Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


ya’ni sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63

ya’ni sud bolaning onasi bola tug‘ilishiga qadar javobgar bilan birga 

yashaganligi  va  umumiy  ro‘zg‘or  yuritganligi  yoki  ular  bolani 

birgalikda  tarbiyalaganliklari  yoxud  taminlab  turganliklarini  yoki 

javobgarning  otalikni  tan  olganligini  aniq  tasdiqlovchi  boshqa 

dalillarni e’tiborga oladi.

 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

125 


 

VIII BОB

 

E’tibor  bering!  Mazkur  ishlar  bo‘yicha  da’vo  arizasiga  bolaning 



tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, da’vo arizasidan nusxa, davlat 

boji  to‘langanligi  haqida  kvitansiya,  xatlar,  telegrammalar, 

fotosuratlar,  anketalar  va  ishga  oid  boshqa  ma’lumotlar  ilova 

qilinadi.  

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2011-yil                 25-

noyabrdagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomonidan 

qonunlarning  tatbiq  etilishi  to‘g‘risida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha,  ishda 

ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor 

bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra, 

otalikni belgilash haqidagi ish yopiq sud majlisida ko‘rilishi mumkin (FPK 

10-moddasining  ikkinchi  qismi).  Otalikni  belgilash,  otalikni  tan  olganlik 

fakti,  otalik  faktini  belgilashga  oid  hal  qiluv  qarorlari  sud  tomonidan  har 

tomonlama  tekshirilgan  va  arz  qilingan  talablarni  tasdiqlovchi  yoki  inkor 

etuvchi  ma’lumotlarga  asoslangan  bo‘lishi  lozim.  Hal  qiluv  qarorining 

xulosa qismida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida otalikni 

belgilashni  qayd  qilish  uchun  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlar  (otaning 

familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tug‘ilgan kuni, oyi, yili va tug‘ilgan 

joyi, millati, doimiy yashash va ish joyi) ko‘rsatilishi lozim.  

 

2-§. Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar 

bo‘yicha sudga beriladigan da’vo arizalari, sud tomonidan 

chiqariladigan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va ularni 

rasmiylashtirishning protsessual tartibi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  qonunchiligiga  ko‘ra, 



quyidagilar  mehnat  nizosini  ko‘rish  haqidagi  ariza  bilan  sudga 

murojaat qilish huquqiga egadirlar: 

1)  xodim,  kasaba  uyushmasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakillik 

organi; 

2) mehnat huquqi bo‘yicha inspektor;  

3)  ish  beruvchi,  mehnat  nizolari  komissiyasining  qaroriga  rozi 

bo‘lmagan  taqdirda,  shuningdek,  unga  xodim  tomonidan 

yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha; 

4) prokuror.

 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

126 


 

VIII BОB

 

FPKning  38-moddasiga  binoan,  mehnat  bilan  bog‘liq  huquqiy 



munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish 

bilan  bog‘liq  bitimlardan  kelib  chiqadigan  ishlar  bo‘yicha  voyaga 

yetmaganlar  sudda  o‘z  huquqlari  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 

manfaatlarini  shaxsan  himoya  qilish  huquqiga  egadirlar.  Bunday  ishlarda 

voyaga  yetmaganlarga  yordam  berish  uchun  ularning  ota-onalarini,  ularni 

farzandlikka olganlar yoki homiylarni jalb qilish masalasini sud hal etadi. 

Demak,  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  kodeksidan  kelib  chiqib 

aytadigan  bo‘lsak,  16  yoshga  to‘lgan  xodim,  shuningdek,  yoshlarni 

mehnatga  tayyorlash  uchun  umumta’lim  maktablari,  o‘rta  maxsus,  kasb-

hunar  o‘quv  yurtlarining  o‘quvchilarini  ularning  sog‘lig‘iga  hamda 

ma’naviy va axloqiy  kamol  topishiga  ziyon  yetkazmaydigan,  ta’lim  olish 

jarayonini  buzmaydigan  yengil  ishni  o‘qishdan  bo‘sh  vaqtida  bajarishi 

uchun  ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki 

ota-onasining  o‘rnini  bosuvchi  shaxslardan  birining  yozma  roziligi  bilan 

ishga  qabul  qilingan  shaxslar  sudga  murojaat  qilish  huquqiga  egadirlar. 

Mazkur  arizalarga  da’vo  arizasi  nusxasi  va  unga  ilova  tarzda:  ishdan 

bo‘shatilganlik  to‘g‘risidagi  buyruq  nusxasi;  mehnat  daftarchasi,  kasallik 

varaqasi  va  ishga  oid  boshqa  hujjatlar  taqdim  etiladi.  Mehnat  nizolari 

bo‘yicha  xodim  Soliq  kodeksining  329-moddasiga  ko‘ra,  davlat  boji 

to‘lashdan ozod qilinadi.  

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil            

17-apreldagi  “Sudlar  tomonidan  mehnat  shartnomasi  (kontrakt)ni 

bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 

12-sonli  qarorida  ko‘rsatilishicha,  ishga  tiklash  haqidagi  nizo 

bo‘yicha  ariza  xodimga  u  bilan  mehnat  shartnomasi  bekor 

qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy 

muddat  ichida  bevosita  sudga  beriladi.  Mehnat  kodeksining  270-

moddasida  belgilangan  muddatlar  prokuror,  kasaba  uyushmasi 

qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organlari tomonidan 

beriladigan  da’volarga  nisbatan  ham  tatbiq  qilinadi.  Sudya  da’vo 

qilish muddati o‘tkazib yuborilgan degan asos bilan da’vo arizasini 

qabul qilmaslikka haqli emas. Sud da’vo muddati uzrli sabablarga 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

127 


 

VIII BОB

 

ko‘ra o‘tkazib yuborilgan deb topsa, bu muddatni tiklaydi. Agar sud 



ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish 

muddati uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini aniqlasa, 

da’voni rad etadi.

 

Mehnatga  oid  nizolar  bo‘yicha  sudning  hal  qiluv  qarori  FPKning       

203–206-moddalari  asosida  rasmiylashtiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Sudi  Plenumining  1998-yil  17-apreldagi  “Sudlar  tomonidan  mehnat 

shartnomasi  (kontrakt)ni  bekor  qilishni  tartibga  soluvchi  qonunlarning 

qo‘llanilishi  haqida”gi  12-sonli  qarorida  ko‘rsatilishicha,  Mehnat 

kodeksining  274-moddasiga  binoan:  “…sudlar  mehnat  shartnomasini 

g‘ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilish  yoki  xodimni  g‘ayriqonuniy  boshqa 

ishga  o‘tkazishda  aybdor  bo‘lgan  mansabdor  shaxs  zimmasiga  ana  shu 

xodimga  ish  haqi  to‘lanishi  munosabati  bilan  ish  beruvchiga  yetkazilgan 

zarar o‘rnini qoplash majburiyatini yuklaydi.  

Bunday  majburiyat,  basharti  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  yoki 

boshqa  ishga  o‘tkazish  qonunni  ochiq-oydin  buzgan  holda  amalga 

oshirilgan  yoki  mansabdor  shaxs  sudning  xodimni  ishga  tiklash 

to‘g‘risidagi qarori ijrosini kechiktirgan bo‘lsa, yuklatiladi”. 

G‘ayriqonuniy  mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  yoki  xodimni 

noqonuniy  boshqa  ishga  o‘tkazishni  buyrug‘i  bilan  amalga  oshirgan 

mansabdor  shaxsni  ishga  javobgar  tarafidan  uchinchi  shaxs  sifatida  jalb 

etish masalasini, odatda, sudya ishni sudda ko‘rishga tayyorlash bosqichida 

hal  etadi,  bu  masala  ishning  sud  majlisida  ko‘rilish  jarayonida  ham  o‘z 

yechimini  topishi  mumkin.  Mansabdor  shaxsni  bunday  jalb  etish  ish 

bo‘yicha  javobgarning  vakili  sifatida  so‘zga  chiqish  huquqidan  mahrum 

etmaydi. 

Ishning  ko‘rilish  vaqti  va  joyi  to‘g‘risida  tegishlicha  xabar  berilgan 

mansabdor  shaxs  sud  zaliga  uzrsiz  sabablarga  ko‘ra  kelmasa  yoki  uning 

hozir  bo‘lmaslik  sabablari  haqida  ma’lumot  bo‘lmagan  taqdirda,  sud  bu 

shaxsning ishtirokisiz ham ishni ko‘rishi mumkin. 

Agar  javobgar  tarafidan  uchinchi  shaxs  sifatida  ishga  jalb  etilgan 

mansabdor shaxs zimmasiga xodimning bo‘sh yurgan vaqti (proguli) uchun 

o‘rtacha ish haqi to‘lash bilan keltirgan zararni yoki kam haq to‘lanadigan 

ishni  bajarganligi  tufayli  o‘rtadagi  haqning  farqini  qoplash  majburiyati 

yuklanishi  mumkin  emas  degan  xulosaga  kelsa,  sud  hal  qiluv  qarorida 

tegishli asoslarni bayon etishi kerak. 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

128 


 

VIII BОB

 

Shuningdek,  hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismida  O‘zbekiston 



Respublikasi  FPKning  219-moddasiga  ko‘ra,  xodimga  uch  oylik  ish 

haqidan  ortiq  bo‘lmagan  ish  haqini  undirib  berish,  mayib  bo‘lganlik  yoki 

sog‘liqqa  boshqacha  tarzda  shikast  yetishi,  shuningdek,  boquvchisining 

o‘limi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash uchun to‘lovlar undirish, mehnat 

shartnomasi  g‘ayriqonuniy  ravishda  bekor  qilingan  xodimni  yoki 

g‘ayriqonuniy  ravishda  boshqa  ishga  o‘tkazilgan  xodimni  avvalgi  ishiga 

tiklash,  qolaversa, mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  asoslarining  ta’rifini 

o‘zgartirish to‘g‘risidagi ishlar darhol ijro etilishi ko‘rsatib o‘tiladi.  



 

3-§. Uy-joyga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 

ishlar bo‘yicha sudga beriladigan da’vo arizalari, sud tomonidan 

chiqariladigan ajrimlar, hal qiluv qarorlari va ularni 

rasmiylashtirishning protsessual tartibi 

Uy-joyga  oid  nizolar  bo‘yicha  da’vo  arizasi  bilan  huquqi  buzilgan 

shaxslar, 

hokimiyatlar, 

tashkilotlar, 

Davlat 


mulkini 

boshqarish 

qo‘mitasining  turar  joy  masalalari  bo‘yicha  bo‘limlarining  hududiy 

organlari  va  prokuror  murojaat  qilishga  haqlidirlar.  Mazkur  shaxslar 

tomonidan  taqdim  etilgan  da’vo  arizalari  FPKning  148,149-moddalari 

talablari  asosida  rasmiylashtirilishi  lozim.  Uy-joyga  oid  nizolar  bo‘yicha 

ishning turidan kelib chiqib, da’vo arizasiga oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, 

turar joyni almashtirish shartnomalari, fuqarolarning egalik huquqi haqidagi 

davlat  orderi,  vorislik  huquqi  haqidagi  guvohnoma,  sudning  hal  qiluv 

qarori,  egalikka  berish  haqidagi  idoralar,  tashkilotlarning  buyruqlari, 

kvartira,  uy  (uyning  bir  qismi)  rejasi,  davlat  boji  to‘langanlik  haqidagi 

kvitansiya, shuningdek, da’vogarning talablari va javobgarning e’tirozlarini 

tasdiqlovchi boshqa dalillar ilova qilinadi. 

 

 



 

 

Uy-joyga oid nizolarning оbyekti va subyektiga qarab turlari



 

Xususiy uy-joy fondi

 

Davlat uy-joy fondi



 

 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

129 


 

VIII BОB

 

Ushbu  toifadagi  ishlar  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqilganidan  so‘ng,  hal 



qiluv qarori chiqarailadi. Uy-joyga oid nizoli ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori 

sud  tomonidan  fuqarolik  protsessual  qonunchiligi  normalari  hamda  turar 

joyga oid munosabatlarni tartibga soladigan O‘zbekiston Respublikasining 

Uy-joy kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga to‘liq rioya 

qilgan holda chiqarilishi lozim.  

Mazkur ishlar bo‘yicha ham hal qiluv qarorining kirish qismida 

hal  qiluv  qarorining  chiqarilgan  vaqti  va  joyi,  hal  qiluv  qarori 

chiqargan  sudning  nomi,  sudyaning  familiyasi  (sud  tarkibi),  sud 

majlisining  kotibi,  taraflar,  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar, 

shuningdek, nizo predmeti ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon 

qismida  da’vogarning  talablari,  javobgar  e’tirozlarining  qisqacha 

mazmuni  va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslarning 

tushuntirishlari  aks  ettiriladi.  Hal  qiluv  qarorining  asoslantiruvchi 

qismida  sudning  ish  bo‘yicha  chiqargan  xulosasining  faktik  va 

huquqiy  asoslari  bayon  etilishi  lozim.  Jumladan,  hal  qiluv 

qarorining bu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, 

ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, 

sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, shuningdek, 

ushbu  munosabatni  tartibga  soluvchi  moddiy  huquq  me’yorlari 

keltirilishi,  qonunning  nomi,  moddasi,  bandi,  boshqa  qonun 

hujjatlarining  soni  va  qabul  qilingan  sanasi  hamda  protsessual 

huquqiy  me’yorlari  ko‘rsatilishi  shart.  Zarur  holatlarda  sud 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining tegishli qarorlarini 

ham  qo‘llashi  mumkin.  Hal  qiluv  qarorining  xulosa  qismida 

taraflarning  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi  to‘liq  keltirilishi, 

da’vogar talablarining qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) yoki 

butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks 

ettirilgan 

bo‘lishi 

shart. 

Shuningdek, 

sud 

xarajatlarining 

taqsimlanishi,  hal  qiluv  qarori  ustidan  shikoyat  berish  (protest 

keltirish)  muddati  va  tartibi  ko‘rsatilishi  shart.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  221-moddasiga 

ko‘ra,  fuqarolarni  binodan  ko‘chirish  to‘g‘risidagi  ishlar  bo‘yicha 

hal qiluv qarori darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

130 


 

VIII BОB

 

 



NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 

 

1.  Oila  huquqiy  munosabatlariga  oid  nizoli  ishlar  bo‘yicha  da’vo 



arizasini  tahlil  eting.  Mazkur  munosabatlarga  oid  da’vo  arizasi 

loyihasini yozing. 

2. Mehnatga  oid  nizoli  ishlar  va  uy-joy  nizolarining  turlarini  tahlil 

qiling va ular bo‘yicha da’vo arizasi loyihasini shakllantiring. 

3. Aliment miqdorini kamaytirish to‘g‘risidagi ishlarning sudlovliligini 

tushuntiring. 

4. Mehnatga oid nizoli ishlarning qaysilari bevosita sudlarda ko‘riladi? 

Javobingizni asoslantiring. 



 

NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 

 

1. S.Azimova umumiy  mulkni bo‘lish haqida S.Qurbonovga nisbatan 

sudga  da’vo  bilan  murojaat  qilgan.  Sudning  hal  qiluv  qarori  bilan  da’vo 

qanoatlantirilgan.  Apellyatsiya  instansiyasi  sudi  hal  qiluv  qarorini 

o‘zgarishsiz  qoldirgan.  Oliy  sud  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlov 

hay’atining  ajrimi  bilan  sud  qarorlari  bekor  qilinib,  ish  yangidan  ko‘rish 

uchun birinchi instansiya sudiga yuborildi. 

Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, S.Azimova 1988-yilda Qurbonov bilan 

qonuniy  nikohdan  o‘tib  turmush  qurganlar.  Birga  yashagan  davrlarida 

F.Xo‘jaev  ko‘chasida  joylashgan  14-uyni  va  VAZ  2106  rusumli 

avtomashinani  Qurbonov  nomiga  rasmiylashtirib  sotib  olishgan.  Oila 

kodeksining  23-moddasi  talabiga  ko‘ra,  ushbu  mol-mulk  S.Azimova  va 

S.Qurbonovlarning  umumiy  mulki  hisoblanadi.  Sud  umumiy  mulkni 

taqsimlar  ekan,  Qurbonov  nizoli  uy-joydan  natura  sifatida  hissa  ajratishni 

so‘ragan bo‘lsa ham, uyni S.Azimovaga, avtomashinani esa S.Qurbonovga 

qoldirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqargan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Mazkur ish sud tomonidan qanday hal etilishi lozim edi? Fikringizni 



asoslantiring. Ushbu ish bo‘yicha sud hal qiluv qarori loyihasini yozing.  

2. Sh. Raupov javobgarlar Z. Razzoqova va X. Raupovalarga nisbatan 

bir  necha  hal  qiluv  qarorlari  bo‘yicha  undirilayotgan  aliment  miqdorini 


 

DA’VO ISHLARINI YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

131 


 

VIII BОB

 

kamaytirish  to‘g‘risida  sudga  da’vo  bilan  murojaat  qilgan.  Sud  da’voni 



qanoatlantirgan. Sh. Raupovdan undiriladigan aliment miqdori kamaytirilib, 

har bir bola uchun to‘lanadigan alimentning teng ulushdagi yangi miqdori 

oylik daromadlarning oltidan bir qismi miqdorida belgilangan. Apellyatsiya 

instansiyasi  sudi  ajrimi  bilan  hal  qiluv  qarori  o‘zgartirilib,  Z.  Razzoqova 

foydasiga  qizi  Sarvinozning  ta’minoti  uchun  voyaga  yetgunga  qadar  har 

oylik  ish  haqidan  to‘rtdan  bir  qismi  miqdorida  aliment  undirilgan. 

Qarorning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan. 

Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati quyidagilarga ko‘ra 

apellyatsiya  instansiyasi  sudi  ajrimining  Z.  Razzoqova  foydasiga 

undiriladigan aliment miqdorini o‘zgartirishga oid qismini bekor qilib, ish 

bo‘yicha  ilgari  chiqarilgan  hal  qiluv  qarorini  kuchda  qoldirdi. 

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha A. Ikromov tumanlararo sudining 

2002-yil  8-fevraldagi  hal  qiluv  qarori  bilan  Sh.  Raupovdan  bir  nafar 

farzandi  uchun  har  oylik  daromadining  to‘rtdan  bir  qismi  miqdorida  Z. 

Razzoqova  foydasiga  aliment  undirilgan.  Shuningdek,  mazkur  sudning 

2002-yil  26-apreldagi  hal  qiluv  qarori  bilan  Sh.  Raupovdan  bir  nafar 

farzandi  uchun  har  oylik  daromadining  to‘rtdan  bir  qismi  miqdorida  

X. Raupova foydasiga aliment undirilgan. 

 

Vaziyatga huquqiy baho bering. 



 

Mazkur ish bo‘yicha da’vo arizasi loyihasini yozing. 



 

 

 

 

DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

132 


 

IX BОB

 

IX BOB. DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, 



SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING XATTI-

HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN 

SHIKOYAT VA ARIZALAR BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI 

PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

  1-§.  Davlat  organlari  va  boshqa  organlar,  shuningdek, 

mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan 

shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish tushunchasi, turlari va ushbu 

ish yuritishdagi protsessual hujjatlarning umumiy qoidalari 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga ko‘ra, har 



bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali  himoya  qilish,  davlat 

organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalarining  g‘ayriqonuniy 

xatti-harakatlari  ustidan  sudga  shikoyat  qilish  huquqi  kafolatlandi. 

Shuningdek,  fuqarolarning  sud  himoyasida  bo‘lish  huquqi  “Fuqarolik  va 

siyosiy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  Xalqaro  paktning  14-moddasida  va  “Inson 

huquqlari  va  asosiy  erkinliklarini  himoya  qilish  to‘g‘risida”gi  Yevropa 

Konvensiyasi 

6-moddasining 

1-qismida 

ham 


mustahkamlangan. 

Yuqoridagilardan 

kelib 

chiqib, 


O‘zbekiston 

Respublikasining 

Konstitutsiyasi  va  xalqaro  huquqiy  hujjatlarga  muvofiq,  FPKning               

1-moddasida  ham  har  bir  shaxsga  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  sud  orqali 

himoya  qilish,  davlat  organlarining,  mansabdor  shaxslarning,  jamoat 

birlashmalarining  g‘ayriqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan  sudga  shikoyat 

qilish  huquqi  kafolatlanadi.  Har  qanday  manfaatdor  shaxs  buzilgan  yoki 

nizolashilayotgan  huquqi  yoxud  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan  manfaatini 

himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga 

haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas. Mazkur 

tamoyilning  bir  qator  qonun  hujjatlarida  mustahkamlanishi  davlatimiz 

tomonidan fuqarolarning buzilgan huquq yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 

manfaatlarini himoya qilishning eng samarali tizimi joriy etilganidan dalolat 

beradi. Umumiy qoida bo‘yicha, idoralar va mansabdor shaxslarning xatti-

harakatlari  (qarorlari)ga  beriladigan  shikoyatlar,  asosan  ma’muriy  tartibda 

ish yuritish qoidasiga amal qilgan holda ko‘riladi.  



DAVLAT ORGANLARI VA BOSHQA ORGANLAR, SHUNINGDEK, MANSABDOR SHAXSLARNING  

XATTI-HARAKATLARI (QARORLARI) USTIDAN BERILGAN SHIKOYAT VA ARIZALAR  

BO‘YICHA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR

 

 

133 


 

IX BОB

 

  Biroq,  fuqarolarning  idoralar  va  mansabdor  shaxslarning  xatti-



harakatlari  (qarorlari)  ustidan  beriladigan  shikoyatlar  bo‘yicha  sudga 

murojaat  qilishning  konstitutsiyaviy  asoslarini  mustahkamlanishi,  mazkur 

ishlarni  ma’muriy  tartibda  hal  etishga  nisbatan  samarali  va  qulay 

hisoblanadi.  

Mazkur  turdagi  ish  yuritish  turi  o‘zining  protsessual  tartib-taomillari 

bilan boshqa fuqarolik sud ishlarini yuritish turlaridan farq qiladi. Shuning 

uchun  ham  FPKning  2-moddasida  fuqarolik  sud  ishlari  yuritish  turlaridan 

biri sifatida belgilangan hamda FPKning 3-kichik bo‘limi “Davlat organlari 

va  boshqa  organlar,  shuningdek,  mansabdor  shaxslarning  xatti-harakatlari 

(qarorlari)  ustidan  berilgan  shikoyat  va  arizalar  bo‘yicha  ish  yuritish”ga 

bag‘ishlangan.  

 


Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling