Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


-§. Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63

3-§. Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni  

rad etish asoslari, bu haqidagi ajrim va uni protsessual 

rasmiylashtirish tartibi 

FPKning  238

5

-moddasiga  ko‘ra,  sudya  sud  buyrug‘ini  chiqarish 



to‘g‘risidagi  arizani  qabul  qilishni  FPKning  152-moddasida  nazarda 

tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi. 

 

Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza quyidagi hollarda rad etiladi  

 

Sudya arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ariza sudga kelib tushgan 



kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi. 

Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab bo‘yicha 

da’vo  ishini  yuritish  tartibida  da’vo  taqdim  etish  imkoniyatiga  to‘sqinlik 

qilmaydi. 

Agar  ariza  FPKning  238

3

-moddasi  talablariga  javob  bermasa  yoki  davlat 



boji  to‘lanmagan  bo‘lsa,  sudya  sud  buyrug‘ini  chiqarish  haqidagi  arizani 

qabul  qilib,  o‘z  ajrimi  bilan  undiruvchiga  kamchiliklarni  bartaraf  etish 

yoxud  davlat  bojini  to‘lash  uchun  ko‘pi  bilan  uch  kun  muhlat  berishi 

mumkin. Undiruvchi belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa va 

davlat  bojini  to‘lasa,  ariza  sudga  dastlab  taqdim  etilgan  kundan  qabul 

qilingan  hisoblanadi.  Aks  holda,  sudya,  qonun  talabiga  muvofiq,  arizani 

qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.  

 

 



FPKning        

152-moddasida 

nazarda 

tutilgan 

asoslarga  

ko‘ra 


 

 

1.  Arz  qilingan  talab  FPKning  238



2

-moddasida 

nazarda tutilmagan bo‘lsa 

2.Qarzdor 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

sudlari 

yurisdiksiya doirasidan chetda bo‘lsa 

3.  Arz  qilingan  talabni  tasdiqlovchi  hujjatlar  taqdim 

etilmagan bo‘lsa 

4. Huquq to‘g‘risida nizo mavjud deb hisoblansa 

5.  Arizaning  shakli  va  mazmuni  FPKning  238

3

-

moddasi talablariga javob bermasa 



6.  Ariza  berganlik  uchun  davlat  boji  to‘lanmagan 

bo‘lsa (FPKning 238

5

-moddasi) 



BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

109 


 

VII BОB

 

4-§. Sud buyrug‘ining mazmuni va uni protsessual 



rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik  protsessual  qonunchilikda  sud  buyrug‘ini  chiqarish  uchun 

protsessual muddat belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, sud buyrug‘i ariza kelib 

tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi.  

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2006-yil           

3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun 

normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 

19-bandida,  FPKning  238

8

-moddasi  talablariga  ko‘ra,  sud  buyrug‘i 

hal qiluv qaroridan farq qilib, unda bayon va asoslantiruvchi qismlar 

mavjud  bo‘lmasdan,  talablarni  qanoatlantirishga  asos  bo‘lgan 

moddiy  qonun  normasini  ko‘rsatish  bilan  chegaralanishiga 

sudlarning e’tibori qaratilishi yuzasidan tushuntirishlar beriladi. 

 

Sud buyrug‘ining kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: 

 ish yuritish tartib raqami va buyruq chiqarilgan sana; 





  sudning  nomi,  buyruq  chiqargan  sudyaning  familiyasi  hamda 

ismi va otasining ismi bosh harflari; 



 undiruvchining  nomi  (familiyasi,  ismi,  otasining ismi), yashash 



joyi va joylashgan yeri; 



 qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi 



va joylashgan yeri. 

Sudya  o‘z  buyrug‘ida  undiruvchining  talabini  qondirish  uchun  asos 

bo‘lgan  qonunni  ko‘rsatishi  lozim  bo‘ladi.  Bir  qarashda  bu  sud 

buyrug‘ining  asoslantiruvchi  qismiga  o‘xshasa-da,  lekin  ushbu  qismda 

hujjatlar, boshqa faktik holatlar tekshirilmaydi va huquqiy tahlil etilmaydi. 

 

Sud buyrug‘ining xulosa qismida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 

 talabni qondirish uchun asos bo‘lgan qonun; 





 undirilishi lozim bo‘lgan pul summasining miqdori yoki talab 

qilib  olinishi  lozim  bo‘lgan  ko‘char  mol-mulkning  qiymati  ham 

ko‘rsatilgan holdagi belgisi: 



  agar  qonunda  yoki  shartnomada  “neustoyka”  undirish 



nazarda tutilgan bo‘lsa, neustoyka miqdori; 

BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

110 


 

VII BОB

 



  qarzdordan  undirilishi  lozim    bo‘lgan  davlat  bojining 

summasi;  



  arz  qilingan  talabga  qarshi  qarzdor  tomonidan  e’tiroz 



bildirish muddati va tartibi.

 

Voyaga  yetmagan  bolalar  uchun  aliment  undirish  to‘g‘risidagi  sud 

buyrug‘ida  FPKning  238

8

-moddasi  1–5-  va  8-bandlarida  nazarda  tutilgan 



ma’lumotlardan  tashqari,  qarzdorning  tug‘ilgan  sanasi  va  joyi,  ta’minoti  

uchun aliment undirilishi lozim bo‘lgan bolaning ismi va tug‘ilgan sanasi, 

qarzdordan har oyda undirilayotgan to‘lovlar miqdori va ularning undirilish 

muddati  ham  ko‘rsatilishi  lozim.  Sud  buyrug‘i  sudya  tomonidan 

imzolanadi. 

Sud buyrug‘i sudning muhri bilan tasdiqlangan bir xil yuridik kuchga 

ega  bo‘lgan  ikki  nusxada  chiqariladi.  Ushbu  asl  nusxaning  bittasi  sudda 

qolsa,  ikkinchi  nusxasi  ijro  etishga  taqdim  qilish  uchun  undiruvchiga 

beriladi.  Sud  buyrug‘i  chiqarilganidan  keyin  sudya  uning  ko‘chirma 

nusxasini darhol qarzdorga yuboriladi. 

 

Sud  buyruqlari  o‘ziga  xos  bo‘lgan  quyidagi  belgilari  bilan  sud 

qarorlaridan farqlanadi: 

birinchidan,  sud  buyrug‘i  ish  mazmunan  ko‘rilmasdan,  faqat 

mavjud  yozma  hujjatlar  asosida  chiqariladi.  Sudya  ushbu  holatda 

guvoh 

ko‘rsatmalarini, 

ekspert 

xulosalarini 

tekshirmaydi, 

taraflarning tushuntirishlari va uchinchi shaxslarning bayonotlarini 

eshitmaydi; 

ikkinchidan,  arz  qilingan  talabning  mazmuni  bo‘yicha  sud 

buyrug‘i ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida 

sudya tomonidan chiqariladi; 

uchinchidan,  buyruq  tartibida  ish  yuritish  jarayonida  taraflar 

sifatida undiruvchi va qarzdor e’tirof etiladi; 

to‘rtinchidan,  sud  buyrug‘i  faqat  qonunda  belgilangan  asoslar 

(FPKning  238

2

-moddasi)  mavjud  bo‘lgandagina  chiqariladi.  Sud 

buyrug‘i 

nizosiz 

talablar 

yuzasidan 

chiqarilib, 

qonunda 

belgilanmagan asoslar yuzasidan chiqarilishi mumkin emas; 


BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

111 


 

VII BОB

 

beshinchidan,  sud  buyrug‘ini  chiqarish  uchun  qator  shartlar 



mavjud  bo‘lishi  talab  etiladi.  Birinchi  shart  shundan  iboratki, 

undiruvchi  sud  buyrug‘ini  chiqarish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  birga 

qarzdorning  o‘z  zimmasiga  olgan  majburiyatini  tasdiqlovchi 

hujjatlarni  ham  taqdim  etishi  shart.  Ikkinchi  shart  taqdim  etilgan 

hujjatlar  ishning  mohiyatini  o‘zida  to‘laqonli  aks  ettirishi  bo‘lsa, 

uchinchi shart esa nizoning mavjud bo‘lmasligidir; 

oltinchidan,  sud  buyrug‘i  ijro  hujjati  kuchiga  ega  bo‘lib,  sud 

hujjatlarini  ijro  etish  uchun  qonunda  belgilangan  tartibda  amalga 

oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish 

yuritishni  tartibga  soluvchi  qonun  normalarini  qo‘llashning  ayrim 

masalalari to‘g‘risida”gi 2006-yil 3-fevraldagi 4-sonli qarorining 1-bandida 

ko‘rsatilishicha,  sud  buyrug‘i  birinchi  instansiya  sudi  tomonidan  qabul 

qilinadigan  qarorlarning  alohida  bir  turi  bo‘lib,  FPKning  238

2

-moddasida 



ko‘rsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar 

bo‘yicha chiqariladi va u ijro hujjati kuchiga ega hisoblanadi. 

Buyruq  tartibida  ish  yuritish  manfaatdor  shaxs  –  qarz undiruvchining 

tashabbusi  bilan  boshlanadi.  Talab  kimga  nisbatan  qaratilgan  bo‘lsa,  u 

qarzdor deb e’tirof etiladi.  

 

5-§. Sud buyrug‘ini chiqarishni rad etish to‘g‘risida ajrim va uni 



rasmiylashtirish tartibi 

Sudlar sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish 

asoslarini  sud  buyrug‘i  chiqarishni  rad  etish  asoslaridan  farqlay  bilishlari 

kerak.  Chunki  FPKning  238

5

-moddasida  ko‘rsatilgan  sud  buyrug‘i 



chiqarish  haqidagi  arizani  qabul  qilishni  rad  etish  asoslaridan  farqli 

ravishda, sud buyrug‘i chiqarishni rad etish uchun ariza qabul qilinganidan 

keyin taraflar o‘rtasida huquq to‘g‘risidagi nizo mavjudligi, shuningdek, arz 

qilingan  talab  FPKning  238

2

-moddasida  nazarda  tutilmaganligi  asos 



bo‘ladi.  Sud  buyrug‘i  chiqarishni  rad  qilish  to‘g‘risida  sudya  ajrim 

chiqaradi. 



BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

112 


 

VII BОB

 

Arizani  qabul  qilishni  rad  etish  hamda  sud  buyrug‘i  chiqarishni  rad 



etish undiruvchini shu talab bo‘yicha da’vo tartibida sudga murojaat qilish 

huquqidan  mahrum  qilmasligi  sababli,  shu  to‘g‘rida  chiqarilgan  sud 

ajrimlari  ustidan  shikoyat  berilmaydi.  FPKning  238

2

-moddasida  nazarda 



tutilgan talablar bo‘yicha undiruvchi sud buyrug‘i chiqarish haqidagi ariza 

bilan yoki da’vo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud 

da’vo  talabini  qabul  qilish  va  ishni  da’vo  tartibida  ko‘rishni  rad  qilishga 

haqli bo‘lmaydi. 

 

6-§. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi e’tiroz va uni 

rasmiylashtirish tartibi 

Fuqarolik 

protsessual 

qonunchilik 

sudyaga 

sud 


buyrug‘i 

chiqarilganidan keyin uning ko‘chirma nusxasini darhol qarzdorga yuborish 

majburiyatini  yuklaydi.  Qarzdor  sud  buyrug‘ining  ko‘chirma  nusxasini 

olgan  kundan  e’tiboran  o‘n  kunlik  muddat  ichida,  arz  qilingan  talabga 

qarshi o‘z e’tirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli bo‘ladi. 

Ta’kidlash  joizki,  FPKning  238

9

-moddasida  nazarda  tutilgan  sud 



buyrug‘ining  nusxasini  qarzdorga  darhol  yuborish  tartibi,  shuningdek, 

FPKning 238

10

-moddasida ko‘rsatilgan sud buyrug‘ini bekor qilish asoslari 



qarzdor huquqlarining kafolati hisoblanadi. 

Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz tushmasa, sudya 

sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ini ijro etishga taqdim qilish 

uchun undiruvchiga beradi. Undiruvchining iltimosiga ko‘ra, sud buyrug‘i 

ijro  etish  uchun  bevosita  sud  tomonidan  yuborilishi  ham  mumkin. 

Qarzdordan  davlat  bojini  undirish  maqsadida,  sudning  muhri  bilan 

tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud 

tomonidan  yuboriladi.  Qonun  talabiga  ko‘ra,  qarzdorning  davlat  boji 

miqdori  yuzasidan  keltirgan  e’tirozlari  sud  buyrug‘ini  bekor  qilish  uchun 

asos bo‘la olmaydi, chunki davlat foydasiga davlat boji undirish undiruvchi 

va qarzdor o‘rtasidagi munosabatlarga daxldor emas. Faqat asosiy talablar 

yuzasidan bildirilgan e’tirozlargina sud buyrug‘ini bekor qilish uchun asos 

bo‘ladi. 

Sud  buyrug‘iga  nisbatan  e’tiroz  bildirish  uchun  qonunda  belgilangan 

o‘n  kunlik  muddatning  qarzdor  tomonidan  o‘tkazib  yuborilganligi  sud 

tomonidan  uzrli  deb  topilgan  taqdirda,  sud  uning  arizasiga  asosan  ushbu 



BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

113 


 

VII BОB

 

muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqidagi ariza bilan murojaat 



qilinmasdan  turib,  muddat  o‘tkazilgandan  so‘ng  berilgan  shikoyatlar  sud 

tomonidan ko‘rilmaydi va muallifga qaytariladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  FPKning  238

9

-moddasida  ko‘rsatilgan 



qarzdor tomonidan e’tirozlar taqdim  qilinishi mumkin bo‘lgan o‘n kunlik 

muddat  protsessual  muddatlar  toifasiga  kirishi  sababli  ushbu  muddatlarga 

nisbatan  FPKning  XII  bobida  ko‘rsatilgan  talablar  qo‘llanilishi,  shu 

jumladan,  o‘tkazilgan  muddatni  tiklash  haqidagi  arizani  rad  etish 

to‘g‘risidagi  ajrimga  nisbatan  FPKning  130-moddasiga  muvofiq,  xususiy 

shikoyat  keltirilishi  mumkin  bo‘ladi.  Sud  buyrug‘i  shaklida  qabul 

qilinadigan sud qarorlari barcha subyektlar uchun majburiy hisoblanadi va 

respublika hududida so‘zsiz ijro etilishi lozim. Bunda sud buyruqlari boshqa 

sud  hujjatlaridan  ularni  ijroga  qaratishda,  ijro  varaqasini  berishni  talab 

qilishda  farq  qiladi,  chunki  sud  buyrug‘ining  o‘zi  ijro  hujjati  bo‘lib 

hisoblanadi va bevosita ijro etiladi. 

 

7-§. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrim va uni 

protsessual rasmiylashtirish tartibi 

Agar  belgilangan  muddatda  qarzdordan  arz  qilingan  talabga  qarshi 

e’tirozlar  tushsa,  sudya  sud  buyrug‘ini  bekor  qilib,  bu  haqida  ajrim 

chiqaradi.  Sud  buyrug‘ini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ajrimda  sudya 

undiruvchiga arz qilgan talabni da’vo ishlarini yuritish tartibida taqdim etish 

mumkinligini  tushuntiradi.  Sud  buyrug‘ini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 

ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay 

taraflarga  imzo  qo‘ydirib  topshiriladi  yoki  ularga  pochta  orqali  yoxud 

axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.  

 

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR  

 

1.

 



Sud 

buyrug‘i 

chiqarish 

to‘g‘risidagi 

ariza 

qanday 


rasmiylashtiriladi?  Fikringizni  qonun  hujjatlari  bilan  asoslantirib,  ushbu 

ariza namunasini yozing. 

2.

 

Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish 



asoslari  va  bu  haqidagi  ajrimda  nimalar  ko‘rsatiladi?  Mazkur  ajrim 

loyihasini tayyorlang. 



BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA 

 RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

114 


 

VII BОB

 

3.



 

Sud  buyrug‘ini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  e’tiroz  qanday 

rasmiylashtiriladi? 

4.

 



Sud buyrug‘ining sud hal qiluv qaroridan farqlarini ayting. 

 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1.  Bolalarni  tarbiyalash  muassasasi  ma’muriyati  tumanlararo  sudga 

aliment  undirish  haqida  sud  buyrug‘ini  chiqarishni  so‘rab,  ariza  bilan 

murojaat qildi. Arizada ko‘rsatilishicha, bolaning ota-onalari Y.Nodirov va 

N.Nodirovalar  o‘z  farzandlarining  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanmaganliklari 

uchun sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar. 

Sud  bolalarni  tarbiyalash  muassasa ma’muriyatining aliment  undirish 

to‘g‘risidagi arizasini FPKning 152-moddasi 7-bandiga ko‘ra qabul qilishni 

rad  etar  ekan,  o‘z  ajrimida  bolaning  qonuniy  vakillari,  ya’ni  uning  vasiy 

yoki  homiysi  shu  mazmundagi  ariza  bilan  murojaat  qilishi  mumkinligini 

ko‘rsatadi. 

 



Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 



Aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i namunasini yozing. 

2.  Bektemir  tuman  mudofaa  ishlari  bo‘limi  fuqaro  N.Latipovga 

nisbatan  yozma  shartnomaga  asoslangan  safarbarlik  chaqiruv  rezervida 

xizmatni  o‘tash  uchun  pul  badalini  undirishni  so‘rab,  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida 

ariza bilan murojaat qilgan. Sud esa mazkur arizani FPK 152-moddasining 

1-bandiga  asosan,  “ariza  sudda  ko‘rishga  tegishli  emas,  bu  masala  harbiy 

sudga tegishli”, – deb arizani qabul qilishni rad etgan.   

Bektemir  mudofaa  ishlari  bo‘limi  sudning  mazkur  ajrimi  ustidan 

xususiy  tartibda  shikoyat  qilib,  ushbu  ish  bo‘yicha  bir  tomon  fuqaro 

ekanligini  va  fuqarolik  protsessual  qonunchiligiga  ko‘ra,  ish  fuqarolik 

ishlari bo‘yicha sudga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Bektemir tuman mudofaa ishlari bo‘limining sudning ajrimi ustidan 



keltirgan xususiy shikoyati asoslimi? Mazkur ajrim loyihasini yozing. 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

115 


 

VIII BОB

 

VIII BOB. DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI 



PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

1-§. Oila huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar 

bo‘yicha sudga beriladigan da’vo arizalari, sudning hal qiluv qarorlari, 

ajrimlar va ularni rasmiylashtirishning protsessual tartibi 

Oila  huquqiy  munosabatlaridan  kelib  chiqadigan  ishlarga,  Oila 

kodeksiga  binoan,  nikohdan  ajratish,  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish, 

aliment  undirish,  otalikni  belgilash,  ota-onalik  huquqidan  mahrum  qilish, 

uni tiklash yoki cheklash  to‘g‘risidagi va shu kabi ishlar kiradi.  

Nikohdan  ajratish  to‘g‘risidagi  da’vo  bilan  sudga  er  yoki  xotin 

murojaat  qiladi.  Da’vo  arizasi  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik 

protsessual  kodeksining  145-moddasiga  ko‘ra,  javobgarning  doimiy 

yashash  joyidagi  sudga  yoki  doimiy  mashg‘ul  bo‘lgan  joydagi  sudga 

berilishi ko‘rsatilgan.  



FPKning  241-moddasida  ko‘rsatilgan  da’vogarning  tanlashi 

bo‘yicha  sudlovlilik  qoidalariga  ko‘ra,  agar  da’vogarning  voyaga 

yetmagan bolalari borligi, shuningdek, nogironligi yoki og‘ir kasalligi 

tufayli  u  javobgar  yashab  turgan  joydagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 

tumanlararo, tuman (shahar) sudiga borishga qiynalsa, nikohni bekor 

qilish  to‘g‘risidagi  da’volar  da’vogarning  yashaydigan  joyida 

qo‘zg‘atilishi mumkin.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-

iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha 

qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli qarorining 7-

bandida ko‘rsatilishicha, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo: 



  jazo  muddatidan  qat’i  nazar,  ozodlikdan  mahrum  etishga 



hukm qilingan shaxs bilan – mazkur shaxsning sudlanguniga qadar 

oxirgi yashash joyida; 



 yashash joyi noma’lum bo‘lgan shaxs bilan  – uning ma’lum 



bo‘lgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyda; 



  da’vogar  voyaga  yetmagan  bolalari  borligi  yoki  salomatligi 



tufayli javobgarning yashash joyiga borishga qiynalgan hollarda esa, 

da’vogarning yashash joyida qo‘zg‘atiladi.

 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

116 


 

VIII BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  2011-yil  20-iyuldagi 



“Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  6-sonli  Plenum 

qarorida  tushuntirilishicha,  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  arizasi 

FPK 149-, 150-moddalari talablariga javob berishi kerak. Unda nikoh 

qachon  va  qayerda  rasmiylashtirilganligi,  ushbu  nikohdan  bolalari 

bor-yo‘qligi,  ularning  yoshi,  er-xotin  o‘rtasida  ularning  ta’minoti  va 

tarbiyasi  haqida  kelishuvga  erishilgan-erishilmaganligi,  nikohdan 

ajratish  sabablari  nikohdan  ajratish  haqidagi  da’vo  bilan  birga 

ko‘rilishi mumkin bo‘lgan boshqa talablar bor-yo‘qligi ko‘rsatiladi. 

Arizaga  nikoh  tuzilganligi  to‘g‘risidagi  guvohnoma,  bolalar 

tug‘ilganligi  to‘g‘risidagi  guvohnoma  nusxalari,  er-xotinning  oylik 

maoshi  va  o‘zga  daromadlari  haqidagi  ma’lumotlar,  davlat  boji 

to‘langanligi  to‘g‘risidagi  hujjatlar,  da’vo  arizasidan  nusxa,  da’vo 

talablarini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. 

 

Esda  saqlang!  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

1994-yil             3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi 

qaroriga  ko‘ra,  nikohdan  ajratish  to‘g‘risida  sudga  beriladigan  da’vo 

arizalar  uchun  birinchi  marotaba  eng  kam  oylik  ish  haqining  50% 

miqdorida, takroran nikohdan ajratish to‘g‘risida murojaat qilinganda esa, 

eng kam oylik ish haqining 120% miqdorida davlat boji to‘lanadi. Agar 

bedarak  yo‘qolganligi  va  ruhiy  kasalligi  yoxud  aqli  zaifligi  oqibatida 

belgilangan  tartibda  qobiliyatsiz  deb  topilgan  yoki  kamida  uch  yilga 

ozodlikdan  mahrum  etilgan  shaxslar  bilan  nikohni  bekor  qilish  haqida 

da’vo  arizalari  berilgan  bo‘lsa,  eng  kam  oylik  ish  haqining  2  % 

miqdorida davlat boji undiriladi.


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling