejim quyidagilarni ta’minlaydi
- Rejim quyidagilarni ta’minlash maqsadida qo’llanadi
- Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar kiyimi.
- Mahkumlarni batamom ajratib qo’yish va qo’riqlash.
- Mahkumlarni nazorat qilish va tekshirishda texnika vositalaridan foydalanish, tintuv o’tkazish va ko’zdan kechirish.
- Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish ko’ylagini va maxsus vositalarni ishlatish tartibi va shartlari.
- Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo’llaniladi
111 JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA REJIM Jazoni ijro etish muassasalarida rejim tushunchasi va ahamiyati. Rejimning asosiy talablari. Mahkumlarning jazoni ijro etish muassasalaridagi kiyimi. Mahkumlarni batamom ajratib qo’yish va qo’riqlash. Mahkumlarni nazorat qilish va tekshirishda texnikaviy vositalaridan foydalanish, tintuv o’tkazish va ko’zdan kechirish. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish ko’ylagini va maxsus vositalarni ishlatish tartibi va shartlari. O’q-otar qurollarni qo’llash, foydalanish asoslari tartibi va shartlari. Jazoni ijro etish muassasalarida alohida holat joriy etish. Mahkumlarning oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalarni sotib olishi. Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashish tartibi va shartlari. Mahkumlarning telefon orqali so’zlashuvi va yozishmalari. Mahkumlarning posilkalar, yo’qlovlar, banderollar va pul jo’natmalari olishi va yuborishi. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishlari tartibi. Mahkumlarning kinofilmlar va teleko’rsatuvlar ko’rishi, radio eshitish tartibi. Mahkumlarning alohida hollarda muassasa doirasidan chetga chiqishi. Mahkumlarning belgilangan muddatda joyiga qaytishdan bo’yin tovlaganlik oqibatlari. 8-BOB 112 Jazoni ijro etish muassasalarida rejim tushunchasi va ahamiyati Mustaqillik davrida qonun hujjatlarini demokratiya talablariga moslashtirish borasida ijobiy yutuqlarga erishildi. Bu borada Respublikamizda erishilgan yutuqlar haqida prezidentimiz I.A.Karimov 2005-yil 28-yanvardagi O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzalarida ham alohida to’xtalib o’tganlar. Xususan, ushbu ma’ruzada prezidentimiz jinoiy jazolarni ijro etishga oid quyidagi fikrlarni bildirganlar. “Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlar jazoni o’tash sharoitlarini ancha yaxshilash, mahkumlarga muddatdan ilgari ozod bo’lish huquqini beradigan moddalarni ko’paytirish, jazoni o’tash joylarida yashash tartibi va sharoitini sezilarli darajada yengillashtirish imkonini yaratadi. Ya’ni 1990-yilda manzil- koloniyalarda jazoni o’tayotgan mahbuslarning umumiy soniga nisbatan 7 foiz bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda bu raqam 21 foizni tashkil etmoqda.[ Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas`ul muharrir: B.J.Axrorov. –T.: O’qituvchi, 2002. – 208 b.] O’zbekiston Respublikasi JIKning talablariga muvofiq jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarni axloqan tuzatish maqsadida har bir muassasada maxsus rejim tashkil etiladi. Ushbu rejimni qo’llashdan maqsad mahkumlarni qonunga itoatkor ruhda tarbiyalash, ularda intizom xissini uyg’otish, shuningdek, ularning mas’uliyatini ortirishni ko’zda tutadi. mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini. muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish, o’z majburiyatlarini ado etishini; shuningdek ularning mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat qilib turishni; Jazoni ijro etish muassasalarida rejim quyidagilarni ta’minlaydi: 113 Rejim tushunchasi va uning asosiy talablari. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan ko’zlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi. Rejim quyidagilarni ta’minlash maqsadida qo’llanadi: mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat qilib turishni; mahkumlarni batamom ajratib qo’yish, ularni qo’riqlash va nazorat qilib turishni; muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni; muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni; mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ro’yobga chiqarish, shuningdek ularning o’z majburiyatlarini ado etishini. Jazoni ijro etish muassasalarida rejim O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ichki tartib qoidalari O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining barcha jazoni ijro etish muassasalari uchun majburiy.[ Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. Mualliflar jamoasi. Mas’ul muharrir: B.J.Axrorov. –T.: O’qituvchi, 2002. – 208 b.] Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar kiyimi. Jazoni ijro etish muaasasalarida, manzil koloniyalarini istisno etganda, mahkumlar belgilangan namunadagi kiyimlar kiyadilar. Kiyimning ko’rinishi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.[ O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).] Ichki tartib qoidalarda nazarda tutilgan hollarda mahkumlarga fuqarolik namunasidagi kiyimdan foydalanishga ruxsat etiladi. Ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan mahkumlarning barchasi jazoni ijro etish muassasalarida davlat hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar. Mahkumlarning kiyim bilan ta’minlanishi jazoni ijro etish muassasalarining turi, jazoni o’tayotgan shaxsning yoshi va jinsiga qarab belgilanadi. Mahkumlarga yuqoridagi asoslarga ko’ra 35 xil kiyim berilishi 114 mumkin. Bular jumlasiga quloqli telpak, yozgi bosh kiyim, etagi tizzaga yetmaydigan paxtali kalta palto, kostyum, shim, ko’ylak, tungi ko’ylak, ichdan kiyiladigan erkaklar kiyimi, mayka, trusik, paytava, paxtali qo’lqop, rezina taglikli charm poyabzal, ta’ochka, paypoq, yarim sherst sochiq, uchburchak ro’mol, kurtka, yengil matodan tikilgan kofta, xalat, pantalon, chulki(uzun paypoq), tufli, sharf, paxtali kurtka, sport oyoq kiyimi, ishchi kiyim kabilar beriladi. Agar jazoni ijro etish muassasasining ichki tartib-qoidalarida fuqarolik kiyimida yurish mumkinligi belgilangan bo’lsa, mahkumlarga shunday kiyimdan foydalanishiga ruxsat beriladi. Fuqarolik namunasidagi kiyimda yurishga ruxsat berilgan hollarda ham gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilinishi lozim. Mahkumlarni batamom ajratib qo’yish va qo’riqlash. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni batamom ajratib qo’yish va qo’riqlash, shuningdek ular saqlanadigan va mehnat qiladigan obyektlarni qo’riqlash O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda har bir muassasada qat’iy belgilab qo’yilgan kun tartibi tuziladi, kun tartibi mahkumlarning u yoki bu kontingenti bilan olib boriladigan ishlarning xususiyatiga, tezkor vaziyat holatiga, ishlab chiqarish sharoitiga, yilning fasliga, mahalliy sharoitlar hamda boshqa aniq holatlarga bog’liq bo’ladi. Mahkumlarning kun tartibini bajarishlarini ta’minlash uchun muassasa boshlig’ining buyrug’i bilan signal va buyruq berish tizimi joriy etiladi. Muassasalarda har kuni ikki marotaba mahkumlarni bor-yo’qligi umumiy tekshirudan o’tkaziladi.[ Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. / M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.] Mahkumlarni batamom ajratish bilan bog’liq rejim talabi mahkumlarni sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi asosida jazoni ijro etish muassasasiga joylashtirish bilan ta’minlanadi va ularni boshqa fuqarolardan farqli ravishda huquqlari cheklangan holda ajratib qo’yilishida ifodalanadi. Ajratib qo’yishning jiddiyligi jazoni ijro etish muassasasi turi va unda belgilangan rejimga bog’liq bo’ladi. Mahkumlarni boshqalardan ajratib qo’yishga ko’proq turmalarda, maxsus tartibli koloniyalarda erishiladi, manzil- koloniyalarida qurollangan soqchilarning yo’qligi tufayli mahkumlarni 115 ajratib qo’yish tartibi (imkoniyati) turma va maxsus tartibli kolloniyalarga nisbatan kam. Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalari bir- biridan jiddiy ravishda farq qiladi. Shuningdek mahkumning yoshi (voyaga yetmaganlar tarbiya kolloniyalarida), jinsi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi ham ularni ajratilgan holda saqlash darajasiga ta’sir qiladi. Mahkumlarni doimiy nazorat qilish rejimning asosiy talablaridan biri bo’lib, jazoni o’tash rejimini ta’minlashning vositasi hisoblanadi. Bu mahkumlarni saqlash va mehnat qilishi jarayonida ularning yangi jinoyatni yoki boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etishining oldini oladi. Muassasa ma’muriyati va barcha xodimlari jinoyatlar sodir etilishi va rejim talablari buzilishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’rishlari lozim. Mahkumlarni nazorat qilish nazorat xizmati tomonidan amalga oshiriladigan vazifa bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jazoni ijro etish muassasasidagi nazorat xizmati IIV qorovul qo’shinlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazoratchilarning rejimni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati ko’p tarmoqli va kengdir. Ular sutka davomida mahkumlarning yashash zonalari va ishlab chiqarish obyektlaridagi xulqlarini nazorat qiladilar, kun tartibiga oid tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, mahkumlarni shaxsiy tintuv qilish, yashash zonalarini ko’zdan kechirish va tintuv qilish, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan uchrashuvlarni o’tkazish, mahkumlarga kelgan posilka, yo’qlovlarni qabul qilish, ko’zdan kechirish va egasiga to’shirish, mahkumlarni intizomiy bo’limga o’tkazish to’g’risidagi qarorni bajarish va boshqa vazifalarni bajaradilar. Mahkumlarni nazorat qilish va tekshirishda texnika vositalaridan foydalanish, tintuv o’tkazish va ko’zdan kechirish. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochish va boshqa jinoyatlar, shuningdek, jazoni o’tashning belgilangan tartibini buzishning oldini olish, mahkumlar xulq-atvori to’g’risida zarur axborot olish uchun jazoni ijro etish muassasalarida nazorat qilish va tekshirish uchun audiovizual, elektron va boshqa texnika vositalaridan foydalaniladi. Muassasa ma’muriyati mahkumlarni nazorat va tekshirishning texnikaviy vositalari qo’llanilayotganligidan xabardor etishi shart.[O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29- dekabrdagi 174-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish 116 muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).] Nazorat va tekshirishda qo’llaniladigan texnika vositalari ro’yxati, ulardan foydalanish tartibi, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga o’z yonida saqlashga ruxsat etilgan narsalar va buyumlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Mahkumlarning yonidan topilgan, foydalanishga ruxsat etilmagan narsalar va buyumlar muassasa boshlig’i qaroriga binoan olib qo’yiladi hamda mahkum ozod bo’lgunga qadar saqlash uchun to’shiriladi yoki yo’q qilinadi yohud davlat foydasiga o’tkaziladi va bu haqda tegishli hujjat (akt) tuziladi. Narsalar va buyumlarni davlat foydasiga o’tkazish to’g’risidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanadi. Olib qo’yilgan pul va qimmatli ashyolar ularni olib qo’ygan mansabdor shaxsning dalolatnomasi yoki raporti (bildirgisi) bo’yicha uzog’i bilan bir sutkalik muddat ichida muassasa boshlig’ining navbatchi yordamchisi tomonidan kassaga yoki buxgalteriyaga to’shiriladi. Ularning hisobini yuritish mahkumlardan olib qo’yilgan pullar va qimmatliklar baho buyumlar kiritilgan daftarda qayd etiladi, daftar muassasaning navbatchilik xizmati tomonidan yuritiladi. Mazkur xizmatni o’tash samaradorligi ustidan nazorat qilish maqsadida bunday daftarlar kontrolerlar va harbiy naryadlar boshliqlari tomonidan ham yuritiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida foydalanishi man etilmagan, lekin mahkumlarning yonida belgilangan tur va miqdordagidan ortiqcha narsa va ashyolar ham olib qo’yiladi hamda saqlash uchun omborga to’shirilib, bu xususida tegishli dalolatnoma tuziladi. Agar omborda saqlanayotgan narsalar yoki ashyolar mahkumga kerak bo’lib qolsa va ular belgilangan tur va miqdordagidan ortiqcha bo’lmasa, ular berilgan ariza asosida egalariga to’shiriladi. Mahkumlarning saqlashi man etilgan, ulardan olib qo’yilgan, ammo qimmatli narsa va ashyolar jumlasiga kirmaydigan narsa va ashyolar (spirtli ichimliklar va h.k.), shuningdek, g’ayriqonuniy olingan oziq-ovqat mahsulotlari mahkumlarning hozirligida yo’q qilib tashlanadi yoki omborxonaga to’shirilib, bu xususda dalolatnoma to’shiriladi. [O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat bojxona qo’mitasining 2006-yil 8-avgustdagi 63, KGB-176-06, 3/2161, 9, 19, 12, 01- 02/22-19-son qarori bilan tasdiqlangan Tergov, surishtiruv va sud davomida jinoyat ishlari va materiallari bo’yicha olib qo’yilayotgan ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qo’yish, hisobga olish, saqlash, berish va yo’q 117 qilib tashlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2174).] Mahkumlarning yonidan saqlashi man etilgan narsa va ashyolar, shuningdek qonunga xilof ravishda olingan oziq-ovqat mahsulotlari topilganligi va olib qo’yilganligi yuzasidan xizmat tekshiruvi o’tkazilib, ularning natijalari asosida aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko’riladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar, ularning buyumlari va kiyimlari, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining obyektlari va xonalari tintuv qilinishi hamda ko’zdan kechirilishi mumkin. Shaxsiy tintuv mahkum bilan bir jinsda bo’lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Turar-joy binolarini ularda mahkumlar bo’lgan chog’da tintuv qilishga kechiktirib bo’lmaydigan hollardagina yo’l qo’yiladi.[ O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013- yil 29-iyulda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami 2495).] Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ushbu muassasaga hamda mahkumlar ishlayotgan obyektlarga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarning transport vositalarini, buyumlari va kiyimini ko’zdan kechirishga haqli, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Tintuv qilish va ko’zdan kechirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi. Jazoni ijro etish muassasalarida tezkor-qidiruv faoliyati: 1) mahkumlar, muassasa xodimlari va boshqa shaxslar xavfsizligini ta’minlash; 2) mahkumlar mazkur muassasaga yetib kelgunga qadar sodir etgan jinoyatlarni aniqlash va fosh etish; 3) sodir etilgan jinoyatlar va saqlash rejimi buzilganligini aniqlash va ularning oldini olish; 4) jazoni ijro etish muassasalarida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish; 5) ozodlikdan mahrum etish joylaridan qochgan mahkumlarni qidirish; 6) boshqa jinoyatlarni fosh etishga yordam berish maqsadida olib boriladi. 118 Tezkor-qidiruv faoliyatini jazoni ijro etish muassasalarining tezkor xizmatlar xodimlari, shuningdek boshqa vakolatli organlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish, tinchlantirish ko’ylagini va maxsus vositalarni ishlatish tartibi va shartlari. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni to’xtatish maqsadida, shuningdek ularni ushlash chog’ida, agar boshqa usullar bilan muassasa ma’muriyatining qonuniy talablarini ta’minlashning iloji bo’lmasa, mahkumlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishi mumkin. Jismoniy kuch ishlatish natijasida mahkumlar hayoti va sog’lig’iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi. Mahkumlarga nisbatan, agar ular jazavaga tushsalar, tinchlantirish ko’ylagi qo’llanishiga yo’l qo’yiladi. Tinchlantirish ko’ylagi tibbiy xodim ishtirokida qo’llaniladi, uni qo’llash muddati ikki soatdan oshmasligi kerak. Tinchlantirish ko’ylagi voyaga yetmagan mahkumlarga va mahkuma ayollarga nisbatan qo’llanilmaydi. Tinchlantirish ko’ylagi batamom ajratib qo’yilgan joyda (intizomiy bo’linmada yoki kontrolerning xonasida) faqat muassasa boshlig’i yoki uning o’rnini bosuvchi shaxs ko’rsatmasi asosida, tibbiyot xodimining ruxsati bilan va uning kuzatuvi ostida kiydirilishi mumkin. Tibbiyot xodimining tibbiy ko’rsatmalariga asosan tinchlantirish ko’ylagi qo’llab bo’lmasligi yoki bunday qo’ylakni qo’llashni to’xtatish to’g’risidagi talabi darhol bajarilishi kerak. Tinchlantirish ko’ylagi qo’llanilgan har bir hodisa haqida dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma muassasa boshlig’i yoki uning o’rnini bosuvchi shaxs tomonidan tasdiqlanadi.[ Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. / M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.] Mahkumlarning g’ayriqonuniy xatti-harakatlarini to’xtatish, shuningdek, o’ziga o’zi zarar yetkazishining oldini olish maqsadida ularga nisbatan maxsus vositalar ishlatilishi ham mumkin. Boshqa usullar bilan muassasa ma’muriyati vakillarining qonuniy talablari mahkumlar tomonidan bajarilishini ta’minlashning iloji bo’lmagan hollardagina jismoniy kuch va maxsus vositalar ishlatiladi. Maxsus vositalar jumlasiga rezina tayoqlar, qo’lkishanlari yoki boshqacha bog’lash vositalari, xizmat itlari, ko’zdan yosh chiqaruvchi moddalar, chalg’itma ta’sir ko’rsatuvchi nur-tovush moslamalari, to’siq- 119 g’ovlarni bartaraf etuvchi vositalar, suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar, inshootlarni ochish, transportni majburiy to’xtatish moslamalari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa vositalar kiradi. Maxsus vositalar quyidagi hollarda qo’llaniladi: 1) mahkumlarning muassasa ma’muriyati vakillariga, boshqa mahkumlarga va o’zga shaxslarga hujumini, mahkumlar tomonidan sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni, jamoat tartibini guruh bo’lib buzishlarni to’xtatish, muassasa ma’muriyatiga ashaddiy bo’ysunmayotgan yoki qarshilik ko’rsatayotgan huquqbuzarlarni ushlash vaqtida; 2) garovga olinganlarni ozod qilish, mahkumlar egallab olgan binolar, inshootlar, xonalar va transport vositalari egallash uchun; 3) mahkumlarni qo’riqlab borish va qo’riqlab turish vaqti ularning qochishini oldini olish uchun; 4) jazoni ijro etish muassasasidan qochgan mahkumlarni ushlash vaqtida; 5) maxsus vositalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qo’llanilishi mumkin.[ Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. / M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. – 574 b.] Maxsus vositalarning turlari, ularni ishlatish jadal yuzaga kelgan vaziyat, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning shaxsini inobatga olgan holda belgilanadi. Maxsus vositalarni qo’llash mahkumlarga va boshqa shaxslarga mumkin qadar kam zarar yetkazishi lozim. Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari aniq ko’rinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq ko’rinib turgan yoki ma’lum bo’lgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan maxsus vositalarning ishlatilishi taqiqlanadi, ular tomonidan qurolli qarshilik ko’rsatilgan yoki fuqarolar hayoti va sog’lig’iga tahdid etib, guruh bo’lib hujum qilingan hollar bundan mustasno. Maxsus vositalarni qo’llash natijasida mahkumlar va boshqa shaxslar hayoti va sog’lig’iga zarar yetkazilgan har bir hodisa haqida prokurorga xabar qilinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling