Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63

 

E’tibor  bering!  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining 

2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar 

bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli qarorida 

ko‘rsatilishicha,  nikohdan  ajratish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasini  qabul 

qilishda  shuni  inobatga  olish  lozimki,  Oila  kodeksining  39-moddasiga 

muvofiq,  er  xotinining  roziligisiz  uning  homiladorligi  vaqtida  va  bola 

tug‘ilganidan  so‘ng  bir  yil  mobaynida  nikohdan  ajratish  to‘g‘risida  ish 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

117 


 

VIII BОB

 

qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning 



otasi  sifatida  yozilmagan  bo‘lsa  ham,  haqli  emas.  Mazkur  qoida  bola 

o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq 

etiladi. 

Xotinning  nikohdan  ajratish  to‘g‘risida  ish  qo‘zg‘atishga  roziligi 

bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar 

u qabul qilingan bo‘lsa, sud ish yuritishni tugatadi. Nikohdan ajratish 

to‘g‘risidagi  ish  xotinning  roziligi  bilan  qo‘zg‘atilgan  bo‘lib,  ishni  sud 

majlisida  ko‘rish  vaqtida  u  nikohdan  ajratishga  qarshi  e’tiroz  bildirgan, 

shuningdek,  xotinning  homiladorligi  va  uning  nikohdan  ajratishga 

roziligi yo‘qligi ishni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasida 

ko‘rish  vaqtida  ma’lum  bo‘lgan  barcha  hollarda  ham  ish  yuritish 

tugatilishi lozim. 

Shuni  nazarda  tutish  lozimki,  Oila  kodeksining  39-moddasida 

ko‘rsatilgan  holatlar  mavjudligi  xotin  tomonidan  nikohdan  ajratish 

to‘g‘risidagi da’vo qo‘zgatilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  48-moddasiga  ko‘ra,  sud 

tomonidan  vafot  etgan  deb  e’lon  qilingan  yoki  bedarak  yo‘qolgan  deb 

topilgan  er  (xotin)  qaytib  kelgan  hollarda,  nikohning  tiklanish  asoslari 

ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan yoki 

bedarak yo‘qolgan deb topilgan er (xotin) qaytib kelgan va sudning tegishli 

qarorlari bekor qilingan hollarda, nikoh er-xotinning birgalikdagi arizasiga 

ko‘ra,  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etish  organi  tomonidan 

tiklanishi  mumkin.  Agar  er  (xotin)  yangi  nikohga  kirgan  bo‘lsa,  nikohni 

tiklash mumkin emas. 



O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil  20-

iyuldagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarorining  18-

bandida qayd etilishicha, aynan o‘sha taraflar tomonidan, aynan o‘sha 

asoslar bo‘yicha nikohdan ajratish to‘g‘risidagi takroriy da’vo arizasi 

sudning  ish  yurituviga  bunday  da’voni  rad  qilish  haqidagi  hal  qiluv 

qarori  yoki  da’vogarning  da’vodan  voz  kechganligi  yoxud  taraflar 

yarashganligi munosabati bilan ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim 

qonuniy  kuchga  kirgan  kundan  boshlab,  kamida  olti  oy  o‘tganidan 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

118 


 

VIII BОB

 

so‘ng  qabul  qilinishi  mumkin.  Bunday  da’vo  yangi  asoslarga  ko‘ra 



taqdim  etilganda,  takroriy  da’vo  arizasi  mazkur  muddatga  rioya 

qilinmasdan berilishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  40-moddasi  ikkinchi 

qismiga  muvofiq,  sud  er-xotinga  yarashishlari  uchun  olti  oygacha 

muddat  tayinlashga  haqli.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan 

ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarorida  ko‘rsatilishicha,  bunda  shuni  e’tiborga 

olish lozimki, Oila kodeksining 218-moddasi talablarini inobatga olgan 

holda,  yarashish  uchun  beriladigan  muddat  uch  oydan  kam  bo‘lishi 

samarasiz hisoblanadi. Er-xotinning yarashish imkoniyatini ta’minlash 

maqsadida olti oylik muddat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta 

keyinga qoldirilishi mumkin. 

Er-xotinga yarashish uchun muddat berilishi munosabati bilan ishning 

ko‘rilishini  keyinga  qoldirish  to‘g‘risidagi  sud  ajrimi  taraflarning 

tushuntirishlari  tinglangandan  so‘ng,  zarur  hollarda  esa,  boshqa  dalillar 

tekshirilganidan so‘ng chiqariladi. 

Sud  er  va  xotinning  yoki  ulardan  birining  arizasiga  ko‘ra,  yarashish 

uchun  berilgan  muddatni  (bunga  jiddiy  asoslar  mavjud  bo‘lgan  hollarda) 

qisqartirishga  va  ishni  bu  muddat  tugagunga  qadar  ko‘rishga  haqli. 

Yarashish  uchun  berilgan  muddatni  qisqartirish  to‘g‘risidagi  masala  sud 

majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yo‘li bilan hal 

etiladi. 

Er-xotin  yarashishi  uchun  ishning  ko‘rilishini  keyinga  qoldirish 

to‘g‘risidagi ajrim alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladi va bunday 

ajrim  kelgusida  ishning  harakatiga  to‘sqinlik  qilmasligi  sababli,  uning 

ustidan  apellyatsiya,  kassatsiya  tartibida  shikoyat  qilinishi  yoki  protest 

keltirilishi mumkin emas (FPKning 346-, 348

16 

-moddalari). 



Mol-mulkni bo‘lish uchinchi shaxslarning manfaatiga daxldor bo‘lgan 

hollarda sud mol-mulkni bo‘lish talabini alohida ish yuritish uchun ajratadi 

(FPKning  260-moddasi).  Nikohdan  ajratish  to‘g‘risidagi  ish  ko‘rib 

chiqilayotganida  to‘yni  o‘tkazishga  ketgan  sarf-xarajatlarni  undirish 

haqidagi talablar qanoatlantirilmaydi. 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

119 


 

VIII BОB

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  45-moddasiga  binoan, 



sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarishda davlat boji 

miqdorini  belgilash  asoslari  ko‘rsatilgan  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  sud  nikohdan 

ajratish  haqida  hal  qiluv  qarorini  chiqarish  paytida,  nikohdan  ajratish 

to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qaroridan  nusxa  berilayotganda,  er-xotinning  har 

ikkalasi yoki ulardan biri to‘laydigan davlat boji miqdorini belgilashi lozim. 

Agar sud bu bojni er-xotinning har ikkalasidan undirishni lozim deb topsa, 

ularning har biri to‘laydigan boj miqdorini belgilaydi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  46-moddasiga  muvofiq, 

nikohdan  ajratilganda  er  (xotin)ning  o‘z  familiyasini  o‘zgartirishi  asoslari 

ko‘rsatib  o‘tilgan  bo‘lib,  nikohga  kirish  vaqtida  o‘z  familiyasini 

o‘zgartirgan  er  (xotin)  nikohdan  ajratilgandan  keyin  ham  shu  familiyada 

qolishga  haqli  yoxud  uning  xohishiga  binoan,  sud  tomonidan  nikohdan 

ajratish  to‘g‘risidagi  qaror  chiqarilayotganda  unga  nikohgacha  bo‘lgan 

familiyasi qaytarilishi mumkin. 

Nikohni  bekor  qilish  deganda,  nikohdagi  subyektlarning  o‘zlariga 

bog‘liq  bo‘lgan  yoki  bog‘liq  bo‘lmagan  asoslarga  muvofiq  FHDYo  yoki 

sud  organlarida  ular  o‘rtasidagi  nikohni  ulardan  birining  tashabbusiga 

binoan tugatilishiga aytiladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  43-moddasida  er-

xotindan birining arizasi bo‘yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini 

qayd etish organlarida nikohni bekor qilishda, agar er-xotindan biri: 



 sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa; 



  sud  tomonidan  ruhiyati  buzilishi  (ruhiy  kasalligi  yoki  aqli 

zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa; 



  sodir  qilgan  jinoyati  uchun  uch  yildan  kam  bo‘lmagan 



muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilingan  bo‘lsa,  o‘rtada  voyaga 

yetmagan  bolalari  borligidan  qat’i  nazar,  er-xotindan  birining 

arizasiga  ko‘ra  ularning  nikohi  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini 

qayd etish organlarida bekor bo‘ladi.

 

Agar  bolalar  haqida,  er-xotinning  birgalikdagi  umumiy  mol-mulkini 

bo‘lish  haqida  yoki  yordamga  muhtoj,  mehnatga  layoqatsiz  er  (xotin)ga 

ta’minot berish uchun mablag‘ to‘lash haqida nizo mavjud bo‘lsa, ularning 

nikohi sud tartibida bekor bo‘ladi. Yuqoridagi shartlar sudda nikohni bekor 

qilish haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi. 



 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

120 


 

VIII BОB

 

Bunday toifadagi ishlarning sudga taalluqli ekanligi shuni ko‘rsatadiki, 



mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha sudga tegishli nizo vujudga keladi hamda 

taraflar  tomonidan  qonunda  belgilangan  asoslarga  muvofiq,  nikohni 

tugatish  ishlarining  to‘liq  amalga  oshirish  imkoniyatining  bo‘lmasligi, 

ularning  huquq  va  manfaatlarining  sud  tomonidan  to‘liq  muhofaza 

etilishiga imkoniyat beradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2011-yil            

20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha 

qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarorida 

ko‘rsatilishicha, nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish 

haqidagi hal qiluv qarori qonuniy, asosli bo‘lishi hamda sud majlisida 

har tomonlama tekshirilgan dalillarga tayangan bo‘lishi lozim. 

Hal  qiluv  qarorining  asoslantirish  qismida  sud  tomonidan 

aniqlangan  er-xotin  o‘rtasidagi  kelishmovchilik  sabablari,  sudning 

oilani  saqlab  qolish  imkoniyati  borligi  yoki  uning  uzil-kesil  barham 

topganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asos bo‘lgan dalillar, sud tomonidan 

u yoki  bu  dalillarni  rad  etish  uchun  asos  bo‘lgan  vajlar,  shuningdek, 

sud qo‘llagan qonunlar ko‘rsatiladi. 

Nikohdan  ajratish  haqidagi  da’voni  qanoatlantirish  to‘g‘risidagi 

hal qiluv qarorining xulosa qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: 



 taraflarning barcha talablari bo‘yicha, shu jumladan, birgalikda 



ko‘rish uchun birlashtirilgan talablari bo‘yicha ham sud xulosalarini; 



  fuqarolik  holatlarini  qayd  etish  daftarida  nikohdan  ajratishni 



ro‘yxatdan  o‘tkazish  uchun  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlar  (nikoh  qayd 

qilingan  sana,  dalolatnoma  yozuvining  raqami,  nikohni  qayd  qilgan 

organning nomi); 



  er-xotinning  familiyalari  --  nikoh  tuzilganligi  to‘g‘risidagi 



guvohnomaga muvofiq (nikohga kirish vaqtida familiya o‘zgartirilgan 

bo‘lsa, nikohgacha bo‘lgan familiya ham); 



  er-xotinning  har  biridan  undirilishi  lozim  bo‘lgan  davlat  boji 



miqdori yoki ulardan qaysi biri uni to‘lashdan ozod qilinganligi haqida 

ko‘rsatma (davlat boji miqdorini belgilashda sud ulardan har birining 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

121 


 

VIII BОB

 

moddiy  ahvolini,  oilaning  buzilishida  aybi  darajasini  va  boshqa 



muayyan  holatlarni,  jumladan,  voyaga yetmagan bolalar  er-xotindan 

qaysi biri bilan yashash uchun qolayotganligini hisobga oladi); 



  mol-mulk  qiymati  (er-xotindan  biriga  mol-mulk  asl  holida 



berilganda).  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 

“Sudlar  tomonidan  nikohdan  ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni 

qo‘llash  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  6-sonli  qarorida  ko‘rsatilishicha,  nikohga 

kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan 

keyin  ham  shu  familiyada  qolishga  haqli.  Biroq,  uning  xohishiga  binoan, 

nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda, sud tomonidan unga 

nikohgacha  bo‘lgan  familiyasi  qaytarilishi  mumkin.  Agar  mazkur  masala 

sud  tomonidan  qaror  chiqarish  paytida  hal  qilinmagan  bo‘lsa,  familiyani 

o‘zgartirish  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  organi  tomonidan 

nikohdan ajralishni qayd etish paytida hal etiladi (OKning 220-moddasi). 

Nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasi, 

sudning hal qiluv qarori va ularni rasmiylashtirish tartibi. O‘zbekiston 

Respublikasi  Oila  kodeksining  8-bobi  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish 

masalalariga bag‘ishlangan.  

Oila  kodeksining  49-moddasida  nikohni  haqiqiy  emas  deb 

topish  asoslari  belgilangan  bo‘lib,  unga  ko‘ra,  nikoh  quyidagi 

hollarda haqiqiy emas deb topiladi: 

 



 Oila 

kodeksining 

14–16-moddalarida 

belgilangan 

shartlar  (nikoh  tuzishning  ixtiyoriyligi,  nikoh yoshi,  nikoh  tuzishga 

monelik qiladigan holatlar) buzilganda; 

 



 soxta  nikoh  tuzilganda,  ya’ni  er-xotin  yoki  ulardan  biri 

oila qurish maqsadini ko‘zlamay nikoh qayd qildirganda; 

 



 nikohlanuvchi  shaxslardan  biri  tanosil  kasalligi  yoki 

odamning  immunitet  tanqisligi  virusi  (OITV  kasalligi)  borligini 

ikkinchisidan  yashirganda,  agar  ikkinchisi  sudga  shunday  talab 

bilan murojaat etsa. 

 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

122 


 

VIII BОB

 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan, nikohni haqiqiy emas 



deb  topish  haqida  sudga  da’vo  arizasi  bilan  nikohga  kirgan  shaxs,  uning 

ona-otasi  yoki  homiysi,  shuningdek,  vasiylik  va  homiylik  organi  hamda 

prokuror  murojaat  qilishi  mumkin.  Mazkur  da’vo  arizasi  ham  FPKning 

149-moddasida ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirilishi lozim.  

Mazkur  ishlar  bo‘yicha  sudga  beriladigan  da’vo  arizalar  uchun  eng 

kam oylik ish haqining 50% miqdorida davlat boji to‘lanadi.  

 

E’tibor  bering!  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining  2011-yil  20-iyuldagi  “Sudlar  tomonidan  nikohdan 

ajratishga  oid  ishlar  bo‘yicha  qonunchilikni  qo‘llash  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi 6-sonli qarorida ko‘rsatilishicha, nikohni haqiqiy emas 

deb  topish  to‘g‘risidagi  da’vo  arizasini  qabul  qilishda,  sudya 

nikohning  haqiqiyligi  qanday  asos  bo‘yicha  nizolashilayotganligini 

va da’vogar Oila kodeksining 51-54-moddalariga ko‘ra, aynan da’vo 

arizasida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha nikohni haqiqiy emas deb topish 

to‘g‘risidagi  masalani  qo‘zg‘atish  huquqiga  ega  bo‘lgan  shaxslar 

toifasiga  kirish-kirmasligini  aniqlashi  lozim.  Agar  arizachi  bunday 

shaxslar  doirasiga  kirmasa,  sudya  uning  da’vo  arizasini  qabul 

qilishni, FPKning 152-moddasiga asosan, rad etadi.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  50-moddasida,  nikohni 

haqiqiy  emas  deb  topish  tartibi  belgilangan  bo‘lib,  nikohni  haqiqiy  emas 

deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Nikohni haqiqiy emas deb 

topish  haqida  sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  hal  qiluv  qaroridan  nusxa 

berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli 

belgi qo‘yiladi. 

Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori 

qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi 

ro‘yxatga  olingan  joydagi  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  etish 

organiga yuboriladi. 

Sud  nikohni  haqiqiy  emas  deb  topish  to‘g‘risidagi  hal  qiluv  qarori 

chiqarishda  shunday  nikoh  tuzilishi  bilan  huquqi  buzilgan  (insofli)  er 

(xotin)ni  Oila  kodeksining  118-  va  119-moddalariga  muvofiq,  xotin  yoki 

eridan ta’minot olish huquqiga ega deb topishga haqlidir, nikohni haqiqiy 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

123 


 

VIII BОB

 

emas deb topish vaqtiga qadar birgalikda orttirilgan mol-mulkni bo‘lishga 



nisbatan  esa,  Oila  kodeksining  23-,  27-  va  28-moddalarida  belgilangan 

qoidalarni  tatbiq  etishga,  shuningdek,  nikoh  shartnomasini  to‘la  yoki 

qisman haqiqiy deb topishga haqlidir.  

Aliment  undirish  to‘g‘risida  sudga  beriladigan  da’vo  arizasining 

mazmuni,  sudning  hal  qiluv  qarori  va  uni  rasmiylashtirish  tartibi. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Oila  kodeksiga  binoan,  voyaga  yetmagan 

bolalar  uchun  aliment  undirish  haqidagi  talab ota-onalarning  biri  yoki  har 

ikkalasidan,  boshqa  ota-onalar,  farzandlikka  oluvchi,  bolaning  vasiy  yoki 

homiyi yoxud bolalarni tarbiyalash muassasasi ma’muriyati tomonidan ham 

berilishi  mumkin.  Shuningdek,  voyaga  yetmagan  bolalar  uchun  aliment 

undirish  bo‘yicha  sud  buyrug‘i  chiqarish  haqidagi  talab  bilan  yuqorida 

ko‘rsatilgan  shaxslar  sudga  murojaat  qilish  huquqiga  ega  bo‘ladilar. 

Aliment  undirish  haqidagi  da’vo  arizasi  ham  FPKning  149-moddasi 

talabiga javob berishi kerak. Arizaga, agar er-xotin nikohdan o‘tgan bo‘lsa, 

nikoh  haqidagi  guvohnomadan  nusxa,  bolalarning  tug‘ilganligi  haqidagi 

guvohnoma  nusxalari,  javobgarning  ish  haqi  va  daromadlari  to‘g‘risida 

ma’lumot,  da’vo  arizasidan  nusxa,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlaridan bola haqiqatan ham da’vogar bilan birga yashashi yoki uning 

qaramog‘ida  ekanligi  to‘g‘risida  ma’lumotnoma  va  boshqa  zarur  bo‘lgan 

hujjatlar ilova qilinadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining  329-moddasiga  binoan, 

aliment  undirish  to‘g‘risidagi  da’volar  yuzasidan  da’vogarlar  davlat  boji 

to‘lashdan ozod qilingan. 

Mazkur ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori ham FPKning umumiy 

qoidalaridan  kelib  chiqib  rasmiylashtiriladi.  Ushbu  sudning  hal  qiluv 

qarorining  xulosa  qismida  bolalarning  familiyasi,  ismi,  sharifi,  tug‘ilgan 

yili, kuni, oyi, qachondan boshlab aliment undirilishi, javobgardan qancha 

miqdorda  aliment  undirilayotganligi,  aliment  undirish  darhol  ijroga 

qaratilishi,  sudning  hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish  yoki  protest 

keltirish tartibi ko‘rsatiladi.   



Otalikni  belgilash  to‘g‘risida  sudga  beriladigan  da’vo  arizasining 

mazmuni,  sudning  hal  qiluv  qarori  va  uni  rasmiylashtirish  tartibi. 

Otalikni belgilash ota-onadan birining yoki bolaning vasiysi (homiysi)ning 

yoxud  bola  kimning  qaramog‘ida  bo‘lsa,  shu  shaxsning  arizasiga, 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

124 


 

VIII BОB

 

shuningdek,  bola  voyaga  yetganidan  keyin  uning  o‘zi  bergan  arizaga 



muvofiq  amalga  oshiriladi.  Mazkur  ishlar  bo‘yicha  sudga  da’vo  arizasi 

beriladi.  

 

E’tibor  bering!  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining  2011-yil  25-noyabrdagi  “Otalikni  belgilash  haqidagi 

ishlarni  ko‘rishda  sudlar  tomonidan  qonunlarning  tatbiq  etilishi 

to‘g‘risida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha,  bolaning  onasi  vafot  etgan, 

muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ona qayerdaligini aniqlashning 

imkoni  bo‘lmagan  yoki  u  onalik  huquqidan  mahrum  etilgan 

hollarda ham, agar vasiylik va homiylik organi bolaning onasi bilan 

nikohda bo‘lmagan shaxsning arizasiga binoan otalikni belgilashga 

rozilik  bermagan  bo‘lsa,  sud  o‘sha  shaxsning  arizasiga  muvofiq, 

otalikni  da’vo  ishini  yuritish  tartibida  belgilashi  mumkin  (OK  61-

moddasi ikkinchi qismi).  

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, 

nikohda  bo‘lmagan  voyaga  yetmagan  ota-onadan  bola  tug‘ilgan 

holda,  ular  o‘n  olti  yoshga  to‘lganlaridan  so‘ng  otalikni  belgilash 

to‘g‘risida  mustaqil  ravishda  talab  qo‘yishga  haqlidirlar.  Shu 

munosabat  bilan  sud  ularning  otalikni  belgilash  to‘g‘risidagi 

arizasini  qabul  qilishni,  FPK  152-moddasining  birinchi  qismi  6-

bandiga asosan, rad etishga haqli emas.  

Otalikni belgilash haqidagi da’vo arizasini qabul qilishda sudya 

quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur: 

–  bolaning  tug‘ilganligi  to‘g‘risidagi  FHDYoning  yozuvi  va 

guvohnomani talab qilib olish; 

–  otalikni  sudsiz  e’tirof  etish  imkoniyatini  aniqlash  maqsadida 

da’vogar bilan suhbat o‘tkazish; 

–  O‘zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksining  62-moddasida 

nazarda  tutilgan  holatlarni  tasdiqlovchi  dalillarni  talab  qilib  olishi, 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling